Fuqarolik huquqlari


Download 477 Kb.
bet1/5
Sana21.01.2023
Hajmi477 Kb.
#1107987
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fuqarolik huquqlari

Fuqarolik huquqlari

  • R e j a:
  • Fuqarolik huquqiy munosabat tushunchasi.
  • Fuqarolik huquqiy munosabatlarning turlari.
  • Fuqarolik huquqlari va burchlarning kelib chiqish asoslari.

Fuqarolik huquqiy munosabat tushunchasi

  • Fuqarolik huquqiy munosabat, deb shaxslar urtasida buladigan va fuqarolik huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatga aytiladi. SHaxslar (jismoniy va yuridik) urtasida tuziladigan olish-sotish, maxsulot yetkazib berish, biron-bir ishni bajarish, ijara, karz tugrisidagi va boshka shartnomalar huquqiy munosabatlar jumlasiga kiradi.
  • Fuqarolik huquqiy munosabat ijtimoiy munosabat, ya’ni shaxslar urtasidagi munosabatdir. Fuqarolik huquqiy munosabat unda katnashuvchilarning erki (irodasi) buyicha vujudga keladi. Fuqarolik huquqiy munosabatda ifodalanadigan ayrim shaxslarning erklari davlatning fuqarolik huquqiy normasida (konunda) ifodalangan irodasiga muvofik bulishi kerak.
  • SHaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) urtasida buladigan fuqarolik huquqiy munosabatlar konun bilan tartibga solinadigan munosabatlar bulganligi tufayli ular ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi lozim. Ammo ba’zi xollarda huquqiy munosabat yuzasidan olingan majburiyatlar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilmaganligi tufayli davlat tomonidan belgilangan majburan ijro ettirish choralari qo’llaniladi.
  • Fuqarolik huquqiy munosabatga xos ba’zi xususiyatlar xam mavjud. CHunonchi, fuqarolik huquqiy munosabatda katnashuvchi shaxslar bu munosabatlarda uzlariga xos mulkka, muayyan mustakillikka ega xolda katnashadilar. Fuqarolik huquqiy munosabatda katnashuvchi shaxslar bir-birlariga nisbatan teng huquqli shaxslar xisoblanadi. Fuqarolik huquqiy munosabatda katnashuvchi shaxslarning huquqlari buzilgan takdirda, bu huquqlar, odatda, da’vo kuzgatish yuli bilan sud yoki xujalik sudi tomonidan kuriklanadi.
  • Xar kanday huquqiy munosabat: huquqiy munosabat sub’ektlari, mazmuni va ob’ektlaridan iboratdi.
  • Fuqarolik huquqiy munosabat sub’ektlari - unda katnashuvchi shaxslar - fuqarolar va tashkilotlar (ya’ni yuridik shaxs huquqiga ega bulgan korxonalar, muassasalar, jamoa xujaligi, kooperativ va boshka tashkilotlard xamda ularning birlashmalari)dir. Davlat xam fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchisi bula oladi.
  • Fuqarolik huquqiy munosabatda katnashuvchi shaxslar fuqarolik huquqiy layokatiga, ya’ni fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bulish layokatiga molik bulishlari lozim.
  • Fuqarolik huquqiy munosabatning mazmunini shu munosabatda katnashuvchi shaxslarning sub’ektiv huquqlari va burchlari tashkil etadi.
  • Sub’ektiv huquq deyilganda, muayyan huquqiy munosabatda katnashuvchi shaxsga tegishli huquq tushuniladi. Sub’ektiv huquqlar ob’ektiv huquq normalari, ya’ni davlat tomonidan belgilangan umumiy koidalar asosida vujudga keladi va ularga muvofik ravishda amalga oshiriladi.
  • Sub’ektiv huquqlar uz egasiga konun bilan yul kuyilgan davrlarda uz xoxishi va ixtiyori bilan xarakat kilish imkoniyatini beradi. Boshkacha kilib aytganda, sub’ektiv huquq sub’ektga uz erkini amalga oshirish va uz manfaatlarini kondirish imkoniyatini beradigan munosabatlarni vujudga keltiradi. Sub’ektiv huquq ikkinchi tomondan, huquqka ega bulgan shaxsning boshka shaxslardan uz huquqining buzulmasligini talab kilish imkoniyatini nazarda tutadi. Masalan, mulk egasining sub’ektiv huquqi, bir tomondan, uz mulkini egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan boglik huquqlarni nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, u sub’ektiv huquq egasi sifatida uz huquqlarining buzilmasligini xar kimdan talab kila oladi.

Download 477 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling