Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Albert Eynshteyn "Tasavvur bilimdan muhim" deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan


Download 74.43 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi74.43 Kb.
#1543470
Bog'liq
s.mur.



Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Masalan, ingliz tilida so‘zlarni yodlab, grammatika qoidalarini “suv qilib ichib yuborgan” bo‘lsangiz ham, insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Albert Eynshteyn “Tasavvur — bilimdan muhim” deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim

Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati[2]. Qat’iy aytganda, bugungi kunda muvaffaqiyat va eng muhimi, shaxsiy qoniqish manbai pul yoki texnologiyalar emas, balki yangi g‘oyalardir.


Ijodiy iqtisodiyot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo va ko‘ngilochar sohalarga yangi hayot baxsh etadi. Bu kishilar yashash, ishlash va o‘qishni xohlagan muhitni, shuningdek, ular o‘ylaydigan, ixtiro qiladigan va yaratadigan muhitni o‘zgartiradi.
Iqtisodiy hayotning belgilovchi elementi sifatida ijodkorlikning paydo bo‘lishi uzluksiz o‘zgarishlar jarayonining asosini tashkil etadi. Ijod yangi texnologiyalar, yangi tarmoqlar, yangi boyliklar va boshqa iqtisodiy afzalliklar manbai ekanligi tobora e’tirof etilishi tufayli o‘zining munosib e’tirofini oldi. Xuddi shu sababga ko‘ra, ijodkorlikni rag‘batlantirish va undan foydalanishga qaratilgan tizimlar paydo bo‘ldi.
Aynan turli ko‘rinishdagi ijodkorlikka intilish zamonaviylikning teran ruhini shakllantiradi. Ijodiy mehnatning muhim xususiyatlari shundan iboratki, bu ish ham insonning ichki motivatsiyasini, bilim va tajribasini talab qiladi va zamonaviy xususiyatga ega. Hozirgi kunda muammoni ijodiy hal etishning quyidagi asosiy shartlari ajralib turadi: bilim, tajriba, mehnat ijodiy fikrlash qobiliyati, shaxsiy motivatsiya


Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”

Hozirgi glaballashuv sharoiti, istaymizmi-yo'qmi, bizning ishlash va yashash tarzimizni o'zgartirmoqda. Birinchidan, biz globallishish, ifloslanish, moliyaviy inqirozlar yoki yangi epidemiyalar bo'ladimi, butun dunyoga ta'sir qiladigan murakkab muammolarga tobora ko'proq duch kelmoqdamiz. Ushbu muammolarni hal qilish bo'yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun bizga ijobiy fikrlash va ijodiy g'oyalar kerak. Shaxsiy darajada globallashuv hayotning tobora tezlashib borayotgan sur'atini keltirib chiqaradi. Bizda juda ko'p ma'lumot mavjud, ammo bugun o'rgangan narsalarimiz ertaga osonlikcha eskirishi mumkin. Garchi tez o'zgarishlar ham yangi imkoniyatlar keltirsa-da, endi biz butun dunyo bo'ylab iste'dodli odamlar bilan raqobatlashishimiz kerak. Ushbu muhitda muvaffaqiyat qozonish uchun bizga ishonchli qarorlar qabul qilishga va tezda yangi bilimlarni olishga yordam beradigan ijobiy fikrlash qobiliyatlari kerak.


Ammo ijobiy fikrlash qobiliyatlari deganda nimani tushunamiz? Asosan, bu ikki narsaga bog'liq - tanqidiy fikrlash va ijodkorlik. Tanqidiy fikrlash aniq va oqilona fikrlashdir. Bu aniq va muntazam ravishda fikrlashni, boshqa narsalar qatorida mantiq va ilmiy fikrlash qoidalariga rioya qilishni o'z ichiga oladi. Ijodga kelsak, bu yangi va foydali g'oyalarni taklif qilish, muqobil imkoniyatlarni yaratishdir. Ushbu kitob fikrlash qobiliyatlarining ikkita xil usuli haqida bo`lib , shu o'rinda siz quyidagilarni so'rashingiz mumkin: Qaysi biri muhimroq, tanqidiy fikrlash yoki ijodkorlik? Qisqa javob shundaki, ular bir xil darajada muhimdir. Muammolarni hal qilish uchun g'oyalarni taklif qilish uchun bizga ijodkorlik kerak, ammo bu g'oyalarni baholash va takomillashtirish uchun tanqidiy fikrlash kerak. Ular bir-birini to'ldiradi va insonlarni fikrlash qobiliyatini mukkamallik sari yetaklaydi.
Ushbu kitobda biz avval tanqidiy fikrlashni muhokama qilamiz va oxirigacha ijodga qaytamiz. Ko'rib turganimizdek, tanqidiy fikrlash haqida muntazam ravishda aytishimiz mumkin bo'lgan ko'p narsalar mavjud. Tanqidiy fikrlovchi bu quyidagilarni bajarishga qodir bo'lgan kishidir:

Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir.
Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to‘ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam beradigan “aka-ukalar”dek qarashimiz kerak.
PISA tadqiqotlarida o‘quvchidan kreativ fikrlashni baholash modeliga ko‘ra ilmiy muammolarni yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish, o‘z g‘oyalarini yozma yoki vizual ifodalash talab etiladi.
Kreativ fikrlashni baholashda turli g‘oyalarni ishlab chiqish, kreativ g‘oyalarni ishlab chiqish hamda g‘oyalarni baholash va takomillashtirish kompetentligiga e’tibor qaratiladi.
Download 74.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling