Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana29.10.2020
Hajmi0.53 Mb.
#137878
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
shaxs rivojlanishining pedagogik va psixologik diagnostikasi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS 

TA'LIM VAZIRLIGI 

 

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

 

PEDAGOGIKA FAKULTETI 

 

5140800 – PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO`NALISHI 

BITIRUVCHISI 

 

 

NISHONOV NODIRNING  

 

“SHAXS RIVOJLANISHINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK 

DIAGNOSTIKASI”  

 

mavzusidagi 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

 

Ilmiy rahbar: p.f.n., dotsent K.Turg‘unboev  

 

 

 

Andijon – 2013 

 



MAVZU: SHAXS RIVOJLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK 



DIAGNOSTIKASI 

 

KIRISH  



 

1 BOB. PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKASI VA UNING MOHIYATI 

1.1. Pedagogik-psixologik diagnostika, uning maqsad va vazifalari 

1.2.  Shaxsni  rivojlanishida  pedagogik-psixologik  diagnostikasining  asosiy  vazifalari  va 

yo‘nalishlari 

 

2 BOB. SHAXSNI RIVOJLANISHIDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA 



IMKONIYATLARIDAN  FOYDALANISHNING  MAVJUD  IMKONIYATLARI  VA  SHART-

SHAROITLARI 

2.1. Shaxsning rivojlanishi, shakllanishi va taraqqiyoti 

2.2. Shaxsning rivojlanishida pedagogik-psixologik diagnostik tadqiqotlarni tashkil qilish 

va o‘tkazish 

2.3. Ta’lim mazmunida kelajak istiqbollarini tashxis (diagnostik)  qilish 

2.4. Pedagogik diagnostikaning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni  

2.5. Shaxslararo munosabatlarni diagnostik nazorat qilish 

 

UMUMIY  XULOSALAR VA TAVSIYALAR 



 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 



 



KIRISH 



Mavzuning  dolzarbligi.  Mamlakatimizda amalga  oshirilayotgan  ta’lim  islohoti “Ta’lim 

to‘g‘risida”gi  qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  o‘zining  ilmiy-nazariy,  ijtimoiy-

iqtisodiy,  siyosiy-huquqiy  ifodasini  topgan.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining”  maqsadi  - 

ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan 

to‘la  xalos  etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma’naviy  va  axloqiy 

talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir”.  

Bu  vazifani  bajarish  ta’lim  jarayoni,  uning  mazmuni,  shakl  va  metodlarini  tubdan 

o‘zgartirishni talab qiladi. Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy–texnikaviy taraqqiyotiga yangicha 

qaraydigan  mustaqil  fikrlovchi,  ishbilarmon,  buyuk  kelajak  poydevorini  quruvchi  yoshlarni 

tarbiyalash respublikamiz pedagoglari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Ta’lim islohoti 

jarayonida bu ulkan vazifani to‘la amalga oshiradigan, zamonaviy va jahonning eng ilg‘or ta’lim 

texnologiyalardan  mohirona  foydalana  oladigan  pedagog  kadrlarga  ehtiyoj  har  qachongidan 

ortdi.  

Diagnostika  –  bu  o‘sib  kelayotgan  odamning  mikromuhit  bilan  munosabatlaridagi 

muammolarni aniqlash. Diagnostika pedagogik jarayonni gumanizatsiyalash dasturiga kiritilgan. 

Diagnostik  faoliyatning  maqsadi  o‘qituvchiga  pedagogik  vaziyatlarni  tahlil  qilish  va  baholash 

mezonlarini  belgilashga,  muammolarni  oson  hal  qilish  yo‘llarini  aniqlashga,  o‘quvchilarning 

faoliyatini  boshqarishga  va  o‘zining  kasbiy  faoliyatini  tuzatishga,  pedagogik  o‘zaro  ta’sir 

samaradorligini baholashga imkon beruvchi yaxlit axborotni aniqlashdan iborat.  

Pedagogik  diagnostika  –  pedagog  shaxsi  va  u  bilan  muloqotga  kirishuvchilarning 

pedagogik  tizim  natijalarini  tahlil  qilish  va  tavsiyalar  berish  jarayoni.  O‘zining  ish  faoliyatida 

integral  pedagogik  diagnostikadan  foydalangan  o‘qituvchi  zudlik  bilan  hal  etilishni  talab 

qilayotgan  va  ayni  paytda  bir  necha  muddatga  ortga  surilgan  o‘quv-tarbiyaviy  vazifalarni 

uddalash imkoniga ega bo‘ladi. O‘zi ishlayotgan sinf jamoasini to‘liq o‘rganish o‘qituvchi uchun 

muhim hisoblanadi.  

Bolalar  jamoasini  o‘rganayotgan  o‘qituvchi  quyidagi  vazifalarni  hal  etadi:  jamoaning 

o‘sib  borishi  haqida  to‘liq  ma’lumot  olish,  jamoaning  o‘sish  darajasi  o‘zgarib  borishiga  mos 

holda  pedagog  tomonidan  o‘z  ishining  mazmuni,  shakli,  metodi  va  uslubini  pedagogik 

asoslangan  holda  tuzatib  borish,  jamoaning  rivojlanish  darajasini  baholash  uchun  integral 

diagnostika metodini egallash zarur. 

Har  qanday  psixologik-pedagogik  diagnostika  shaxsning  kechagi  yoki  bugungi  kundagi 

rivojlanish  darajasini,  o‘quv  jarayonining  tashkil  qilinganlik  darajasini  ko‘rsatib  berish  bilan 

cheklanib  qolmasligi  lozim.  Diagnostik  jarayonida  o‘rganilayotgan  ob’ektning  kelajagi,  ertangi 


 

kuni  ham  taraqqiyot  tendensiyalari,  ham  ma’lum  omillar  ta’sirining  oqibatlari  ochib  berilishi 



kerak.  Shu  holdagina  prognoz  mohiyatidan  kelib  chiqqan  holda  ta’lim-tarbiya  jarayonida  yo‘l 

qo‘yilayotgan  xatolar,  shaxs  taraqqiyotidagi  ko‘zga  tashlangan  kamchiliklarni  bartaraf  qilish, 

to‘g‘ri  yo‘lga  solish  imkoniga  ega  bo‘lamiz.  Shu  sababli  psixologik-pedagogik  diagnostika 

metodlarining prognostik bo‘lishi eng muhim talablardan biridir.  

Psixodiagnostika  sohasidagi  nazariy-metodik  ishlarning  yo‘nalishlari  avvalambor 

psixologik amaliyot talablari asosida belgilanadi. Ushbu talablarga muvofiq usullarning maxsus 

kompleksi  shakllanadi.    Psixologik-pedagogik  diagnostikaning  rivojlanib  kelayotgan  fan 

tarmog‘i  ekanligi,  uning  amaliy  va  dolzarbligi  bilan  bir  vaqtda  bu  sohani  aniq  chegaralari, 

boshqa fanlardan farqi va o‘ziga xos xususiyatlari hozircha to‘liq tarkib topmaganligini ko‘rsatib 

o‘tish lozim.  

Psixologik-pedagogik diagnostikaning asosiy yo‘nalishlari pedagogik amaliyotning talab 

darajasidan  kelib  chiqqan  holda  shakllanmoqda.  Shu  sababli  ham  uning  yo‘nalishlarini  bu 

yo‘nalishlarning  mohiyatini  psixologik-pedagogik  diagnostika  pedagogik  amaliyotning  qaysi 

sohalarida qo‘llanilishini ko‘rsatmasdan turib to‘liq ochib berib bo‘lmaydi.  



Tadqiqot  maqsadi:  shaxs  rivojlanishining  pedagogik-psixologik  diagnostikasini  ilmiy-

nazariy jihatdan asoslash va mavzuning dolzarbligini aniqlash. 



Tadqiqot  ob’ekti:  shaxsni  rivojlanishida  pedagogik-psixologik  diagnostikaning  o‘rnini 

aniqlash jarayoni.   



Tadqiqot  predmeti:  shaxsning  rivojlanishida  pedagogik-psixologik  diagnostika 

imkoniyatlari, pedagogik shart-sharoitlari va omillari. 



Tadqiqotning vazifalari: 

1.  Mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan dolzarbligini asoslash.    

2.  Pedagogik-psixologik diagnostikaning shaxs rivojlanishidagi o‘rnini aniqlash. 

3.  Shaxslararo 

munosabatlarda 

pedagogik-psixologik 

diagnostika 

(tahlil) 

imkoniyatlaridan foydalanish. 

4.  Pedagogik-psixologik diagnostik tadqiqotlarni tashkil qilish va o‘tkazish. 

5.  Mavzu yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. 

Tadqiqot  metodlari:  adabiyotlarni  o‘rganish,  pedagogik  tahlil,  kuzatish,  qiyosiy  tahlil,  

savol-javob, suhbat, umumlashtirish. 



Tadqiqotning  metodologik  asoslari:  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi, 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni,  O‘zbekiston  Respublikasining 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”,    O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning 

ta’lim  tizimini  isloh  qilish,  har  tomonlama  barkamol  shaxsni  tarbiyalashga  oid  qarashlari, 



 

Hukumat qarorlari, ilg‘or pedagogik tajribalar.  



Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibiy  tuzilishi  va  hajmi:  ish  kirish,  2  bob,  7  bo‘lim, 

umumiy  va  tavsiyalar,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‘yhatidan  iborat  bo‘lib,  jami  71  sahifani 

tashkil qiladi. 


 



1 BOB. PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKASI VA UNING MOHIYaTI 



 

1.1. Pedagogik-psixologik diagnostika, uning maqsad va vazifalari 

 

Tahlillar  shuni  ko‘rsatadiki,  80  yillargacha,  «Pedagogik  diagnostika»  atamasi  asosan 



maqolalarda, turli tezislar yoki kam tirajli to‘plamlarda uchraydigan, 80 yildan boshlab esa, shu 

vaqtgacha pedagogika va psixologiya fanlarining hamkorlik sohasi sifatida shakllanib, rivojlanib 

kelayotgan,  ko‘pchilik  alohida  bilim  va  tajriba  sohasi,  deb  qaramayotgan  bu  soha  eng  dolzarb 

sohalardan biriga aylanmoqda. Chet ellarda bu sohada olib borilgan va rus tiliga tarjima qilinib, 

o‘zbek mutaxassislari ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishlardan K.Ingenkampning 1991 

yilda  bosmadan  chiqqan  «Pedagogik  diagnostika»  (muallifning  yozishicha  pedagogik 

diagnostika  atamasi  u  tomonidan  1968  y.  taklif    qilingan  va  kiritilgan)  asarida  ancha  keng 

yoritilgan.  

Pedagogik diagnostika mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:  

Tarbiyalanganlik  darajasini  diagnostika  qilish  -  bu  yo‘nalish  shaxslarning 

tarbiyalanganligini,  ularning  xulq-atvorini,  odob-axloqini,  tarbiyalanganligini  (tarbiyaviy 

ta’sirlarga berilishi)ni o‘rganishdan iboratdir.  

Tashkiliy-metodik  diagnostika  -  pedagoglarning  kvalifikatsiyasini,  o‘quv  jarayonining 

uslubiy ta’minlanganlik darajasini baholashdir.  



Didaktik  diagnostika  -  pedagogik  jarayonni  takomillashtirish  uchun  xizmat  qilishdir 

(o‘quv  jarayonining  tashkiliy  metodik  tomonlaridan  tashqari).  Shaxslarning  og‘zaki  va  yozma 

javoblarini,  javoblardagi  tipik  xatolarni,  ularning  sabablarini,  o‘quv  faoliyatidagi  salbiy 

o‘zgarishlarni,  shaxslarda  o‘quv  mehnat  malaka  va  ko‘nikmalarning  rivojlanganlik  darajasini, 

ta’lim olishga nisbatan moyilliklari diagnostika qilinadi.  

Ijtimoiy-pedagogik  diagnostika  -  shaxslarning  pedagogik  qarovsizligi,  moslashganlik 

darajasi,  tarbiyasi  og‘ir  bolalarni  diagnostika  qilishda  ijtimoiy  omillarni  hisobga  oluvchi 

yo‘nalishdir.  Diagnostika  pedagoglar  tomonidan  maktabdan,  o‘quv  yurtidan  tashqarida  olib 

boriladi. Shu sababli diagnostika jarayonida oila sotsiologiyasi va iqtisodi, xuquq sotsiologiyasi, 

dam  olish  sotsiologiyasi,  iqtisodiy  sotsiologiya  kabi  sohalarda  qo‘llaniladigan  metodikalar  va 

ko‘rsatkichlardan foydalanishni taqozo etadi.  



Ijtimoiy  psixologik-pedagogik  diagnostika  -  bu  yo‘nalish  sotsiologiya,  ijtimoiy 

psixologiya,  pedagogikani  o‘z  ichiga  qamrab  olgan  bo‘lib,  shaxslar,  pedagoglar,  ota-onalar 

guruhlarini,  shaxslarga  ommaviy  kommunikatsiya  vositalarining  (radio,  televizor,  gazetalar  va 

h.k.)  ta’sirini,  shaxslarning  burch  va  xuquqlari,  ular  orasidagi  munosabatlarni  o‘rganishga 



 

yo‘naltirilgandir. 



 «Psixodiagnostika»  so‘zining  mohiyati  «psixologik  tashhis  qo‘yish»  yoki  kishining 

mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qaror qabul qilishni anglatadi. Psixodiagnostika – 

amaliy  jihatdan  psixologning  deyarli  barcha  faoliyat  doiralarida,  ya’ni  psixologik-pedagogik 

tadqiqotlarda  muallif  yoki  ishtirokchi  sifatida  qatnashayotganda,  psixologik  maslahat  hamda 

psixologik  korreksion  (to‘g‘rilash  va  rivojlantiruvchi)  ishlarni  amalga  oshirayotgan  jarayonda 

qo‘llaniladi.  Ammo  ko‘pincha  amaliy  psixologning  ishlarida  psixodiagnostika  –  faoliyatning 

alohida  mustaqil  turi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Uning  maqsadi  –  psixologik  tashhis  qo‘yish, 

ya’ni  kishini  mavjud  psixologik  holatini  baholash  orqali  ifodalanadi.  Psixodiagnostik  faoliyat 

jarayonini  metodikalar  aprobatsiyasi,  talablar  yo‘riqnomasini  ishlab  chiqish,  tadqiqotlarni 

o‘tkazishdagi  qonun-qoidalarni  yaratish,  natijalar  tahlilining  usullarini  shakllantirish  hamda 

ma’lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini muhokama qilish tashkil etadi.  

Diagnostik  faoliyat  o‘z  maqsadiga  ko‘ra  tashhis  (diagnoz)  yo‘nalishining  turli 

ko‘rinishlariga  ega  bo‘ladi.  Qo‘yilgan  tashhis  o‘rganilayotgan  xususiyatlarni  shakllantirishga 

yoki korreksion ishlarni tashkil etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan ifodalanadi.  

Shunday  qilib,  diagnostika  yorqin  namoyon  bo‘luvchi  individual-psixologik, 

psixofiziologik  xususiyatlar  asosida  olingan  ma’lumotlarni  taqqoslash  bilan  alohida  kishi  yoki 

ma’lum shaxslar guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir.  

Bolalar  bog‘chasidagi  bolalarning  qobiliyat  va  layoqatlarini  har  tamonlama 

rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogika jarayonining mahsuldorligi 

pedagogning  o‘z  tarbiyachilarini  yaxshi  bilishga,  talim  va  tarbiyaning  xilma-xil  metodlarini 

qo‘llashga  bog‘liq  harakat  qiladilar.  Bolalarning  bunday  holatlari  chegara  holatlari  sifatida, 

psixik  taraqqiyot  kamchiligi  sifatida  shaxs  aksentuatsiyasining  turli  ko‘rinishi  sifatida 

tasniflanishi  mumkin.  Ularni  aniqlash  uchun  bolalar  psixologiyasi,  klinik  potopsixologiya  va 

psixatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga qarovsizlik kabi 

muammolarni hal qilishga to‘g‘ri keladi.  

O‘qituvchi  talim  va  tarbiyadagi  qiyinchiliklar  nima  uchun  va  qanday  qilib  paydo 

bo‘lishini tushunish uchun, u avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va 

turli  psixik  holatlarni,  psixologik-diagnostika  metodlarini  egallashi  zarur.  O‘qituvchining 

psixodiagnostik  tadqiqot  yoki  doimiy  kuzatish  jarayonida  olingan  natijalarni  bolalar  bilan 

ishlashda qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi ham zarur hisoblanadi. Psixodiagnostika psixologik 

diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‘rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil 

qilish asosida  sinaluvchining holati va xususiyalari haqidagi xulosalaridan iboratdir. Psixologik 

diagnoz  (diagnosis  -  grekcha,  aniqlash,  bilish  degan  ma’noni  anglatadi)  -  shaxs  individual-


 

psixologik  xususiyatlarining  hozirgi  holatiga  baho  berish,  rivojlanishini  oldindan  aytib  berish 



(prognoz  qilish)  va  psixodiagnostik  tekshiruv  vazifalaridan  kelib  chiqib,  tavsiyalar  ishlab 

chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir.  

Psixodiagnostik  tadqiqotlar  amaliyotida  psixologik  diagnoz  qo‘yishning  3  bosqichi 

farqlanadi:  

1.  Simptomatik  diagnozda  dasturi  mavjud  har  qanday  EHM  bajarishi  mumkin  bo‘lgan 

tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi.  

2.  Etnologik  dagnozda  (kelib  chiqish  sabablari)  biror  xususiyatning  mavjudligini  emas, 

balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.  

3.  Tipologik  diagnozda  sinaluvchi  shaxs  tuzilishida  olingan  natijalarning  ahamiyati  va 

o‘rni aniqlanadi. 

Psixodiagnostika  psixologiyaning  ilmiy  va  amaliy  jabhalaridan  tashqari  uning  boshqa 

sohalarida keng  qamrovda  qo‘llaniladi.  Masalan,  tibbiy  psixologiya, patopsixologiya,  injenerlik 

psixologiyasi,  mehnat  psixologiyasi  kabi  insonning  psixologik  xususiyatlarini  bilish  talab 

qilinadigan barcha sohalarda foydalaniladi.  

Ilmiy va amaliy psixodiagnostika qayd etilgan barcha holatlarda ham o‘ziga xos muhim 

vazifalarni hal etadi. Ularga quyidagilar kiradi:  

1. Insondagi mavjud biror psixologik xususiyat yoki xulq-atvori holatini aniqlash;  

2. Mazkur xususiyatning shakllanganligi, ya’ni uning miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlarda 

namoyon bo‘lishi darajasini o‘rganish;  

3.  Zarur  bo‘lgan  holdagina  shaxsning  tashhis  qilinayotgan  xulq-atvoridagi  psixologik 

xususiyatlarini ochib berish;  

4.  O‘rganilayotgan  xususiyatlarning  shakllanganlik  darajasini  taqqosiy  ishlanmasini 

yaratish.  

Amaliy  psixodiagnostikada  sanab  o‘tilgan  vazifalarning  har  biri  alohida  yoki  kompleks 

tarzda olib borilayotgan tadqiqot maqsadiga muvofiq amalga oshiriladi.  

Demak,  psixodiagnostika  psixologdan  professional  faoliyati  jarayonida  maxsus 

tayyorgarlik  talab  qiluvchi  murakkab  sohadir.  Psixolog  (tashhischi)  egallashi  kerak  bo‘lgan 

bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  shunchalik  keng  va  murakkabki,  uning  o‘zlashtirilishi  bilan 

psixodiagnostikani  professional  psixolog  faoliyatining  negizi  sifatida  e’tirof  etilishiga  sabab 

bo‘ladi.  Haqiqatan  ham  amaliy  psixologlarni  malakali  mutaxassis  etib  tayyorlash  ahamiyatga 

molik omildir.  

Zamonaviy pedagogik diagnostika o‘quvchilarning atrof-muhitga munosabatini baholash 

uchun  bir  qator  metodikalardan  foydalanishni,  shu  jumladan,  sinfdagi  o‘rtoqlariga  nisbatan 


 

emotsional  xayrixohlikni,  bolalar  jamoasining  yetukligini  va  shular  asosida    mazkur  sinfda 



tarbiya  dasturlari  tuzishni  ko‘zda  tutadi.  Shunday  qilib,  sinf  rahbari  tomonidan  mavjud 

metodikalar  asosida  o‘quvchilarni    o‘rganish  va  metodik  apparatning  keyingi  rivoji  yagona 

maqsad  emas,  balki  jamoa  rivojlanishining  omili  hisoblanadi.  Hozirgi  sharoitda  o‘quvchilar 

jamoasidagi  o‘quv-tarbiyaviy  ishlar  samaradorligini  oshirishning  muhim  yo‘li  uni  pedagogik 

diagnostika asosiga qurish hisoblanadi. Afsuski, maktab amaliyotida  diagnostika ko‘p hollarda 

ichdan his etish orqali yoki  sinf jamoasida kechayotgan xilma-xil jarayonlarni hisobga olmaslik 

yo‘li  bilan  amalga  oshirilmoqda.  Bu  bolalarni  yuzaki  o‘rganishga,  barcha  pedagogik 

ustanovkalarning  (mazmun,  shakllar,  metodlar,  o‘zaro  ta’sir  vositalarining)  hozirgi 

o‘quvchilarning  individual  xususiyatlari  o‘sib  borayotgan  bir  paytda  o‘rtamiyona  bo‘lib 

qolishiga  olib  kelmoqda.  Hozirgi  paytda  pedagogik  diagnostika  instrument  bo‘lib  qolishi 

kerakki,  uning  yordamida  pedagoglar    o‘zlarining  pedagogik,  psixologik  va  metodik  rejalarini 

amalga  oshirish  yo‘llarini  aniq  belgilab  oladi,  ta’lim-tarbiya  sohasida  yangi  bilimlarga  ega 

bo‘ladi va fanda hal etilmagan yoki qisman hal etilgan masalalarga duch kelishga tayyor turadi.  

Buning  ustiga  pedagogning  bitta  ijodiy  ishi  umuman  kamlik  qiladi,  ilmiy  metodlardan 

foydalangan  holda  pedagogik  diagnostika  o‘tkazish  zarur  bo‘ladi,  chunki  umumiy  o‘rta  ta’lim 

maktablaridagi  munosabatlarni  gumanizatsiyalash  bosqichida  bolalarni  kelajakda  kasb  egasi 

sifatida  tan  olmasdan  iloj  yo‘q.  Pedagoglar  bolalarni  bilishi,  rejalashtirilgan  o‘quv-tarbiyaviy 

jarayonga  diagnostik  komponentni  kiritishi  bilan  amalga  oshiradi.  Diagnostika  o‘quvchilardan 

sinfdoshlarga  nisbatan  munosabatlarni  aniqlash  uchun  metodika  asosida  test  olishni  ko‘zda 

tutadi.  Bu  esa  korreksiyaning  individual  choralarini  ishlab  chiqish  uchun  zarur.  Jamoani, 

shaxslararo munosabatlarni, o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish muammosi, 

sinf tuzilmasida “yulduzlar” va “ajratib qo‘yilganlar”ni  aniqlash birinchi darajali ahamiyat kasb 

etadi.  Aynan  shaxslararo  muloqot  xarakteri  ko‘p  hollarda  o‘quvchilarning  o‘z  o‘qishiga, 

baholariga  munosabatini  belgilaydi.  O‘quvchilar  jamoasida  shaxslararo  diagnostika  doimiy  va 

maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun turlicha nomlanishga ega bo‘lishi mumkin 

bo‘lgan  o‘quvchi  va  bolalar  jamoasini  o‘rganishning  maxsus  dasturlari  ishlab  chiqilmoqda, 

masalan,  o‘rganish  sxemasi,  kuzatish  dasturi,  pedagogik  yoki  psixologik-pedagogik  konsilium 

dasturi,  o‘quvchilarni  o‘rganish  kartasi  va  boshqalar.  Dasturlarning  umumiy  belgilari  –  bu 

yiriklashtirilgan  ko‘rsatkichlar  va  kuzatuvlarni  aniqlovchi,  so‘rov,  ekspert,  test  metodikasini 

qo‘llashni  talab  etuvchi  dasturlarning  o‘zi  kichik  diagnostikadir.  Hozirgi  davrda  shaxslararo 

munosabatlarni o‘rganish va ularni o‘lchashni shaxslararo munosabatlarni ijtimoiy ustanovkalar 

natijasi  sifatida  o‘rganish  zarur  bo‘lgan  bir  qator  gumanitar fanlar  diagnostik  apparatning  asosi 

deb qabul qilgan. Ijtimoiy yo‘riqnoma deganda individning o‘z hayotiy tajribasi asosida yuzaga 


 

10 


kelgan vaziyatlar yoki ob’ektni ijobiy yoxud salbiy baholashga oldindan moyilligining barqaror 

yashirin holati tushunilib, u pretseptual, emotsional va fikrlash jarayonlariga regulyativ, dinamik, 

uyushtiruvchi  ta’sir  ko‘rsatadi.  Hamda  mazkur  ob’ektning  ushbu  vaziyatdagi  xatti-harakatlari 

(ham  verbal,  ham  noverbal)  namoyon  bo‘ladi.  E.Bogardusning  “ijtimoiy  masofa”  metodikasi 

asosida  ishlab  chiqilgan  muallifning  “shaxslararo  muvofiqlik”  shkalasi  keltirilgan  bo‘lib,  u 

sinfda  kommunikativ  munosabatlarni  integral  baholashni  o‘tkazish  uchun  mo‘ljallangan.  U 

muloqot masofasini miqdoriy aks ettiradi. Biz yaratgan shkalaning E.Bogardus shkalasidan farqi 

ishning ikkinchi bobida, tadqiqot metodikasi bayonida yozilgan. 

Ma’lumki,  tashhissiz  didaktik  jarayonni  samarali  boshqarish,  mavjud  sharoit  uchun 

optimal  natijalarga  erishish  mumkin  emas.  Ta’lim  tashhisida  oqibatlar,  erishilgan  natijalar  va 

ta’lim  olganlik  farqlanadi.  Shuningdek,  ta’lim  olganlikni  tashhislash  vaqtida  belgilangan 

maqsadni  amalga  oshirishda  erishilgan  daraja  sifatida  ham  qaraladi.  Didaktik  tashhisning 

maqsadi  o‘quv  jarayonini  uning  samaradorligi  bilan  bog‘liq  holda  aniqlash,  baholash  va  tahlil 

qilishdan  iborat.  Diagnostik  faoliyatning  maqsadi  o‘qituvchiga  pedagogik  vaziyatlarni  tahlil 

qilish  va  baholash  mezonlarini  belgilashga,  muammolarni  oson  hal  qilish  yo‘llarini  aniqlashga, 

o‘quvchilarning  faoliyatini  boshqarishga  va  o‘zining  kasbiy  faoliyatini  tuzatishga,  pedagogik 

o‘zaro  ta’sir  samaradorligini  baholashga  imkon  beruvchi  yaxlit  axborotni  aniqlashdan  iborat. 

Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat va baholashdan emas, 

balki  baho  yordamida  o‘qishga  undashning  murakkab  shakllaridan  voz  kechishni  talab  qiladi. 

O‘quvchilarning  o‘quv  mehnatini  rag‘batlantirishning  yangi  usullarini  izlash,  ta’lim  va  tarbiya 

sohasida  kuch  to‘plab  borayotgan  shaxsiy  foyda    tamoyili  yangicha  yondashuvlarni  belgilab 

beradi.  Tashhislash  tizimida  baho  rag‘batlantirish  vositasi  sifatida  bir  qator  afzalliklarga  ega. 

Birinchi  navbatda,  baholovchi  fikrlar  (ballar)  qo‘llanishi  mumkin  bo‘lgan  tashhislash  natijalari 

shaxsning  yetuklik  darajasini  belgilashga  ko‘maklashadi,  bu  esa  raqobatli  ta’lim  sharoitlarini 

yaratishda  muhim  omil  sanaladi.  Demak,  ta’limni  tashxis  etishning  o‘ziga  hos  ahamiyati 

jamiyatimiz  uchun  zarur  bo‘lgan  ulkan  ishlarni  amalga  oshirioshdan  kelib  chiqadi  va 

mamlakatimizda  kasb-hunar  ta’limi  xodimlarini  malakasini  oshirish,  kasbiy  tayyorgarliklarini 

yangi pog‘onaga ko‘tarish negizlariga Uzbekiston konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonun, 

pedagogik  ta’lim  konsepsiyasi  hamda  Oliy  va  o‘rta,  maxsus  ta’lim  xujjatlariga  e’tiborni 

kuchatirish muximligi ravshan bo‘ldi. 

O‘quvchilar  jamoasida  tashxisning  doimiy  va  maqsadga  yo‘naltirilgan  bo‘lishi  kerak. 

Buning uchun turlicha nomlanishga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘quvchi va bolalar jamoasini 

o‘rganishning  maxsus  dasturlari  ishlab  chiqilmoqda,  masalan,  o‘rganish  sxemasi,  kuzatish 

dasturi, pedagogik yoki psixologik-pedagogik konsilium dasturi, o‘quvchilarni o‘rganish kartasi 



 

11 


va  boshqalar.  Dasturlarning  umumiy  belgilari  –  bu  yiriklashtirilgan  ko‘rsatkichlar  va 

kuzatuvlarni aniqlovchi, so‘rov, ekspert, test metodikasini qo‘llashni talab etuvchi dasturlarning 

o‘zi kichik diagnostikadir.  

 


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling