Tahlil bu o’ganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish


Download 17.33 Kb.
Sana12.12.2020
Hajmi17.33 Kb.
#165256
Bog'liq
iqtisod nazariyasi joriy nazorat


1-topshiriq

1A 6C 11A 16C

2C 7C 12B 17C

3D 8D 13D 18B

4E 9B 14D 19E

5A 10B 15A 20A

2-topshiriq

Tahlil - bu o’ganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish. Tadqiqotchi voqeahodisaning mohiyatini chuqur anglashi, u haqida to‘liq tasawurga Ega bo‘lishi uchun uning ichki tarkibiy qismlariga kirib borishi zarur. Bu esa tadqiqot obyektini alohida tarkibiy qismlarga ajratish va ulami izchillik bilan o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, biz 0 ‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish sur’ati 2016-yilda o‘tgan yilga nisbatan 7,8 foizni tashkil etganini bilamiz. Bunday o‘sish sur’atiga nimalar hisobiga erishilganini aniq tasawur qilish uchun esa faqat tahliliy jarayonlar orqali erishamiz. Ya’ni, yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar, mulkchilik shakllari, tarmoqlar va mintaqalar bo‘yicha tarkibiy qismlarini alohida ajratibolish va ulami o‘rganish orqali o‘sish sur’atining manba va omillari, uni yanada oshirishning imkoniyatlari to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqara olamiz.Sintez - bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo‘l bilan o‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.Iqtisodiy fanlarda ko‘pincha sintezdan aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlami umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi. Masalan, korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali tarmoq va sohalar iqtisodiy faoliyatiga ulaming faliyati natijalarini umumlashtirish orqali esa - milliy iqtisodiyotga baho berish, uning umumiy natijalarini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, sintez usuli iqtisodiyot nazariyasi fanida ko‘plab iqtisodiy ta’limot va nazariyalaming ilmiy asosga ega bo‘lgan, to‘g‘ri va muhim jihatlarini ajratib olgan holda, ulami umumlashtirish orqaliyangi g‘oya va nazariyalami hosil qilish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, narxning mazmunini, uning nimalar asosida shakllanishini ilmiy asosda ochib berishda qiymatning turli nazariyalarini sintez qilish usulidan foydalanish buning yaqqol dalilidir.


Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment usuli ma’lum o‘rin egallaydi, iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlami amalga oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy islohotlami amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy tajriba, eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlami ishlab chiqish talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o‘tkaziladigan eksperimentlarga erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlami alohida korxona yoki hududlarda sinovdan o‘tkazish kabilami misol tariqasida keltirish mumkin. Jumladan, 0 ‘zbekistonda zarar ko‘rib ishlovchi shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklarga aylantirish jarayoni dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida tajribadan o‘tkazilib, keyinchalik boshqa tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini ham iqtisodiy eksperiment sifatida baholash mumkin.
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona, firma va fermer xo‘jaliklarining ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy subyektlaming xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlaming xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi toMashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makro daraj ada (mamlakat yoki jahon miqyosida) milliy iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot yalpi ichki mahsulot dinamikasi narxlar darajasining o‘zgarishi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil obyekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkor likning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotidan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi:birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u iqtisodiyotda faol rol o‘ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi;
ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o‘laroq, AQSH iqtisodiyotida yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud.Bu yerda shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodi-yoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya iqtisodiyotida ham 90% dan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlami qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda. Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to iiq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim boigan quyidagi bir qator vazifalami ko‘rsatib berdi:
- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
- milliy valyuta - so‘mni yanada mustahkamlash;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish38.0 ‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘1 davom ettirildi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda «erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalami hal qilishning
asosiy shartidir»39. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalami amalga oshirishni ko‘zda tutadi: Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi nazariyalar rivojlanishining ikkinchi bosqichida tadbirkorlikning asosiy xususiyati sifatida innovatsion faoliyat ajratib ko‘rsatiladi. Bu oqimning asoschisi Y. Shumpeter bo‘lib, uning fikricha, iqtisodiy o‘sishning negizida tadbirkomi ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyasini ishlatishga, qo‘llashga bo‘lgan intilishi yotadi va bu intilishning natijasi innovatsiya, yangiliklar hisoblanadi.Mazkur nazariyalar rivojlanishi uchinchi bosqichining asosiy g‘oyasi - tadbirkoming muhim shaxsiy fazilatlari, jumladan izlanish va tadqiqot hisoblanadi. Bu oqim namoyandalari F. Xayek va L. Mizes tadbirkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlami izlab topish va tadqiq qilish deb qaraydi, shu bilan birga faoliyati izlanish tarzida kechadigan har qanday shaxsni bo‘lg‘usi tadbirkor deb hisoblashadi.
K. Makkonnell va S. Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovarlar va xizmatlar ishlab chiqari sh jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va «katalizator» vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor - tashkilotchi shaxs bo‘lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To‘rtinchidan,tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o‘z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o‘z sheriklari, aksiyadorlari qo‘shgan mablag‘lar bilan ham tahlikaga boradi60.Tadbirkorlik faoliyatiga yuqori keltirilgan turli xil fikrlar va yondashuvlami umumlashtirgan holda qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati - shakli, turi va sohasidanqat’iy nazar foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida amalgaoshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlaming mavjud bo‘lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiyiqtisodiy shart-sharoitlari yotadi. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg‘arish bir-biridan farqlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘laming moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining asosiy kapitallarini va aylanma mablagiarini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish summasini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omilidir. Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
Download 17.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling