O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 324 Kb.
|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGINAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETITABIIY FANLAR FAKULTETIbioloGIYa KAFEDRASI
BIOLOGIYA fanidan
ISHCHI O`QUV DASTURI 2019/2020 o‘quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 2-kurslari uchun Bilim sohasi: 100000 Gumanitar soha Ta`lim sohasi: 140000-Tabiiy fanlar Ta`lim yo`nalishi: 5410100-Dorivor o’simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi Namangan-2019 Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil _ -avgustdagi __ -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturi asosida tuzilgan. Tuzuvchi: “Biologiya” kafedrasi o’qituvchi D. Ergashev Taqrizchi: “Biologiya” kafedrasi b.f.n., dots. V.Azizov Ishchi o’quv dasturi NamDU “Biologiya” kafedrasining 2019 yil “___” _______dagi “__” son yig’ilishida muxokamadan o’tgan va fakultet Kengashida muxokama qilish uchun tavsiya etilgan. Kafedra mudiri: B.f.d. A. Batoshov Ishchi o’quv dasturi “Tabiiy fanlar” fakul'tetining 2019 yil__-avgustdagi kengashida muxokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan. Fakul'tet kengash raisi: g.f.n. A. Nazarov Kelishildi: O`quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: D. Dehqanov “Biologiya” fanining dolzabligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni Ushbu fan respublikada qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish, agrotexnologiya, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan ximoya qilish, boshlang‘ich man’ba, dala ekinlari genofondi va uni qo‘llash, seleksiya uchun boshlang‘ich man’bani yaratish (duragaylash, sun’iy mutagenez, poliploidlarni sun’iy yaratish va hokazo), tanlash usullari va xillari hamda ularni amalga oshirish tartibini hamda belgi va xususiyatlarning naslga o‘tish mexanizmini o‘rganishda talabalar biologiya qonunlarnini bilishi muxim ahamiyatga ega. “Biologiya ” fani o‘quv rejasida 1 blokka ya’ni gumanitar va tabiiy ilmiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib, 2-kursning 3-semestrida o‘qitiladi. “Biologiya ” fani tabiiy fanlar turkumiga kirib, u barcha agronomiya yo‘nalishlari, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, o‘simliklarni himoya qilish, qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi,qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi,o‘rmonchilik,ipakchilik va tutchilik,mevachilik va uzumchilik dorivor o‘simliklarni etishtirish qayta ishlash texnologiyasi,manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish, o‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini,sabzavotchilik,polizchilik va kartoshkachilik, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish,agrobiotexnologiya,qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik kabi jami 23 bakalavriyat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladi. Mazkur fan ushbu yo‘nalishlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qiladi va ularni o‘rganish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. II. O’quv fanning maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarni organizmlarning biologik qonuniyatlariga oid bilimlar bilan ta’minlash, ushbu fan bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratyu Fanning vazifasi talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, biologik xodisa va genetik jarayonlarga uslubiy yondashuv xamda ilmiy dunyo qarashlarini kengaytirishga yordam beradi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarigi quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: − organik olam, evalyusiyasi, materiyaning o‘ziga xos biologik shakllanish xususiyatlari, ko‘payish usullari va tiriklikning rivojlanishi, tabiatdagi dinamik va statistik qonuniyatlar, biologik farqlar, belgi va xususiyatlarning naslga berilish qonuniyatlari va ulardan amaliyotda foydalanish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; − biologik va genetik jarayonlarni xamda organizmlar to‘g‘risida olingan ma’lumotlarni genetik va statistik tahlil qilishni bilishi va undan foydalana olishi; − o‘simlikshunoslik hamda chorvachilik amaliyotida biologiya qonuniyatlarini qo‘llash, shu masalalar bo‘yicha muammolar echimi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Biologiya va genetika fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kirib 3 semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasidagi rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matimatika, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo, ekologiya va agrometeorologiya), umumkasbiy (botanika va o’simliklar fizologiyasi. mikrobiologiya va qishloq xo’jalik biotexnologiyasi, tsitologiya va embriologiya, umumiy selektsiya va urug’chilik, tuproqshunoslik, dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan, melioratsiya va yer tuzish, agrokimyo, o’simliklarni kimyoviy ximoya qilish vositalari, entomologiya, fito-patologiya) va ixtisoslik (o’simliklar immuniteti, meva-sabzavot va poliz ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi, dala ekinlar selektsiyasi va urug’chiligi, paxtani tayyorlash va saqlash texnologiyasi, urug’chilik va navshunoslik, donli ekinlar selektsiyasi va urug’chiligi, g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi. IV. Fanning umumiy va o`quv ishlari bo`yicha hajmi Semestr(lar) bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti
Download 324 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling