O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Fonetik uslubiyat. Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilining vazifaviy usullarini oquvchilarga orgatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urg‘uning uslubiy xususiyatlari
- Grammatik uslubiyat. Morfologik uslubiyat Ot turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 1. Kelishik qо‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari.
- 2. Egalik qо‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari.
- 3. Ot yasovchi qо‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari
- Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
- Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
- Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar 1. Shaxs-son qо‘shimchalarining sinonimiyasi
- 2. Zamon qо‘shimchalarining sinonimiyasi
- 3. Mayl qо‘shimchalari sinonimiyasi
- 5. Fe’l yasovchi qо‘shimchalar sinonimiyasi
- Sintaktik uslubiyat Gap bо‘laklarining uslubiy xususiyatlari 1) sifatlovchi aniqlovchilar
- 3) sifatlovchi-aniqlovchi
- 5) ajratilgan bо‘laklar
- 6) undalmalar
- Qо‘shma gaplarning uslubiy xususiyatlari
- Kо‘chirma va о‘zlashtirma gaplarning uslubiy xususiyatlari
- Rasulbek
- I.2. SO’ZLASHUV VA RASMIY USLUBNING XUSUSIYATLARI
Fonetik uslubiyat. Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari 1) asir, devon kabi so‘zlardagi tovushlarning noto‘g‘ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi.
12
2) –da, -va, -qa (yoki -q) kabi bo‘g‘inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan boshlanadigan so‘zlarni keltirish nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi: So‘zlarning gapda qo‘llanishi va vazifalari...
- uslubiy mazmun paydo bo‘lishiga olib keladi: Siz ahmoq odam emassiz jumlasida ahmoq so‘zidan keyin to‘xtam (pauza) qilinsa, fikr qaratilgan shaxsning ham ahmoq, ham odam emasligi ifodalanishi mumkin: Siz ahmoq, odam emassiz.
Kelishik qо‘shimchalari о‘zaro almashib qо‘llanishi mumkin: 1) –ni va –dan qо‘shimchalari almashib qо‘llanishi mumkin: Qani, oshdan (ni)
2) –ni va –ga qо‘shimchalari almashib qо‘llanishi mumkin: Gapingizga (gapingizni) tushunmadim. 3) –ni va –da qо‘shimchalari almashib qо‘llanishi mumkin: Dalani (da) aylandim. 4) –ning va –dan qо‘shimchalari almashib qо‘llanishi mumkin: kelganlarning biri – kelganlardan biri. 5) kelishik qо‘shimchalari va kо‘makchilar almashib qо‘llanadi: a) –ga qо‘shimchasi о‘rnida uchun kо‘makchisi qо‘llanadi: Ukamga oldim –
b) –da qо‘shimchasi о‘rnida bilan kо‘makchisi qо‘llanadi: Xatni qalamda yozdi – Xatni qalam bilan yozdi. v) –dan qо‘shimchasi о‘rnida orqali kо‘makchisi qо‘llanadi: Xabarni radiodan eshitdik – Xabarni radio orqali eshitdik. 13
g) –ni qо‘shimchasi о‘rnida haqida kо‘makchisi qо‘llanadi: Akasi kelganini gapirdi – Akasi kelgani haqida gapirdi. 2. Egalik qо‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari. 1) otlarda qо‘llangan egalik qо‘shimchasi qaratqich kelishigi qо‘shimchasining mavjudligini, qaratqich kelishigi qо‘shimchasi esa egalik qо‘shimchasining mavjudligini kо‘rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab. 2) egalik (qarashlilik ma’nosi) –niki qо‘shimchasi yordamida ham ifodalanishi ham mumkin, faqat bu qо‘shimcha shaxs-son kо‘rsatmaydi: Bizning maktab – maktab bizniki. 3) qaratqichli birikmalarda shaxs almashib qо‘llanishi ham mumkin: Mening uyim shu yerda – Kaminaning uyi shu yerda. 3. Ot yasovchi qо‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari. Bu qо‘shimchalar orasida о‘zaro sinonim bо‘lgan qо‘shimchalar ham uchraydi: adabiyotshunos – adabiyotchi, mehnatkash – mehnatchi. Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 1. Sifatlardagi qiyosiy darajani yasovchi –roq qо‘shimchasi о‘rnida –mtir, - imtil, -ish qо‘shimchalari qо‘llanishi mumkin: kо‘kroq – kо‘kish, qoraroq – qoramtir. 2. Sifat yasovchi qо‘shimchalar orasida sinonimlik hodisasi kо‘plab uchraydi: aybdor – aybli, serg‘ayrat – g‘ayratli, chopqir – chopag‘on, beg‘ubor – g‘uborsiz, bama’ni – ma’nili. 3. Bu qо‘shimchalar orasida antonimlik hodisasi ham uchraydi: suvli – suvsiz. Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 1. U, bu, shu olmoshlari о‘rnida bir sо‘zi (yoki bir xil sо‘zlari) qо‘llanadi: Bir (shunday) chamanki, atrofida bulbullar giryon. Bir xil (shunday) odamlar tushunmaydi. 2. Men olmoshi о‘rnida kamina sо‘zi, siz о‘rnida о‘zlari sо‘zi qо‘llanadi: Bu ishda kaminaning zarracha tajribasi yо‘q. Siz va’da bergan edingiz – О‘zlari va’da bergan edilar. 14
3. Ilmiy ishlarda, rasmiy hujjatlarda, yig‘ilishlarda men olmoshining о‘rnida biz olmoshi ishlatiladi: Bizning (mening) bu ilmiy ishimizda kо‘rsatish olmoshlarining xususiyatlari haqida sо‘z yuritiladi. 4. Hurmatni ifodalash uchun sen olmoshi о‘rnida siz olmoshi ishlatiladi. Siz bugun kelasizmi? Aksincha hurmatsizlikni ifodalash uchun esa sen olmoshiga kо‘plik qо‘shimchasi qо‘shiladi: Senlar buni tushunmaysanlar. 5. Kо‘rsatish olmoshlari ta’kidlash, ajratish ma’nolarini ifodalaydi: Kitob – bu dono maslahatchi. Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar 1. Shaxs-son qо‘shimchalarining sinonimiyasi: 1) fe’lning 2-shaxs birlik qо‘shimchasi о‘rnida 2-shaxs kо‘plik qо‘shimchasi qо‘llanadi: Amaki, ertaga kelasizmi? 2) fe’lning 1-shaxs birlik qо‘shimchasi о‘rnida 2-shaxs birlik qо‘shimchasi ishlatiladi: Tabiatning ishlariga hayron qolasan kishi. 3) 2-shaxs kо‘plik о‘rnida 1-shaxs kо‘plik qо‘shimchasi qо‘llanadi: Bolalar, bugun diktant yozamiz. 4) 2-shaxs kо‘plik о‘rnida 3-shaxs birlik qо‘shimchasi ishlatiladi: U norozi ohangda dedi: - Shunaqa ish bilan hazillashib bо‘ladimi? 2. Zamon qо‘shimchalarining sinonimiyasi: 1) hozirgi zamon davom fe’li о‘rnida hozirgi-kelasi zamon shakli qо‘lla-nadi: Butun qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti). 2) kelasi zamon о‘rnida hozirgi zamon shakli qо‘llanadi: Ertaga terimga tushyapmiz. 3) hozirgi zamon о‘rnida о‘tgan zamon shakli keladi: Qarasam, yugurib kelayotibdi. 3. Mayl qо‘shimchalari sinonimiyasi: 1) ijro maylidagi fe’l buyruq mayli о‘rnida keladi: Qani, ketdik, bolalar. 2) ijro mayli shart mayli о‘rnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak.
15
1) birgalik nisbati qо‘shimchasi kо‘plik qо‘shimchasiga sinonimdir: Ular kelishdi – Ular keldilar. 2) nisbat qо‘shimchalari ichida о‘zaro sinonimlikni hosil qiladiganlari ham bor: -l, il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz. 5. Fe’l yasovchi qо‘shimchalar sinonimiyasi: 1) ba’zi yasama fe’llar iboralarga sinonim bо‘ladi: gulladi – gulga kirdi. 2) qо‘shimcha yordamida yasalgan fe’llar qо‘shma fe’llarga sinonim bо‘ladi:
3) fe’l yasovchilar о‘zaro sinonim bо‘ladi: sizlamoq – sizsiramoq, suvsamoq- suvsiramoq. Sintaktik uslubiyat Gap bо‘laklarining uslubiy xususiyatlari 1) sifatlovchi aniqlovchilar ot bilan ifodalansa, majoziy ma’no ifodalaydigan bо‘lib qoladi: Kumush choyshab yopib dalalar, qor qо‘ynida uxlab yotadi. (Uyg‘un) 2) sifatlovchi aniqlovchilar turli sо‘z turkumlaridan tuzilib, sifatlash vazifasini bajargan ibora va sо‘z birikmalari bilan ifodalanadi: Osmon о‘par tog‘lar, bag‘ri keng inson, cheki yо‘q qirlar, fikri tiniq insonlar. 3) sifatlovchi-aniqlovchi takroriy sо‘zlar bilan ifodalanganda ma’no kuchayishi yuz beradi: Baland-baland binolar tez uchray boshladi. 4) izohlovchi ham uslubiy vazifa bajaradi. Ma’lumki, izohlovchi laqab, qarindoshlik, о‘xshatish kabi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunda ma’lum shaxsga nisbatan munosabat seziladi, ya’ni uslubiy ma’no yuzaga keladi: Mamajon quruq, Ali tajang, Soli sovuq va h. О‘xshashlik ma’nosidagi izohlovchi jumlaga kо‘tarinkilik(pafos) xususiyatini kiritadi: ona-Vatan,
alohida ajratib kо‘rsatish, shaxs va narsa haqida qо‘shimcha ma’lumot berish, belgi-xususitlarni ta’kidlash kabi vazifalarni bajaradi: Biz, yoshlar, ota-
16
6) undalmalar ham turli uslubiy vazifalarni bajaradi. Ular gap boshida va о‘rtasida kelsa, chaqiriq va murojaatni ifodalaydi: Uka, mening yо‘qligimni bilintirma. Gap oxirida kelgan undalma tinglovchiga nisbatan hurmat, muhabbatni ifodalaydi: Tuprog‘ingni zar bilarman, ona-Vatanim! Bulardan tashqari undalmalar iltimosni, sо‘zlovchining his-tuyg‘usini, kuchli ehtirosini, kо‘tarinki holatni, piching va kinoyani ifodalash uchun ham xizmat qiladi. 7) kirish sо‘z va kirish birikmalar sо‘zlovchining о‘z fikriga bо‘lgan munosabatini bildiradi. Bu munosabat sifat, son, olmosh, fe’l va modal sо‘zlar yordamida ifodalanib, gumon, tasdiq, inkor, fikr tartibi, fikr izohi, e’tiborni tortish, xulosa, ikki fikrni о‘zaro bog‘lash kabi ma’nolarni aks ettiradi: U bugun kelmaydi, shekilli. Ayrim gap turlari о‘rtasidagi sinonimiya 1) ayni bir fikr gapning har xil turlari bilan ifodalanadi: a) sodda gap bilan: Har kim ekkanini о‘radi. b) qо‘shma gap bilan: Kim nimani
2) bir bosh bо‘lakli va ikki bosh bо‘lakli gaplar о‘zaro sinonim bо‘ladi: Bugun ketamiz – Biz bugun ketamiz. 3) darak va sо‘roq gap sinonim bо‘ladi: Vatanni kim sevmaydi – Vatanni hamma sevadi. Qо‘shma gaplarning uslubiy xususiyatlari 1) bog‘langan qо‘shma gaplar tarkibida biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari о‘rnida –u, -yu, -da yuklamalari sinonim holatda qо‘llanishi mumkin: Havo
2) ega, kesim, tо‘ldiruvchi, aniqlovchi ergash gapli qо‘shma gaplar sodda gaplarga sinonim bо‘ladi: Shunisi aniqki, biz bugun yо‘lga chiqa olmaymiz -
3) sabab, maqsad, о‘xshatish ergash gaplarning kesimlari sifatdosh, harakat nomi, ot bilan ifodalansa, sodda gaplarga sinonim bо‘ladi: Tog‘ etagi juda
17
gо‘zal edi, gо‘yo chiroyli gilam tо‘shalganday – Chiroyli gilam tо‘shalganday tog‘ etagi juda gо‘zal edi. 4) payt, sabab, shart, tо‘siqsiz, natija, ravish ergash gaplarni о‘z doirasida sinonimlari bilan almashtirish mumkin:
5) bog‘lovchisiz qо‘shma gaplar bog‘langan va ergashgan qо‘shma gaplarga sinonim bо‘ladi: Qor yog‘di – don yog‘di (Qor yog‘sa, don yog‘adi. Qor yog‘di-
Birovlarning hech о‘zgarishsiz berilgan gapi (kо‘chirma gap) о‘zgalarning mazmuni saqlanib, shakli о‘zgartirilgan holda berilgan gapi (о‘zga gap) bilan sinonimik holatda bо‘ladi: О‘qituvchimiz dedi: “Topshiriqlarni о‘z vaqtida bajaring” – О‘qituvchimiz topshiriqlarni о‘z vaqtida bajarish lozimligi haqida gapirdi. Kо‘chirma gap о‘zlashtirma gapga aylantirilganda quyidagi о‘zgarishlar yuz beradi: 1. Kо‘chirma gap birikmali tо‘ldiruvchiga aylanadi: “Hamma yig‘ildi”, - dedi navbatchi. Navbatchi hammaning yig‘ilganini aytdi. 2. Kо‘chirma gap tarkibidagi undalma vositali tо‘ldiruvchiga aylanadi: “Rasulbek, biz bilan yuring”, - deb taklif qildi dо‘sti. Rasulbekka dо‘sti о‘zlari bilan yurishni taklif qildi. 3. Kо‘chirma gap tarkibida kirish sо‘z vazifasida kelgan undovlar, taqlid sо‘zlar tushiriladi: “Voy, qо‘rqib ketyapman”, - dedi xotini. Xotini qо‘rqib
gapiring. 13. Shaxs-son qо‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari haqida gapiring. 14. Mayl qо‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari haqida gapiring. 15. Nisbat qо‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari haqida gapiring. 16.Fe’l yasovchi qо‘shimchalarning uslu-biy xususiyatlari haqida gapiring. 17. Gap bо‘laklarining uslubiy xususiyatlari haqida gapiring. 18. Ayrim gap bо‘laklari о‘rtasidagi sinonimiya haqida gapiring. 19. Qо‘shma gaplarning uslubiy
18
xususiyatlari haqida gapiring. I.2. SO’ZLASHUV VA RASMIY USLUBNING XUSUSIYATLARI So‘zlashuv uslubi Uyda, ko‘chada, insonlarning o‘zaro so‘zlashuvida qo‘llanadigan uslub so‘zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til meyorlariga rioya qiladigan ko‘rinishi adabiy so‘zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday meyorlarga rioya qilinmaydigan ko‘rinishi oddiy so‘zlashuv uslubi deb ataladi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi. So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma ishni do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol! So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi, piching, qochiriqlar, kinoyalar ko‘plab ishlatiladi. Ko‘proq sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Rasmiy nutq – ixcham nutq shakli. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida rasmiy uslubning qo‘llanish ko‘lami O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilingandan keyin va davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng g‘oyatda kengaydi va yangicha mazmun kasb etdi. Xalqaro doiralarda olib boriladigan diplomatik munosabatlar, davlatni boshqarishning zamonaviy usullari, ijtimoiy-siyosiy va gumanitar sohalarda jahonning ilg‘or andozalari va texnologiyalarining mamlakatimiz hayoti va xalq xo‘jaligiga tatbiq etilishi, respublikamiz hududidagi barcha ma’muriy idoralar va korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda muomala vositasi sifatida o‘zbek tilining amal qilishi qonuniy asosga qo‘yilib, ish yuritish shu tilda olib borilishi natijasida o‘zbek tilini bilishga va o‘rganishga bo‘lgan talab yanada kuchaydi. O’zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘grisida»gi (14.12.2000 y. N 160-11) Qonuniga binoan mamlakatimizda ish yuritishning yagona davlat tizimini joriy etish huquqiy asosga qo‘yildi va muayyan tartibga keltir ildi. O‘z
19
navbatida, rasmiy doiralarda bo‘ladigan munosabatlarda, xalqaro minbarlarda o‘zbek tilidan foydalanishning o‘ziga xos uslubi ham takomillashib bormoqda. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «davlat tilining xalqaro miqyosda ham faol muloq ot vositasiga aylanib borayotgani e’tiborlidir. Xususan, xorijiy mamlakatlar rahbarlari bilan bo‘ladigan uchrashuv va suhbatlar, muzokaralar, tegishli hujjatlarni imzolash marosimlarida, nufuzli sammitlarda, rasmiy matbuot
anjumanlarida o‘zbek tilining o‘rni va ahamiyati ortib borayotgani hammamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi». 2
mobaynida mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida o‘zbek tili nafaqat davlat tili, balki ham rasmiy, ham o‘zaro muloqot tili sifatida o‘z mavqeini mustahkamladi. Qisqa vaqt ichida qonunlar, farmonlar, farmoyishlar, qarorlar, buyruqlar, nizomlar singari davlat ahamiyatiga molik huquqiy hujjatlarni muayyan bir uslubda yaratish va shakllantirish asta -sekinlik bilan yo‘lga qo‘yildi. Rasmiy-huquqiy hujjatlarning yozilishida ularning har birining xususiy, ayni
paytda, barcha
rasmiy uslubda
shakllantiriladigan hujjatlar talabiga mos keladigan umumiy me ’yorlari takomillashdi. Aslida davlat miqyosida amalda bo‘lgan har bir huquqiy hujjatning qat’iy meyorlar asosida yaratilishi ham umumtil madaniyatining tarkibiy qismidir. Hujjatlar qanchalik tushunarli tilda yozilsa, uslubi qanchalik ravon bo‘lsa, uni tushunish, binobarin, ijrosini ta’minlash va unga amal qilish ham shunchalik oson kechadi. Shuning uchun ham bugungi kunda faol amalda bo‘lgan o‘zbek tili rasmiy uslubni zamon talablaridan kelib chiqib tadqiq etish, uning xulosalari va natijalarini ommalashtirish o‘zbek tili madaniyatining yanada takomillashuviga hamda uning barch a jabhalarda foydalanishiga qulay imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi. To‘g‘ri, o‘zbek tilining rasmiy uslub tilshunosligimizda ilmiy tadqiqot
2
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: Ma’naviyat, 2008, 86-b. 20
obyekti bo‘lgan. 1987 yilda D.Boboxonova «Hozirgi o‘zbek adabiy tilining rasmiy-ish uslubi» mavzusida nomzod lik dissertatsiyasini himoya qilgan. Dissertatsiya muallifi o‘zbek tilshunosligida birinchi bo‘lib rasmiy uslub doirasidagi hujjatlar ro‘yxatini batafsil keltiradi va ularning har birining bir uslub ichida yana o‘z shakllanish uslubi (podstillari) mavjudligini ta’kidlaydi. Masalan: hukumat qarorlari, farmonlar, farmoyishlar, chaqiriqlar, qonunlar, buyruqlar, nizomlar, yo‘riqnomalar, diplomatik hujjatlar, xalqaro shartnomalar, kelishuvlar, rasmiy xabarlar, notalar, ultimatumlar, elchilik konvensiyalari, sud-protsessual hujjatlari, kodekslar, chaqiriq qog‘ozlari, ishonch qog‘ozlari, ijro varaqalari, ajrimlar, sud varaqalari, yuridik dalolatnomalar, raddiyalar, tavsiyanomalar, tashqariga chiqmaslik haqida tilxat, ayblov, ayblov nutqi, sudning alternativ qarori, hukm, davlat tashkilotlari o‘rtasidagi yozishmalar, dalolatnoma, bayonnoma, tushuntirish xati, ma’lumotnoma, tarjimai hol, tavsifnoma, ariza va boshqalar. Bitiruv malakaviy ish ushbu rasmiy hujjatlarning har birining o‘ziga xos va umumuslubiy xususiyatlarini leksik-semantik, morfologik va sintaktik jihatdan tahlil etganligi bilan ilmiy ahamiyatga ega. Buning ustiga, mazkur uslubning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlar uni o‘zbek tilidagi boshqa funksional uslublar bilan taqqoslash orqali ochib berilganligi ham e’tiborga molikdir. Masalan, leksik-semantik-stilistik jihatdan olib qaraganda ushbu uslubga oid matnlarda badiiy uslubga xos bo‘lgan, voqelikni, inson hissiyoti, fikri va harakatlarini obrazli tasvirlashga yo‘naltirilgan badiiy tasvir vositalari uchramasligi, binobarin, o‘xshatish, epitet, jonlantirish, metafora, mubolag’a, litota va boshqa vositalar, poetik leksika elementlari, chama sonlar, gumon olmoshlari, juft so‘zlarning qo‘llanishi xos emasligi; morfologik jihatdan esa -(i)m, -(i)ng, -(i)miz, -(i)ngiz, -(i)nglar, -laring kabi egalik ko‘rsatkichlarining mutlaqo ishlatilmasligi, -a/-y, -(i)b singari ravishdosh shakllari qo‘llanilmasligi; sintaktik jihatdan esa undov va so‘roq gaplarning, shaxsi ma’lum, shaxsi 21
noma’lum, shaxsi umumlashgan gaplarning xos emasligi rasmiy uslub va boshqa funksional uslublarga doir matnlardagi faktlarni qiyoslash orqali dalillanganligi bugungi o‘zbek tilshunosligi va o‘zbek tili stilistikasi taraqqiyoti nuqtai nazaridan ham ilmiy qimmatga ega. Ammo mazkur tadqiqotning yuzaga kelganiga salkam chorak asrga yaqin vaqt o‘tdi. Ish sobiq kommunistik mafkura hukmron bo‘lgan davrda yozilganligini inobatga olish lozim. Bitiruv malakaviy ish muallifi rasmiy uslubning shakllanishida rus tili muhim rol o‘ynaganligini, ko‘plab hujja t turlari rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilinganligini ta’kidlaydi. Shu mazmundagi fikrlar «O‘zbek tili stilistikasi» asarida ham uchraydi: «O‘zbek adabiy tilida rasmiy hujjatlar stili rus tilining ta’sirida yanada takomillashdi, ishlatilish doirasi yanada kengaydi lug’at tarkibi yangi so‘z va terminlar bilan boyidi». Qarashlar o‘z davri va qisman hozirgi davr nuqtai nazaridan ham to‘gri, albatta. Shu bilan birga, keyingi o‘n yilliklarda, ayniqsa, mustaqillik davrida ona tilimizning rasmiy uslub doirasida amal qilish xususiyatlari mazkur uslubda shakllanadigan hujjatlar mazmuniga bog’liq tarzda jiddiy o‘zgardi, imkoniyatlari batamom kengaydi. Ushbu fikrning to‘gri ekanligini Sh.Ko‘chimov tomonidan 1995 yilda «O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tili» mavzusida nomzodlik, 2004 yilda «Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari» mavzusida himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari materiallari ham tasdiqlaydi. Mazkur ishlarda huquqiy davlat qurishda, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishda qonunchilik texnikasi, qonunlarning ifoda usuli masalalari muhim ahamiyat kasb etib, qonunlarning xalqaro standartlar darajasida mukammal ishlab chiqilishining asosiy omili ushbu sohadagi meyoriy hujjatlar tilini ona tilimizning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib tayyorlash ekanligi ta’kidlangan. Tilshunosligimizda funksional uslublar, xususan, rasmiy uslub sohasida olib borilgan bu tadqiqotlar mazkur uslubning o‘zbek tilida allaqachon shakllanib bo‘lganligini ko‘rs atadi. Uning mustaqil uslub 22
sifatida shakllanganligi lisoniy va nolisoniy omillar yaxlitligi yaqqol ko‘rinadi. Bu uslubda shakllanadigan hujjatlarga xos bo‘lgan rasmiylik barcha nolisoniy omillarning markazida turuvchi va til elementlarini tanlovchi, saralovchi, birlashtiruvchi va, o‘z navbatida, matnda ularni o‘rniga qarab joylashtiruvchi yadroviy kuch sanaladi. Rasmiylik tushunchasiga bog’liq tarzda uslubning o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘ladi va ular boshqa funksional uslublar bilan taqqoslaganda yana ham oydinlashadi. Xo‘sh, bu o‘ziga xosliklar nimalardan iborat? Birinchi navbatda, matnda bayonning aniq bo‘lishi talab etiladi. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi kerak: O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat beradigan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. (O’zR Konstitutsiyasi, 7-modda). Aniqlik talabi uning ilmiy uslub bilan mushtarak jihatidir. Matnning ravon, sodda va tushunarli bo‘lishi taqozo etiladi. Buning yorqin dalili «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» matnidir. Nima uchun mazkur hujjat tilida shu tamoyilga qat’iy rioya qilingan? Hujjatning «Davlat suvereniteti» deb nomlangan I bobiga ko‘z yugurtiramiz: 1-modda. O‘zbekiston suveren demokratik respublika. Davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi. 2- modda. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va 23
bo‘linmasdir. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekisto n Respublikasi o‘z hududida istiqomat q iluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun b ilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri. Matndagi bu ravonlik va soddalik uning barcha aholi qatlamlari uchun mo‘ljallanganligi va mazmunini bilishi shart qilib qo‘yilganligi bilan izohlanadi. Keltirilgan ushbu misol rasmiy uslubga xos bo‘lgan qisqalik va aniqlik uchun ham dalil bo‘la oladi. Konstitutsiyaning 57-moddasini ko‘zdan kechiramiz: Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstituts iyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni. ijtimoiy. milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harb iylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birla shmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi. Anglashiladiki, bu o‘rinda matn qurilishi sodda va qisqa emas, aksincha. Ammo uslub ravon va aniq. Bu kabi holatlar qonunlar matniga ham xos xususiyat sanaladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki. Rasmiy uslub uchun matnda qatnashgan gaplar qurilishining sodda yoki murakkab bo‘lishi asosiy o‘lchov emas, balki aniqlik va ravonlik muhim. Xullas, fikrning aniq bo‘lishi, maqsadning qisqa va lo‘nda bayon etilishi, izohga yo‘l qo‘yilmaslik ham rasmiy uslubga xos bo‘lgan xususiyatlardir. Rasmiy uslubda har bir matn hujjat mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ma’lum reglament, ya’ni tartib va qoidalar asosida shakllantiriladi. Shu tarzda ariza, qaror, bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining o‘ziga xos 24
bayon etish qolipi. standart, shablon abzaslar va jumlalar vujudga keladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling