O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari


Download 1.32 Mb.
bet1/8
Sana21.06.2020
Hajmi1.32 Mb.
#120778
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xurshida kurs ishi


O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari

Mundarija

 


Kirish………………………………………………………………………….

3

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy bankining qisqacha tavsifi…….

4

  1. Masala qо‘yilishining bayoni ……………..…………………...

10

    1. Masalaning tavsifi…………………………………………

10

    1. Chiquvchi axborotlarning ta’rifi…………………………...

12

    1. Kiruvchi axborotlarning ta’rifi…………………………….

16

  1. Masala yechimining algoritmi …………………………………

19

  1. Masalaning axborot va dasturiy ta’minoti………………………

22

  1. Ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish texnologiyasi va texnik ta’minoti………………………………………………………………

27


Xulosa va takliflar …………………………………………………………....

30

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………….......

32

Ilovalar……………………………………………………………………......

34

Kirish


Mamlakatimiz iqtisodiyoti modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgartirishlar va inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish milliy bank tizimi rivojlanishini ta’minlashning zamonaviy usullaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Shuningdek, bankning moliyaviy tahlillarini avtomatlashtirishga juda katta e’tibor berilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5349-sonli Farmoniga ko’ra “Kiberxavfsizlikni ta’minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta’minlash bo’yicha kompleks choralarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlash bo’yicha texnologiyalarning qo’llanishini tartibga solishda ishtirok etish1” belgilab qo’yildi.

Tijorat banklari moliyaviy tahlillarini amalga oshirishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ish vaqtidan va sifatdan yutishga xizmat qiladi.

“Blokcheyn - texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari), "sun’iy aql", superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bо‘yicha faoliyat jahonning kо‘plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. "Blokcheyn" texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning kо‘plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.2

Milliy iqtisodiyotda bozor infratuzilmasining rivojlangan bo’g’inlaridan biri bank tizimidir. Bank tizimining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni kata bo’lib, uning samarali faoliyat yuritishi boshqalarga nisbatan tarmoqlarga jiddiy ijobiy ta’sir etadi.

Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi.





  1. Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy bankining qisqacha tavsifi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov 1991 yil sentabr oyida chiqargan Farmon bilan tashkil etilgan.

Bank oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo‘lgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qo‘yilgan. Mohiyatan, bugungi kunda O‘zmilliybank mamlakatimiz bank tizimining xalqaro moliya bozorlaridagi “tashrifnoma”si bo‘lib qoldi. Konservativ, puxta o‘ylangan siyosatga tayanib, Bankni boshqarishning samarali mexanizmlarini, o‘sish strategiyasini ishlab chiqdi. Bu holat unga dadil va jo‘shqin rivojlanib, professional moliya muassasasi, o‘z mijozlarining ishonchli sherigi sifatida mustahkam obro‘ga ega bo‘lish imkonini berdi.

Bank bozor o‘zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan O‘zmilliybank O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.

Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi Bank tarixida aks etgan. O‘zmilliybank mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida peshqadamlik qilayotgani, barqaror rivojlanayotgani, uning depozit bazasi beto‘xtov o‘sib borayotgani, xorijiy kredit yo‘nalishlari keng ko‘lamda jalb etilayotgani O‘zmilliybank O‘zbekiston iqtisodiyotining amalda barcha tarmoqlariga mansub investitsiya loyihalarini moliyalashda faol qatnashishida yordam berdi.

Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yo‘l transporti, aloqa, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish loyihalari va O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa ko‘plab loyihalardir.

Mamlakatimiz bank sho’basi jadal rivojlanayotgan sharoitda Milliy bank O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib hisob yuritish xalqaro andozalariga mos keladigan yangi hisobvaraqlar rejasidan foydalanishga o‘tdi. 2004 yilda “Globus” avtomatlashtirilgan bank tizimini amalga kiritish ishlari nahoyasiga yetdi. Hozirgi kunda bu tizim Bankning barcha bo‘lim va filiallarida amal qilmoqda.

Mamlakatimizning iqtisodiy muhim hisoblanuvchi barcha mintaqalarida joylashgan 90ta filiali keng doiradagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlamoqda. Shuningdek, Milliy bank Moskva shahrida o‘zining “Aziya-Invest Bank” sho‘ba bankiga ega. Milliy bank keng doirada yuritayotgan faoliyat ichki va xalqaro bank operatsiyalarining amalda barcha sohalarini qamrab olgan. Endi u xalqaro andozalar darajasida bank xizmatlari ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy bank texnologiyalarini rivojlantirmoqda.

Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko‘rstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda. Xususan:

Tashqi savdo faoliyati. Milliy bank O‘zbekistondagi butun tashqi savdo oborotining 70%dan ortig‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda. Bunda eksport-import bo‘yicha kreditlashning bo‘nak to‘lovlari qaytarilishi, kontraktlar ijro etilishi yuzasidan kafolatlar berish, veksellarni diskontlash, forfeyting, faktoring, o‘zbekistonlik eksportchilarga bevosita bank kreditlari berish, loyihalarni moliyalash, eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalash kabi mexanizmlari qo‘llanilayapti. To‘lov muddati suriladigan akkreditivlar qo‘llanilmoqda, mijoz tovarni yetkazib berayotganda va sotayotganda mablag‘larni konsignatsiya shartlarida bir martalik konvertatsiyalash ishlari amalga oshirilayapti;

Loyihalarni moliyalash. Milliy bank loyihalarni moliyalashda yangi korxonalar qurish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash yoki texnik qayta qurollantirish (jumladan, mashina-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarish), shuningdek ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasi obektlari normal faoliyat yuritishini ta’minlash uchun zarur xom ashyo va materiallarning bir qismini sotib olish ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida tarkibiy o‘zgartishlarni ta’minlovchi eng muhim investitsiya loyihalarini moliyalash uchun mo‘ljallangan. Yirik xalqaro moliya muassasalari kredit yo‘nalishlarining aksariyat qismi tijorat asosida, bevosita hukumat kafolatlari taqdim etmasdan jalb qilinmoqda;

Investitsiyalashga doir bank ishi. O‘zmilliybank investitsiya banki sifatida mamlakatimizda infrastrukturasi rivojlangan, O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni faol qo‘llab-quvvatlayotgan, moliya hamda sanoat sho’balari rivojlanishiga yordam berayotgan eng katta bank hisoblanadi. Bankning investitsiya portfeli to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish, agrobiznes, transport va sayyohlik, moliya sho’basi korxonalarining aksiyalarini qamrab olgan. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – bank faoliyatidagi shubhasiz ustuvor yo‘nalishdir;

Chakana xizmatlar

Omonatlar. Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirish siyosatiga qat’iy amal qilib, Bank aholining jalb etilgan mablag‘lari va xususiy omonatlar bo‘yicha mamlakatimiz moliya bozorida yetakchilar safiga qo‘shildi. Hozirgi kunda Bank chakana xizmatlarning 70dan ziyod turini taqdim etmoqda.

O‘zmilliybank bo‘lim va filiallari orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar doirasi kengayishi, aholining bankka ishonchi ortishi, omonatlar shartlarini maqbullashtirish, yangi depozitlarni ishlab chiqish va joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish borasida aniq maqsadli ishlar olib borilishi natijasida mijozlar soni ancha ko‘paydi. Amalga oshirilgan ishlar O‘zmilliybankka aholining jalb etilgan depozitlari bo‘yicha O‘zbekistonda peshqadamlik mavqeini egallash imkonini berdi;

Plastik kartochkalar. Bank aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish borasida plastik kartochkalarning har xil turlariga katta ahamiyat berib qaramoqda. Ularni joriy etishda O‘zmilliybank eng zamonaviy texnologiyalardan dadil foydalanib, chinakam novatorlik qilayapti. O‘zmilliybank kartochkalari bo‘yicha to‘lovni qabul qiladigan savdo-servis korxonalari tarmog‘i kengayishi bu kartochkalar aholi orasida yanada ommalashib ketishiga yangi turtki berdi. O‘zmilliybank milliy valutada hisob-kitoblar qilish uchun mo‘ljallangan so‘m kartochkalari, Visa Classic va Visa Electron xalqaro kartochkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, O‘zmilliybank O‘zbekistonning o‘zida ham, undan tashqarida ham xizmatlar va mahsulotlarning quyidagi yangi turlarini taklif qilishi mumkin:

Elektron banking. Bankning bo‘lim va filiallari mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha mintaqalarida joylashgan. Ular mijozlarga bank xizmatlarining butun kompleksini taqdim etayapti, elektron banking tizimi, ya’ni bankomatlar, savdo va servis korxonalaridagi terminallar orqali zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlayapti;

“Bank-mijoz” tizimi. “Bank-mijoz” dasturiy kompleksi bank bilan mijoz avtomatlashtirilgan tarzda o‘zaro hamjihat ishlashi uchun mo‘ljallangan, pul mablag‘larini real vaqt rejimida tezkor boshqarish imkoniyatini oshirishda yordam beradi. AFIRATOning 25-yillik konferensiyasi va Bosh assambleyasi o‘tkazilayotganda bank ilgari surgan “Mijozlarga masofadan elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimi” mahsuloti uchun “Texnologiyalarni rivojlantirish” nominatsiyasida Milliy bankka AFIRATO mukofoti taqdim etildi.

Milliy bank O‘zbekiston kredit bozorida peshqadamlik qilmoqda. Bank sanoatning barcha tarmoqlariga hamda mulkchilikning har qanday shakliga mansub korxona va tashkilotlarga milliy va xorijiy valutada kreditlar berayapti. Bank oborot sarmoyasini moliyalash, eksport va importni moliyalash, loyihalarni moliyalash uchun kreditlar ajratmoqda. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – Bank faoliyatining so‘zsiz ustuvor yo‘nalishidir.

O‘zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida eksport-import operatsiyalarini bajarish, yagona bank fazosini shakllantirish uchun ishonchli moliya tuzilmasi bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Aziya-Invest Bank” sho‘ba banki Rossiya moliya bozorida mustahkam mavqeni egallab turibdi.

Hozirda bankning asosiy kuch-g‘ayrati ustuvor tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini amalga oshirish, korporativ va chakana mijozlar doirasini kengaytirish, fond bozoridagi ish samaradorligini oshirish, O‘zmilliybankni institutsional rivojlantirish va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish kabi vazifalarga yo‘naltirilmoqda.

O‘zmilliybank tuzilishida keng ma’nodagi investitsiya bankini rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bank investitsiyalaridan ko‘zlangan maqsad, hozirgi kunda ham, uzoq muddatli istiqbolda ham bankning tijorat manfaatlari iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, mijozlar manfaatlari bilan eng maqbul darajada uyg‘unlashuviga erishishdan, aktivlarni diversifikatsiyalash, xatarni minimallashtirish hamda resurslar samaradorligini oshirishdan iboratdir. Milliy bank daromadliligi darajasi yuqori ekani olib borilayotgan kredit va tijorat faoliyatiga puxta o‘ylab yondashilayotgani hamda oqilona konservativ siyosat yuritilayotgani bilan uyg‘unlikda unga keyingi besh yil mobaynida BIS ishonchlilik reytingi bo‘yicha jahonning eng ishonchli banklari orasida yetaksi mavqeni egallab turish imkonini bermoqda.

Bank xorijiy sheriklar oldida o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to‘la hajmda va belgilangan mudatlarda bajarib kelayapti. Bank faoliyat yuritayotgan butun davr mobaynida hali biror marta ham tashqi to‘lovlar bajarilmagan holati yuz bermadi. Aksincha, O‘zmilliybank kredit tarixiga baho bergan yetakchi eksport-import agentliklari kredit yo‘nalishlari hajmini davlat kafolatlarisiz oshirayaptilar.

Bankning tashkiliy tuzilishi

Boshqaruv raisi



Boshqaruv raisi birinchi o’rinbosari

Boshqaruv raisi o’rinbosari

Yuridik xizmat departamenti direktori

Loyihalarni moliyalashtirish markazi direktori

Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori

Kredit departamenti direktori

G’aznachilik departamenti direktori

1-rasm. Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy banki tashkiliy tuzilma



2. Masala qо‘yilishining bayoni.

2.1. Masalaning tavsifi.

Masalani yechish maqsadi. Tijorat banklarida moliyaviy tahlillarni kuzatib, shu asosda “Tijorat banklarida moliyaviy tahlilni avtomatlashtirish”.
Vazifa yechimining belgilanishi. Tijorat banklarida moliyaviy ishlarni avtomatik tarizda tahlil qilib har chorakda yoki yilda (ba’zan rahbariyatning talabi bо‘yicha) tayyorlab topshirish. Masala buxgalteriya bо‘limi uchun mо‘ljallangan.
Yechilayotgan vazifa tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlar va jarayonlar rо‘yxati.

a) Bugalteriya balansi tekshiriladi.

b) Qisqa muddatli likvid mablag’lar bilan kuzatiladi.

v) Uzoq muddatli aktivlar bilan kuzatiladi.

g) Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma tekshiriladi.

Yuqorida kо‘rsatilgan xizmatlar asosiy fondlarni hisobi jarayonini tashkil qiladi.



Vazifaning iqtisodiy mohiyati.

Asosiy chiqish kо‘rsatkichlari:



  • Bank mablag‘lari likvidligi ma’lumotnomasi

  • Moliyaviy natijalar to’g’risida ma’lumotnoma

  • Balansningf qoplash koeffitsiyenti ma’lumotnomasi

Vazifaning tashkiliy mohiyati.

Vazifani yechish tartibi: Vazifani yechishda ma’lumotlar “Buxgalteriya balansi”, “Qisqa muddatli likvid mablag’lar”, “Uzoq muddatli aktivlar”, “Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma”, “Joriy davr hisoboti” yig‘iladi. Sо‘ngra bu ma’lumotlar avtomatik tarzda tahlil qilinadi. Tahlil qilingan moliyaviy ma’lumotlar rahbariyatga yuboriladi.


Vazifani yechish rejimi.

Masalani yechishda aralash (paketli va interaktiv) rejimi bilan foydalaniladi.



Masalani yechishda doimiy va о‘zgaruvchi axborotga ega fayllarning tarkibi.

О‘zgaruvchi fayllar:

  • BB “Buxgalteriya balansi

  • QMLM “Qisqa muddatli likvid mablag’lar

  • UMA “Uzoq muddatli aktivlar”

  • SZ “Debitor va kreditor qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma”

Doimiy fayllar:

  • Tijorat bank nomi-TBN

  • Tijorat bank turkimi-TBT

  • kalendar – KALENDAR

Natijaviy ma’lumotlarni berish shakli.

Bu masalada natijaviy ma’lumot bо‘lib “Moliyaviy tahlil” hisoblanadi u elektron xujjati shaklida beriladi.



Vazifani yechishni avtomatlashtirishdan maqsad.

Mehnat va moliyaviy harajatlarni pasaytirish va qaror qabul qilishni sifatini oshirish.



Vazifani yechishda boshqariladigan obyektlar rо‘yxati.

  • Ma’lumotlarni tayyorlashda, buxgalteriya bо‘limi qatnashadi;

  • vazifani yechishda buxgalteriya bо‘limi qatnashadi;

  • olingan yechimlarni taxlil qilishda buxgalteriya bо‘limi qatnashadi;

  • masala shartlarini belgilashda buxgalteriya bо‘limi va rahbariyat qatnashadi.

Chiquvchi axborotlardan foydalanish tadbirning bayoni.

Masalani yechib, “Moliyaviy tahlil” olinadi. Bir nusxani buxgalteriyada olib koladi, ikkinchi nusxasi rahbariyatga uzatiladi.



Vazifani yechishning davriyligi va natijaviy xujjatlarni

berish reglamenti.

Ushbu vazifa har oy, chorak va yil bо‘yicha yechiladi. Natijaviy xujjat “Moliyaviy tahlil” har oy, chorak va yil oxirida (ba’zan talab bо‘yicha) rahbariyatga xujjat shaklida taqdim etiladi.



Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ishni tashkil qilishga talablar.

Bu masalada dastlabki ma’lumotlar: “Buxgalteriya balansi”, “Qisqa muddatli likvid mablag’lar”, “Uzoq muddatli aktivlar”, “Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma”, “Joriy davr hisoboti”. Barcha ma’lumotlar avtomatik tarzda yig’iladi va avtomatik tarzida tahlil qilinadi.



2.2. Chiqish axborotlarning ta’rifi.

Masalani yechishda chiqish axborotlar hujjatlar va fayllar, videogrammalar kо‘rinishida beriladi. Chiqish axborotlarining rо‘yhati va tafsifi 1-jadvalda keltirilgan.

Bankning moliyaviy –iqtisodiy kо‘rsatkichlarini tahlil qilishda: bank kodi, bank hisob raqami, bank pul mablag‘lari, g‘aznadagi pul mablag‘lari, yengil sotiladigan (harid qilinadigan) talablarga qisqa muddatli qо‘yilmalar, byudjet bilan hisob-kitoblar, xodimlar bilan hisob-kitoblar, yengil sotiladigan zahiralar kabi ma’lumotlar “Bank mablag‘lari likvidligi ma’lumotnomasi” chiqish axborotidan olinib, chiquvchi axborot tarkibiy birliklarini rо‘yhati va bayoni tuziladi. Chiquvchi habarlarning axborot tarkibiy birliklarini rо‘yhati va bayoni 2-jadvalda keltirilgan.

Masalaning yechimi sifatida “Bank mablag‘lari likvidligi ma’lumotnomasi ”, hamda “Bank balansi tо‘g‘risida ma’lumotnoma”, “Reja-tahlil”, moliya bо‘limlari orqali buxgalteriyada tayyorlanadi va shu bо‘limda keyingi masalalarni yechish uchun saqlab qо‘yiladi.

Masalani yechishning tashkiliy shakli: masalani yechish uchun ma’lumotlarni shakllantirish, qayta ishlash, foydalanish uchun “Buxgalteriya hisobi” bо‘limida axborot texnologiyalarga acoslangan avtomatlashtirilgan ish joyi yaratiladi.

Masalani yechishda ma’lumotlarni qayta ishlashning aralash (interaktiv va paketli) rejimidan foydalaniladi.

Ushbu masala “Bank faoliyati buxgalteriya hisobi va hisoboti tahlili”, “Depozit hisob-kitoblar tahlili”, “Bank faoliyatida maqsadli kreditlardan foydalanish tahlili” masalalari bilan bevosita bog‘liqdir.

Masalani avtomatlashtirishdan maqcad.

Bank boshqaruvida, “Reja-tahlil”, “Moliya”, hamda “Buxgalteriya hisobi” bо‘limilarida mavjd hisob-kitoblarni avtomatlashtirish orqali hodimlarni ishini yengillashtirish, ularni boshqa ijodiy ishlarga safarbar qilish uchun ish vaqtini qisqartirish, bank faoliyatida ish unumdorligini oshirish, vaqtni tejash, hamda bank holatini tahlil qilish orqali bank barqarorligini ta’minlashdan iboratdir.

Mujassamlashgan bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari mablag1 kiritish va kredit berishning berilgan shartlari bo‘yicha nazorat qilinadigan mablagiami o‘zlashtirilish, qaytarilish va muvofiqlashtirlishni jadallashtirish vositasi bo‘lgan yagona dasturiy texnologik majmuadan iborat bo‘ladi. Mujassamlashgan bank vazifalari aloqalarining butun murakkabligini o‘zida aks ettirgan holda majmuaviy qamrab oladi. Bu mukammal avtomatlashtirilgan vazifalar majmuasini emas, balki murakkab tizimning xususiyatlari: ierarxik tuzilishining murakkabligi, emerdj- mentlik, vazifaviy maqsadlaming ko‘pligi; stoxastik (ehtimollik) xarakterga ega jarayonlami boshqarishni ta’minlashda ishning o‘zgaruvchanligi va ko‘p vazifalikka xos bo‘lgan dasturlar majmuasidir. Shuning uchun ham mujassamlashgan Bank tizimini ishlab chiqishda uning tarkibiy tuzilishi va mazmuniga ta’sir qiluvchi ko‘p omillar: bankning umumiy ta’riflari, hozirgi va kelgusidagi maqsadlari va uning rivojlanishining strategik yo‘nalishlarini, boshqaruvning vujudga kelgan tuzilishining xususiyatlarini; tizimning kutilgan arxitekturasi va avtomatlashtirish kerak bo‘lgan vazifalaming tarkibini; kiruvchi va chiquvchi axborotlarning hajmi va kiruvchi hujjatlar-ning miqdorini; axborot havfsizligiga talablami tahlil qilish talab qilinadi.

1-jadval.




Hujjatlarning nomi

Identi-

fikator


Takdim etish

shakli


Ishlab chiqishning davriyligi

Axborot iste’molchilari

Axborotning xajmi (hujjatlarda )

1

2

3

4

5

6

7

1


Bank mablag‘lari likvidligi ma’lumotnomasi

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling