Formal mantiqni o‘rganish qanday ahamiyatga ega?


Download 10.31 Kb.
Sana12.12.2021
Hajmi10.31 Kb.
#179945
Bog'liq
falsafa seminar 10




  1. Formal mantiqni o‘rganish qanday ahamiyatga ega?

.Mantiqni o‘rganish mantiqiy tafakkur madaniyatini shakllantirish va o‘stirishning samarali vositasidir. Mantiq to‘g‘ri muhokama yuritish usullarini nafaqat ishlab chiqadi, balki ularni sistemaga ham soladi, muhokamada yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolarni aniqlaydi va tartibga soladi. U fikrlarni aniq ifodalash vositalarini taqdim etadi. Busiz talimdan tortib ilmiy tadqiqot ishlarigacha bo‘lgan fikrlash faoliyati kam samara beradi.

  1. Til nima?

Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi. til fikrning bevosita voqe bo‘lish shaklidir.

  1. Til va tafakkur o‘zaro qanday aloqada?

Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada (tovush to‘lqinlari, grafik chiziqlar, alfavitlarga asoslangan til ifodalari, turli simvollarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va shu tariqa odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi.

  1. Suniy til nima uchun kerak va u qanday yaratiladi?

Sunʼiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi birlamchi hisoblansada, ular har doim ham roʻyobga chiqmagan, chunki bunday tillarning hammasi ham millatlararo aloqaaralashuv amaliyotida qoʻllanavermagan.Sunʼiy Xalqaro tillar deganda alokaaralashuv uchun maxsus shakllantirilgan yasama kommunikativ tizimlar tushuniladi. Lotin tilining xalqarolik vazifasi susayishi munosabati bilan 17-asrdan boshlab sunʼiy tillarning kuplab loyihalari paydo boʻla boshladi. 1629 yilda fransuz faylasufi R.Dekart lingvoloyihalash nazariyasiga asos soldi. 17— 19-asrlarda sunʼiy tillarni yaratuvchilar koʻpincha tabiiy tillarni nomukammal tillar sifatida tanqid qilib, sunʼiy tillarni tabiiy tillarga almashtirilishi zarur boʻlgan universal tillar deb baxrlaganlar. Lekin mazkur sunʼiy Xalqaro tillarning barchasi gʻarbiy tillar materiallari negizida shakllangan boʻlib, sharq tillari uchun begona hisoblanadi. Oʻtgan asrning 90-yillarida Oʻzbekistonda va bir qator turkiyzabon davlatlarda turkiy xalqpar uchun mushtarak boʻlgan xalqaro til — oʻrta turk tilini yaratishga va joriy qilishga urinishlar, daʼvatlar boʻlgan boʻlsada, bu urinishlar hozircha bironbir ijobiy natija bergani yoʻq.

  1. Fikrni formallashtirishning mohiyati nimada? Uning tafakkur shakllarini o‘rganish uchun qanday ahamiyati bor?

Fikrning chin bo‘lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bo‘lsa-da, o‘z holicha etarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal jihatdan to‘g‘ri qurilgan ham bo‘lishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taalluqli bo‘lib, tafakkurda hosil bo‘ladigan turli xil mantiqiy strukturalarda sodir bo‘ladigan har xil mantiqiy amallarda o‘z aksini topadi. FikrniFikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin.

  1. Tilning semantik kategoriyalari nimalar?

12.Semantika uchun eng muhim o'rganish predmeti til hisoblanadi va shu sababli u tilshunoslikning ajralmas qismi (tabiiy tilning semantikasi sifatida) va mantiqiy (rasmiy tillarning semantikasi sifatida) tarkibiga kiradi. Mantiqda ham, tilshunoslikda ham yuzaga keladigan semantik muammolar tafakkur va mavjudot o'rtasidagi bog'liqlikning umumiy falsafiy muammosining ifodasidir. Tilning lisoniy bo'lmagan voqelikni qay darajada ifodalashga qodir ekanligi masalasi, tafakkurning o'ziga xos bo'lmagan narsani anglash qobiliyati masalasi bilan chambarchas bog'liqdir. Semantik konstruktsiyalar asosida yotadigan belgining mohiyati haqidagi asosiy qarashlardan 19 va 20-asrlar boshlarida shakllangan fikrlarni ajratib ko'rsatish kerak. G. Frege asarlarida qarama-qarshi de Sossyur. Ularning kontseptsiyalari (katta darajada bir-biriga qarama-qarshi) hali ham tilshunoslik va mantiqda tadqiqot usullari va terminologiyasini belgilaydi.
Download 10.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling