Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi to‘G‘risida


Download 49.01 Kb.
bet1/3
Sana17.01.2023
Hajmi49.01 Kb.
#1098115
  1   2   3
Bog'liq
INPS



FUQAROLARNING JAMG‘ARIB BORILADIGAN PENSIYA
TA’MINOTI TIZIMI TO‘G‘RISIDA



Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi

O‘zbekiston Respublikasida jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti masalalari «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan tartibga solinadi.
2005 yildan joriy etilgan mazkur tizim amaldagi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimiga qo‘shimcha ravishda, ish beruvchilarning pensiya yoshiga yetgan xodimlarning moddiy ahvolini yaxshilash, shu asosida pensionerlarga amaldagi pensiya to‘lovlariga qo‘shimcha ravishda daromad olish manbalarini yaratish, keksalik chog‘ida fuqaroning o‘z farovonligi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida joriy qilindi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi ishtirokchilari

Yuridik shaxslar – ish beruvchilar, ularda mehnat shartnomasi asosida yollanib ishlovchi fuqarolar pensiya tizimi ishtirokchilari hisoblanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari va vaqtinchalik ish faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan fuqarolar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar.

Majburiy pensiya badallari

Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga har oyda ularga hisoblangan ish haqining bir foizi miqdorida badal belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 iyundagi «Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnik ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan:

  1. . fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan majburiy pensiya badallari byudjetga to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlarga tenglashtirilgan;

  1. . 2005 yilning 1 iyulidan e’tiboran barcha yuridik shaxslar fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bilan birgalikda mazkur soliq uchun belgilangan shakl va muddatlarda amalga oshirish tartibi joriy etilgan.





Download 49.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling