FЕ’L, uning grammatik xususiyatlari, bo‘LISHLI VA bo‘lishsiz fe’llar, O‘timli va o‘timsiz fe’llar, fе’L NISBATLARI bo‘yicha savol-javob o‘tkazish, mashqlar, test topshiriqlari bajarish va lisoniy tahlil qoliplarini to‘ldirish


Download 76 Kb.
Sana08.07.2020
Hajmi76 Kb.
#123309
Bog'liq
amaliy mash. 3


FЕ’L, UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, BO‘LISHLI VA BO‘LISHSIZ FE’LLAR, O‘TIMLI VA O‘TIMSIZ FE’LLAR, FЕ’L NISBATLARI BO‘YICHA SAVOL-JAVOB O‘TKAZISH, MASHQLAR, TEST TOPSHIRIQLARI BAJARISH VA LISONIY TAHLIL QOLIPLARINI TO‘LDIRISH.

Savol va topshiriqlar
1. Fe’lning so‘roqlari va grammatik xususiyatlari haqida gapiring.

2. Bo‘lishli fe’llar va ularning ifodalanishi haqi­da gapiring.

3. Bo‘­lishsiz fe’llar va ularning ifodalanishi haqida gapiring.

4. O‘timli fe’llar va ularning ifodalanishi haqida gapiring.

5. O‘timsiz fe’l­lar va ularning ifodala­ni­shi haqida gapiring.

6. Aniqlik nisbati va uning ifoda­la­ni­shi haqida gapiring.

7. O‘zlik nisbati va uning ifoda­lanishi haqida gapiring.

8. Majhul nisbat va uning ifodalanishi haqida gapiring.

9. Birgalik nisbati va uning ifodalanishi haqida gapiring.

10. Orttirma nisbat va uning ifodalanishi haqida gapi­ring.

11. Maxsus qo‘shimchasiz orttirma nisbat ifodalagan fe’lga mi­sol keltiring.

12. Birdan ortiq ort­tirma nisbat qo‘shimchasi qo‘shilgan fe’llarga misollar keltiring.

13. Qaysi nisbatdagi fe’llardan ort­tirma nisbat hosil qilib bo‘lmaydi?

14. Orttirma nisbatdagi fe’llardan qaysi nisbatdagi fe’llarni hosil qilish mumkin?

15. Birdan ortiq nisbat qo‘shimchasi qo‘shilgan fe’llarga 4 ta misol ayting.
1-ilova

”Jadvalli mashqlar to‘plami”dan uyga berilgan mashqlar so‘raladi. (Kitob shaklida mavjud).


2-ilova.

“Lisoniy tahlil qoliplari”dan variantlar bajariladi. (Kitob shaklida mavjud).


3- ilova.

Mavzu bo‘yicha test topshiriqlarini bajarish (test variantlari alohida beriladi).



1. Go‘dakday uxlaydi tunda odamlar. Ushbu misoldagi fe’lning sintaktik vazifasini ko‘rsating.

A) ega B) to‘ldiruvchi C) kesim D) aniqlovchi

2. Biz muzeyga bordik. Ushbu gapdagi bordik so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi qatorda berilgan?

A) fe’l B) I shaxs ko‘plikda C) o‘tgan zamon fe’l D) lug‘aviy ma’nosi berilmagan.

3. Kuyindi, kuyundi so‘zlari o‘zaro qanday farqlanadi?

A) kuyundi – fe’l, kuyindi – ot B) kuyindi – fe’l, kuyundi – fe’l C) kuyindi talaffuz qilinadi, kuyundi yoziladi D) kuyundi talaffuz qilinadi, kuyindi yoziladi

4. Harakatning bajaruvchisi deganda nima nazarda tutiladi?

A) fe’llardan anglashilgan holatni bajaruvchi narsa B) fe’llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi shaxs C) fe’llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi narsa D) B va C.

5. Quyidagilardan qaysi biri fe’lning lug‘aviy shakllaridan hisoblanadi?

A) to‘liqsiz fe’llar B) ko‘makchi fe’llar C) harakat tarzi fe’llari D) sifatdoshlar

6. Shakldosh(omonim)lik xususiyatiga ega bo‘lgan -ma qo‘shimchasi qanday holatda urg‘usiz qo‘shimcha hisoblanadi?

A) fe’ldan bo‘lishsizlik shaklini hosil qiluvchi bo‘lganda

B) -ma qo‘shimchalari barcha hollarda urg‘usiz qo‘shimcha C) fe’ldan ot hosil qiluvchi bo‘lganda D) -ma qo‘shimchalari barcha hollarda urg‘uli qo‘shimcha

7. Harakat fe’llariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.

A) shaxsning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar B) narsaning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar C) shaxsning aqliy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar

D) A, B.

8. Holat fe’llariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.

A) shaxslarning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar B) narsalarning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishini ifodalovchi fe’llar C) A, B D) shaxslarning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishini ifodalovchi fe’llar.

9. Quyidagi fe’llardan qay biri nutqiy faoliyat fe’llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3) yozmoq; 4) o‘qimoq;

5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq; 8) duduqlanmoq; 9) yurmoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq

A) 8, 11,12. B) 1, 4, 5 C) 3, 4, 5, 11. D) 1, 2, 8.

10. Quyidagi fe’llardan qay biri aqliy faoliyat fe’llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3) yozmoq;

4) o‘qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq;7) ekmoq;

8) duduqlanmoq; 9) yurmoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq;

12) isitmalamoq

A) 5, 6, 11 B) 1, 4, 5 C) 3, 4, 5, 11. D) 1, 2, 12.

11. Quyidagi fe’llardan qay biri jismoniy faoliyat fe’llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3) yozmoq;

4) o‘qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq;

8) duduqlanmoq; 9) yurmoq; 10) qaramoq;

11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq

A) 8,11,12. B) 1,4,5,6 C) 3,4,5,7,9,10. D) 1,2,8,11.

12. Quyidagi fe’llardan qay biri holat fe’llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3) yozmoq; 4) xo‘rsinmoq; 5) ijod qilmoq;6) fikrlamoq; 7) ekmoq;8) duduqlanmoq; 9) jilmaymoq; 10) qaramoq; 11) fahmlamoq; 12) isitmalamoq .

A) 4,9,12. B) 1,4,5,7 C)3,4,5,11. D) 3,5,7,8.

13. Fe’llar nimani atab kelishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

A) harakat va holat fe’llari B) o‘timli va o‘timsiz fe’llarga

C) tub va yasama fe’llarga D) mustaqil va yordamchi fe’llarga

14. Bo‘lishlilik shakli orqali bo‘lishsizlik ifodalangan gapni toping.

A) Men xalqni aldamoqchi emasman! B) Yordam bersangiz, kolxozni ko‘tarish uchun kuchquvvatimni ayarmidim?! C) Tez orada uncha-muncha mexanikka gap bermay qo‘yadi u ...

D) Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi.

15. Quyidagi yasama sifat va otlarning qaysi biri fe’lning bo‘lishsizlik shakli bilan omonim bo‘lolmaydi?

A) qaynatma (sho‘rva) B) sochma (o‘q) C) suzma D) qo‘llanma



16. Bo‘lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang.

A) Otaqo‘zi shaharga kelsa, kirmay ketmaydi. B) U na o‘qiydi, na yozadi. C) Bugungi ishni ertaga qo‘yma. D) Gapiradi-ya, gapiradi, gapirib bo‘pti.

17. Qaysi qatorda bo‘lishlilik ma’nosi ifodalangan?

A) yozmay tur B) yoza ko‘rma

C) yozmay qo‘yma D) ko‘rgani yo‘q

18. Tasdiq ma’nosi (bo‘lishli ma’no)ni ifodalovchi fe’l qaysi gap tarkibida qo‘llangan?

A) Oftob ko‘rinmas edi. B) Buyuk ishlar birdan qilinmaydi.

C) Munisxon va’da bergan vaqtida kelmay qolmaydi D)Kim buyuk maqsadga intilsa, o‘zini o‘ylamasligi zarur.

19. Bo‘lishsiz fe’llar qaysi qatorda?

A) qiziqmoq, kiyinmoq, bajarmoq B) egallamoq, aytmoq, yozmoq C) bormoqchi emas, ko‘rgan emas, yirtmayman

D) ulug‘lamoq, to‘xtamoq, eslamoq

20. Qaysi grammatik ma’no maxsus ko‘rsatkichga ega emas?

A) fe’llarda o‘zlik nisbati B) otlarda ko‘plik

C) fe’llarda bo‘lishlilik D) A va B

21. So‘z tarkibidagi -ma qo‘shimchasiga urg‘u tushsa u qanday vazifa bajarishi mumkin?

A) sifat yasovchi B) ot yasovchi C) ot va fe’l yasovchi

D) fe’lning bo‘lishsiz shaklini yasovchi

22. Qaysi qatorda o‘timli fe’l berilgan?

A) sayrashmoq B) taranmoq C) ko‘rilmoq D) sayratmoq

23. O‘timli fe’llar qanday kelishikdagi so‘zlarga bog‘lanmaydi?

A) tushum B) chiqish C) jo‘nalish D) B,C

24. Quyidagi fe’llar ichidan o‘timlilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.1) almashmoq; 2) jiringlamoq; 3) o‘xshamoq;

4) jilmaymoq; 5) yuzlanmoq; 6) kuyinmoq; 7) kiymoq;

8) so‘roqlamoq; 9) so‘ramoq;10) quvonmoq;11) joylashtirmoq.

A) 1,7,8,9,11. B) 1,2,4,5,10. C)2,7,9,11. D)1,3,4,6,7.

25. Qanday fe’llar o‘timli fe’llar sanaladi?

A) tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe’llar

B) tuslanadigan barcha fe’llar C) jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe’llar D) ko‘makchi yoki kelishik shaklidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe’llar

26.Fe’l nisbatlarining ta’rifi to‘g‘ri berilgan javobni toping.

A) Harakatning kim yoki nima tomonidan bajarilishini bildiruvchi fe’l shakllari B) bajaruvchining holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari C) bajaruvchining harakat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari D) B,C.

27. Quyidagi fe’llarning qaysi biridan o‘zlik nisbati yasalmaydi?

A) so‘kmoq B) kesmoq C) kavshamoq D) qiynamoq

28. Uni ancha erkalatib qo‘ygan edilar. Ushbu gapdagi erkalatib fe’li qaysi nisbat shaklida?

A) o‘zlik nisbat B) birgalik nisbat C) aniq nisbat D) orttirma nisbat.

29. Orttirma nisbat qo‘shimchalaridan iborat qatorni ko‘rsating.

A) –tir, -giz, -ish, -il, -sat B) -in, -ish, -sa

C) -ir, -iz, -ar, -t, -dir D) –t, -gaz, -sh, -qaz

30. Quyidagi gapda majhul nisbatdagi fe’l shakli qaysi sintaktik vazifada kelmoqda? Biror chaqirim yurilsa, bu yo‘l katta guzarga olib chiqadi.

A) ega B) kesim C) to‘ldiruvchi D) hol
4- ilova

Adabiyotlar:

1.M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva,

Ona tili MOLIYA-IQTISOD, Toshkent, 2007-yil. 81.633.1 O-56 У-6793

2.R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to‘plami

TDPU, Toshkent, 2009-yil, 81.633. И 37 921994

3. Жумабоев M. Ўзбек болалар адабиёти. –Т.: Ўқитувчи, 2002, 83.8 (5Ўз) Ж 92

923869

4. Жумабоев М. Болалар адабиёти –Т.: Ўқитувчи, 2011, 83.3 (5Ўз) Ж 92 923851



5. www/pedagog/uz

6. w.w.w.ziyo.net



Qo‘shimcha adabiyotlar:

1.Hamrayev M.A. Lisoniy tahlil qoliplari. Nizomiy nomidagi TDPU, T., 2014-yil.

2.Hamrayev M.A. Jadvalli mashqlar to‘plami. . Nizomiy nomidagi TDPU, T., 2014-yil.
41-AMALIY MASHG’ULOT

RAVISH, UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, MA’NO GURUHLARI, RAVISHLARDA DARAJA BO‘YICHA SAVOL-JAVOB O‘TKAZISH, MASHQLAR, TEST TOPSHIRIQLARI BAJARISH VA LISONIY TAHLIL QOLIPLARINI TO‘LDIRISH.

Savol va topshiriqlar

1. Ravishning ta’rifi va so‘roqlari haqida gapiring.

2. Ravishlar qan­day so‘zlarga boјlanib keladi? Misollar keltiring.

3. Ravishlarning daraja ko‘rsatish xususiyatlari haqida gapiring.

4. Holat ravishlari haqida gapiring.

5. Payt ravishlari haqida gapiring.

6. O‘rin ravish­lari haqida gapiring.

7. Sabab ravishlari haqida gapiring.

8. Maqsad ravishlari haqida gapiring.

9. Daraja-miqdor ravishlari haqida gapi­ring.

10. Daraja-miqdor ravishlari qanday turlarga bo‘linadi?
1-ilova

”Jadvalli mashqlar to‘plami”dan uyga berilgan mashqlar so‘raladi. (Kitob shaklida mavjud).


2-ilova.

“Lisoniy tahlil qoliplari”dan variantlar bajariladi. (Kitob shaklida mavjud).


3- ilova.

Mavzu bo‘yicha test topshiriqlarini bajarish (test variantlari alohida beriladi).



1. Rahim yugurib keldi-yu, birpas nari-beri shoshib ovqatlandi-da, shu ondayoq chiqib ketdi. Ushbu gapdagi yasama ravishlar soni nechta?

A) 3 B) 4 C) 2 D) 5

2. Birpasda ularning atrofini odam o‘radi. Ushbu gapda qo‘llangan ravishning turini aniqlang.

A) holat ravishi B) payt ravishi C) daraja-miqdor ravishi D) sabab ravishi

3. Turna ovozi unga juda ko‘p narsalarni eslatib ketgan edi. Ushbu gapda ravish qanday vazifada kelgan?

A) hol B) to‘ldiruvchi C) ega D) sifatlovchi-aniqlovchi

4. - Qazisan, qartasan, axir naslingga tortasan! – dedi kampir omborni qulflayotib (A.Qahhor) Ushbu gapdagi ravishga doir so‘zni aniqlang.

A) qulflayotib B) tortasan C) axir D) omborni

5. Shu topda uning ko‘ziga bu notanish bola nihoyatda badbashara, nihoyatda yovuz bo‘lib ko‘rindi. Shu gapdagi ravishlarni toping.

A) shu topda B) notanish, nihoyatda

C) shu topda, yovuz D) shu topda, nihoyatda

6. Kampir xiyla nariga ketganida, Nurmatjon qichqirdi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi mavjud?

A) payt ravishi, o‘rin ravishi B) o‘rin ravishi, maqsad ravishi C) daraja-miqdor ravishi, o‘rin ravishi D) holat ravishi, sabab ravishi



7. So‘zlarni faqat belgi anglatish xususiyatiga asoslanib, qaysi turkumga ajratish mumkin?

A) sifatga B) songa C) ravishga D) sifat va ravishga



8. Quyida ko‘rsatilgan qaysi so‘z turkumlariga oid so‘zlar juft holda yoki takrorlanib qo‘llanishi mumkin?

1) olmosh; 2) son; 3) fe’l; 4) ravish; 5) modal so‘zlar;

6) undov so‘zlar; 7) taqlid so‘zlar;; 8) ko‘makchilar.

A) 1, 2,3,4,6 B) 1, 2,3,4,6, 7, C) 3,6,7,8

D) 1,2,3,4,5,6.

9. O‘sha paytlar qancha-qancha vatandoshlarimiz ayovsiz qatag‘on qilindi. Ushbu gapda ravishga oid nechta so‘z qatnashgan?

A) 2 B) 3 C) 4 D) 5



10. Ravish yasovchi qo‘shimchalarni toping.

A) -lar, -si, -aki, bad- B) -larcha, -ona, -li, -chi

C) -chi, -cha, -goh, -don D) -cha, -larcha, -lab, -an

11. Ravish qaysi qatordagi gapda harakat belgisini darajalab ko‘rsatyapti?

A) Majlis kechroq tugadi. B) U ancha jo‘yaklarni oralab chiqdi. C) Majlisga ko‘proq ota-ona kelsa, yaxshi bo‘ladi. D) Bahodir darsdan erta qaytdi.

12. U istar-istamas so‘z boshladi. Ushbu gapdagi istar-istamas ravishi qanday hosil qilingan?

A) fe’lning ravishdosh shaklidan yasalgan B) fe’lning takror sifatdosh shaklidan yasalgan C) juft fe’ldan yasalgan D) juft sifatdoshdan yasalgan

13. “Chaqqon-chaqqon qimirla, bolam, kechikdik,” - dedi Anor xola. Ushbu gapdagi chaqqon-chaqqon so‘zi qaysi turkumdan yasalgan?

A) ravishdan B) takroriy sifatdan C) fe’ldan

D) juft sifatdan

14. Ko‘plik qo‘shimchasi -lar ravish tarkibida qanday ma’noni bildiradi?

A) sof ko‘plikni B) davomiylikni C) noaniqlikni D) B, C

15. Tez fursatda bu yerni eski shahar va halqa yo‘l bilan uzluksiz bog‘lab turuvchi yo‘llar birin-ketin foydalanishga topshiriladi. Ushbu gapdagi ravishlar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) tez fursatda, bu yerni, birin-ketin, uzluksiz B) tez fursatda, bu yerni, birin-ketin C) tez, bu yerni, birin-ketin D) tez, fursatda, bu yerni, eski, birin-ketin

16. Qaysi qatordagi ravish inkor ma’nosini bildiradi?

A) arang B) ozmuncha C) tamomila D) hargiz

17. U o‘sha kuni har tomondan tushayotgan savollarga peshma-pesh javob berdi. Ushbu gapda ravishning qaysi turlari qo‘llangan?

A) o‘rin va holat ravish B) o‘rin, payt va holat ravishi C) payt ravishi D) o‘rin ravishi

18. O‘rin ravishi qaysi gap tarkibida qo‘llangan?

A) Sayohatchilar yuqori ko‘tarilib, qarag‘ayzor va archazorga yetdilar. B) U har tomondan tushayotgan savollarga peshma-pesh javob berdi C) Bahorda paxtakor uchun vaqt oz, mehnat esa cheksiz mo‘l D) G‘ulomjon otasi yonida turib atayin atrofga qaradi.

19. So‘zlarni takrorlab ravish yasashda qaysi kelishik qo‘shimchalari faol qatnashadi?

A) chiqish kelishigi B) jo‘nalish kelishigi

C) tushum kelishigi D) o‘rin-payt kelishigi

20. Olmoshlar juftlashishi natijasida qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlar yasalishi mumkin?

A) ravish B) ot C) sifat D) barchasi yasaladi

21. Dam o‘tmay o‘quvchilarni nom-banom chaqirishib, yuqoriga taklif qilishdi. Gapdagi ravishga oid nechta so‘z berilgan?

A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

22. Suhbat haqida Aziza keyin jo‘shib uzundan-uzoq so‘zlab berdi. Shu gapdagi ravishga oid so‘zni toping.

A) so‘zlab B) keyin C) uzundan-uzoq D) B,C

23. Botayotgan qu-yosh shu’lalari qo‘sh o‘rkach o‘rtasida o‘tirib olgan ona qiyofasini baralla ko‘rsatardi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi mavjud?

A) payt ravishi B) o‘rin ravishi C) daraja-miqdor ravishi D) holat ravishi

24. Unda-munda yakka-yarim kishilarning bo‘yinlarini quyi egib-egib, fotihani kutganliklari ko‘rilardi. Ushbu gapdagi ravish sonini aniqlang.

A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

25. Qaysi qatordagi gapda -i, -si qo‘shimchalari egalik ma’nosini ifodalamaydi?

A) Ona tuni bilan uxlamadi. B) Kechasi yomg‘ir yog‘di.

C) Berilgan gaplarda egalik qo‘shimchalari ifodalanmagan.

D) O‘tgan yili hosil yaxshi bo‘lgan edi.

26. Qaysi turkum so‘zlari ish-harakat va holatning belgisini anglatadi?

A) sifatlar B) ravishdoshlar C) B, D D) ravishlar

27. Yigitning ko‘ngli bir oz tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi. (O) Ushbu gapdagi otga bog‘langan ravishni toping.

A) bir oz B) aybdorlarcha C) oz D) A, B

28. Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang.

A) tiklab, pag‘alab, mo‘ylab B) qarab, aqrab, mansab C) yonlab, egatlab, dastlab D haftalab, kilolab, saharlab

29. Ravishni toping.

A) Pak-pakana bo‘yi bor, yetti qavat to‘ni bor. B) Domla o‘zini to‘xtatdi va bitta-bitta bosib u odamning yoniga keldi,C) Mana, begim, falokat! Bo‘ron boshlandi, - dedi yamshik.

D) G‘ulomjonning oppoq yuzi issiqdan qizargan edi.

30. Quyidagi gaplarning qaysi birida ichida so‘zi ravish sifatida qo‘llangan?

A) Zaynab uch-to‘rt oyning ichida kishi tanimaydigan holga tushgan edi. B) Hakimboyvachcha diqqat bilan ichida o‘qir ekan, yuziga tabassum yoyildi.C) Pastqam uylarning qamish va yog‘och bo‘g‘otlari tuman ichida bahaybat ko‘rinardi. D) Har uchala gapda ham ravish sifatida qo‘llangan.

4- ilova

Adabiyotlar:

1.M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva,

Ona tili MOLIYA-IQTISOD, Toshkent, 2007-yil. 81.633.1 O-56 У-6793

2.R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to‘plami

TDPU, Toshkent, 2009-yil, 81.633. И 37 921994

3. Жумабоев M. Ўзбек болалар адабиёти. –Т.: Ўқитувчи, 2002, 83.8 (5Ўз) Ж 92

923869

4. Жумабоев М. Болалар адабиёти –Т.: Ўқитувчи, 2011, 83.3 (5Ўз) Ж 92 923851



5. www/pedagog/uz

6. w.w.w.ziyo.net



Qo‘shimcha adabiyotlar:

1.Hamrayev M.A. Lisoniy tahlil qoliplari. Nizomiy nomidagi TDPU, T., 2014-yil.



2.Hamrayev M.A. Jadvalli mashqlar to‘plami. . Nizomiy nomidagi TDPU, T., 2014-yil.
Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling