Fing 2210 Baxtiyorova Shahodat


Download 14.57 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi14.57 Kb.
#1389620
  1   2
Bog'liq
fing-2210 Baxtiyorova Shahodat


FING - 2210
Baxtiyorova Shahodat

1. She’rning muallifi va nomi aniq ko’rsatilsin.
Hazrat Mir Alisher Navoiydan meros baytlarni shu paytga qadar hamma xar xil tushunib, har xil sharhlab kelgan. Xususan sobiq sovetlar tuzumi davrida Nizomiddin deb eʼzoz etilgan buyuk shoirning islomiy mazmundagi sheʼrlari mazmuni buzulgan holda talqin etilgani koʻpchilikka maʼlum. Xususan, xalq orasida “Munojot” deb nom olgan, “Kecha kelgumdir debon” deb boshlangan gʻazal talqini shu jumladandir.

2. Tanlagan she’ringizni yozing – to’liq matni (agar hajmi katta bo’lsa, 3 yoki 4 band keltiring).

Alisher Navoiy


KECHA KELGUMDIR DEBON…

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulroʻ kelmadi,
Koʻzlarimgʻa kecha tong otguncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yoʻlida intizor,
Keldi jon ogʻzimgʻayu, ul shoʻxi badxoʻ kelmadi.

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Roʻzgʻorimdek ham oʻlgʻonda qorongʻu kelmadi.

Ul parivash hajridinkim, yigʻladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga koʻrganda kulgu kelmadi.

Koʻzlaringdin necha suv kelgay, deb oʻlturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yoʻqsa kim qoʻydi qadam,
Yoʻlgʻakim, avvalqadam maʼshuqe oʻtru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et koʻnglin uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qaygʻu kelmadi…

Alisher Navoiy haqida.
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning „Mantiqut-tayr“ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Oʻzbek olimlari Ozod Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Yahyo Gʻulomov, Izzat Sulton, A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan. 1947-yilda Komil Yormatov «Alisher Navoiy» filmini suratga oldi.


Download 14.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling