Gʻamxoʻr edi,ajal edi, Olov edi, muz edi


Download 14.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi14.5 Kb.
#265537
Bog'liq
xamrayevamuxlisa


...

Gʻamxoʻr edi,ajal edi,

Olov edi, muz edi.

Bir porlagan Bahorimni

Yakson qilgan Kuz edi.

Qayta-qayta sevar edim

Edi shirin zaharim,

Shu kunimni tun qilgan U

Tim qorongʻu Saharim.

Qarang! Mana yonayapman

Sachrar mendan uchqunlar

Borib aytar elga dardim

Oʻsha orsiz qochqinlar.

Muz edim-ku hamma hayron

Begiz boʻlgan qoʻllar yuz,

Na suv boʻlmas, na boshqasi

Yonayotgan qora muz.

Nega jimsan?! Un chiqmas hech

Yerdan, gʻamli shodligim

Ishongandim erishimga

Eng yaqinim yotligim.

Ishonmasdim aslo bunga

Gar aytsa oʻzga birov,

Tik turibman qabri uzra

Yotar muzlagan olov.

Nega kuyib yigʻlayapman?!

Qanday edi azalim?!

Bitta farqi hozir yoʻqdir

Gʻamxoʻrgina ajalim.

Yoʻq! Yaxshiman,yashayapman

Oddiygina har kunim,

Mana bugun ichdim kitob,

va taomni oʻqidim...

xamrayevamuxlisa@gmail.com.



Xamrayeva Muxlisa Ulugʻbek qizi. SamDChTI XTA 1.13.
Download 14.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling