O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakul'teti
Download 161 Kb.
|
Kurs ishi ot
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: 1-2 sinfda «Fe’l» turkumini o’rganish BAJARDI: Nodirova Matluba ILMIY RAHBAR: kat.o’q. Farsaxonova D. Jizzax – 20
- 2-§. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasi 3-§. 2 - sinfda “Narsa va shaxs harakatini b i
- Kurs ishining maqsadi
- 1-§. Boshlang ’ ich sinflarda “ Fe ’ l ” so ’ z turkumi ustida ishlashning nazariy
- 2-§. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasi
- 1-sinfda fe’l ustida
- 2-3-sinflarda fe’lni o’rganish.
- 4-sinfda fe’lni o’rganish.
- 3-§. 2 – sinfda “Narsa va shaxs harakatini b1ldirgan sozlar” bo’limini o’rganishga doir dars ishlanmalari 80-dars
- Mavzu.
- Uyga vazifa
- 83- DARS Mavzu
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKUL'TETI 306 GURUh TALABASI NODIROVA MATLUBANING ona tili o’qitish metodikasi FANIDAN MAVZU: 1-2 sinfda «Fe’l» turkumini o’rganish BAJARDI: Nodirova Matluba ILMIY RAHBAR: kat.o’q. Farsaxonova D. Jizzax – 2020 MUNDARIJA: KIRISH 1-§. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumi ustida ishlashning nazariy asoslari 2-§. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasi 3-§. 2-sinfda “Narsa va shaxs harakatini bildirgan so'zlar” bo’limini o’rganishga doir dars ishlanmalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH Hozirda Respublikamiz ta’lim sohasidagi asosiy mavzulardan biri o’quvchilarga bilim berishda yangi usullarni topish o’rganish va buni ta’lim jarayonida samarali qo’llash. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad respublikamiz ta’lim sohasini yanada yaxshilash va shu qatorda bilim oluvchilar bilim samaradorligini yaxshilash. Ko’rgazmali qurollardan foydalanish asosida dars berish ana shunday metodlardan biridir. O’quv materialini ko’rgazmali qurollardan foydalanish asosida o’rganish metodlari bilish foydaliligini oshiradi, ularga hamma narsani bilishga qiziqish va havas tug’iladi. Ammo darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanish yakkayu – yagona maqsad emas. Ular o’quv vazifasini talab qilingan taqdirda qo’llanishi mumkin. Bugungi kunda ona tili kursining o’zagini qayta qurish ishlari davom etmoqda. Bundan maqsad boshlang’ich sinf o’quvchilariga beriladigan ta’limning mazmunini ona tili fanining mazmuni bilan yaqinlashtirish, ona tili o’qitishning nazariy darajasini olishdir. Boshlang’ich ona tili kursini o’qitishda metodika fani oldida yangi muammolar bilan bir qatorda eski muammolarni yangicha mazmunda yechish turibdi. “Fe’l” so’z turkumini o’rganish o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Fe’l mavzusi 1 – sinfdan boshlab o’rganiladi. Dastur bo’yicha 1 – sinfda so’zlarning ma’nosiga 23 soat ajratilgan. 2 – sinfda “fe’l” mavzusiga 54 soat ajratilgan. 3 – sinfda “Fe’l” so’z turkumi sifatida o’rganilib jami (64 soat) ajratilgan. 4 –sinfda “Fe’l” mavzusiga jami (28 soat) ajratilgan. Ko’rinib turibdiki “Fe’l” mavzusini o’rganish 3 – 4 sinflarda hiyla murakkab, shuning uchun biz 4 –sinf o’quvchilarini shu so’z turkumining muhim jihatlari bilan tanishtiramiz.
Kurs ishining vazifalari: boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumi ustida ishlashning nazariy asoslarini tahlil qilish; boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasini takomillashtirish; 2-sinfda “Narsa va shaxs harakatini bildirgan so'zlar” bo’limini o’rganishga doir dars ishlanmalarini ishlab chiqish.
Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” mavzusi 1 – sinfdan boshlab o’tiladi. Mazkur mavzuga sinfda (so’zlarning ma’nosi) mavzusida to’xtalgan bo’lib, mazkur mavzuga jami 23 soat ajratilgan bo’lib, bunda qo’yilgan bilim ko’nikma va malakalar quyidagilardan iborat. O’quv yilining oxiriga kelib o’quvchi quyidagilarni bilishi kerak. So’zlarning ma’nolariga ko’ra guruhlanishi. Ko’nikmalarni egallashni kerak; talaffuzi va yozilishi mos bo’lgan so’zlarni to’g’ri yoza olishi. Malakalarga ega bo’lish kerak: namunali matnni grafik talablar asosida ko’chirib yozish; Fikr bayonida adabiy tilda faol qo’llaniladigan fe’llardan foydalanish. 2 – 3 so’zli 4 – 5 gapni eshitib yozish. 2 – sinfda “Fe’l” mavzusi huddi 1 – sinfdagidek so’z mavzusi o’tiladi. Bu mavzuga 2 – sinfda 54 soat ajratiladi. O’quvchilar bilan, bilim ko’nikma va malakasiga qo’yilgan talablar quyidagilar: So’zlar yordamida gap tuzish va yozilishni. berilgan mavzuga doir gap tuza olishni: O’quvchi quyidagilarni uddalay olishi zarur. So’zni, gapni va matnni, harflarni tushirib qoldirmay, ortiqchasini qo’shmay, o’rnini almashtirmay husni xat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib va eshitib to’g’ri yozish. 4 – 5 bo’g’inli so’zlarning bir yo’lga sig’may qolgan qismini keyingi yo’lga bo’g’inlab ko’chirish; kitob, maktab, oftob, odob, ozod kabi so’zlar oxirida kelgan b va d yozilishini; farzand, xursand, baxt, do’st kabi o’quvchi nutqida ko’p uchraydigan. so’zlarga so’roq bera olishni va shu so’z nimani bildirishini; fe’l mavzusiga oid 2 – 3 gap tuza olish va uni yozilishi; rasmlar asosida 5 – 6 fe’l qatnashgan gap tuza olish va uni yoshni; 3 sinfda fe’l “so’z turkumlari” sifatida o’rgatilib, o’quvchining bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat. fe’l bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni, fe’l yasovchi qo’shimchalarni. Ko’nikmalarni egallashi kerak. - ma bo’lishsizlik fe’l hosil qiluvchi qo’shimchalarni to’g’ri yoza olishni so’z yasovchi qo’shimchalar asosida fe’l turkumini yasay olishni: Malakani egallashi kerak. Fe’l mavzusi doirasida 5 – 6 gapli bo’glanishli nutq tuza olishi va ma’lum tayyorgarlikdan so’ng uni yoza olishi; Nutq madaniyatni og’zaki va yozma nutqda fe’l so’z turkumiga tegishli bo’lgan so’zlarni ifodalashni o’rganishi; 4 – sinfda “Fe’l” mavzusiga jami 28 soat ajratilgan bo’lib, bunda o’quvchining, ko’nikma va malakasiga qo’yilgan talablar quyidagilardan iborat. - So’z turkumlari, ularning belgilarini. Ko’makchilarni egallashi kerak; - fe’l, fe’l zamonlarini (o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon); - fe’l zamon qo’shimchalari, ularning imlosi; - fe’lning tuslanishi; - fe’llarning 3 zamoni va ularning hosil qilinishi: shaxs – songa tuslanishi: Malakani egallashi kerak. - gaplarning elementar sintaktik tahlil qilish; - o’rganilgan qoidalarga oid 80 – 90 so’zli matnni husni xat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib va eshitib yoza olishi; - berilgan matnga mustaqil reja tuzish, qayta hikoyalash va yozma bayon qilishi. - berilgan mavzu yoki rasm asosida kichik matn tuzib, yoza olishi; Fe’llarni shaxs – son. Fe’l zamonlari ularning gapdagi vazifasini o’rganish. Fe’llar shaxs – son qo’shimchalarini oladi. Tillarning shaxs – son qo’shimchalari bilan o’zgarishi tuslanish deyiladi. Masalan, o’qidim o’qiyapmiz, o’qiding, o’qiyapman, o’qiyapti, o’qidingiz. Fe’llaridagi ajratib ko’rsatilgan qo’shimchalar shaxs – son qo’shimchalari (tuslovchi qo’shimchalar) dir. Fe’llarda uch shaxs – son (I shaxs, II shaxs, III shaxs) va 2 son (birlik va ko’plik) bor. Fe’ldagi har bir tuslovchi qo’shimcha ham shaxs, ham sonni ko’rsatadi. Masalan, o’qidim fe’lidagi – m qo’shimchasi I shaxs birlikni, o’qiyapsan fe’ldagi – son qo’shimchasi II shaxs birlikni ko’rsatuvchi shaxs – son qo’shimchalaridir.
- man: yozmoqchiman – miz: yozmoqchimiz II shaxs - ng: tayyorlading - ingiz: tayyorladingiz - san: yozmoqchisan. - siz: yozmoqchisiz III shaxs - tayyorladi - (lar) tayyorladilar - yozmoqchi - (lar) yozmoqchilar - ishlayapti - (lar) ishlayaptilar.
1) o’tgan zamon 2) hozirgi zamon 3) kelasi zamon Fe’l zamoni nutq so’zlanib turgan vaqt (payt) ga nisbatan belgilanadi (aniqlanadi). Masalan: o’qidim, o’qigansan, harakatning nutq so’zlanib turgan vaqtdan oldin bajarilganligini bildiradi, shuning uchun ular o’tgan zamon fe’li sanaladi: o’qiyapman, o’qimoqdasan fe’llari harakatning nutq so’zlanib turgan paytda bajarilayotganini bildiradi, shuning uchun bu fe’llar hozirgi zamon fe’li hisoblanadi: o’qimoqchisan, o’qimoqchiman fe’llari harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan keyin bajarilishini bildiradi, shuning uchun ular kelasi zamon deyiladi. Fe’llarda zamon ma’nosi maxsus qo’shimchalar vositasida ifodalanadi. Fe’lga qo’shiladigan – di, - gan, - yop, - moqda, - moqchi qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridir. Zamon qo’shimchalari fe’lga tuslovchi (shaxs - son) qo’shimchalardan oldin qo’shiladi. Fe’lning lingvistik xususiyatlari.
so’roqlari yordamida; fe’llar zamon bilan o’zgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, o’tgan zamon, kelasi zamon; hozirgi zamon fe’llari nima qilyapti? So’rog’iga javob bo’ladi, hozirning o’zida, ya’ni nutq so’zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi; O’tgan zamon fe’li nima qildi? So’rog’iga javob bo’ladi, harakatning oldin, ya’ni nutq so’zlayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi; Kelasi zamon fe’li nima qilmoqchi? So’rog’iga javob bo’ladi, harakatning keyin, ya’ni nutq so’zlayotgan vaqtdan keyin bajarishini bildiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan so’roqdan bilib oladilar. So’roqdan uning leksik ma’nosi ham bilinib turadi. Fe’lning zamon formasini yasash va bilib olish uchun o’quvchilarni so’roqlardan to’g’ri foydalanishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun avval o’quvchilar bilan ishlanadi keyin o’qvchilar e’tibori so’roq bilan fe’l zamonining bog’lanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon formasini hosil qilish uchun fe’lning II shaxs birlik formasi asos qilib olinadi. Boshlang’ich sinflarda fe’lning bosh formasi o’rganilmaydi. Fe’lga so’roq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi. Bir fe’ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe’lning zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun “Fe’l” mavzusini o’rganish jarayonida fe’lni zamon qo’shimchasi bilan o’rgatish mashqi muntazam o’tkazib boriladi. Fe’llar shaxs – son qo’shimchalari bilan tuslanadi. Shaxs – son qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridan keyin qo’shiladi. Masalan, o’qi fe’li uch zamonda shaxs – son qo’shimchalari bilan quyidagicha tuslanadi.
Fe’llarda shaxs – son haqidagi ko’nikmani shakillantirish uchun mazmuniga mos shaxs – son q’shimchalarini qo’yish, berilgan fe’llarni hozirgi, o’tgan, kelasi zamonda shaxs – son qo’shimchasi bilan tuslash, fe’llarni so’z turkumi jixatidan tashkil qilish mashqlaridan foydalaniladi. Fe’l mavzusini o’rganish jarayonida quyidagi mashq turlaridan foydalanish mumkin: Quyidagi savollarga javob bo’ladigan so’zlardan gap tuzish: Kim? Qayerda? Nima qildi? (bolalar lagerda dam oldilar.) Nuqtalar o’rniga gapning mazmuniga mos fe’lni qo’yib o’qing va yozing. O’quvchilar berilgan yaqin ma’noli fe’llardan mosini tanlaydilar. Masalan, biz xayvonot bo’gini … (aylanmoq, sayr etmoq) Bunday mashqlar sinonim fe’llarni ma’no ottenkasiga qarab farqlashga o’rgatadi. Qarama – qarshi ma’noli fe’llarni topib gaplarni to’ldiring. Masalan, birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar. Nuqtalar o’rniga maqolning mazmuniga mos bo’lishsiz fe’llarni yozing. (mehnatdan …, mehnatdan qo’rq) (gap bilan …, ish bilan shosh). III sinfda o’quvchilarga fe’llarning shaxs son qo’shimchalari bilan tuslanishim, fe’l zamonlari qo’shma fe’llar haqida bilim beriladi. 2-§. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasi Fe’l ustida ishlashda izchillik, bo’limlar orasidagi bog’lanish, dastur materialining hajmi, uni har sinfda o’rganish usullari va vositalari shu so’z turkumini o’rganish vazifasi uning lingvistik xusisiyatlari va kichik yoshdagi o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. “Fe’l” mavzusini o’rganishda asosiy vazifalar: so’z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o’quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og’zaki va yozma nutqda fe’ldan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini o’stirish o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bo’gliq holda aytrim orfografik qoidalarni o’zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir – biri bilan bo’gliq holda hal etiladi. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savod o’rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi. Fe’l uchun tipik hisoblangan leksik grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishini umumlashtirish imkonini beradigan aniq manba yig’iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe” dagi so’z va matnlarni o’qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog’lab o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishiga, so’z nimani bildirishini va qanday so’roqqa javob bo’lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko’rib, gapni mazmuniga mos so’zlar bilan to’ldiradilar: Kuzda mevalar nima qiladi? … (pishadi). Sabzavotlar nima qiladi? … (yetishadi). Bolalar nima qilayaptilar? (dam olayaptilar). (ishlayaptilar). Fe’lga so’roq berishga o’rgatish o’g’zaki bo’lmasligi, o’quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildilar? Nima qiyaptilar? Nima qilmoqchilar? Kabi so’roqlarga javob berishga o’rgatish o’z navbatida fe’l zamonlarini o’rganishga tayyorlash demakdir. I sinfda morfologik so’roq so’z nimani bildirishni (o’rganishga tayyorlash demakdir) aniqlash maqsadida beriladi. O’quvchilarni so’zga so’roq berishga so’zlarni tanishga, so’zni so’roqqa mos ravishda o’zgartirishga (nima qildi?) (o’qidi). Nima qilamiz? O’qiymiz, nima qilmoqchi? O’qimoqchi kabi o’rgatiladi. II sinfda fe’lni o’rgatish. Bu boshqichning asosiy vazifasi “fe’l – so’z turkumi” degan tushunchalarni shakllantirish, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga qarab faqlash ko’nikmasini hosil qilish, bo’lishsizlik qo’shimchasining talaffuzini va imlosini o’rgatish hisoblanadi. Dasturga ko’ra, bu sinfda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar o’rganiladi. Mavz suhbat asosida tushuntiriladi. Suhbat uchun o’qish darsida kimlar o’qidi. Rahim ham o’qidimi? Kim so’zladi? Ravshan so’zladimi? Ra’no kutubxonaga bordimi? Halima gapiryaptimi savollarida ham foydalanadilar. III sinfda fe’lni o’rganish. Bu sinfda fe’lni o’rganishning vazifasi: 1) fe’lning shaxs – son qo’shimchalari bilan tuslanishi, zamon q’oshimchasi bilan o’zgarishi haqida tushuncha berish va dastlabki ko’nikma hosil qilish, fe’lning leksik ma’nolari, bo’lishli yoki bo’lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilmni chuqurlashtirish. 2) nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish . Shu maqsadda nutqda sinonim va antonym fe’llardan, matn bilan bog’liq holda o’z va ko’chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanis. 3) O’tgan zamon qo’shimchasining talaffuzi va yozilishi haqida ko’nikma hosil qilish. 4) Qo’shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqida tushuncha berish va dastlabki ko’nikma hosil qilish hisoblanadi. 1-sinfda fe’l ustida ishlash. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o’rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig‘iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe”dagi so’z va mashqlarni o’qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog‘lab o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, so’z nimani bildirishini va qanday so’roqqa javob bo’lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko’rib, gapni mazmunga mos so’zlar bilan to’ldiradilar: Kuzda mevalar nima qiladi?... (pishadi), sabzavotlar nima qiladi?... (etiladi), daraxt barglari nima qiladi?... (sarg‘ayadi). Bolalar nima qilyaptilar?... (dam olyaptilar), ...(o’ynayaptilar), ... (ishlayaptilar). Fe’lni o’rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so’zlar mavzusini o’rganishdan boshlanadi (1-sinf, o’quv yilining 2-yarmi). Fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan, o’quvchilar o’zlari bajargan harakatlarni aytishni so’rab, ular bergan javobini (fe’lni) so’roqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat o’tkazish bilan tushuntiriladi. O’quvchilarni so’roq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, o’ynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarni ham tanlashga o’rgatib borish muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o’quvchilarda predmet harakatini keng ma’noda tushunish ko’nikmasining shakllana borishiga yordam beradi. Dastur o’quvchilarda so’zlarga so’roq berib, ularni bir-biridan farqlash ko’nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi fe’lning har xil shakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar o’tkazadi. Nima? so’rog‘iga javob bo’lgan so’z bilan nima qildi? (Nima qilyapti? Nima qiladi?) so’rog‘iga javob bo’lgan so’zlar taqqoslanadi: nima? so’rog‘iga javob bo’lgan so’zlar guruhi predmetni bildirishi, nima qildi? so’rog‘iga javob bo’lgan so’zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga o’rgatadi, ularning nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga imkon beradi. Fe’lga so’roq berishga o’rgatish yuzaki bo’lmasligi, o’quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so’roqlarini, ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima qildilar?, nima qilyaptilar?, nima qilmoqchilar? so’roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday so’roqlarga javob berishga o’rgatish o’z navbatida, fe’l zamonlarini o’rganishga tayyorlash demakdir. 1-sinfda morfologik so’roq so’z nimani bildirishini aniqlash maqsadida beriladi. O’quvchilarni so’zga so’roq berishga, o’qituvchi bergan so’rog‘iga javob bo’ladigan so’zlarni tanlashga, so’zni so’roqqa mos ravishda o’zgartirishga (nima qildi? – o’qidi, nima qilamiz? – o’qiymiz, nima qilmoqchi? – o’qimoqchi kabi) o’rgatiladi. 2-3-sinflarda fe’lni o’rganish. Bu bosqichning asosiy vazifasi “fe’l – so’z turkumi” degan tushunchani shakllantirish, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga qarab farqlash ko’nikmasini hosil qilish, bo’lishsizlik qo’shimchasi (-ma) ning talaffuzi va imlosini o’rgatish hisoblanadi. Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan o’quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o’qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya’ni o’quvchilarning o’zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishni so’raydi, suhbat o’tkazadi. Suhbatda “O’qituvchi nima qildi? O’quvchilar nima qildilar? Hozir o’qituvchi nima qilyapti? O’quvchilar nima qilyaptilar? Endi o’quvchilar nima qiladilar? O’qituvchi nima qiladi?” kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida fe’llarni so’rog‘i bilan yozib boradilar. Masalan, nima qildi? – so’zladi, tushuntirdi; nima qildilar? – tingladilar, yozdilar; nima qilyapti? – tushuntirayapti, so’rayapti, tinglayapti; nima qilayaptilar? – javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; nima qiladi? – tekshiradi, ko’radi; nima qiladilar? – ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar. Suhbatdagi yoki o’quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo’lagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi: nima qildi? nima qilayapti? nima qiladi? kabi so’roqlarga javob bo’lib, predmet harakatini bildirgan so’zlar fe’l deyiladi. Fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Mavzu yuzasidan o’quvchilarda ko’nikma hosil qilish uchun so’roq berib fe’lni aniqlash, gap mazmuniga mos fe’lni tanlab qo’yish, aralash berilgan so’zlardan, shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Dasturga ko’ra, 3-sinfda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar o’rganiladi. Mavzu suhbat asosida tushuntiriladi. Suhbat uchun “O’qish darsida kimlar o’qidi?, Shokir ham o’qidimi?, Kim so’zladi?, Alisher so’zladimi?, Barno kutubxonaga boradimi?, Abdulla-chi?, U qachon bormoqchi?, Hozir kim tushuntirayapti?, Hozir Tohir gapiryaptimi?” kabi savollardan ham foydalaniladi. O’quvchilar so’roq berib fe’llarni topadilar, ma’nosini qiyoslaydilar va o’qituvchi rahbarligida tushuntiradilar. Xulosa chiqariladi: fe’l harakatning yuzaga chiqqanini, ya’ni bajarilganligini (o’qidi, so’zladi), hozir bajarilayotganini (tushuntirayapti), endi bajarilishini (boradi, o’qiydi) bildiradi. Bu fe’llar bo’lishli fe’llar deyiladi. Ayrim fe’llar harakatning bajarilmaganligini (o’qimadi, so’zlamadi), hozir bajarilmayotganini (o’qimayapti), keyin ham bajarilmasligini (bormaydi) bildiradi. Bunday fe’llar bo’lishsiz fe’llar deyiladi. O’quvchilar bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni so’roqlari bilan ikki ustun shaklida yozadilar va so’roqlarini bo’lishsiz fe’l qanday hosil bo’lganini aytadilar. O’quvchilar bilimi mashqlar bilan mustahkamlanadi, bo’lishsizlik qo’shimchasi -ma -mi shaklida talaffuz qilinsa ham, doim aslicha -ma shaklida yozilishi tushuntiriladi. O’quvchilarda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni ma’nolariga qarab farqlash ko’nikmasini o’stirish uchun bo’lishli fe’ldan bo’lishsiz fe’l hosil qilish, bo’lishsiz fe’llarning talaffuzi va yozilishini qiyoslash, bo’lishsiz fe’llar bilan gaplar tuzish mashqlaridan foydalaniladi. 4-sinfda fe’lni o’rganish. Bu sinfda fe’lni o’rganishning vazifalari quyidagilar: 1. Fe’lning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo’shimchasi bilan o’zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko’nikma hosil qilish; fe’lning leksik ma’nolari, bo’lishli va bo’lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish. 2. Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda ma’nodosh va zid ma’noli fe’llardan matn bilan bog‘liq holda o’z va ko’chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish. 3. Zamon qo’shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko’nikmani hosil qilish. 4. Qo’shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko’nikmani hosil qilish hisoblanadi. 3-§. 2 – sinfda “Narsa va shaxs harakatini b1ldirgan so'zlar” bo’limini o’rganishga doir dars ishlanmalari 80-dars NARSA VA SHAXS HARAKATINI B1LDIRGAN SO'ZLAR Dasturga ko'ra 2- sinfda o'quvchilarni shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so'zlar bilan tanishtirish, ularda bunday so'zlarni shaxs va narsalar nomini va belgisini bildirgan so'zlardan farqlash ko'nikmasini o'stirish vazifasi qo'yiladi. O'quvchilarda harakat bildirgan so'zlarga nima qildi?, nima qildilar?, nima qilyaptilar? nima qiladi?, nima qiladilar? so'roqlarini bera olish ko'nikmasi shakllantiriladi. So'zga so'roqni to'g'ri berish ko'nikmasi o'quvchilarni keyingi sinflarda fe'lning zamon, shaxs-son shakllarini bilib olishga tayyorlashni ko'zda tutadi. Bulardan tashqari o'quvchilar savollar yordamida so'zlar shaxs va narsalarning nomini, harakatini, belgisini ifodalashini bilib oladilar. (So'zlarni so'roqlar yordamida farqlashga o'rgatish so'z turkumlarini o'rganishda boshlang'ich bosqich hisoblanadi.) So'zga so'roq berish bilan bir vaqtda shu so'zning (fe'lning) leksik ma'nosini aniqlashga, undan nutqda fikrni aniq ifodalash uchun foyda-lanishni kuzatishga o'rgatish zarur. O'quvchilar harakat bildiruvchi so'zning (fe'lning) umumiy leksik-grammatik ma'nosini tushunishga o'rgatiladi. Ma'lumki, fe'l shaxs va narsalarning harakatini bildiradi: yozdi, o'qidi, uxladi, topdi, tinchlandi, shodlandi kabi. Fe'llar harakat ifodalash bilan birga turlicha holatni, belgining o'zgarishini ham harakat tarzida anglatadi: daraxt ko'kardi, o'rik gulladi, bola qizardi, ukam uxladi. Harakat tushunchasini bunday keng tushunish kichik yoshdagi o'quvchilar uchun qiyinchilik tug'diradi. O'quvchilar «shaxs va narsalarning harakati» tushunchasini to'g'ri anglab yetishlari uchun nima qilmoq? so'rog'iga javob bo'lgan shaxs va' narsalarning biror aniq ishni bajarishini bildirgan turli leksik ma'noni ifodalaydigan so'zlar (fe'llar)dan foydalanish zarur. Mavzu. Shaxs (kishi)lar va narsalarning harakatini bildirgan so'zlar haqida tushuncha. Maqsad. Shaxs va narsalarning harakatini bildirib, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar bilan tanishtirish; shaxs va narsalar harakatini bildirgan so'zlarga beriladigan so'roq bilan shu so'zning ma'nosini taqqoslash ko'nikmasini o'stirish. B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash; C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi Darsning metodi: aralash; _______________ Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar. Darsning borishi. I. Kim ? nima?so 'roqlariga javob bo 'Igan so 'zlaryuzasidan takrorlash. — Bir so'z bilan ayting va kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni chap tomonga, nima ? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni o'ng tomonga ustun shaklida yozing. I. Bolalarta'lim-tarbiya oladigan o'quvyurti. (Maktab.) 2. Maktabda o'qiydigan bola. (O'quvchi.) 3. G'o'za ekilgan dala. (Paxtazor.) 4. Paxta yetishtiruvchi dehqon. (Paxtakor.) 5. Mevali daraxtlar ekilgan joy. (Bog'.) Bog'ni parvarish qiladigan odam. (Bog'bon.) Namuna: Kim? O'quvchi. Nima? Maktab. O'quvchilar bajargan ish tekshiriladi. — Kim ?, nima ? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar nimalami bildiradi? O'qituvchi xulosalaydi. Kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar kishilarning,
Kim? Nima qildi? qizcha yozdi bola o'qidi Nima? Nimaqiladi? qush uchadi bulbul sayraydi daryo oqadi — Chap ustundagi so'zlar qanday so'roqqa javob bo'ladi? (Kim? yoki nima?) Ular nimani bildiryapti? (Kishi — shaxs va narsalarning nomini bildiradi.) — O'ng ustundagi so'zlar qanday so'roqlarga javob bo'lyapti? Ular nimani bildiryapti? O'quvchilar nima qijyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlar aytadilar. Umumlashtirish. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar kishilarning va har xil narsalarning harakatini bildiradi. III. Kishilarning va har xil narsalarning harakatini, ishini bildirgan so'zlarni aniqlab bilib olish. 1. 189-190- mashqlarni bajarish. 2. Darslikdan qoidani o'qish, misollar aytish. 3. — Hayvonlar qanday ovoz chiqarishini o'ylab toping va gap tuzing. O'qituvchi hayvon nomini aytadi, o'quvchilar gap tuzadilar. Sigir ma'raydi. Ot kishnaydi. It vovullaydi. Mushuk miyovlaydi. Harakat bildirgan so'zlarga nima qiladi? so'rog'ini beradilar. 4. Og'zaki mashq. Topishmoqni o'qing. Oyogi yo 'q, qochadi. Qanoti yo 'q, uchadi. — Topishmoqning javobi — tutunning harakatini bildirgan so'zlarni aniqlang, ularga so'roq bering. (Nima qiladi? uchadi, qochadi.) IV. Darsni yakunlash. — Darsda nimalar haqida bilib oldingiz? Nimalarni o'rgandingiz? V. Uyga vazifa. 191- mashq. 81- DARS Mavzu. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar. 192-193-mahsqlar Maqsad. Harakat bildirgan so'zlarning (fe'lning) vaqt (zamon) bilan o'zgarishi haqida tasavvur hosil qilish, bunday so'zlarga nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlarini berish va ulardan nutqda foydalanish ko'nikmasini o'stirish. B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash; C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi Darsning metodi: aralash; _______________ Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.
1. O'qituvchi bir o'quvchini xattaxta oldiga chiqaradi. Bolaga kitob beradi, bola o'qiyotganda so'raydi: — O'rtog'ingiz nima qilyapti? Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapti.) Bola xattaxtaga o'qiyapti so'zini yozadi va o'tiradi. O'qituvchi so'raydi: — Endi u nima qildi? (Yozdi.) Endi u daftariga nima qiladi? (Yozadi.) O'quvchilar bilan birga ish jarayonida o'qituvchi so'zlarni doskaga yozadi va so'roqlarga moslab o'zgartiradi: Nima qilyapti? Nima qildi? Nima qiladi? o'qiyapti o'qidi o'qiydi yozyapti yozdi yozadi. Umumlashtiradi. Demak, harakat bildirgan so'zlar nima qilyapti?, nima qildi?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'ladi.
Bir o'quvchi mashq topshirig'ini o'qiydi. O'qituvchi so'raydi: «0'rtog'ingiz nima qildi?» Bir so'z bilan ayting. (O'qidi.) O'qituvchi matnni ifodali o'qiy boshlaydi va o'quvchilardan so'raydi: «Hozir men nima qilyapman?» Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapsiz.) Matnni o'qib bo'lgach, o'quvchilardan biriga o'qitiladi. Bola o'qiyotganda so'raydi: «Aziz nima qilyapti?» Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapti.) O'qituvchi mashq topshirig'ini va savollarni o'qiydi. Topshiriqlarni bajarish yo'llarini tushuntiradi. Avval bir o'quvchi 1- savolni (Uch faslda yer nima qiladi?) o'qiydi. Matndan bu savolga javob bo'lgan gap birgalikda toptiriladi va javobni topgan o'quvchiga o'qitiladi. (Yer tabiatning uch faslida xayrli mehnat qiladi.) Javobni barcha o'quvchilar daftarlariga xatboshidan boshlab yozadilar. Keyingi savollarga javob ham shunday yo'l bilan toptiriladi va xatboshidan yozdiriladi. O'quvchilar yozganlarini darslikdan tekshiradilar. Nima qiladi? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar birgalikda aniqlanib, tagiga to'g'ri chiziq chizdiriladi.
Ish-harakat bildirgan so'zlar nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'ladi. V. Uyga vazifa. 193- mashq. 82- DARS Mavzu. Nima qilyapti?, nima qiladi? va nima qilyaptilar?, nima qiladilar? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar. 194-197-mashqlar Maqsad. Shaxs (kishi) va narsalarning ish-harakatini bildirgan so'zlarga (fe'llarga) so'roq berish ko'nikmasini o'stirish; harakat bildirgan so'zlar (fe'llar) bir kishi bajarayotgan, bajargan ishni (birlikni) va ko'p (ikki va undan ortiq) kishilar bajargan ishni (ko'plikni) bildirishi haqidagi tasavvurni shakllantirish. B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash; C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi Darsning metodi: aralash; _______________ Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar. Darsning borishi. I. Uy vazifasini tekshirish. — Siz bu darsda so'zlar nima qilyapti?, nima qiladi? va nima qilyaptilar?, nima qiladilar? so'roqlariga javob bo'lishini bilib olasiz. II. Nima qilyapti? vanima qilyaptilar? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarning qo'Uanishi yuzasidan kuzatish. 194- mashq. Taqqoslang: agar so'z nima qilyapti?so'rog'iga javob bo'lsa, harakat necha kishi (nechta bola) tomonidan bajarilyapti va so'z nima qildilar? so'rog'iga javob bo'lsa, harakat necha kishi (nechta qizcha) tomonidan bajarilyapti? (O'qituvchi o'quvchilar javobini umumlashtiradi.) O'quvchilar xulosani darslikdan o'qiydilar. O'z misollarini aytadilar.
— Darsda nimalarni bilib oldingiz? V. Uyga vazifa. 197- mashq.
B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash; C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi Darsning metodi: aralash; _______________ Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar. Darsning borishi. I. Uy vazifasini tekshirish. II. Harakat bildirgan so'zlarni bilib olish. 198- mashq. III. Harakat bildirgan so 'zlarni berilgan savollarga moslab o 'zgartirish. 199- mashq. O'quvchilar harakat bildirgan so'zni qatnashtirib tuzgan va daftarlariga yozgan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so'zning tagiga bitta, u haqida nima deyilganini bildirgan so'zning tagiga ikkita to'g'ri chiziq chizadilar.
— Darsda nimalarni o'rgandingiz? Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so'zni boshqa so'zlardan farqlashni nima uchun bilish kerak? (Bunday so'zlarni gapda to'g'ri qo'llash va o'z fikrimizni aniq ifodalash uchun kerak.) V. Uyga vazifa. 200- mashq. Xulosa Boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarning so’z zahirasini boyitishdir. Bu maqsad barcha darslarda amalga oshiriladi. Xususan, “ona tili” asosidagi darslar bu borada mas’ul va yetakchi fan sanaladi. Shuning uchun ham so’z turkumlarini o’rganish bizga ona tili kursining yuqori sinflarda o’qitilishiga zamin hozirlaydi. Chunki yuqori sinfda o’quvchilar fe’l so’z turkumi sintaktik birliklarda kesim tushuncha orqali ifodalanadi. Kesimning gapdagi vazifasi fe’lnikiga o’xshash farqli shundagi “Morfologiya” da so’z turkumlari sifatida “sintaksis” da bo’lagi sifatida o’rgatiladi. Ana shuni hisobga olgan holda boshlang’ich sinflarda birinchi bo’lib so’z turkumi sifatida “ot” mavzusi o’tilib, eng oxirida “fe’l” mavzusi o’tiladi. Bu ikkala so’z turkumini qatnashtirsak gap hosil bo’ladi. Ana shularni hisobga olgan holda biz so’z turkumi sifatida “fe’l” mavzusini o’rganish jarayonini bosqichlarga bo’lib o’rgandik. Suhbat jarayoni orqali o’quvchilarni “Fe’l” so’z turkumiga so’roq berishga o’rgatish eng asosiy usullardan biri O’quvchilar bo’lishli va bo’lishsiz fe’l shakllarini o’tish jarayonida ularni ma’nolariga qarab faqlash ko’nikmasini o’stirish maqsadida taqqoslash ishlari olib borilib tajriba o’tkaziladi. O’quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda o’g’zaki va yozma nutqda fe’llardan foydalanish ko’nikmasini o’stirish, o’quvchilarning asosiy faoliyatini rivojlantirish grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim orfografik qoidalarni o’zlashtirishdir. Bu vazifalar bir biri bilan bo’liq holda hal etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent.: O’zbekiston. NMIU, 2016, 56 bet Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalkimiz bilan birga quramiz. - Toshkent.: O’zbekiston. 2017. - 488 bet Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent “Ma’naviyat”. 2008 y 173 bet. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni. T.: 1997. O`zbekiston Respublikasining Milliy dasturi. T.: 1998. Boshlang`ich sinflarning takomillashtirilgan o`quv dasturi. Boshlang`ich ta`lim. 2006, 5-son. Abdullayeva K. va boshqalar. Ona tili. T.: o`qituvchi 1999. G`apporova T., Abdullayeva K. va boshqalar. Ona tili. T.: o`qituvchi 1999. G`ulomova X., G`apporova T. 1-sinf ona tili darsligi. T.: Sharq. 2003. Qosimova K., Fuzilov S.,ne`matova A. Ona tili 2-sinf uchun darslik T.: Cho`lpon. 2005. Qosimova K., Ne`matova A. 2-sinfda ona tili darsligi T.: Cho`lpon 2004. Fozilova S., Xudoberyonova M. Ona tili 3-sinf uchun T.: O`qituvchi 2005. Xudoberganova M., Muxtorova M. 3-sinfda Ona tili darsligi. T.: O`qituvchi 2005. Ikromova R., G`ulomova X., Yo`ldosheva Sh., Shodmonqulova Sh. Ona tili 4-sinf uchun T.: O`qituvchi 2007. G`ulomova X., Yo`ldosheva Sh., Shermatova U. 4-sinfda ona tili darslari T.: O`qituvchi 2003 Qosimova K. va b. “Boshlang`ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi” T.,”Noshir”nashriyoti,2009y Download 161 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling