O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi
Download 106.25 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- F I Z I K A UZVIYLASHTIRILGAN O‘QUV DASTURINI JORIY ETISH BO‘YICHA TAVSIYA VA TAQVIM-MAVZU REJALAR
- 6-SINF O‘QUV DASTURIGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISHLAR BO‘YICHA DARSLARNI TASHKIL ETISH YUZASIDAN TAVSIYALAR
- Richagning muvozanatda bo‘lish shartini o‘rganish
- «Yorug‘lik hodisalari» bobiga doir masalalar yechish 8 A -mashq.
- «Yorug‘lik hodisalari» bobiga doir masalalar yechish 9 A -mashq.
- 7-SINF O‘QUV DASTURIGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISHLAR BO‘YICHA DARSLARNI TASHKIL ETISH YUZASIDAN TAVSIYALAR
- «To‘g‘ri chiziqli harakat tezligi. Harakatning grafik tasviri» mavzusiga doir masalalar yechish 1 A -mashq.
- «Notekis harakatda tezlik» va «Tekis o‘zgaruvchan harakatda tezlanish» mavzulariga doir masalalar yechish 2 A
- «Tekis o‘zgaruvchan harakat tezligi» va «Tekis o‘zgaruvchan harakatda bosib o‘tilgan yo‘l» mavzulariga doir masalalar yechish 5
- «Jismlarning erkin tushishi» mavzusiga doir masalalar yechish 6 A -mashq.
- «Moddiy nuqtaning aylanma tekis harakati» mavzusiga doir masalalar yechish 7 A -mashq.
- Aylana bo‘ylab tekis harakatga doir masalalar yechish 9 A -mashq.
- Jism tezlanishining massasiga va qo‘yilgan kuchga bog‘liqligini o‘rganish
- Ta’rif: Jismning boshqa jismlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida olgan tezlanishi qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri proporsional, shu jismning
- «Dinamika asoslari» bobiga doir masalalar yechish 18 A -mashq.
- «Impuls» va «Impulsning saqlanish qonuni» mavzulariga doir masalalar yechish 20 A -mashq.
- «Mexanik ish» mavzusiga doir masalalar yechish 20 B -mashq.
- «Kinetik energiya» va «Potensial energiya» mavzusiga doir masalalar yechish 22 A -mashq.
- «Quvvat» mavzusiga doir masalalar yechish 24 A -mashq.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 1-iyuldagi qo‘shma hay’at majlisi qarori bilan tasdiqlangan. F I Z I K A UZVIYLASHTIRILGAN O‘QUV DASTURINI JORIY ETISH BO‘YICHA TAVSIYA VA TAQVIM-MAVZU REJALAR (6 −−−−−9-sinflar) TOSHKENT−2010
Tuzuvchi Z.SANGIROVA Nashr uchun mas’ullar: Y.ASADOV, I.ZOKIROV, N.TURDIYEV, A.ASQAROV
G.USMONOVA, M.VAHOBOV ISBN 978-9943-00-486-3 © «Sharq» NMAK Bosh tahririyati, 2010. ÁÁÊ 74.262.22 F 58 3 KIRISH O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
16-avgust- dagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlariga berilgan sharhlar «2004–2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» doirasida qayta ko‘rib chiqildi. Tahlillar asosida Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bir-biridan ajratildi hamda sinflar kesimida alohida-alohida belgilab berildi. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekom- munikatsiyalar kompleksining 2010-yil 17-martdagi qo‘shma yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori kasb mahoratiga ega o‘qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlari tuzildi. Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklari uzviyligi, uzluksizligi hamda o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mosligi ikki bosqichda tahlil qilindi.
fani bo‘yicha DTS, o‘quv dasturi va darslik mazmuni sinflar kesimida tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar tayyorlandi.
o‘rganilishi davom etadigan 17 ta umumta’lim fanlari, jumladan, fizika fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari uzviylik va uzluksizlik jihatidan tahlil qilinib, o‘quvchilarning ta’lim bosqichlarida egallashlari lozim bo‘lgan bilimlarining hajmi optimallashtirildi. Ishchi guruhlar xulosalari va tahlillari, Ilmiy-metodik kengash tavsiyalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanidan jami 39 soat hajmdagi 33 ta mavzu optimallashtirildi. Shundan 37 soat hajmdagi 31 ta (yillik yuklamaning 18,1%) mavzu akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari yoshiga xosligi sababli umumiy o‘rta ta’limdan chiqarilib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tkazildi. 6-sinf o‘quv dasturidagi 2 soat hajmdagi 2 ta (yillik yuklamaning 3%) mavzu esa 9-sinfga o‘tkazildi. Ushbu risolada fizika fanidan uzviylashtirilgan o‘quv dasturini amalga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar hamda taqvim-mavzu rejalar keltirilgan. 4 6-SINF O‘QUV DASTURIGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISHLAR BO‘YICHA DARSLARNI TASHKIL ETISH YUZASIDAN TAVSIYALAR 6-sinf o‘quv dasturining «Yorug‘lik hodisalari» bobidan 2 soat hajmdagi 2 ta mavzu 9-sinfga o‘tkazildi. Shu soat hisobidan 6-sinf o‘quv dasturining «Yorug‘lik hodisalari» bobiga 2 soatlik amaliy mashg‘ulot kiritildi. I. Darslikdagi (86-bet) «Foydali ish koeffitsienti» mavzusi «Richagning muvozanatda bo‘lish shartini o‘rganish» laboratoriya ishi bilan almashtirildi. Taqvim-mavzu rejadagi 35-darsda quyidagi laboratoriya ishidan foydalanish tavsiya etiladi. 35-dars. Richagning muvozanatda bo‘lish shartini o‘rganish (Laboratoriya ishi) Kerakli asboblar: Chizg‘ich, dinamometr, yuklar jamlamasi, shtativ (muftalari bilan), richag (1-rasm). 1-rasm
5 Ishni bajarish tartibi 1. Shtativ muftasiga mahkamlangan o‘qqa richag o‘rnatiladi va uchlaridagi gaykalarni siljitish yo‘li bilan muvozanatga keltiriladi. Richagning chap yarmiga (masalan, o‘qdan 18 sm masofada) sim ilgaklar yordamida ikkita bir xil yuk osiladi va richagni muvozanatlash uchun shunday 3 ta yukni qayerga osish kerakligini sinab ko‘rish yo‘li bilan topiladi. 2. Richagning chap tomoniga o‘qdan 10 sm masofada to‘rtta yuk osiladi. Richagni muvozanatga keltirish uchun uning o‘ng tomonida o‘qdan 20 sm masofada nechta yuk osish lozimligini topish masalasi amalda yechiladi. 3. O‘ng tomonga o‘qdan 12 sm masofada uchta yuk osiladi. Richagni muvozanatda ushlash uchun yuklarni osish nuqtasidan 8 sm o‘ngdagi nuqtaga qanday kuch qo‘yilishi kerakligi dinamometr bilan aniqlanadi. Bu uchta masalaning yechilishi tajribada olingan natijalariga ko‘ra tegishli xulosalar chiqarishga yetarlidir; lekin agar vaqt yetarli bo‘lsa, tajriba soni ko‘paytirilishi mumkin. Tajriba natijalari quyidagi jadvalga yoziladi: Tajriba t/r F 1 , N l 1 , sm F 2 , N l 2 , sm F 1 : F 2 l 1 : l 2 1 2 3 Tajriba natijalarini muhokama qilish natijasida richag uchun kuchlarning muvozanat sharti aniqlanadi va xulosa yoziladi.
1. Richag qanday mexanizmlarda ishlatiladi? 2. O‘qdan 7 sm masofada osilgan uchta yukni muvozanatlash uchun bitta shunday yukni richagning qaysi nuqtasiga osish lozim? Hisoblab topilgan javob tajribada tekshirilsin.
o‘rganiladigan «Fotoapparat» va «Lupa» mavzulari (darslikda 129-bet) 9-sinfga o‘tkazildi. Mazkur mavzularga ajratilgan soatlar «Yorug‘lik hodisalari» bobidagi mavzularga doir masalalar yechishga berildi. Taqvim- mavzu rejadagi 51- va 58- darslarda quyidagi materiallardan foydalanish mumkin.
6
51-dars. «Yorug‘lik hodisalari» bobiga doir masalalar yechish 8 A -mashq. 1. Soya nima? 2. Nima uchun sinf derazalari o‘tirish o‘rindig‘ining chap tomonida bo‘ladi?
3. Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishini qanday hodisalar tasdiqlaydi? 4. Yorug‘lik qanday sirtdan tekis qaytadi, qanday sirtdan sochilib qaytadi? 5. Yorug‘lik nuri havodan suv sirtiga tushib, 40° burchak ostida qaytadi. Yorug‘likning tushish burchagini aniqlang. 6. Necha xil ko‘zguni bilasiz va ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? 7. Kishi ko‘zguga 0,8 m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. U o‘zining tasviriga qanday tezlik bilan yaqinlashadi? 8. Agar botiq ko‘zguga yorug‘lik manba 2F masofadan nariga qo‘yilsa, tasvir qanday bo‘ladi? 9. Buyum botiq ko‘zgudan 200 sm masofada turibdi. Ko‘zguning fokus masofasi 185 sm. Ko‘zgudan tasvirgacha bo‘lgan masofani toping. 10. Optik kuchi 10 dptr bo‘lgan yig‘uvchi linzadan 12,5 sm masofada sham turibdi. Uning tasviri linzadan qanday d masofada hosil bo‘ladi va u qanday?
1. Avtomobil, trolleybus, tramvay va mototsiklda haydovchi o‘tiradigan joy yaqiniga uncha katta bo‘lmagan ko‘zgu o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu qanday ko‘zgu? U nima uchun xizmat qiladi? 2. Botiq ko‘zgu buyumni uch marta kattalashtirilgan tasvirini berdi. Buyum bilan tasvir orasidagi masofa 28 sm. Ko‘zguning bosh fokus masofasi qancha? 58-dars. «Yorug‘lik hodisalari» bobiga doir masalalar yechish 9 A -mashq. 1. Qaysi rangli nur uchburchakli prizmadan o‘tganda eng katta burchakka og‘adi? 2. Qanday rangdagi nurlar ma’lum nisbatda qo‘shilsa, oq rang hosil bo‘ladi? 3. Fokus masofasi 20 sm bo‘lgan linzaning optik kuchi qancha bo‘ladi? 4. Bir ko‘zingiz bilan i pni ignadan o‘tkazishga harakat qilib ko‘ring.
7 Nima uchun bunday qilish qiyin? 5. Nima uchun tish shifokorlari botiq sferik ko‘zgudan foydalanadilar? 6. Buyum yassi ko‘zguga 0,5 m ga yaqinlashtirilsa, tasvir va buyum oralig‘i qanday o‘zgaradi? 7. Buyum linzadan 4F masofada joylashtirilgan. Shu buyumning ekrandagi tasviri uning o‘zidan necha marta kichik? 8. Optik kuchi 10 dptr bo‘lgan linzaning fokus masofasini aniqlang. 9. Fokus masofalari F 1 = 5 sm va F 2 = 5 mm bo‘lgan lupalarning normal ko‘rish masofasi L 0 = 25 sm ga akkomodatsiyalangan ko‘z uchun kattalashtirishlari K 1 va K 2 ni toping . 10. Uzoqdan ko‘ruvchi odam kitobni ko‘zdan d = 80 sm dan kam bo‘lmagan masofada ko‘zni zo‘riqtirmay o‘qiy oladi. Odam normal ko‘rish masofasi L 0 = 25 sm da kitobni o‘qiy olish uchun taqishi zarur bo‘lgan ko‘zoynakning optik kuchi D ni toping. Shu bilan birga darslikning 128-betida berilgan 9-mashqdan foydalanish tavsiya etiladi.
1. 9-mashqdan 4-masala. 2. Optik kuchi 4 dptr bo‘lgan linzaning fokus masofasini aniqlang.
8 7-SINF O‘QUV DASTURIGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISHLAR BO‘YICHA DARSLARNI TASHKIL ETISH YUZASIDAN TAVSIYALAR 7-sinf o‘quv dasturidan jami akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘tkazildi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari yoshiga xos bo‘lmaganligi hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-kursida kengaytirilgan holda takroran o‘rganilayotganligi sababli quyidagi 14 soatlik 12 ta mavzu 7-sinf o‘quv dasturidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tkazildi: 1. Galileyning nisbiylik prinsi pi. 2. Tebranma harakat. Erkin tebranishlar. 3. Tebranishlar amplitudasi, davri va chastotasi. 4. Matematik mayatnikning tebranish davri. 5. Prujinaga osilgan yukning tebranishi. 6. Tebranma harakatda energiyaning aylanishi. 7. Majburiy tebranishlar. Rezonans. 8. Mexanik to‘lqinlar. Ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar. 9. To‘lqin uzunligi, uning tarqalish tezligiga va davri (chastotasi)ga bog‘liqligi. Tovush to‘lqinlari. 10. Suyuqlik va gazlarda harakatlanuvchi jismga ta’sir etuvchi kuchlar. 11. Harakatlanuvchi suyuqlik va gazlarning bosimi. 12. Quvurda oqayotgan suyuqlikning bosimi bilan tezligi orasidagi bog‘lanishdan texnikada foydalanish. Mazkur soatlar hisobidan 7-sinf o‘quv dasturining «Kinematika asoslari» bobiga (6 soat), «Dinamika asoslari» bobiga (2 soat), «Saqlanish qonunlari» bobiga (6 soat) amaliy mashg‘ulotlar (laboratoriya ishlari va masalalar yechishlar) uchun soatlar ajratildi.
kiritilgan. Taqvim-mavzu rejadagi 5-, 8-, 12-, 15-, 17-, 21-darslarda quyidagi materiallardan foydalanish mumkin. 5-dars. «To‘g‘ri chiziqli harakat tezligi. Harakatning grafik tasviri» mavzusiga doir masalalar yechish 1 A -mashq. 1. Tezliklarni m/s ga aylantiring. 36 km/h, 72 km/h,144 km/h, 288 km/h.
9 2. Harakatlanayotgan passajir poyezdi vagonidagi stolda kitob yotibdi: Kitob: a) stolga, b) vagon poliga, d) relslarga, e) telegraf ustunlariga nisbatan tinch holatda turibdimi yoki harakatlanayaptimi? 3. O‘rtacha tezligi 100 km/h bo‘lgan poyezd 30 minutda qancha yo‘lni bosib o‘tadi? 4. 25 m/s tezlik bilan tekis harakat qilayotgan jism 5 km masofani necha minutda bosib o‘tadi? 5. Elektr poyezdi Guliston shahridan Toshkentga 3 soatda yetib keldi. Agar shaharlar orasidagi masofa taxminan 150 km bo‘lsa, elektr poyezdning tezligini toping. 6. 80 km/h tezlik bilan tekis harakat qilayotgan «Matiz» avtomobili uchun tezlik va yo‘l grafigini chizing. Darslikda (23-bet) berilgan 1-mashqdan foydalanish mumkin. Uyga vazifa: 1. Mustaqil ravishda mavzuga doir krossvord tuzish. 2. Tezliklarni m/s ga aylantiring: 54 km/h, 108 km/h, 216 km/h. 3. Velosi pedchi 25 km/h tezlik bilan 30 minut harakatlangan. Uning bosib o‘tgan yo‘lini toping. 8-dars. «Notekis harakatda tezlik» va «Tekis o‘zgaruvchan harakatda tezlanish» mavzulariga doir masalalar yechish 2 A -mashq. 1. Sharcha suvda cho‘kadi. U har sekundda 10 sm ga teng yo‘l o‘tadi. Sharning harakat tezligini grafik tarzda tasvirlang. (masshtab: 2 sm — 10 sm/s). 2. 5 m/s tezlik bilan tekis harakat qilayotgan jism 5 minutda qancha masofani bosib o‘tadi? 3. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo‘l o‘tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo‘l o‘tadi? 4. Bir velosi pedchi 12 s davomida 6 m/s tezlik bilan harakatlangan, ikkinchi velosi pedchi yo‘lning shu qismini 9 s da bosib o‘tgan. Ikkinchi velosi pedchining yo‘lning shu qismidagi o‘rtacha tezligi qanday?
5. Chang‘ichi tepalikka ko‘tarilayotib 3 km ga teng yo‘lni o‘rtacha 5,4 km/h tezlikda bosib o‘tadi. U pastga tushayotib 10 m/s o‘rtacha tezlikda 1 km yo‘l o‘tadi. Chang‘ichning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligini toping. 10 6. Jismning tezlanishi nolga teng bo‘lgan paytda tezligi nolga teng bo‘lishi mumkinmi? 7. 54 km/h tezlik bilan harakatlanib borayotgan avtomobil tormozlanganda 8 s ichida to‘xtaydi. Avtomobil tormozlanishda qanday o‘zgarmas tezlanish bilan harakat qiladi? 8. «Neksiya» avtomobili o‘zgarmas tezlanish bilan harakatlanib borayotganida yo‘lning biror qismida o‘z tezligini 15 dan 25 m/s ga yetkazdi. Agar «Neksiya» avtomobili tezlanishi 1,6 m/s 2 ga teng bo‘lsa, uning tezligi qancha vaqt ichida mana shunday ortgan? Uyga vazifa: 1. Boshlang‘ich tezligi nolga teng bo‘lgan jism to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 10 m/s 2
qanchaga yetar edi? 2. Vagon saralash tepaligidan pastga harakatlanib, 10 s da 120 m masofani o‘tadi. Tepalikdan tushib harakatni davom ettirgan holda vagon butunlay to‘xtaguncha yana 1,5 minutda 360 m yo‘l o‘tdi. Vagonning butun harakati davomidagi o‘rtacha tezligini aniqlang. 12-dars. «Tekis o‘zgaruvchan harakat tezligi» va «Tekis o‘zgaruvchan harakatda bosib o‘tilgan yo‘l» mavzulariga doir masalalar yechish 5 A -mashq. 1. Mototsiklchi va velosi pedchi tinch holatdan boshlab bir vaqtda harakat qila boshladi. Velosi pedchiga qaraganda mototsiklchining tezlanishi uch marta katta. Mototsiklchi: a) bir xil vaqtda; b) bir xil yo‘lda necha marta katta tezlikka erishadi? 2. Boshlang‘ich tezligi 4 m/s bo‘lgan jism 0,5 m/s 2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilib, 20 s da qanday tezlikka erishadi? 3. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, chopqir ot chopishga kirishib 30 m yo‘l bosganida 15 m/s ga teng bo‘lgan eng katta tezlikka erishadi. Otni o‘zgarmas tezlanish bilan chopadi deb hisoblab, shu tezlanishni toping. 4. Boshlang‘ich tezligi nolga teng bo‘lgan jism to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 2 m/s 2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. 1 minutdan keyin tezligi qanchaga yetadi? 11 5. Quduqqa tashlangan toshning quduq tubiga borib urilgandagi tovushi tosh tusha boshlaganidan 10 s keyin eshitilgan. Quduqning chuqurligini va toshning quduq tubidagi tezligini aniqlang. Tovushning tezligi 340 m/s ga, erkin tushish tezlanishi 10 m/s 2 ga teng deb oling. 6. Samolyotning tezligi 15 sekund ichida 180 km/h dan 540 km/h ga ortdi. Samolyotning tezlanishini, shu vaqt ichida bosib o‘tgan yo‘lini va o‘rtacha tezligini toping. 7. Raketa
45 m/s
2 tezlanish bilan harakat qilib,
biror paytda 900 m/s tezlikka erishadi. Raketa bundan keyingi 2,5 s davomida qancha yo‘l o‘tadi?
8. Kosmik kema hamma vaqt to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 10 m/s 2 tezlanish bilan harakat qilsa, uchirilgandan 30 minut o‘tganda Yerdan qanday masofaga borib qolgan bo‘lar edi? Uyga vazifa: 1. Boshlang‘ich tezligi nolga teng bo‘lgan jism to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 10 m/s 2
qancha bo‘ladi? 2. Trolleybus joyidan qo‘zg‘alib 1,5 m/s 2 o‘zgarmas tezlanish bilan harakat qiladi. Qancha vaqtdan keyin uning tezligi 54 km/h ga yetadi?
15-dars. «Jismlarning erkin tushishi» mavzusiga doir masalalar yechish 6 A -mashq. 1. Erkin tushish tezlanishi qaysi olim tomonidan qachon va qanday tajribada aniqlangan? 2. Erkin tushayotgan jism tushishning oxirgi sekundida 63,7 m yo‘l o‘tdi. Jismning tushish vaqti qancha va u qanday balandlikdan tushgan? 3. Metro eskalatori harakatlanmay turgan yo‘lovchini 1 minut davomida yuqoriga olib chiqadi. Harakatlanmayotgan eskalatordan yo‘lovchi 3 minutda ko‘tariladi. Yo‘lovchi harakatlanayotgan eskalatorda yuqoriga yurib, qancha vaqtda ko‘tariladi? 4. Erkin tushayotgan jismning yerga urilish paytdagi tezligi 39,2 m/s ga yetgan. Jismning tushish balandligi va tushish vaqtini toping. 5. 40 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan kamon o‘qi mo‘ljalga 2 s dan keyin tekkan bo‘lsa, mo‘ljal qanday balandlikda bo‘lgan va o‘qning
12 mo‘ljalga tegish paytidagi tezligi qanday bo‘lgan? 6. Suvga bog‘langan sanoq sistemasida tezligi 6 m/s bo‘lgan motorli qayiq daryo orqali eng qisqa yo‘ldan o‘tishi lozim. Agar daryo oqimining tezligi 2 m/s bo‘lsa, daryoning bir qirg‘og‘idan ikkinchi qirg‘og‘iga suzib o‘tishi uchun qayiq qirg‘oqqa nisbatan qanday yo‘nalishda harakatlanishi lozim? Qayiqning yerga nisbatan tezligi qanday? 7. Erkin tushayotgan jismning yerga urilish paytidagi tezligi 39,2 m/s ga yetgan. Jismning tushish balandligi va tushish vaqtini toping
1. Boshlang‘ich tezligi 20 m/s, tezlanishi 2 m/s 2 bo‘lgan mashina 120 m yo‘lni qancha vaqtda bosib o‘tadi? 2. Erkin tushayotgan jism 80 m balandlikdan qancha vaqtda tushadi? Oxirgi tezligini toping. 17-dars. «Moddiy nuqtaning aylanma tekis harakati» mavzusiga doir masalalar yechish 7 A -mashq. 1. Chiziqli tezlik va burchakli tezlik deb nimaga aytiladi? 2. Agar jism aylana bo‘ylab harakat qilganda uning tezligi moduli o‘zgarsa, jismning tezlanishi aylananing markaziga yo‘naladimi? 3. Radiusi 10 sm ga teng bo‘lgan charxtosh 0,2 s ichida bir marta aylanadi. Aylanish o‘qidan eng uzoqdagi nuqtalarning tezligini toping. 4. Avtomobil yo‘lning burilgan qismida harakatlanmoqda. Bu holda o‘ng va chap g‘ildiraklar bir xil yo‘l o‘tadimi? 5. Shkiv 50 rad/s burchakli tezlik bilan aylanmoqda. Aylanish o‘qidan 60 mm masofadagi nuqtaning tezligi topilsin. 6. Tinch turgan suvga yoki hovuzga tosh tashlansa hosil bo‘lgan to‘lqin aylanadan iborat bo‘ladi. Agar tosh daryoga yoki anhorga tashlansa, to‘lqin qanday shaklda bo‘ladi?
1. 0,2 s davomida g‘ildirak 2 rad ga burildi. Uning o‘qidan 6 sm, 12 sm uzoqlikdagi nuqtasining chiziqli tezligini toping. 2. Burilish burchagi qanday ifodalanadi. 13 21-dars. Aylana bo‘ylab tekis harakatga doir masalalar yechish 9 A -mashq. 1. Aylanish davri va chastotasi bir-biriga qanday bog‘langan? 2. Soatning soat, minut, sekund strelkalarining aylanish davrini va chastotasini toping. 3. Yo‘lning radiusi 100 m bo‘lgan burilish joyida avtomobil 54 km/h tezlik bilan harakat qiladi. Avtomobilning markazga intilma tezlanishini toping. 4. Uzunligi 1 m i pga bog‘langan sharcha 1 minutda 60 marta aylandi. Sharchaning aylanish chastotasi, aylanish davri hamda chiziqli tezligini toping. 5. Ipga bog‘langan po‘lat sharchaning aylanish chastotasi 0,5 Gts ga teng. Sharchaning aylanish davrini toping. 6. Radiusi 10 sm bo‘lgan charx tosh 0,2 s ichida bir marta aylanadi. Charx toshning aylanish o‘qidan eng uzoqdagi nuqtalarining chiziqli tezligini toping. 7. Ventilator parragining radiusi 15 sm, aylanish chastotasi 20 s−1 ga teng. Ventilator parragining aylanish davrini, chiziqli tezligini, burchak tezligini va parrak uchidagi nuqtasining markazga intilma tezlanishini toping. Uyga vazifa: 1. Yerning sun’iy yo‘ldoshiga ta’sir etuvchi markazga intilma kuch qanday hosil bo‘ladi? 2. Yo‘lning radiusi 100 m bo‘lgan burilish joyida avtomobil 54 km/h tezlik bilan harakatlanadi. Avtomobilning markazga intilma tezlanishini toping. II. 7-sinf “Dinamika asoslari" bobiga (2 soat), amaliy mashg‘ulotlar (laboratoriya ishi) va masalalar yechish kiritilgan. Laboratoriya ishi: “Jism tezlanishining massaga va qo‘yilgan kuchga bog‘liqligini o‘rganish" mavzusi kiritilgan. Taqvim-mavzu rejadagi 28-darsda quyidagi materiallardan foydalanish mumkin.
14
28-dars. Jism tezlanishining massasiga va qo‘yilgan kuchga bog‘liqligini o‘rganish (Laboratoriya ishi) Ishning maqsadi. Dinamikaning ikkinchi qonunini o‘rganish. Kerakli asboblar: yengil harakatlanuvchi aravacha, stol ustiga o‘rnatiladigan blok (iplari bilan), raqamli laboratoriya sekundomeri, tarozi toshlari va pallacha, tarozi, o‘lchov lentasi. Ma’lumki, dinamika bo‘limida Nyutonning birinchi, ikkinchi va uchinchi qonunlari o‘rganiladi. Bunda Nyutonning ikkinchi qonunining analitik ifodasi quyidagicha ekanligini ko‘rdik: a = F/m (1) Ta’rif: Jismning boshqa jismlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida olgan tezlanishi qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri proporsional, shu jismning massasiga teskari proporsional. Mazkur qonunni tekshirish uchun laboratoriya ishi quyidagicha o‘tkaziladi.
1. Yengil harakatlana oladigan aravacha olinib, uning massasi (m
)tarozida tortib olinadi. Uning ilgagiga i p bog‘lanadi. Stol ustiga o‘rnatilgan blok orqali i p tosh qo‘yiladigan palla ilgagiga bog‘lanadi (2-rasm). Bunda palla massasi (m p ) ham tarozida o‘lchab olinadi. Pallaga kichik qiymatdan boshlab toshlar qo‘yib boriladi, hamda yengil turtki bilan aravachaning tekis harakat qilishiga erishiladi. Jism tekis harakat qilganda F t = F ish bo‘ladi, bunda F t — tortuvchi kuch, F ish
— ishqalanish kuchi. 2-rasm
15 F t = (m p + m 1 )g ga teng bo‘ladi. m 1 — jism tekis harakat qilishi uchun pallaga qo‘yilgan tosh massasi. 2. Pallaga qo‘shimcha m 2 yuk qo‘yiladi. Yuk massasi shunday tanlanishi kerakki, uning harakati tekis harakatga nisbatan biroz tez bo‘lsin. Elektron sekundomer (3-rasm) tugmasi aravachaning oldingi g‘ildiragi o‘qi 1-nuqtadan o‘tayotganda bosiladi. 2-nuqtaga yetganda yana tugmacha bosilib, sekundomer to‘xtatiladi. 1- va 2- nuqtalar orasi o‘lchov lentasi yordamida aniq o‘lchab olinadi. Natijalar quyidagi jadvalga yoziladi: Tajriba t/r m
,
g m p , g m 1 ,
g m 2 , g F ish ,
N F t , N F,
N a, m/s
2 1 2 3 4 Jism harakati uchun Nyutonning ikkinchi qonuni ifodasi F t − F ish = F = m a
bo‘ladi. Bundan a = F/m, ya’ni (2) ifodaga ega bo‘lamiz. Bunda F t = (m p + m 1 + m 2 )g. a ni tajribadan aniqlash uchun 1- va 2- nuqtalar oralig‘i S va shu masofani o‘tish uchun ketgan vaqt t o‘lchanadi.
hisobga olinib yoziladi. 3- va 4- tajribalarni m 2 o‘zgartirilgan hollar uchun o‘tkaziladi va mos ravishda a 1 , a 2 va a 3 tezlanishlar aniqlanadi. 3. Pallada oxirgi tajriba ishlatilgan toshchalar qoldiriladi. Aravacha ustiga qo‘shimcha aravacha massasining yarmiga teng miqdorda yuk qo‘yiladi 3-rasm
16 va tajriba o‘tkaziladi. Tajribani aravacha ustiga 2m a , 1,5m a yuklar qo‘yilgan hollar uchun takrorlanadi. Har bir tajriba uchun a tezlanish hisoblanib, natijalari jadvalga yoziladi. 4. Olingan natijalar taqqoslanib (1) formula tekshiriladi va xulosalar chiqariladi. 42-dars. «Dinamika asoslari» bobiga doir masalalar yechish
1. Ikki o‘quvchi quvlashmachoq o‘ynayotganda oldinda ketayotgan o‘quvchi chap yoki o‘ng tomonga birdan burilsa, qutulib qoladi, nega? 2. Jismning Oydagi og‘irligi Yerdagi og‘irligidan taxminan 6 marta kam. Yerda og‘irligi 600 N bo‘lgan odam Oyda necha nyuton keladi? 3. Massasi 5 kg bo‘lgan jism 15 m/s 2 tezlanish bilan vertikal tushishi uchun qanday kuch bilan unga ta’sir qilishi kerak? 4. Gorizontal sirtda 0,5 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan birinchi aravacha o‘ziga o‘xshash, lekin qarama-qarshi yo‘nalishda 1,5 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan ikkinchi aravachaga uriladi. Urilgandan keyin ikkala aravacha ham 1 m/s bo‘lgan bir xil tezlik bilan harakatini davom ettiradi. Bu aravachalar massalarining nisbatini toping. 5. Massasi 6 t 103 kg bo‘lgan tramvay 36 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda.U tormozlanib 30 s ichida to‘xtaydi. Tormozlanish kuchini aniqlang. 6. Rezinka havo sharini puflaganda ba’zan yorilib ketadi. Sharning rezinka qobig‘ini qanday kuch yorib yuboradi? Rezinka qobiq qanday fizik jismlar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi? 7. Massasi 2 kg brusok ideal silliq gorizontal sirt ustida tinch yotibdi. Agar bunga gorizontal yo‘nalgan 10 N kuch qo‘yilsa, brusok qanday tezlanish bilan harakat qiladi.
1. Massasi 4 kg bo‘lgan jism biror kuch ta’siri ostida 2 m/s 2 tezlanish oldi. Shunday kuch ta’siri ostida massasi 10 kg bo‘lgan jism qanday tezlanish oladi? 2. Gorizontal yo‘lda yotgan massasi 20 kg bo‘lgan jismga o‘zgarmas 1 N kuch ta’sir qiladi. Jism bu kuch ta’siri ostida 30 s ichida qancha masofani o‘tadi.
17 7-sinfdagi «Saqlanish qonunlari» bobiga 6 soat hajmdagi, amaliy mashg‘ulotlar (laboratoriya ishlari va masalalar yechish) kiritilgan. Darslikning 145-betidagi “Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash" laboratoriya ishi o‘rniga taqvim-mavzu rejadagi 55- darsga « Jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda bajarilgan ishni hisoblash» mavzusidagi laboratoriya ishi kiritilgan. Taqvim-mavzu rejadagi 51-, 56-, 59-, 63-, 65-darslarda tegishli mavzularga doir masalalar yechish kiritilgan. Bunda quyida berilgan materiallardan foydalanish tavsiya etiladi.
51-dars. «Impuls» va «Impulsning saqlanish qonuni» mavzulariga doir masalalar yechish 20 A -mashq. 1. Massasi 1 t bo‘lgan “Tiko" avtomobili tezligi 25 m/s ga teng bo‘lsa, avtomobil impulsni toping. 2. Massalari 2 va 6 kg bo‘lgan 2 ta noelastik jism bir-biriga qarab 2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Bu jismlardan har birining to‘qnashuvdan keyingi tezligining modulini va yo‘nalishini aniqlang. 3. Hajmlari bir xil bo‘lgan po‘lat va qo‘rg‘oshin jismlar bir xil tezlikda harakatlanmoqda. Bu jismlarning impulslarini taqqoslang. 4. 7 m/s tezlik bilan chopib ketayotgan 70 kg massali sportchi 2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 30 kg massali aravachani quvib yetib, uning ustiga chiqib oldi. Bundan keyin aravacha qanday tezlik bilan harakat qiladi? 5. 6 m/s tezlik bilan yugurib ketayotgan 50 kg massali bola 2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 25 kg massali aravachani quvib yetib, uning ustiga chiqib oldi. Aravachaning bola bilan birgalikdagi tezligi qancha? 6. Massasi 2 kg bo‘lgan jismga 2 s davomida 2 N kuch ta’sir qildi. Kuch impulsini va jism impulsining o‘zgarishini toping.
1. Impulsning saqlanish qonunini tushuntiring. 2. Jismga 10 s mobaynida 5 N kuch ta’sir qiladi. Jism impulsining o‘zgarishini toping. 2–1166
18 55-dars. Jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda bajarilgan ishini hisoblash (Laboratoriya ishi) Kerakli asboblar: o‘lchov lentasi, dinamometr, tribometr, yuklar jamlamasi (4-rasm). Bu ishni o‘tkazish o‘quvchilarga jism gorizontal yo‘l bo‘ylab ko‘chirilganda bajarilgan ishni qanday qilib to‘g‘ri hisoblash mumkinligini mustaqil ravishda aniqlashga imkon beradi. Bunday masalani tajriba yo‘li bilan yechish kelgusida odatdagi xatolarning paydo bo‘lishini bartaraf qilishga imkon beradi: o‘quvchilar bu holda ko‘pincha ta’sir qiluvchi kuch sifatida tortish kuchini emas, balki jismni vertikal yuqoriga ko‘tarish holidagidek og‘irlik kuchini oladilar.
1. O‘quvchi qo‘lidagi dinamometr ilgagiga brusok osiladi va uning og‘irligi o‘lchanadi, So‘ngra brusoki yuqoriga tekis harakatlantirib, oldindan lenta yordamida o‘lchangan tribometr lineykasi balandligiga ko‘tariladi. Bajarilgan ishning kattaligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Bu ish og‘irlik kuchini yengish uchun sarf bo‘lgani qayd qilinadi. 2. Undan so‘ng lineykani stolga qo‘yib dinamometr yordamida brusokni lineyka bo‘ylab birinchi holdagi masofaga bir tekis ko‘chiriladi. Bunda hosil bo‘lgan tortish kuchi dinamometr ko‘rsatishidan aniqlanadi. Tortish kuchi va yo‘lga ko‘ra yana ish hisoblanadi: 4-rasm
19 A 2 = F·s Bu ish og‘irlik kuchini emas, balki ishqalanish kuchini yengishda bajarilganligiga diqqatni jalb qilinadi. So‘ngra brusokka 1N, 2N, 3N yuklarni ortib (4-rasm), tajriba yana 2–3 marta takrorlanadi va har safar tortish kuchining bajargan ishi hisoblanadi. Olingan natijalar taqqoslanib, hamma vaqt yukni yuqoriga ko‘tarishda bajarilgan ish uni shunday masofaga gorizontal yo‘l bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ishdan ancha katta ekanligi to‘g‘risida xulosa qilinadi. 56-dars. «Mexanik ish» mavzusiga doir masalalar yechish 20 B -mashq. 1. Yurganda, yozganda, prujinani cho‘zganda, to‘pni siqqanda, yer kovlaganda, tog‘dan tushayotganda mexanik ish nimadan iborat? 2. Bola chuqurligi 12 m quduqdan bir chelak suv tortib oldi. Bunda bajarilgan mexanik ishni hisoblash uchun yana nimani bilish kerak? 3. Og‘irligi 40 N bo‘lgan jismni 120 sm balandlikka ko‘tarishda bajarilgan ishni aniqlang. 4. Ot aravani 400 N kuch bilan 0,8 m/s tezlik bilan tekis tortmoqda. Bunda 1 soatda qanday ish bajariladi. 5. Bochka suvga to‘ldirilgan. Qizcha chelak bilan bochkadagi suvning yarmini to‘kib tashladi. Bochkada qolgan suvni bola to‘kdi. Bunda qizcha va bola bir xil ish bajaradimi? Javobingizni asoslang. 6. Hajmi 0,6 m 3 bo‘lgan tosh suvda 5 m chuqurlikdan suv sirtiga ko‘tarildi. Toshning zichligi 2500 kg/m 3 toshni ko‘tarishda bajarilgan ishni hisoblang. Uyga vazifa: 1. Ikki bola o‘zlari to‘plagan makulaturani o‘z chanalarida maktabga olib keldi. Bolalar makulaturani o‘z uylaridan maktabga olib kelish vaqtida ulardan qaysi biri katta mexanik ish bajarganini baholash uchun qanday fizik kattaliklarni bilish kerak? 2. Og‘irligi 4 N qirg‘iy, havo oqimi bilan 70 m balandlikka ko‘tarilgan. Qushni yuqoriga ko‘targan kuchning bajargan ishini toping.
20 59-dars. «Kinetik energiya» va «Potensial energiya» mavzusiga doir masalalar yechish 22 A -mashq. 1. Massasi 2 t bo‘lgan samolyot 400 m balandlikdan 50 m/s tezlik bilan uchayotgan edi. Samolyot dvigateli o‘chirilgan holda shu balandlikdan pasaya boradi va qo‘nayotganda uning tezligi 30 m/s bo‘ladi. Dvigateli ishlatilmagan tarzda samolyot uchishiga havo qarshilik kuchining bajargan ishi topilsin. 2. Massasi 55 kg bo‘lgan jism 7-qavatda turibdi. Agar har bir qavatning balandligi 3 m dan bo‘lsa, jismning yerga nisbatan potensial energiyasi qancha bo‘ladi? g = 10 m/s 2 deb olinsin. 3. Bolalar prujinali to‘pponchasining prujinasini 3 sm ga siqish oxirida unga 20 N kuch qo‘yilgan. Siqilgan prujinaning potensial energiyasini toping. 4. 18 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan jismning kinetik energiyasi 500 J ga teng bo‘lsa, uning massasini toping. 5. Massasi 4,9 kg bo‘lgan jism gorizontga nisbatan ma’lum burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otildi. Bu jismning tezligi 16 m/s bo‘lgan paytda uning potensial energiyasi qancha bo‘ladi? Bu paytda jism qanday balandlikda bo‘ladi? 6. Massasi 5 kg bo‘lgan jism 100 m balandlikdan 50 m balandlikka tushganda og‘irlik kuchi qancha ish bajaradi?
1. Og‘irlik kuchining bajargan ishi bilan potensial energiya orasidagi munosabatni tushuntiring. 2. 54 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan 50 kg massali meteoritning kinetik energiyasini toping. 63-dars. «Quvvat» mavzusiga doir masalalar yechish 24 A -mashq. 1. Chanani toqqa tortib chiqishda 16 s da 800 J ish bajarilgan. Chanani tortib chiqishda qanday quvvatga erishilgan? 2. 5 minutda 5 m balandlikka 4,5 m 3 suv chiqaradigan nasosning o‘rtacha quvvatini aniqlang. 3. Yuk ko‘taradigan mashina dvigatelining quvvati 4 kW. U 2 minutda 15 m balandlikka qanday yukni ko‘tarishi mumkin? Download 106.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling