Foydalanuvchining interfeysi (Uzer interfase)


Download 15.36 Kb.
Sana25.06.2023
Hajmi15.36 Kb.
#1654893
Bog'liq
7.foydalanuvchi interfeysi


Foydalanuvchining interfeysi (Uzer interfase) –operasion tizimning foydalanuvchi bilan muloqotini qulay va ko’rgazmali ravishda olib borishga xizmat qiluvchi maxsus usullari va vositalaridir. Ular buyruqli, obyektga yo’naltirilgan va dasturiy interfeyslarga bo’linadi.
Buyruqli interfeyslar – foydalanuvchining buyruqlarini klaviatura, «sichqoncha» yoki boshqa qurilmalar yordamida kiritishga xizmat qiluvchi vositalardir;
Obyektga yo’naltirilgan interfeyslar foydalanuvchining fayllar, papkalar (kataloglar), diskovodlar, dasturlar va h.k. obyektlar bilan ishlashini tashkil qiluvchi va shu obyektlar ustida turli amallarni bajarishiga yordam beruvchi vositalardir;
Dasturiy interfeyslar – kompyuter qurilmalari bilan foydalanuvchi ishlatayotgan dasturlarning hamjihatlikda ishlashini ta’minlovchi vositalardir.
Barcha operasion tizimlar quyidagi asosiy mezonlar bo’yicha farqlanadi:
a) Ishlash usuli bo’yicha – bir masalali va ko’p masalalilarga bo’linadi. Bir masalali operasion tizimlari (masalan MS DOS) bir vaqtning o’zida faqat bitta dastur bilan ishlay olsa, ko’p masalalilari (masalan Windows 98 va undan yuqori versiyalar) bir vaqtning o’zida bir necha dastur yoki bo’yruqlar bilan ishlash imkoniyatiga egadir. Bunday dasturlarning birining ishlash jarayoni monitor ekranida aks etsa, qolganlari ko’rinmas holda (fon xolatida) ishlaydi. Masalan Internet bilan ishlash bilan bir vaqtda biror tanlangan faylni bosmaga (printerga) chiqarish mumkin;
b) Foydalanuvchilarining soni bo’yicha – bir foydalanuvchili (ular faqat bitta foydalanuvchi bilangina ishlay oladi) va ko’p foydalanuvchili operasion tizimlarga bo’linadi. Ko’p foydalanuvchi OT ga tarmoq texnologiyali (Net Technology) OT lar ya’ni, Windows NT va undan yuqori versiyali OT lar kiradi. Ular bir vaqtning o’zida bir necha kompyuterlarga xizmat ko’rsatishi mumkin (masalan kompyuter sinflariga, Internet tarmog’i orqali ulangan kompyuterlar guruhiga va h.k);
v) Mutaxassisligi bo’yicha – foydalanuvchilarning shaxsiy kompyuterlariga mo’ljallangan OT larga (masalan, Windows Home), professional mutaxassislar hamda korxona va tashkilotlarning kompyuterlariga mo’ljallangan OT larga (masalan, Windows Professional) va kompyuter tarmoqlari bilan ishlovchi kompyuterlarga mo’ljallangan OT larga (masalan, Windows Serwer) bo’linadi;
g) Interfeyslari buyicha – oddiy va grafik interfeysli OT ga bo’linadi. Oddiy interfeyslilariga MS DOS, grafik interfeyslilariga esa Windows tizimlari misol bo’la oladi;
d) Ilova – dasturlari buyicha – oddiy va universal OTga bo’linadi. Oddiylari faqat shu OT larga mo’ljallab tuzilgan dasturlar bilangina ishlay olsa, universallari – boshqa OT larga mo’ljallangan dasturlar bilan ham bemalol ishlay oladi. Masalan, Windows operasion tizimi MS DOS ning ham, OS/2 ning ham va boshqa OT larning ham ilova-dasturlari bilan ishlay oladi.
Ќozirgi paytda eng ko’p tarqalgan operasion tizimlar Windows, OS/2 va UNIX oilasidagi tizimlaridir.
OT tomonidan kompyuterning tezkor xotirasiga kuyiladigan talablar OT benuqson faoliyat ko’rsatishi uchun kompyuterning tezkor xotirasi kerakli sig’imga ega bo’lishi kerak. Quyidagi 1-jadvalda Windows faoliyati uchun talab kilinadigan tezkor xotira sig’imlari keltirilgan.
Download 15.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling