Taqdimod madrimov Shahzod
Download 63.74 Kb.
|
1 2
Bog'liqbankning operatsion xarajatlarini hisobga olish
TAQDIMODMadrimov ShahzodMavzu: Bankning operatsion xarajatlarini hisobga olish. REJA:
1. Tijorat banklarining xarajatlari va ularning tarkibi Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bog`liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Odatda, banklar o`z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan mablag`lar, shuningdek, kredit riski bilan bog`liq bo`lgan yo`qotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar. Bank xarajatlari tarkibida eng asosiy salmoqni ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar tashkil etadi. Soliq va yig`imlar xarajatlari ham salmoqli ulushga ega. 2. Foizli xarajatlar Foizli xarajatlar-barcha majburiyatlar bo`yicha to`plangan foiz summasi demakdir. Bizga ma`lumki tijorat banklari kredit resurslari tashkil etishda talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hamda muddatli depozitlar qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar ma`lum belgilangan foizlarda pul to`laydilar. Tijorat banklari bank qarz majburiyatlari bo`yicha foizlar to`laydilar, shu jumladan, qimmatli qog`ozlarining sotuv narxi bilan nominal qiymati orasidagi salbiy tafovut bo`lganida, ba`zi bir keltirilgan, lekin to`lanmagan foizlarni to`lashda banklarda foizli xarajatlar yuzaga keladi. Banklar foizli xarajatlarining yana biri kredit va unga bog`liq operatsiyalardir. Banklar, eng avvalo, Markaziy bankdan, boshqa tijorat banklaridan, byudjetdan tashqari fondlardan, bank bo`lmagan moliyaviy muassasalardan kreditlar olishi mumkin. Olingan kreditlar uchun to`lanadigan qarz- foizli xarajatlarga kiradi. Bank avvalgi yillar (hisobot yiliga nisbatan) hisobiga to`lagan foizlar va vositachilik yig`imlari, hamda o`tgan yillarda bank mijozlardan ortiqcha undirgan foizlar, hamda vositachilik yig`imlarini qaytarishi bilan foizli xarajatlar qiladi. Foizli xarajatlar hisobvaraqlar rejasining 50100-54904 hisobvaraqlarida hisobga olinadi. Download 63.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling