Fizikadan test savollari 3-guruh


Download 41 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi41 Kb.
#1134605
Bog'liq
28.10.2022 3-GURUH TEST


Fizikadan test savollari 3-guruh

  1. Erkin tushayotgan jism 7 m/s boshlang‘ich tezlikka ega bo‘lsa, u 2 s dan keyin qanday tezlikka (m/s) erishadi? g=9,8 m/s2 . A) 14. B) 28. C) 19,6. D) 26,6.

  2. 20 m/s ga teng boshlang‘ich tezlik bilan erkin tushayotgan jismning harakat boshidan 5 s o‘tgan paytdagi tezligi qanday (m/s) bo‘ladi? A) 4. В) 20. C) 50. D) 70.

  3. Erkin tushayotgan jism harakatining boshlang‘ich 3 sekundida necha metr ko‘chadi? g=10 m/s2. A) 60. B) 75. C) 50. D) 45. E) 65.

  4. Erkin tushayotgan jism 7-sekundda qanday masofani o‘tadi (m)? g=10 m/s2. A) 49. B) 245. C) 70. D) 65

  5. Erkin tushishning 3-sekundida o‘tilgan yo‘lning 4-sekundda o‘tilgan yo‘lga nisbati qanday? A) 3:4. B) 9:16. C) 43 :2. D) 5:9. E) 5:7.

  6. Boshlang‘ich tezliksiz erkin tushayotgan jism oxirgi 35 metrni 1 s davomida o‘tdi. Tushish balandligi qanday (m). A) 80. B) 120. C) 150. D) 135. E) 195.

  7. . Jism h=45 m balandlikdan erkin tushmoqda. Uning tezligi 10 m/s ga yetganda u yerdan qanday (m) balandlikda bo`ladi? g=10 m/s2. A) 20. B) 25. C) 30. D) 35. E) 40.

  8. Jism 50 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi.Jismning maksimal ko‘tarilish balandligi qanday (m)? A) 25. B) 50. C) 125. D) 250. E) 500.

  9. Jism 40 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otildi. Necha sekunddan so‘ng uning tezligi (modul jihatidan) boshlang‘ich tezlikdan 4 marta kichik bo`ladi? A) 3 va 5. B) faqat 4. C) faqat 5. D) 3 va 4. E) faqat 3.

  10. Jism 40 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan. U 2s da necha metr balandlikka erishadi. Havoning qarshiligini hisobga olmang. A) 80. B) 60. C) 800. D) 0,8.

  11. Mashina dovonga ko‘tarilishda 15 m/s, tushishda 20 m/s tezlik bilan harakatlandi. Tushish yo‘li chiqish yo‘lidan 2 marta uzun bo‘lsa, mashinaning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligi necha m/s bo‘lgan? A) 15. B) 16. C) 17,5. D) 18. E) 20.

  12. To‘g‘ri chiziqli harakat qilayotgan jism yo‘lning birinchi yarmini 5 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini 15 m/s tezlik bilan o‘tdi. Jismning harakat davomidagi o‘rtacha tezligi qanday (m/s) bo‘lgan? A) 7,5. B) 10. C) 6. D) 12,5

  13. Shossening burilgan joyida avtomobil modul bo‘yicha o‘zgarmas 10 m/s tezlik bilan

  14. harakatlanmoqda. Agar avtomobil traektoriyasining egrilik radiusi 50 m bo‘lsa, uning markazga intilmatezlanishi qanday (m/s2)? A) 2. B) 0,2. C) 0,5. D) 2,5. E) 25.

  15. Moddiy nuqta 10 sekundda 40 marta aylandi. Nuqtaning aylanish davrini toping (s). A) 0,25 B) 0,2 C) 0,5 D) 0,8

  16. Disk aylanish chastotasi 10 ayl/s bo`lsa, uning 2 min dagi aylanishlar sonini toping. A) 900 B) 1100 C) 1000 D) 1200

  17. Velosiped g`ildiragi 0,5 min da 30 marta aylansa, aylanish chastotasi nimaga teng (s-1)? A)2 B)1,5 C)0,5 D)1

  18. Chastotasi 12 ayl/min bo`lgan jismning aylanish davrini toping (s). A) 1 B) 2 C) 4 D) 5

  19. Aylana bo`ylab harakatlanayotgan jism 3 s da 2700 ga burildi. Jismning burchak tezligini aniqlang (rad/s). A) π/2 B) π C) 3π/2 D) 2π

  20. 10 s da 2π rad burchakka burilib aylanayotgan jismning burchak tezligini toping (rad/s). A)π/2 B)π C)3π/2 D)π/5

  21. 10 rad/s burchak tezlikda aylanuvchi jismning π sekunddagi burchak ko`chishini aniqlang (rad). A) 5π B) 10π C) π D) 2π

  22. Maxovik o`z o`qi atroda 6 ayl/min chastota bilan aylanmoqda. Burchak tezlikni toping (rad/s). A) π/2 B) π C) 3π/2 D) π/5

  23. Aylana bo`ylab 100 m masofani 2 s da o`tgan moddiy nuqtaning chiziqli tezligini aniqlang (m/s). A) 50 B) 0,02 C) 100 D) 25

  24. Aylana bo`ylab harakatlanuvchi jism 3,14 s da aylananing to`rtdan bir qismini o`tdi. Agar aylana radiusi 4 m bo`lsa, jismning chiziqli tezligini toping (m/s). A) 3 B) 2 C) 1 D) 4

  25. Massasi 2 kg bo'lgan jism 5m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Jismga ta’sir etuvchi kuchlarning teng ta’sir etuvchisi qanday (N)

  26. 10 rad/s burchak tezlik bilan aylanuvchi jismning aylanish radiusi 100 cm ga teng bo`lsa, uning aylanish tezligini toping (m/s). A) 25 B) 10 C) 20 D) 15

  27. 10 m/s tezlik bilan 5 m radiusli aylanada harakatlanuvchi jismning markazga intilma tezlanishini toping (m/s2). A) 25 B) 10 C) 20 D) 15

  28. Maxovikning aylanish davri 10 s, radiusi 150 cm bo`lsa, uning eng chekka nuqtalarining markazga intilma tezlanishini toping (m/s2). π 2=10. A) 0,6 B) 6 C) 1 D) 0,8

  29. Radiusi 12 cm bo`lgan charx diski 1 minutda 1200 marta aylanmoqda. Charx aylanish o`qidan eng uzoq nuqtasining markazga intilma tezlanishini aniqlang (m/s2). π2=10. A) 1920 B) 2000 C) 1520 D) 1800

  30. Yer Quyosh atrofida 30 km/s tezlik bilan harakatlanadi. Yer bir soatda o`z orbitasi bo`ylab taxminan qancha masofani o`tadi (km)? A) 100000 B) 110000 C) 102000 D) 108000

Hammaga omad yor bo’lsin!!! 28.10.2022
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling