Reja: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari


Download 178.4 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi178.4 Kb.
#158543
Bog'liq
DDzfBgyLZSVvnc9IJuPf-Vpjy90hiM3h



Bola organizmining o’sishi va rivojlanishi,ularning nisbati, rivojlanish va yetilish muddatlari, fiziologik sistemalar faoliyatidagi sifatiy va miqdoriy o’zgarishlar.
Reja:

  1. O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.


2. Yoshlik davrlari va yoshga oid o’zgarishlari haqida tushuncha.


3. Hujayraning umumiy tuzilishi.


4.Irsiy kasalliklar va ularning turlari.

Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i hisoblanib, ikkita alohida fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani 1970 yildan boshlab pedagogika oliy o`quv yurtlarining o`quv rejasiga kiritildi.

Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib ajralib chiqdi.

Yosh fiziologiyasi faniturli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kechadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi.

Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'ekt bolalardir. Yosh fiziologiyasi biologiya fanlari qatoriga kiradi, biologik fanlarga asosan sitologiya, gistologiya, odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena, sanitariya, iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqada. Maqsadi-yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi, sog`lom hayot kechirish asoslarini aniqlashdan iborat. Vazifasi-o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash.

Yosh fiziologiyasi o`sib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid morfologik xususiyatlari, nerv sistemasi, yurak-qon tomir, tayanch harakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog`likni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi. Shuningdek, yosh fiziologiyasi va gigiyena fani o`sib kelayotgan organizmdagi turli bosqichlarga xos bo`lgan funksional va psixologik xususiyatlarga etibor beradi. Shu asosida tashqi muhitning turli omillariga bo`lgan gigiyenik talab va normativlarini hamda bolalar va o`smirlarning normal funksional rivojlanish imkoniyatlarini yanada takomillashtirish tadbirlarini yo`lga qo`yishda muhim ahamiyatga ega.

Gigiyena grekcha “gigiyenos” so`zidan olingan bo`lib, “sog`lom” ma'nosini bildiradi. Gigiyena tashqi muhit omillarining odam salomatligiga ta'sirini o`rganadi. Gigiyena fani maktab gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, epidemologiya hamda gigiyenaga oid boshqa fanlarni o`z ichiga oladi.Gigiyenaning asosiy maqsadi-odam organizmining jismoniy rivojlanishi, turli sharoitga moslashishi va boshqa xususiyatlarga ta'sir etish, bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash hamda turli kasalliklarning oldini olish, soglomlashtirish chora-tadbirlarini ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqish.

Sanitariya-lotincha “sanitar”, sog'liq ma'nosini berib, u odam salomatligini ta'minlaydigan gigiyena talablarini hayotga tadbiq etadi.

Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani bolalar va o`smirlarni tashqi muhit sharoitida o`rganadi, bunga esa morfologik va fiziologik usullarni qo`llash orqali erishiladi.

Gigiyenada tabiiy eksperiment usuli asosiy usul bo'lib, u organizmga tashqi muhitning har tomonlama ta'sirini o'rganadi.

Fiziologik, gigiyenik tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar matematik usulda qayta ishlanib, dalillar yanada takomillashtiriladi. Tabiiy gigiyenik eksperiment usulida bola uchun tabiiy yashash sharoitida (dars soatlari, jismoniy mashqlar, sport va oddiy o'yinlar va hakozo) organizm va tashqi muhit o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, tabiiy omillarning bola organizmiga ta'sirini kuzatib, shu yoshdagi bolalarga anatomo-fiziologik imkoniyatlariga qarab tegishli normalar belgilanadi.

Gigiyenaning asosiy vazifasi-bolaning har tomonlama barkamol bo'lib o'sishi va rivojlanishi, jismonan va ruhan yetuk bo'lishi, farovon hayot kechirishi uchun qulay sharoit yaratib berishdan iborat.

Gigiyena bir kishining shaxsiy ishi bo'libgina qolmay, davlat va jamoatchilik ishi ham ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Gigiyenaning muhim bo`limlaridan biri shaxsiy gigiyenadir. Yoshlikdan boshlab, to umrining oxirigacha odam to'g'ri gigiyenik tavsiyalarga rioya qilsa, hamisha sog'-salomat bo'lib yuradi va uzoq umr ko'radi. Sog'lom ota-onadan sog'lom bola tug'ilishi azaldan ma'lum.

Agar inson sog'ligini 100% deb qaralsa, uning 50% i turmush tarziga, 20%i tashqi muhit sharoitiga, 20%i naslga, 10%i tibbiy yordamga tegishlidir. Demak, sog'liqni asrashda eng asosiy omil insonning qanday hayot kechirishi hisoblanadi.

Yosh fiziologiyasi va gigiyena bir qancha fanlar: tibbiyot, pedagogika psixologiya fanlari bilan chambarchas bog`langandir. Yosh fiziologiyasi bularning ilmiy-nazariy asosi hisoblanadi.

Tibbiyotning talaygina sohalari-pediatriya, bolalar xirurgiyasi, bolalar va o`smirlar gigiyenasi-yosh fiziologiyasi ma'lumotlaridan keng miqyosda foydalanadi. Shular asosida o`z fan sohalarini rivojlantirib boradi.

Masalan, bolalar anatomiyasi fani jigarning qayerda joylashgani, uning og'irligini o'lchaydi, fiziologiya esa jigar to'qimasida, hujayralarida ketadigan hayotiy jarayonlarni aniqlaydi. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani esa jigarning turli yosh davrlaridagi og'irligini, bajaradigan ishining o'zgarishini, uning kasallanmaslik chora-tadbirlarini ko'rish bilan shug'ullanadi, tavsiyalar beradi, yoki ekologiya faniga oid ma'lumotlardan, masalan, atrof-muhitning sog'lomlik darajasi haqidagi ma'lumotlardan gigiyena ham foydalanadi, deylik maktab binosini qayerga va qanday qurish lozimligini tavsiya qiladi va hakozo.

Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani pedagogika va uning barcha sohalari uchun ilmiy-tabiiy asosdir. Yosh psixologiyasi ham yosh fiziologiyasi ma'lumotlariga tayanadi, pedagoglar ta'lim-tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi va gigiyena fani ma'lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Bu to`g`risida shunday deb yozilgan: “Pedagog bilib olishi shart bo`lgan birinchi narsa, bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Busiz yaxshi pedagog bo`lish, bolani to`g`ri tarbiyalash mumkin emas”. Bolaning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini, uni nimalarga qodir ekanligini bilmasdan hamda yoshga aloqador xususiyatlarini nazar - e'tiborga olmasdan turib ta'lim-tarbiya ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yish mumkin emas. Bolalarni to`g`ri o`stirib tarbiyalash mamlakatni yuksaltirish va taraqqiy ettirish garovidir.

Fan rivojiga hissa qo`shgan o`zbek olimlaridan akademik A.Yu.Yunusov (1910-1971 yillar) fiziologiya fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan. “Odam fiziologiyasi” darsligi, fiziologik lug`atni yaratdi. Ayniqsa, akademik A.Yu.Yunusovning yosh fiziologiyasini o`rganish sohasida olib borgan ilmiy tekshirish ishlari, alohida o`rin tutadi. Shuningdek, A.Zufarov, S.N.Kasatkin hazm sistemasini, P.O.Isayev qon tomirlarni, E.N.Melmon, R.E.Xudoyberdiyev, S.A. Dolimovlar limfa sistemasini, N.Q Axmedov, X.Zoxidovlar nerv sistemasi-ning emrbriologik taraqqiyotini o’rgandilar. Yosh fiziologiyasi masalalari Toshkent tibbiyot institutida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universitetida va Pedagogika ilmiy tekshirish institutlarida ishlab chiqilmoqda, bugungi kunda Q.S.Sodiqov, K.T.Axmatov, B.Aminov, Sh.Qurbonov, E.S

O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Bolalarni to'g'ri tarbiyalash uchun ular organizmining o'sishi va rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O'sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o'sishi va rivojlanishi uning paydo bo'lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog'langandir.

O 'sish deganda tana hujayralarining ko'payishi natijasida tirik organizm oichamlarining ortishi, ya’ni bo'yning cho'zilishi, og'irlikning ortishi tushuniladi.

Bola ma’lum yoshgacha to'xtovsiz, ammo o'sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o'sishi (bosh, oyoq, qo'l suyaklari, ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda bo’lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to'qima va hujaylarda ya’ni organlarda o'sish bir vaqtda, ayollarda o'rtacha 18-19 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi.

O'sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda o'sayotgan organizm to'qima, hujayra va organlarining shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o'smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo’lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo'lishiga aytiladi. Bunga, voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi va qoidaga binoan, organizmni qayta rivojlanishi boshlanadi.

Rivojlanish jarayoni a’zolar va ularning tizimlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va takomillan ishida namoyon bo'ladi. Masalan, markaziy asab tizimining reflektor faoliyatini ichki kortikal aloqalarni, yurak-to m ir, ovqat hazm qilish, tayanch-harak atlan ishi va boshqa tizmlarning murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga takomillashuvida bilinadi.

O'sish va rivojlanish tirik materiyaning umumiy biologik xususiyatlari hisoblanadi, uzluksizilgarilovchi jarayon ko'rinishida bo'ladi. U yoki bu fiziologik tizimlarning tuzilishida yoki f ao liyatida yoshga oid xususiyatlarning mavjudligi, bola organizmini alohida yoshga oid davrida to'laqonli rivojlanganligini ko'rsatm aydi. Aynan shunday o'ziga xos xususiyatlar majmui u yoki bu yosh davrini tavsiflaydi.

Organizm o'sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o'smirlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o'tadi. O'sish bu organizmning m iqdor ko'rsatk ichi rivojlanish esa sifat ko'rsatkichi bo'lib, bu ikki jarayon notekislik y a’ni geteroxroniya, uzluksizlik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.

Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya. Organizmning normal holatida o'sish va rivojlanish bir-biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo'lsa ham, ular bir vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo'lmaydi, chunki biron-bir a’zo massasining kattalashishi uni bir vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirm aydi. Ontogenezda birinchi navbatda , ontogenezning ushbu bosqichida yoki yaqin kelajagida organizmni yashashi uchun zarur bo’lgan a’zo va tizimlarning rivojlanish tezligi o'zgaradi. Ushbu bosqichda zarur bo'lmagan funksional tizimlarning rivojlanishi esa, aksincha orqada qoladi.

Geteroxroniyaga misollardan ayrimlarini k o'rib chiqamiz. Go‘dakni tug’ilgan momentda yashashini ta’minlash uchun, ontogenezning birinchi bosqichida hayot uchun muhim aham iyatga ega bo’lgan funksional tizimlari uning embriogenez jar ayonida oldindan yetiladi. Bunga, go‘dakning sut emish, yo’nalish,

ko‘zini ochib-yumish va shu kabi uni ovqatlanishi, muhitning zararli ta’sirlaridan himoyalanish funksiyalarini ta’minlovchi reflekslari kiradi. Ushbu reflekslarning biologik faolligi muhimdir. Agar chaqaloq tug'ilgan vaqtda, uning so’rish funksional tizimi yetilmagan bo’Isa (bola muddatidan ancha ilgari tug'ilgan holatda yuzaga keladi) unda so’rish refleksini chiqarish uchun choralar ko'rish zarurati kelib chiqadi. Aksirish, yo’talish va ko’zni ochib-yumish reflekslari yordamida go’dakning nafas yo’lari hamda ko’z soqqasidagi uning hayoti uchun xavfli holatni yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan zarrachalar va changlar chiqarib yuboriladi.



Tug’ilish vaqtida yetilmagan yoki to’liq yetilmagan funksional tizimlar mavjud. Go'dak kallasi terisida asab oxirlariga ega bo'lgan uchlamchi asab, tug'ilish vaqtida o'ziga xos bo'lgan funksiyalarni bajarishga tuzilmaviy va funksional jihatdan tayyor bo'lmas ekan. Buyrak innervatsiyasida geteroxroniya, simpatik innervatsiyaning yetilishini, ilgarilab ketishi ko'rinishida namoyon bo'ladi, parasimpatik innervatsiya (adashgan asab) esa, faqatgina 15-16 yoshga kelib yurak faoliyatini boshqarishda to'liq qatnasha boshlaydi.

Asosiy adabiyotlar

1. Алматов К.Т. Алламуратов Ш.И. Одам ва ҳайвонлар физиологияси. Тошкент: ЎзМУ, 2004. – 580 6.

2. Покровский В. М., Коротько Г. Ф. Физиология человека: Учебник в двух томах. - М.: Медицина, 2001. - 467с

3. Ноздрачев А.Д., Баранников И.А., Батуев А.С. и др.Общий курс физиологии человека и животных. - М.: Высщая школа, 1991. 1 кн. - 511с., 2 кн. - 527с.

4. E.N.Nuritdinov «Odam fiziologiyasi» .T. 2005y

5. Р.Х.Ҳайитов, З.Т.Ражамуродов. «Ҳайвонлар физиологияси.» Т. 2005й

6. 6. Z.T.Rajamurodov, B.Z.Zaripov, B.M.Bozorov. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv qo’llanma» T.2005

7. Z.T.Rajamurodov, A.E.Rajabov, B.M.Bozorov. «Odam va hayvonlar fiziologiyasi» Toshkent. Fan.2009.


QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR

1. Клемешева Л.М., Алматов К.Т.,Матчонов А.Т. Возрастная физиология. - Ташкент: НУУз., 2002. - 123с.

2. Алматов К.Т., Клемешева Л.С., Матчанов А.Т., Алламуратов Ш.И. Улғайиш физиологияси. Тошкент: ЎзМУ., - 2004. - 1956.

3. Батуев А.С.Малый практикум по физиологии человека и животных, Изд-во С-П. ун-та, 2001. - 345с.

4. Розен В.Б. Основы эндокринологии. - М.: МГУ, 1984. - 315с.

5. Киршенблад Я.Д.Практикум по эндокринологии. - М.: Высщая школа, 1969. - 255с.

6. Алматов К.Т. Одам ва ҳайвонлар физиологиясидан ўқув-услубий мажмуа. Тошкент, 2011.

7. А. Қодиров. Одам анотомияси ва физиологиясидан амалий ишлар. Тош. «Ўқитувчи» 1991.



8. D.G’. Hayitov, F.B. Baqoyev «Gematologiyadan labaratoriya va amaliy mashg’ulotlar». Savarqand. 2011.

9. Z.T. Rajamurodov, B.M.Bozorov, D.G’.Hayitov va A.I.Rajabov. Odam va hayvonlar fiziologiyasidan labotatoriya mashg’ulotlari. Uslubiy qo’llanma. Samarqand. 2012.
Download 178.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling