Fosfogips chiqindisini bartaraf etish


Download 19.11 Kb.
Sana03.04.2023
Hajmi19.11 Kb.
#1322254
Bog'liq
FOSFOGIPS tahrir


FOSFOGIPS CHIQINDISINI BARTARAF ETISH
Raxmonova Shodiya Jumanazarovna
Olmazor tumani 159- maktabi kimyo fani o’qituvchisi
Annontatsiya:Ushbu maqolada fosfogips chiqindisini bartaraf etish va chiqindilarni to’g’ri muhofaza qilish to’g’risida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:Fosfogips,chiqindi,saqlash,muhofaza,bartaraf etish.
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, hududlarning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, chiqindilar bilan ishlarni rivojlantirish maqsadida, Davlat ekologiya qo’mitasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida bir qator ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati respublikada sanoatlashgan hudud hisoblanib, bu viloyatda ekologik holat ustidan davlat nazoratini hamda atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarda monitoring kuzatuvlarini muntazam olib borish talab etiladi, hamda Davlat ekologiya qo’mitasi oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda, viloyat hududida1.932 taob’ektlar faoliyat yuritib, ulardan610 tashqi atrof-muhitga ta’sir ko’rsatishning yuqori va o’rtacha darajadagi xavfli ob’ektlarga to’g’ri keladi. Qolgan1.322 tasiesa ta’siri past va mahalliy darajadagi ob’ektlar hisoblanadi.
Viloyatning yirik korxonalaridan biri hisoblangan «Ammofos Maksam» aktsiyadorlik jamiyatida o’tkazilgan jamoat eshituvida mazkur korxonaning atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muhokama qilindi.
«Ammofos Maksam» aktsiyadorlik jamiyati Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida 1969 yilda ishga tushirilib, sanoat zonasining519,1405gektar yer maydonida joylashgan, ob’ekt atrof muhitga ta’sir ko’rsatish faoliyati bo’yicha 1-toifaga mansub.
Korxonada yiliga268.000 tonnadan ziyod qishloq xo’jaligi mineral o’g’itlar ishlab chiqarilmoqda, bu albatta o’z navbatida hududning atrof muhitni ifloslantirishga ham o’zining salmoqli hissasini qo’shadi.
Jamoat eshituvida O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari Ibratjon Karimov ishtirok etib,«Ammofos Maksam» aktsiyadorlik jamiyatida atrof muhit qonunchiligi ijrosi holati ustidan nazorat haqida o’z fikr mulohazalarini bildirdi.
Ta’kidlandiki, korxonada atmosfera havosini ifloslantiruvchi 74 ta manbalardan yiliga 2.888,07 tonna qattiq va gazsimon ifloslantiruvchi moddalar tashlanishi belgilangan.
Amalda 2018 yil yakunida korxona faoliyati davomida atmosfera havosiga 1.356,3 tonna ifloslantiruvchi moddalar tashlanib, ushbu ko’rsatkich sanoat korxonalari o’rtasida Respublika bo’yicha 0,15 %ni, viloyat bo’yicha esa 0,41 %ni, Olmaliq shahri bo’yicha 1,07 %ni tashkil etmoqda.
Shu o’rinda davlat statistika hisoboti ko’rsatkichlarida korxonadagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2017 yilga nisbatan 2018 yilda 300 tonnaga yoki 27,3 % ortganligi qayd etilgan.
2018 yil davomida, respublika bo’yicha sanoat korxonalarining chang-gaz tozalash uskunalarida atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarning ushlab qolinishi 86,2%tashkil etgan bo’lsa, «AMMOFOS-MAXAM» AJda esa 40 foizigina ushlab qolingan xolos.
Korxona tomonidan atrof muhitni muhofazasiga yo’naltirilgan tadbirlari uchun 2018 yilda 1 mlrd. 160 mln. so’m atrofida mablag’lar saraflangan bo’lsada, uning samarasi etarli darajada emasligidan darak bermoqda.
Ta’kidlash joizki, korxona tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko’ra, 2019 yil uchun tuzilgan atrof-muhit muhofazasiga oid tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarga asosan 2019 yil 1-yarim yillikda jami
3 mln. 428 ming AQSh doll, 1 mln 528 ming 400 evro va 4 mlrd. 526 mln. 903 ming so’m mablag’ saraflangan bo’lib, ushbu saraflangan mablag’lar evaziga bajarilgan tadbirlar 2019 yil yakuni bilan o’z samarasini berishiga ishonch bildirildi.
Shu bilan bir qatorda, «AMMOFOS-MAXAM» AJning yirik ekologik muammolardan bir bu, yillar davomida qariyb 269,5 gektarer maydonida to’planib qolgan 71.808,2 ming.tonna fosfogips chiqindisi hisoblandi.
Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, 2019 yil 1 yanvar holatiga 216,2ming.tonna fosfogips chiqindisi qayta ishlangan, bu esa atigi 3% qayta ishlanganligini ko’rsatmoqda.
2019 yil 6 oylik holatiga 440,5 ming.tonna fosfogips chiqindisi hosil bo’lgan, shundan 83,4 ming.tonna,ya’ni19 %fosfogips chiqindisi qayta ishlangan xolos.
Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan davlat ekologik nazoratini doimiy ravishda amalga oshirish jaryonida korxonada atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsada, ayrim yo’nalishlarda kamchiliklar ham mavjudligi qayd etilmoqda.
Jumladan, 2018 yil 11 fevral kuni fosfogipsni chiqarib tashlash galereyasi (transportiroka lentasi) qulab tushishi oqibatida korxonada texnologik avariya holati sodir bo’lib, buning natijasida 20 ming tonna fosfogips chiqindisi belgilanmagan joylarga joylashtirilganligi aniqlangan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, ishlab chiqarish natijasida ekologik vaziyatni yumshatish va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatishini oldini olish maqsadida Davlat ekologiya qo’mitasi tomonidan quyidagi takliflar bildirildi:
Jamiyatdagi 10 yildan ziyod foydalanilgan ma’nan eskirgan chang-gaz tozalash uskunalarini (ChGTU) texnik jihatida ta’mirlashga ketayogan sarf harajatlarni oldini olish maqsadida, yangi chang gaz tozalash uskunalarini o’rnatish masalasini ko’rish;
5 yildan ortiq muddatda foydalanilgan chang-gaz tozalash qurilmalarini kapital va doimiy ravishda joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
yillar davomida to’plangan fosfogips chiqindisini qayta ishlashga zamonaviy texnologiyalar tadbiq qilish maqsadida, horijiy investorlarni jalb qilish orqali, chiqindilarni qayta ishlash hajmini oshirish;
ifloslantiruvi moddalar va oqava suvlar manbalarini uzluksiz avtomatik kuzatish tizimini joriy etish;
atrof tabiiy muhitga va aholi salomatligiga etkazilishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida jamiyatda hosil bo’ladigan ishlab chiqarish oqava suvlarini shahar kanalizatsiya tarmog’iga tashlash joyida suv tarkibini aniqlash maqsadida doimiy laboratoriya taxlili o’tkazib borish va taxlil natijasida aniqlangan holatlarni bartaraf etish choralarini ko’rish.
Mamlakatimiz sanoatida ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, issiqlik energiyasining 70 % ini tashkil qiladi. Shu vaqtning o„zida 10% dan 99% gacha sarflangan xom ashyo atrof-muhitni ifloslaydigan, suv havzalariga, havoga va yer sathiga chiqarib tashlanadigan chiqindilarga aylanadi. Sanoat chiqindi mahsulotlaridan zamonaviy qurilish materiallarini tayyorlashda foydalanish xomashyoga bo„lgan talabni 40% gacha qondiradi.
Qurilish materiallarini tabiiy xomashyodan tayyorlashga nisbatan sanoat chiqindilaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish sarf-xarajatning 10–30% ga kamaytirish imkonini beradi, shuningdek kapital mablag„ning 35-50% ini iqtisod qilish imkoniyati paydo bo„ladi. Dunyoda kimyo, metallurgiya va boshqa ishlab chiqarishlarda hosil bo„ladigan chiqindi moddalar ortib borishi yirik ekologik muammolarga olib keladi. Bizga ma‟lumki hozirgi kunda respublikamizda va butun dunyo bo’yicha chiqindi mahsulotlarni qayta ishlash, undan yaroqli moddalar olish ustida bir qancha yuzlab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Sement sanoatida sementni ushlab qolish muddati regulyatori sifatida yiliga 250-300 ming tonna miqdorida ishlab chiqariladigan tabiiy gips toshidan foydalaniladi. Tabiiy gipsni qazib chiqarish va yanchish mehnattalab ish va ma'lum mablag'larni talab etadi.
Fosfogips sement ishlab chiqarishda unga qo'shimchalarni –8-15% namlikkaga namlashtirilgan sanoat chiqindilarini qo'shish, aralashtirish va bir hafta mobaynida saqlash orqali modifikatsiyalashtiriladi. Bir hafta saqlangan massani sementni aralashtirish jarayonida uni ushlab qolish muddatini regulyatorlash uchun qo'shimcha sifatida foydalanish mumkin. Shuni qayd etish lozimki, modifikatsiyalash uchun fosfogips 6-15% tabiiy namlikka ega bo'lishi kerak.
Taklif etilayotgan texnologiya sodda bo'lib, murakkab va qimmatbaho qurilmalarni talab etmaydi, chiqindi shaklidagi sement changi chiqishini kamayishiga yordam beradi. Bundan tashqari, tabiiy gipsni yanchish va maydalash jarayonlarining qisqarishi tufayli elektr energiyasi tejaladi.
Modifikatsiyalangan fosfogipsdan sementni ushlab qolish muddatining regulyatori sifatida foydalanish orqali 10% gacha yuqori aktivlikka ega “400” va “500” markali sementni ishlab chiqishni tashkil etish imkonini beradi
“Ohangarontsement” AJ va “Bekobodtsement” AJ uchun yiliga 150 ming tonna hajmda modifikatsiyalangan sement talab etiladi, “Qizilqumtsement” OAJ va “Quvasoytsement” AJ uchun esa yiliga talab 150-170 ming tonnani tashkil etadi.
Mazkur ishning maqsadi fodifikatsiyalangan fosfogips ishlab chiqarishning ilmiy asoslangan texnologiyasini va sement ishlab chiqarishda fosfogipsdan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish hamda uni Ohangaron sement zavodida joriy etishdan iborat.
Sement ishlab chiqarishda fosfogipsdan foydalanish bo'yicha avval taklif etilgan usullar qo'shimchalardan foydalangan holda fosfogipsni modifikatsiyalashni ko'zda tutmaydi. Fosfogipsning tarkibida bog'lanmagan fosfor kislotasi mavjud va u kislotali muhitga ega, bu esa sement sifatini yomonlashtiradi. Shuning uchun undan foydalanilmaydi.
Fosfogipsni modifikatsiyalash texnologiyasi va undan sement ishlab chiqarishda foydalanish bo'yicha taklifga respublika idorasidan patenti olingan. Taklif etilgan usul yiriklashtirilgan laboratoriya sharoitida sinovdan o'tkazilgan.
Sement zavodlarida fosfogipsdan foydalanish bo'yicha taklif etilgan usulni qo'llash fosfor o'g'itlari zavodlari atrofidagi (Olmaliq va Samarqand shaharlari) ekologik muammoni hal etish, shuningdek sement changini utilizatsiya va kamaytirish orqali sement zavodlari atrofidagi ekologik holatni yaxshilash imkonini beradi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
- Fosfogipsni modifikatsiyalashning optimal texnologik ko'rsatkichlari aniqlandi, sement ishlab chiqarishda undan foydalanishning texnologik jadvali ishlab chiqildi.
“Ohangarontsement” AJda yiliga 100 ming tonna atrofida fosfogipsdan foydalanish, keyinchalik esa “Bekobodtsement” AJ, “Qizilqumtsement” OAJda va “Quvasoy” AJ da 150-200 ming tonnadan ortiq miqdorda foydalanish bo'yicha kerakli ilmiy-texnikaviy hujjat tayyorlandi. Olmaliq, Samarqand, Ohangaron xududlarida ekologik holat yaxshilanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

  1. https://uzsm.uz/

  2. http://www.uznature.uz/e

  3. http://ares.uz/s

  4. https://cyberleninka.ru/ar

  5. http://tkti.uz/uploads

  6. https://uza.uz/

  7. https://lex.uz/docs/-1159986

Download 19.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling