Samarqand davlat universiteti psixalogiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti 302-gurux talabasi Toshbayeva Shaxrizodaning psixalogiya fanlari oʻqitish metodikasi fanidan mustaqil ish


Download 10.13 Kb.
bet1/4
Sana03.12.2023
Hajmi10.13 Kb.
#1797207
  1   2   3   4
Bog'liq
metodika 2

Samarqand davlat universiteti psixalogiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti 302-gurux talabasi Toshbayeva Shaxrizodaning psixalogiya fanlari oʻqitish metodikasi fanidan mustaqil ish

Mavzu: Taʼlim jarayoniga nisbatan texnalogik yondashuv

  • Reja:
  • 1.Ta’lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv.
  • 2.Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi.
  • 3.“Pedagogik texnologiya” tushunchasi, uning sinonimlari va evolyutsiyasi

Pedagogik texnologiyalarning ikki manbai. Pedagogik texnologiyaning metodologik asoslari. Insonning boshqa mavjudotlardan farqi-uning o‘z oldiga maqsad qo‘yib, maqsad sari harakat qilishidir, deb ta’kidladik. Tabiiy savol tug‘iladiki, bu maqsadlar qayoqdan paydo bo‘ladi? Javob: har qanday maqsad alohida bir shaxs, ijtimoiy guruh yoki millatning ehtiyojidan kelib chiqadi. Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligidan uning biologik ehtiyoji barobarida ijtimoiy ehtiyoji ham mavjud. Biologik ehtiyojlar kishining biologik tabiatidan kelib chiqadi. Tirik mavjudot sifatida hayotni saqlab qolish uchun talab etiladigan zaruriy ehtiyoj biologik ehtiyoj deyiladi

Bularga yeb-ichish, nafas olish, xavf-xatardan saqlanish, nasl qoldirish kabilar kiradi. Ijtimoiy ehtiyojga kishining ijtimoiy taraqqiyoti natijasida vujudga keladigan fikr yuritish, fikr almashish, bilim olish, mehnat qilish, zavqlanish sevish va sevilish kabi ehtiyojlar kiradi. Ehtiyojni qondirish ustida ma’lum vaqt fikr-mulohaza yuritilgandan keyin ehtiyoj yoki inkor qilinib bostiriladi, yoki unga yetishish maqsad qilib qo‘yiladi.

Maqsad va uning ko‘rsatkichlari aniq bo‘lgandan keyin, unga yetishish usullari tizimi izlab topiladi va harakat boshlanadi. Shunda maqsad ko‘rsatkichlari bilan harakat paytida o‘z mavjudligini namoyon qiluvchi qonunlar yig‘indisi ushbu faoliyatning metodologik asosini ya’ni amal qilinishi shart bo‘lgan tamoyillar majmuini tashkil qiladi. Kishi o‘z faoliyatida eng umumiy tamoyillarga amal qilishi bilan birga muayyan bir sohaning umumiy maqsad va qonuniyatlariga tamoyil sifatida suyanadi. Pedagogik jarayonning umumiy metodologiyasi soha oldiga qo‘ygan maqsad ko‘rsatkichlari bilan didaktikaning umumiy tamoyillaridir.


Download 10.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling