Fransiyaning moliyaviy
Download 51.36 Kb.
|
FRANSIYANING MOLIYAVIY TIZIMI
Mavzu: Fransiyaning moliyaviy tizimi. Reja. Fransiyaning moliya tizimi va uning uzinga xos xususiyatlari. Fransiyaning moliyaviy siyosati va moliyaviy boshqaruv organlari. Fransiyaning davlat moliyaviy nazorati. Fransiyaning byudjet tizimi tuzilishi va davlat byudjeti ijrosi tahlili. Fransiyaning moliya tizimi va uning uzinga xos xususiyatlari.l Moliya - maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash vа ishlatish yuzasidan paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlardir. Moliyaviy tizim- bir yoki bir nechta tarmoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy shakllanish doirasida pul mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish amalga oshiriladigan sohalar to'plami. Moliyaviy tizim quyidagilarni o'z ichiga oladi: davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar, byudjetdan tashqari jamg'armalar, davlat korxonalarining moliyalashtirilishi. Fransiya-yuksak rivojlangan mamlakat, yadro va kosmik jihatdan kuchli. Iqtisodiyotning umumiy hajmiga ko'ra, mamlakat Yevropa Ittifoqida yetakchilardan biri va jahonning birinchi o’ntaligiga kiradi Fransiyaning moliya tizimi Fransiyaning moliyaviy tizimi yuqori darajadagi markazlashuv bilan ajralib turadi. Markaziy byudjet Fransiya moliya tizimining barcha daromadlari va xarajatlarining taxminan 80 foizini tashkil qiladi. Fransiya Moliya vazirining ma’muriy boshqaruvdagi o’rnini ikki ko’rinishda guruhlash mumkin. Birinchidan, Moliya vazirining byudjet tizimidagi katta ahamiyatga ega bo’lib, Byudjet boshqarmasi vositasida moliya qonuni loyihasini tayyorlash va byudjet ajratmalarini to’g’ri taqsimlashni ta’minlaydi. Ikkinchidan, Hisob palatasi va uning hududiy bo’linmalari bilan birgalikda davlat moliyaviy nazoratini ta’minlovchi bosh bo’g’in hisoblanadi. Fransiya moliya tizimida ikki darajadagi byudjet mavjud bo’lib, davlat byudjetiva mahalliy byudjetlardir. Mahalliy byudjet turli darajadagi jamoalarning byudjetlarini ifodalab unda mahalliy daromad va xarajatlar aks ettiriladi. Davlat byudjeti davlat soliqlari, turli yig’imlar hamda qarzlar orqali moliyalashtiriladi. Fransiyada davlat moliyasini boshqarishda Parlamentning o'rni. Fransiyadavlat moliyasini boshqarishda Parlamentning o’rnivaahamiyatini uchta asosiy yo’nalishida ko’rish mumkin. soliq siyosatiga rozilik berishda; yangi byudjettamoyillariga rioya qilishda; davlat byudjetningg’azna ijrosida. Fransiya iqtisodiyoti. Fransiya iqtisodiyoti o‘zining iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha dunyodagi etakchi sanoatlashgan davlatlarning "katta yettiligi" qatoriga kiradi. Fransiya dunyodagi beshinchi yirik iqtisodiyotdir. U jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizini va jahon savdosining 6 foizini tashkil qiladi. Fransiya unitar davlat bo‘lib, uning byudjet tizimi faqat ikki qismdan iborat: davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar. Mamlakatda byudjet tizimining birligi yo‘q. Barcha byudjetlar rasmiy ravishda taqsimlanadi. Har bir ma’muriy birlik budjeti uning ijro etuvchi organi tomonidan tasdiqlanadi. Fransiya moliya tizimiga davlat (markaziy) va mahalliy byudjetlardan tashqari byudjetdan tashqari fondlar va davlat korxonalari moliyalari ham kiradi. Fransiyaning moliyaviy siyosati va moliyaviy boshqaruv organlari. Hukumatga davlat siyosatining yo'nalishlarini aniqlash va uni yuritish bilan birga moliyaviy ajratmalar miqdorini o'zgartirish huquqi ham beriladi, lekin bu hamisha Parlament nazorati ostida amalga oshiriladi. Fransiya Moliya vaziri va uning o'rnini bir vaqtning o'zida ham davlat boshqaruvida, ham ma'muriy boshqaruvda ko'rish mumkin. FransiyaMoliya qonunlari to'plami bir necha turdagi moliyaviy qonunlardan iborat.Fransiya Bosh moliya qonuni davlat hayotining engmuhim hujjati hisoblanadi, uning tayyorlanishi uchun bir yil kerak. Faqat mana shu hujjatdagina kelgusi yil uchun har bir vazirlikka tegishli byudjet ajratmalari va soliq qonunchiligidagi muhim yangi o'zgartirishlar aks ettiriladi. Download 51.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling