Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish


Download 66.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi66.71 Kb.
#1503727
  1   2   3   4
Bog'liq
pdf



toshvil.uz
1
Fuqarolarga davlat pensiyalarini
tayinlash jarayonini soddalashtirish
hamda pensiya va nafaqalarni etkazib
berish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i
Mamlakatimizda pensionerlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qariyalar va keksa
yoshdagilarga har tomonlama g'amxo'rlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti tizimini
takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Bugungi kunda davlat pensiyalarini tayinlashda 30 turdagi hujjat talab etiladi hamda ularni taqdim etishga
mas'ul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotlarda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma'lumotlar
bazalari mavjud emasligi qog'oz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yig'ish jarayonini
raqamlashtirishga to'sqinlik qilib kelmoqda.
Davlat pensiyalarini hisoblash uchun zarur ma'lumotlar elektron bazasini shakllantirish, ushbu jarayonni
soddalashtirish, fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish, pensiya va nafaqalarni etkazib berish
tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, mazkur yo'nalishda sog'lom raqobat muhiti va zamonaviy
standartlarni joriy etish maqsadida:
1. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi hamda Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi (keyingi o'rinlarda – Pensiya
jamg'armasi) tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa
to'lovlar (keyingi o'rinlarda – pensiya va nafaqalar)ni to'lash har uch yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahri bo'yicha alohida o'tkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki

Download 66.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling