Fizik jismlar Quyidagilarning qaysilari “fizik jism” va qaysilari “modda” ekanlgini ayting: samalyot, kosmik kema, mis, avtoruchka, chinni, suv, avtomobil, rels, temir, havo, moy tomchisi, asteroid, qog‘oz, Oy, simob, azot, traktor, magnit, sement, Quyosh


Download 1.2 Mb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1152605
  1   2   3
Bog'liq
9-sinf masalalari uyga vazifa


Fizik jismlar
1. Quyidagilarning qaysilari “fizik jism” va qaysilari “modda” ekanlgini ayting: samalyot, kosmik kema, mis, avtoruchka, chinni, suv, avtomobil, rels, temir, havo, moy tomchisi, asteroid, qog‘oz, Oy, simob, azot, traktor, magnit, sement, Quyosh, toshbaqa, asfalt, kumush, planeta, torf, meteorit.
2. Rasmda fizik jismlar ko‘rsatilgan, ular bir-biridan qanday farqlanadi?

Moddaning tuzilishi
1. Qalin devorli po‘lat silindrda moy siqiladi. Katta bosim ostida moy zarrachalarining silindr devorlarining tashqi sirtiga chiqishi sababini nima bilan tushintirish mumkin?
2. Biror modda molekulasining ko‘rinma diametri fotosuratda 0,5 mm ga teng. Agar fotosurat elektron mikroskop yordamida 200 000 marta kattalashtirib olingan bo‘lsa, ayni modda molekulasining xaqiqiy diametri qancha?
3. Xajmi bo‘lgan moy tomchisi suv sirtida yupqa qatlam bo‘lib yopilib, yuzani egalladi. Qatlamning qalinligini moy molekulasining diametriga teng deb olib, shu diametrni aniqlang.
4. Nima uchun gazni suyuqlikka qaraganda ko‘proq siqish mumkinligini tushintiring.
5. Idishdagi gazning xajmi uning molekulalarining xajmlari yig‘indisiga teng deyish mumkinmi?
6. Nima uchun idishdagi suvning xajmi uning ayrim molekulalari xajmlari yig‘indisiga teng deb aytib bo‘lmaydi?
7. Jism xajmining uning ayrim molekulalari xajmlari yig‘indisiga nisbati suyuqliklarda kattami yoki gazlardami?
8. Qattiq jism qizdirilganda va sovitilganda uning zarrachalari orasidagi oraliq qanday o‘zgaradi?
9. Sim qizdirilganda uzunligining ortishi sababini nima bilan tushintirish mumkin?
10. Rels soviganida uning uzunligi nima uchun qisqaradi?
11. Nima uchun aniq o‘lchov asboblarida xarorat (odatda ) ko‘rsatiladi?
12. Qattiq jismning molekulalari tartibsiz xarakatda bo‘ladi. Nima uchun qattiq jismlar ayrim molekulalarga bo‘linib ketmaydi?
13. Nima uchun ikkiga bo‘lingan qalam bo‘laklarini bir-biriga qaytadan biriktirib bo‘lmaydi?
14. Quyidagi moddalar xona haroratida qanday xolatda bo‘ladi: suv, shakar, xavo, qalay, spirt, muz, kislorod, alyuminiy, sut, azot?
15. Idish xajmining 50% ini gaz bilan to‘ldirish mumkinmi?
16. Kislorod, azot suyuq holatda bo‘lishi mumkinmi?
17. Suv bug‘landi va bug‘ga aylandi. Bunda suv molekulalarining o‘zi o‘zgardimi? Ularning joylashishi va harakati qanday o‘zgardi?
18. Materiyaning zarralari ….. harakatda bo‘ladi. (Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring)
19. Stakanlardagi suvga bir vaqtning o‘zida qand bo‘laklari solindi va 2 daqiqadan so‘ng bo‘laklarning holati rasmda ko‘rsatilganidek bo‘ldi. Qaysi stakandagi suvning dastlabki temperaturasi yuqori bo‘lgan?

20. Quyidagi mulohazalardan qaysilari qattiq jismlar uchun o‘rinli:
a) shakl va xajmini osonlik bilan o‘zgartiradi;
b) shakl va xajmini saqlaydi; c) shaklini oson o‘zgartiradi lekin xajmini saqlaydi;
21. Issiq va sovuq suv molekulalari bir xilmi?

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling