Texnologiyalari ba kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.11.2020
Hajmi0.71 Mb.
#155983
Bog'liq
Elektronika 9-lab 221120111343485


 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 



TEXNOLOGIYALARI BA KOMMUNIKATSIYALARINI 

RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 

 

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 

 

Kafedra 

Elektronika va radiotexnika 

 

Fan 

Elektronika va sxemalar 1 

 

 

 

 

 

 

 

 

LABORATORIYA ISHI – 9 

 

Mavzu: YARIMO’TKAZGICHLI STABILITRONNI 

XARAKTERISTIKASI VA PARAMETRLARINI TADQIQ ETISH 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Guruh: 

312-19 

 

Bajardi: 

Xakimov F. F 

 

Tekshirdi: 

Teshaboyev X. N. 

 

 

 

Toshkent-2020 

 

 

9-LABORATORIYA ISHI 



YARIMO’TKAZGICHLI STABILITRON PARAMETRLARI VA 

XARAKTERISTIKALARINI TADQIQ ETISH 

 

 

Ishning  maqsadi:  Elektr  teshilishi  rejimida  yarimo’tkazgichli  stabilitron 

tokini  unga  qo’yilgan  teskari  yo’nalishdagi  kuchlanish  bilan  bog’liqligini  tajriba 

bilan aniqlash. 

9.1- rasm. Yarimo'tkazgichli stabilitron VAX sini o'lchash sxemasi 

Laboratoriya ishi variantlari: 

 


 

 

23-variant: 



R = 0.82 kOm, Stab markasi: BZB84-B7V5 

9.2-rasm. Sxemaning NI Multisim dasturiy muhitida yig'ilgan ko'rinishi 

 

 

 



9.1-rasm 

 

I, (mA) 





-0.2 

-0.4 

-0.6 

-0.8 

-1 

-2 

-4 

E2, (V) 

-0.839 



-1.021 

-1.195 


-1.367 

-1.536 


-2.374 

-4.032 


V1, V 

-0.675 



-0.693 

-0.703 


-0.711 

-0.716 


-0.734 

-0.753 


I, (mA) 

-6 

-8 

-10 

-12 

-14 

-16 

-18 

-20 

E2, (V)  -5.683 

-7.331  -8.977 

-10.622  -12.266  -13.91  -15.553  -17.196 

V1, V 

-0.764 


-0.771 

-0.778 


-0.783 

-0.787 


-0.791 

-0.795 


-0.798 

 

 



 

9.1-jadvaldan foydalanib stabitlironning VAX   

𝑰

𝒔𝒕

= 𝒇(𝑼



𝒔𝒕

)  va  𝑰

𝒔𝒕

= 𝒇(𝑬


𝟐

)   



 

Bog’liqlik grafiklarini chizamiz:

 


 

 

 



 

9.3-rasm Yarimotkazgichli stabilitronni VAXsi 

 

 

Ist.min=2mA                      Ust.min=-0.734 V  



 

Est.min=-2.374V                         

                        

  

 Ist.ort=8mA   



 

   Ust.ort=-0.771V    

        Est.ort=-7.331V                        

                     

 

Ist.max=14mA 



 

   Ust.max=-0.787V               Est.max=-12.226V  

 

 

Yarimo’tkazgichli 



stabilitronning 

asosiy 


parametrlari 

quyidagicha 

hisoblanadi:

       𝑅


𝑦𝑢𝑘

=

𝐸



𝑚𝑎𝑥

−𝑈

𝑚𝑎𝑥



𝐼

𝑚𝑎𝑥


=

12.226𝑉−0.787𝑉

14𝑚𝐴

  = 817


    


                 𝐾

𝑠𝑡𝑎𝑏


=

𝐸



𝑚𝑎𝑥

𝑈



𝑚𝑎𝑥

𝑈



𝑠𝑡𝑛𝑜𝑟𝑚

𝐸

𝑠𝑡𝑛𝑜𝑟𝑚



=

12.226−2.374

0.787−0.734

0.771



7.331

= 19.55  

         


 

 

 



                                                                  

Xulosa

1.  Tajribani  o’rganishda  shunday    xulosaga  keldim  yarimo’tkazgichli 

stabilitron  yoki  Zener  diodi  manbaga  teskari  ulanganda  kuchlanishni 

barqaror  (stabil)  holatga  keltirib  beradi.  Tajriba  natijasidan  ko’rish 

mumkinki,  manbadagi  kuchlanish(E)  0.839  Voltdan  17.196  Voltgacha 

o’zgargan vaqtda, stabilitrondagi kuchlanish 0.675-0.798V oralig’ida bo’ladi. 

Stabilitronning  bu  xususiyatidan  EYUK  sining  qiymati  keskin  o’zgaradigan 

manbalarga  ulangan  zanjirlarda  kuchlanishni  bir  me’yorda  ushlab  turishda 

foydalanish mumkin. 

2.  Stabilitron  koeffitsiyenti  (K

STAB

)  ning  qiymati  qancha  katta  bo’lsa, 

EYUK  ning  o’zgarishi  stabilitrondagi  kuchlanish  o’zgarishiga  shuncha  kam 

ta’sir qiladi. 

 

 

Nazorat savollari: 

1. p-n o’tishdagi asosiy teshilish turlarini ayting. 

2. Stabilitronlarda qaysi teshilish turlari qo’llaniladi? 

3.  Stabilitron  VAX sini chizing. Uning shaklining turli qismlari qaysi fizik 

jarayonlar orqali ifodalanadi? 

4.  Stabilitronning  asosiy  elektr  parametrlarini  ayting  va  ularning  fizik 

ma’nosini tushuntiring. 

5.  Nima  uchun  stabilitronlarni  tayyorlashda  dastlabki  material  sifatida 

germaniy emas kremniy qo’llaniladi? 

6.  Stabilitron  tokining  yuqori  qiymati  cheklanishiga  qanday  omil  sabab 

bo’ladi? 

7. Stabilitron VAXsini o’lchash sxemasini chizing. 

8.   

 

 

 

 

 

Javoblar: 



1.  p-n  o’tishda  teskari  ulangan  kuchlanish  ma’lum  chegaraviy  qiymatga 

yetganda  teskari  tok  keskin  ortib  ketishi  eletr  teshilishi  hodisasi  deyiladi. 

O’tishning  teshilishi  ikki  guruhga  bo’linadi:  elektr  va  issiqlik  teshilishi.  Elektr 

teshilishi  ikki  xil  bo’ladi:  ko’chkisimon  va  tunnel  teshilish.  Ko’chkisimon 

teshilish p-n o’tish sohasi kengroq bo’lganda, tunnel teshilish esa tor p-n o’tish 

sohasida hosil bo’ladi. Ko’chkisimon teshilishda elektron va kovaklarning zarba 

ionizatsiyasi  tufayli  qo’shimcha  elektronlar  va  kovaklar  paydo  bo’ladi  va  hosil 

bo’lgan zarralar yana boshqa zaryadlarni hosil qiladi. Tunnel teshilishda esa tor 

p-n  o’tishda  zaryad  tashuvchilar  bir  sohadan  ikkinchisiga  energiya 

sarflamasdan  o’tish  imkoniga  ega  bo’ladi.  Issiqlik  teshilishi  teskari  tok 

natijasida p-n o’tishning qizishi natijasida o’tkazuvchanlikning oshishi hisobiga 

bo’ladi. 

2.  Stabilitronda  elektr  teshilishi  hodisasidan  foydalaniladi.  Stabilitron 

teskari  ulanganda  unda  teshilish  bo’lguniga  qadar  deyarli  tok  o’tmaydi,  va 

ko’chkisimon  yoki tunnel (yoki ikkalasi ham)  teshilish  sodir  bo’lganidan  so’ng 

diodning  qarshiligi  teskari  tok  kuchining  qiymatiga  qarab  o’zgarib  boradi  va 

kuchlanishni stabil saqlaydi. 

3. 

 

 

 

Ushbu  chizmada  tunnel  teshilish  (qizil  rang)  va  ko’chkisimon  teshilishga 



asoslanga  stabilitronlarning  Volt-Amper  xarakteristikasi  ko’rsatilgan.  Grafik 

Dekart  koordinatasining  3-choragida  joylashgan.  Teshilishga  qadar  bo’lgan 

qismda  kuchlanish  ortishi  bilan  tok  kuchi  deyarli  o’zgarmaydi.  Teshilishdan 

so’ng esa kuchlanish deyarli o’zgarmaydi. 

4. Stabilitronning asosiy parametrlari: 

– ishchi  toklar  diapozoni:  stabilizatsiyaning  minimal  toki  va  maksimal 



ruxsat  etilgan  tok  kuchi.  Agar  stabilitronga  ulangan  manbaning  tok  kuchi 

minimal  tok  kuchidan  kichik  bo’lsa  teshilish  hodisasi  sodir  bo’lmaydi  va  tok 

deyarli o’tmaydi. Agar tok maksimal tokdan katta bo’lsa issiqlik teshilishi tufayli 

stabilizator yaroqsiz holatga keladi. 

–  maksimal quvvat 



5.  Kremniy  uchun  issiqlik  teshilishi  temperaturasi  germaniyning  issiqlik 

teshilishi  temperaturasidan  yuqoriroq.  Agar  germaniydan  foydalanilganda 

nisbatan kichik kuchlanishlarda ham issiqlik teshilishi tufayli stabilitron ishdan 

chiqishi mumkin. 

6.  Stabilitronning 

yuqori 

qiymati 

chegarasining 

sababi 

issiqlik 

teshilishidir. Issiqlik teshilishi – dioddan o’tadigan teskari tokning issiqlik ta’siri 

natijasida  p-n  o’tish  sohasining  o’tkazuvchanligi  ortib  ketib  teshilishidir. 

Shuning  uchun  katta  quvvatli  stabilitronlarda  maxsus  sovutish  sistemalari 

ishlatiladi. 

7.  Stabilitron  VAX sini o’lchash sxemasi 9.1-rasmda ko’rsatilgandagi kabi 

bo’ladi. 

 

 

 



 

Document Outline


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling