Gaz quvurlari va gaz armaturalari


Download 21.16 Kb.
Sana26.12.2022
Hajmi21.16 Kb.
#1067178
Bog'liq
Мавзу Gaz quvurlari va gaz armaturalari.


Gaz quvurlari va gaz armaturalari.
Quvur o‘tkazgichlarga ulanishiga qarab armaturalar flanetsli, muftali, tsapkali, payvandlanadigan turlarga bo‘linadi. Muftali va tsapkali cho‘yan armaturalarning ko‘ndalang kesimi (Dsh) 50 mm dan katta bo‘lmagan, yonmaydigan, neytral muhitlar uchun mo‘ljallangan quvuro‘tkazgichlarda qo‘llaniladi. Muftali va tsapkali po‘lat armaturalarni esa, ko‘ndalang kesimi (Dsh) 40 mm gacha bo‘lgan, barcha muhitlar uchun mo‘ljallangan quvuro‘tkazgichlarda qo‘llash mumkin.
Flanetsli va payvandlanadigan armaturalarni barcha kategoriyadagi quvuro‘tkazgichlarda qo‘llashga ruxsat etiladi.
Ishlatishdagi vazifasiga ko‘ra quvur o‘tkazgich armaturalarining berkituvchi, tartiblovchi, saqlovchi, taqsimlovchi, himoyalovchi va fazaga ajratuvchi turlari ma’lum.
Qo‘llaniladigan quvuro‘tkazgich armaturalari sanoat quvuro‘tkazgich armaturalariga xos xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.
Quvuro‘tkazgich armaturalarini tayyorlovchilar butlangan, sinalgan, hamda qismlarga ajratmay ishga tushiriladigan qilib jo‘natishlari kerak.
Armatura ishlariga doir hujjatlar, jumladan pasporti, texnik tavsifi va ishlatishga oid qo‘llanmalari bilan butlangan bo‘lishi lozim.
Armaturada shartli bosim, shartli diametri, materialining rusumi, zavod yoki inventarizatsiya tartib raqami mavjud bo‘lishi zarur.
Ishlatishga oid hujjatlari va tegishli belgilari bo‘lmagan armaturalarni, avval taftishdan, sinovdan va texnik diagnostika (ekspertiza)dan o‘tkazib turib, V kategoriyaga mansub barcha quvuro‘tkazgichlarda qo‘llash mumkin.
Diametri (ichki) 200 mm dan katta bo‘lgan cho‘yan armaturalarning pasporti, belgilari va saqlash muddati bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, ishlatishga o‘rnatishdan oldin taftishdan va mustahkamlik, hamda zichlikka gidravlik usulda sinovdan o‘tkazish zarur.
Quvuro‘tkazgichlar armaturalari uchun materialni, ularni ishlash sharoiti, parametrlari va transportirovka qilinadigan muhitning fizik-kimyoviy xossalari va normativ-texnik hujjatlashtirishga doir talablariga ko‘ra tanlash kerak. Po‘lat yoki cho‘yan armaturalarni ishlatish mumkin emasligi isbotlangan vaziyatlarda rangli metall va qotishmalardan yasalgan armaturalarni qo‘llash mumkin.
Elektr yordamida ishga tushiriladigan armaturalarni tanlashda elektruskunalarni xavfsiz ishlatish shartlari va zaruratga ko‘ra portlashdan himoyalanganligi haqidagi shartlarga amal qilishi lozim.
Shartli diametri 500 mm dan katta va shartli bosimi 1,6 MRa (16 kgf/cm2) gacha, hamda diametri 350 mm dan ziyod va shartli bosimi 1,6 MRa (16 kgf/sm2 ) dan yuqori bo‘lgan berkitish armaturalarini qo‘lda ochishda kam kuch sarf qilish maqsadida, berkitish organining har ikkala tomonidagi bosimni tenglashtirish uchun aylanma tarmoq (baypaslar) bilan jihozlash lozim. Aylanma tarmoqning shartli o‘tkazish (diametri) quyidagi ko‘rsatgichlarda (mm) bo‘lishi lozim.

berkitish armaturasi

350 — 600

700 — 800

1000

1200

1400

aylanma tarmoq (baypas)

50

80

100

125

150

Berkitish armaturalarini tanlashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur.
a) shartli o‘tkazish diametri 50 mm va undan katta bo‘lgan quvuro‘tkazgichlar uchun tavsiya etiladigan berkitish armaturasi, eng oz gidravlik qarshilikka ega, zatvori yaxshilab zichlangan, uncha katta bo‘lmagan uzunlikdagi, hamda muhit harakatidagi o‘zgaruvchan yo‘nalishga dosh beradigan surma zulfin hisoblanadi;
b) shartli o‘tkazish diametri 50 mm gacha bo‘lgan quvuro‘tkazgichlar uchun berkituvchi klapanlar qo‘llaniladi. 50 mm dan katta diametrli quvuro‘tkazgichlarning berkitish qurilmasidagi gidravlik qarshilikning miqdori ahamiyatga ega bo‘lmasa yoki bosimni qo‘lda drosselirlanganda berkitish klapanlaridan foydalanish mumkin;
v) boshqa armaturalarni qo‘llash mumkin bo‘lmaganda yoki maqsadga muvofiq bo‘lmasa jo‘mraklardan foydalanish mumkin;
g) berkitish armaturasidan tartiblovchi (drossellovchi) armatura sifatida foydalanish mumkin emas.
Armaturani transportirovka qilinadigan muhitning ishchi parametrlari va xossalariga ko‘ra normativ-texnik hujjatlarga muvofiq ravishda tanlash tavsiya etiladi.
Berkituvchi quvuro‘tkazgich armaturasidagi zatvorning germetikligi zarur zichlikni ta’minlay olish shartiga ko‘ra tanlanadi.
Zatvorlarning germetiklik klassi armaturaning vazifasiga qarab quyidagi tartibda tanlanadi:
a) A-klass — A, B (a), B (b) guruhdagi moddalar uchun;
b) V-klass — B (v) guruh uchun va V guruh uchun esa, shartli bosim Rsh 4 MRa (40 kgf/cm2) dan ziyod bo‘lganda;
v) S-klass — V guruhdagi moddalar uchun shartli bosim Rsh 4 MRa (40 kgf/cm2) dan kam bo‘lganda.
Uglerodli va legirlangan po‘latdan yasalgan armaturalarni korroziya sodir etish tezligi yiliga 0,5 mm gacha bo‘lgan muhit uchun qo‘llash mumkin. Korroziya hosil qilish tezligi yiliga 0,5 mm dan katta bo‘lgan muhitlar uchun armaturani maxsuslashtirilgan (ekspert) tashkilotlarning tavsiyasiga muvofiq qo‘llaniladi.
KCh 30-6 dan yuqori rusumli toblangan cho‘yan va SCh 18-36 dan yuqori rusumli kulrang cho‘yandan yasalgan armaturalarni V guruhga mansub muhitlarni transportirovka qilishda (144-banddagi chegaralashlarni inobatga olib) qo‘llash lozim.
Toblangan cho‘yandan yasalgan armaturani muhitning ishchi harakati minus 30°S dan yuqori va 150°S gacha, bosimi 1,6 MRa (16 kgf/cm2) ga bo‘lgan suyultirilgan gazlardan tashqari A (b), B (a) guruhdagi, qaynash harorati eng kamida 45°S bo‘lgan B (b) guruhdagi muhitlar uchun qo‘llash mumkin. Ayni sharoitda ishchi bosimi 1 MRa (10 kgf/cm2) gacha bo‘lgan muhit uchun shartli bosimi Rsh kamida 1,6 MRa (16 kgf/cm2) ga mo‘ljallangan armatura, ishchi bosimi 1 MRa (10 kgf/cm2) dan katta bo‘lgan muhit uchun esa 2,5 MRa (25 kgf/cm2) ga mo‘ljallangan armatura qo‘llaniladi.
A (a) guruhidagi suyultirilgan gazlar, B (b) guruhdagi qaynash harorati 45°S dan past bo‘lgan TAS kabi muhitlar transportirovka qilinadigan quvuro‘tkazgichlarda toblangan cho‘yandan yasalgan armaturani qo‘llash mumkin emas.
A va B guruhdagi moddalarni transportirovka qiluvchi quvuro‘tkazgichlarda, hamda yo‘ldosh sifatida foydalaniladigan bug‘o‘tkazgich va issiq suv quvuro‘tkazgichlarida kulrang cho‘yandan yasalgan armaturani qo‘llash mumkin emas.
Quyidagi sharoitlarda, muhit qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, kul rang va toblangan cho‘yandan yasalgan armaturalarni qo‘llashga ruxsat etilmaydi:
a) titrab turadigan quvuro‘tkazgichlarda;
b) muhitining harorati keskin o‘zgarib turadigan quvuro‘tkazgichlarda;
v) drossel-effekt oqibatida armaturasi anchagina sovub ketadigan quvuro‘tkazgichlarda;
g) bosimga bog‘liq bo‘lmay, quvuro‘tkagichning tashqi devorlaridagi harorat 0°S dan past bo‘lganda muzlab qoladigan suv yoki boshqa suyuqliklari bor bo‘lgan A va B guruhga mansub moddalarni transportirovka qiladigan quvuro‘tkazgichlarda;
d) ochiq maydonchalarda o‘rnatilgan nasoslarni o‘rovchi quvuro‘tkazgichlarda;
e) portlashdan xavfli va zaharli moddalar saqlanadigan rezervuar va boshqa idishlarni o‘rovchi quvuro‘tkazgichlarda.
145. Muhitning harorati 40°S dan past bo‘lgan quvuro‘tkazgichlarda tanasining eng past haroratida metallning zarbaga qovushqoqligi 20 J/sm2 (2kgs x m/sm2) dan past bo‘lmagan tegishli legirlangan po‘latdan, maxsus qotishma yoki rangli metalldan yasalgan armaturani qo‘llash lozim.
146. Suyuq va gazsimon ammiak transportirovka qilinadigan quvuro‘tkazgichlarda, 142-bandda bayon etilgan me’yorlar chegarasida toblangan cho‘yandan yasalgan maxsus armaturalardan foydalanish kerak.
147. Shartli o‘tkazish (ko‘ndalang kesimi) diametri 400 mm dan katta bo‘lgan berkitish armaturalarini mexanik usulda (shesternyali, chervyakli, elektr toki, pnevmatik, gidravlik va sh. k.) ishga tushirish lozim. Ishga tushirish usulini texnologik jarayon va loyihada ko‘rsatilishiga ko‘ra tanlanadi. Elektr energiyasi yordamida ishga tushiriladigan berkitish armaturalarida, qo‘shimcha ravishda, qo‘lda boshqarish moslamasi bo‘lishi zarur.
148. Gidravlik yordamida ishga tushiriladigan armaturalarda ishlatish sharoitlariga mos keladigan, yonmaydigan va muzlab qolmaydigan suyuqliklarni qo‘llash kerak.
149. Sovuq iqlim sharoitida pnevmatik ishga tushirish moslamalarida kondensat hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida, tizimdagi gazni, quvuro‘tkazgich uchun hisoblab chiqilgan salbiy (sovuq) haroratda tomchi hosil bo‘lish darajasigacha quritish lozim.
150. Tez harakatlanib ishga tushadigan armaturalar texnologik jarayonni xavfsiz bajarishga doir talablarga javob berishi zarur.
151. Armaturalarni qo‘lda ishga tushirish uchun zanjir, sharnirli ulamalar va sh.k. lardan foydalanish mumkin.
152. Quvuro‘tkazgichning echib olinadigan ulamalari (flanets, mufta va sh. k.) orqali xavfli muhit (modda) sizib chiqishi ehtimoli mavjud bo‘lgan sharoitlarda payvandlanadigan armaturalardan foydalanish kerak.
153. Yuqori bosimli quvuro‘tkazgichlarga o‘rnatiladigan armaturani chizmalar va mazkur armaturaga xos texnik shartlar asosida tayyorlash lozim. Armatura yasaladigan materiallar chizmada bayon etilishiga ko‘ra tanlanadi.
154. Armaturaning detallarida uni ishlatganda, mustahkamligi va zichligiga ta’sir etadigan nuqsonlar bo‘lmasligi kerak.
Toblanmalar, shtampovkalar, quymalarni buzmay tekshirish (radiografiya, UZD va boshq.) usuli bilan nazoratdan o‘tkazilishi lozim.
Payvandlangan armaturalar quyma quvurlarining uchi ham mazkur tekshiruvdan o‘tkazilishi shart.
Shpindel, vtulka, patrubka tanasi va flanetslardagi rezbalar eyilishi (silliqlanib qolishi)ga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Patrubka va flanetslar tanasidagi rezbalar qadami (oraliq) yirik va ruxsat etilgan oralig‘i 6 g bo‘lishi lozim. Rezbalardagi chuqurlik shakli dumaloq bo‘lishi zarur. Zichlovchi sathi obdan silliqlangan bo‘lishi lozim. O‘yiq bo‘rtib chiqqan, parda, sochsimon tolali, yoriqlik kabi, zichligini, mustahkamligini, ishonchliligini, jipsligini pasaytiradigan boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi kerak.
155. Ishchi bosimi 35 MRa (350 kgf/cm2) dan ziyod bo‘lgan quvuro‘tkazgichlarda quyma armaturani qo‘llash mumkin emas.
156. Jipslanuvchi sathi silliq bo‘lgan flanetsli armaturalarni yuqori bosimli quvuro‘tkazgichlarda qo‘llash ruxsat etilmaydi.
Linzasimon va oval shaklidagi qistirmalardan foydalanilganda, shartli bosimi 20 MRa (200 kgf/cm2) va undan kattaga mo‘ljallangan armaturalar flanetsli yuzasini davlat standartlari asosida, armatura flanetsining o‘zini amaldagi normativ-texnik hujjatlar asosida tayyorlash zarur.
Masalan, asbometall qistirmalar yordamida flanetslarni “chuqurcha-bo‘rtiq” usulida jipslashtirishni quvuro‘tkazgichdagi bosim 35 MRa (350 kgf/cm2) gacha bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Download 21.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling