Gaz tarmoqlari tizimlarini montaj qilish fanidan o’quv amaliyoti Mavzu: Gaz taqmoqlarini montaj qilish. Reja: 1. Gaz hisoblash uskunasini montaj qilish tartibi 2. Gaz quvurlari turlari va montaj qilish 3. Uyda gaz jihozlarini o’rnatish 4. Gaz uskunalari turlari - Gaz hisoblash uskunasini o’rnatish va montaj qilish ishlari gaz tizimlarini montaj qilish ishlari bilan shugullanuvchi tashkilot hududgaz tomonidan amalga oshiriladi
- «Hududgazta’minot» korxonasi tomonidan milliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tender natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning yozida Toshkent hokimligi ta’sischiligida tashkil etilgan «Texnopark» MCHJ bilan elektron tabiiy gaz hisobini yuritish uskunalarini yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan edi.
- Qarorda tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini «ishlab chiqarish — gaz taqsimlash stansiyasi — tuman (shahar) chegarasi — yirik uchastkalar kirish qismi — iste’molchi» prinsipi asosida butun tarmoq bo‘yicha joriy qilish ko‘zda tutilmoqda.
- Hisoblagichlar birinchi navbatda aholining tabiiy gaz iste’moli va qarzdorlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarga o‘rnatiladi. Shuningdek, aholi yashash punktlarida barcha iste’molchilarning (maishiy, sanoat va byudjet) hisoblagichlarini hamda yirik uchastkalar kirish qismidagi hisoblagichlarni bir vaqtning o‘zida o‘rnatish va tizimga ulash hamda tarmoqdagi yo‘qotishlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar tashkillashtiriladi.
- Har bir hududda hisoblagich va boshqa uskunalarni ta’mirlash va ularga servis xizmatini ko‘rsatish shoxobchalari tashkil qilinadi.
- «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi 698-sonli «Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.
- Mazkur qarorga ilova qilingan «Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti»gi muvofiq hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi jismoniy shaxslar uchun — 8 yil, yuridik shaxslar uchun — 4 yilni tashkil etadi.
- Reglamentga ko‘ra, Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi, yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
- Shuningdek, Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini ta'mirlash yoki yangisiga almashtirishga doir sarf-xarajatlar hududiy gaz ta'minoti tashkilotlari tomonidan qoplanadi deb belgilangan.
- Biroq, iste'molchilardan hisoblagich uskunalarini yangisiga almashtirish uchun pul undirish holatlari aniqlanmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan Davlat xizmatlari agentligining 11-48 ishonch raqamiga murojaat qilish mumkin»
Do'stlaringiz bilan baham: |