Filosofiya, baʼzida falsafa


Download 22.05 Kb.
bet1/3
Sana08.04.2023
Hajmi22.05 Kb.
#1341541
  1   2   3
Bog'liq
2 5296490481868352365


Filosofiya, baʼzida falsafa — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli.
Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon filosofi Diogen Laertskiyning guvohlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning filosofskiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan.
Filosofiyaga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtaʼi nazaridan qarasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi.
Filosofiya haqida fan tarixida turlicha, hatto bir-biriga qarama-qarshi qarashlar mavjud. Filosofiyaga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi.

Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar toʻplamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi oʻlaroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniyfalsafiyilmiy boʻlishi mumkin. Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. Dunyoqarash insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan dunyoqarash voqelikning inson ongidagi subyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual dunyoqarash, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy dunyoqarash mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning dunyoqarashi paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo haqidagi barcha bilimlar yuksak darajada umumlashtiriladi va yaxlit dunyoqarash shakllanadi. Dunyoqarash insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida rivojlanib borgan. Uning quyidagi shakllarini kursatish mumkin: 1. Mifologik yoki afsonalarga tayanuvchi dunyoqarash U voqelik haqidagi mifologik bilimlar toʻplangan va tizimga solingan bir davrda vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy inʼikosi sifatida qad. davr kishilari uchun xos boʻlgan. Ular voqelikni turli rivoyatlar va afso-nalar asosida tasvirlab, uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning namoyon boʻlishi deb hisoblashgan. 2. Diniy dunyoqarash U olamdagi voqea va hodisalarning sabablarini ilohiy, gʻayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. Diniy eʼtiqod, tuygʻu, diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sigʻinish diniy dunyoqarashning muhim jihatlari hisoblanadi. 3. Turmush bilan bogʻlangan (kundalik) dunyoqarash Unda aqlga sigʻadigan tasavvurlar, olam va odam toʻgʻrisidagi oddiy anʼanaviy qarashlar aks etadi. 4. Falsafiy dunyoqarash Unda butun borliq, tabiat, jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning umumlashgan nazariy modeli yaratiladi. Falsafiy dunyoqarash dunyoqarashning boshqa shakllariga tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi falsafaning paydo boʻlishi bilan uzviy bogʻliq. Inson voqelikka muayyan maqsad, manfaat va qiziqishlardan kelib chiqib yondashadi. Dunyoqarashning mafkura bilan bogʻlanganligining sababi ham shundadir. Dunyoqarashning koʻlami, mazmuni, markazi yoki tayanch nuqtasi kabi jihatlari bor. Dunyoqarash koʻlami individning butun hayoti mobaynida rivojlanib, kengayib boruvchi jihatini ifodalaydi. Dunyoqarash mazmuni individ ongida voqelikning xilma-xil jihatlari qay darajada qamrab olinganligini aks ettiradi. Dunyoqarash markazi yoki tayanch nuqtasi deganda, individning qanday shaxsiy hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi doirasidan turib olam haqida fikr yuritishi tushuniladi. Inson oʻz hayotida oʻzidan ilgari oʻtgan kishilarning turmush tajribasiga, toʻplagan bilimlariga tayanadi. Dunyoqarash kishilarning axloq meʼyorlari, hayotdagi intilishlari, qiziqishlari, mehnat va turmushlariga taʼsir koʻrsatib, katta amaliy maʼno kasb etadi[1]



Download 22.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling