G’azna hukmdorining saroyi qay tomonda? -deb so’radi undan


Download 19.38 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi19.38 Kb.
#1112970
Bog'liq
g\'aznaviylar



IKKI BAYT
Hamisha qaynoq va notinch shahri azim G’aznaning serqatnov ko’chalari. Odamlar gavjum. Qarasangiz bir yoqda og’ir yuk ko’tarib olgan hammollar, bir yoqda tuya karvonlari, ot-eshak minib bozor tomon ketayotgan boy-boyonlar, savdo ahli.
Soch-soqollari o’sib ketgan, yelkasida meshkob ko;tarib olgan suv sotuvchi issiqda horib chanqaganlarga obihayot ulashadi.
Yelkasiga hurjun osgan, boshida ko’k salla,kiyimlari yupun, o’rta bo’yli, ozg’ingina o’rta yoshlardagi kishi meshkobchidan bir kosa muzdakkina suv olib,simirib ichdi-da, ,,Xudoga shukur’’ deb mo’ylovini yengi bilan artib qo’ydi va:
-G’azna hukmdorining saroyi qay tomonda? -deb so’radi undan.
Meshkobchi sulton saroyini surishtirayotgan kishiga istehzoli qarab
-Bozordan o’tib, ho’v anavi yuqoriga qarab ketadigan katta ko’chadan to’ppa-to’g’ri sulton saroyiga borasiz- dedi.
G’azna saltansti hukmdorini surishtirayotgan bu odam tuslik shoir Abul Qosim Firdavsiy edi.
Firdavsiy qanday qilib bo’lsa ham o’sha kezlari kun sayin qudratli davlatga aylanib borayotgan G’aznaviylar saltanatida hizmat etib, ijod maydoniga chiqish orzusi bilan yashar edi. Yo’qchilil, yupun
Hayot jonidan o’tib ketgan. Zero, yozgan she’rlarini kim ham o’qiydi deysiz. Tus kichkinagina, qishloqsimon shaharcha bo’lsa. Boz ustiga Omil viloyati xokimi xalqqa ko’p zug’um o’tkazar, Firdavsiyga turli yo’llar bilan tixirliklar qilar, shoirni qo’yarda- qo’ymay o’zi, oilasi haqida she’r, qasidalar bitishini istar edi. Shu bois faqirlik joniga tegib ketgan shoir katta umidlar bilan hurmat va majot istab G’azna shahri tomon yo’l olgan edi. Sulton Mahmud saroyida iqtidorli shoiru allomalrga har jihatdan e’tibor yaxshi,unda shoirlar anjumani yig’ilgan deb eshitgani bor. Shu bois ,,Zora, men ham hukmdorning e’tiboriga tushsam’’, degan niyatda she’rlar,qit’a va qasidalar bitib, qanday qilib bo’lsa ham saroydagi shoirlar majlisiga qatnashuvga yo’l axtarib, shu tomonlarga kelabergan. Ammo ung saroyga yo’l bo’sin!
Firdavsuy saro oldiga kelib, ,,Bu oliy dargohga qanday qilib kirsam’’, deb hayron turgan edi, ittifoqo bir boyvachcha yigitnii saroy oldida uchratib, u otdan tushushi bilanchopib oldiga bordi-da, chaqqonlik bilan xurjunlarini ko’tarib oldi. Boyva chcha ham tanti yigit ekan, firdavsiyga ming bor minnatdorliklar bildrib, bir dirham berishni ham unutmadi. Yigit devon eshigi oldida: ,,Xurjunimga qarab turing’’, deb ichkariga kirib ketdi-yu, bir ozdan keyin yana qaytib narsalarini shoir Unsuriyning xizmatkoriga tutqazdi.Shunday imkoniyatdan foydalanib, Firdavsiy ham haligi xizmatkor bilan narsalarni ko’tarishib, unsuriyni honasiga kirib oldi, o’tirganlarga salom berib, bir chekkaga cho’kkaladi.
-Hoy kishi, nechun bemavrid, beso’roq devonga kirding? dedi Hasan Unusuriy.
-Bir qoshiq qonimdan keching, janob! Sizni orqa qilib, haligi tanishim boyvachcha yigit bilan devonga kirgan erdim,- bir oz yolg’on so’zlaganidan o’zi xijolatda edi shoir.
-U senga kim bo’lurki, anga ergashibdursen?
-Uing hizmatlarini o’tab yurur erdim, ,,men bilan yurgil, seni ularning majlisiga olib borurmen’’, deb yetaklab kelaberdi. Yolg’on so’zlaganidanrangi qizarib ketdi, ha, u o’z hayotida birinchi bor shuday yolg’onchilik qilishi edi.
-Ey birodar, shuaro majlisiga shoirdan boshqa kishi sig’maydur,-dedi qalam tebratib o’tirgan shoir Farruxiy
Unga yer ostidan qarab.
Shunda Firdavsiyga bir oz jon kirib dedi:
-Bu bandayi mo’minda ham bu fanda andak shuru’ bor turur,- dedi iymanibgina.
Asjadiy ham, Farruxiy ham bir-birlariga ma’noli qarab qo’yishdi.
-Ajabo, chuvrindi sahroyi bu bilan nima demoqchi? Shoirlik da’vo qilayotganga o’xshaydur. O’zi ham ancha ayyorroq ko’rinadur. Qarashlari teran, gaplari pil piq, bilib bilib so’zlar,- dedi Asjadiy.
Firdaviy bo’lsa o’ng’aysiz bir ahvolda. Unga savol bergan Farruhiyga yer ostidan qarab qo’ydi. Kiyinishi
Shohona, qarashlari teran. Yuzidan nur tmib turadi. Asjadiy bo’lsa ancha soddaroq. Hammadan ham Hasan
Unsuriy ko’ziga boshqacharoq ko’rindi.
Tiyran, shirin til, o’tirganlarning barchasi unga mutedek. Aftidan, saroy shoirlari davrasida Hasan Unsuriy eng e’tiborli, podshohga yaqinligi borligi ham sezilib turardi.

IKKI BUYUK ALLOMA YOZISHMALARI


Abu Rayhon Beruniy hujrasiga g’arib bir oqshom cho’kdi. Kimdik qoni to’kilgan ona diyori Xorazmdan judo bo’lib, taqdir taqazosi bilan Sulton Mahmud G’aznaviy hukmpeshalik aylayotgan bir mamlakatga, odamlar nazdida shohona, o’z ta’biri bilan aytganda, musofirlik yurtidagi hayotga duchor bo’ldi alloma. Rost, iste’dot sohiblari, har bir so’zni ming ranjila yurak qonini siyoh aylab bitguvchi bilimdonolimlar mamlakatlar va shaharlar kezib, yangi bilimlar, tajribalar, maslakdoshlar izlashadi, ko’plari g’urbat ya’ni g’ariblik va begonalikda kechgan umrdan aslo afsuslanmaydilar. Negakim, igna bilan quduq qazimak amali bo’lmish haqiqiy ilm ba’zida kishidan shunday qurbonlik ham talab qiladi, qanchadan -qamcha avlodlarga yetib borguvchi bilimlar yer yuziga sochib tashlangan ko’rinmas gavharlardek asta-sekin jamlanib boradi. Abu Rayhon Beruniy ko’nglini tark etmagan og’rinish va ikkilanishlar esa Sulton Mahmuddavlati poytahti g’azna shahrida tortgan riyozat, to’plagan qomusiy bilimlarni Xorazmdek jannatoso bir o’lkada, qizilqum va Qoraqum sahrosi sarrin yellari erkalovi bag’rida ham amalga oshirmak, avvalo o’z eli farzandlarini ma’rifatli qilmak, Xuroson diyori bir chekkasidagi G’azna shahridan ko’ra muazzam Gurganj shahri Movorounnshr vaXorazmning ilm-ma’rifat markazi bo’lib qolmag’iga hissa qo’sha olmayotganidan edi.
Mahkamayi devondagi biqiq bir muhit, odamlarning bir-birlarini ko’rolmasligi, ig’vo, fisqu fasodlar joniga twgib ketdi. Naqadar ozod, erkin edi! Ilm qilib, risolalar bitib, osmon toqiga qo’yib, koinot sirlariga yo’l qidirar, bu ishlaridan o’zi zavalanardi. El-yurt orasida eng obro’li, e’tiborli, uni xorazmliklar kafftlarida ko’tarib yurar edilar.
Mana, bu kun, tag’in aftoda, asablari buzilgan, diliga yaqin hamsuhbatlari ham yo’q. Boz ustiga bugungi mashvarat yig’inida Sulton Mahmud yana: ,,Ibn Sino qayda? Sen uni bilasan! Atayin bizga aytmaysan muqim turg’on joyini!’’ deb zug’mga oldi. Shu bois Sultonning olimga munosabati ancha sovuqlashgan, har so’zida uni turtkilagani-turtkilagan. Bir majlisda hatto uni ,,Tomdan tashlab yuboringlar’’, deyishgacha borib yetdi.
Bumdoq o’ylab qaraganda, sulton Mahmud G’aznaviyning xastaligi tobora zo’rayib bormoqda. Tinchligi ketgan, oromi buzilgan. Kechalari ba’zan mijja qoqmay chiqadi. Taxtda o’tiribdi-yu, bezovta, o’limni o’ylasa yuragi orqasiga tortib ketadi. Axir, shumcha arkoni davlat, mol-dunyo, muhtasham saltanat endi kimlarga qolib ketdi?
Keyingi kunlarda, ayniqsa, asabi buzuqligidan rangi za’farondek sarg’ayib ketgan, buning ustiga uyqusizlik dardi ini qiynar, saroy tabibiga negadir ishonmay qo’ydi ,, hech narsa bilmaysan’’, deb.
Sulton Mahmud G’aznaviy endi faqat Abu Ali Ibn Sinodek hoziqi zamon dardiga darmon bo’lishiga ishonadi. Ha, faqat o’sha, o’sha ,,jodugar’’, ,,sehrgar’’ deb o’zi yerga urgan olamgir hakim Sultonga juda-juda ham kerak. Nazdida, faqat Ibn Sinogina uning dardiga da’vo topishi mumkin. Afsus, ming afsuslarkim, mashhur hakim unga ,,tutqich’’ bermasdan qochib yuribdi.
Beruniyga ham qiyin. Nima qilsa ham Ibn Sino uning qadrdoni, hamkasbi. Bir vaqtlar o’rtalarida arzimas nifoq chiqib, bir-birlaridan ,,arazlashib’’ qolgan bo’lsalar ham, bu faqat ilm-fan yo’lidagi ilmiy nunozaralar tufayli edi, xolos.
Ibn Sino Beruniyning savollariga javoblarini alohida kitob etib, risolaning boshlanishida Beruniyga hurmat-ikromli so’zlar bitganihech kimga sir emas. Unda ,,Abu Rayhon Beruniy Xorazmdan menga yozib yuborgan masalalarining javobi haqida bitgan risolamdir bu. Olloh seni maqsadingga yetishing bilan shod aylasun. Barcha orzu qilganlaringni ravo qilsun, ikki dunyo saodatini senga masib etsun’’ deb, allomaga mehrli-muruvvatli so’zlarni izhor aylagan.
Bunday yaxshi niyat bilan aytilgan so’zlar Beruniyning ham ,,fozil yigit’’ Ibn Sinoning ham o’rtalaridagi munosabatni ancha iliqlashtirib, ba’zi bir noaniqliklarga barham berganday edi.
Ayniqsa, ikki ulug’ alloma Xorazmda uchrashib, ,,Majlisi ulamo’’ da birga ilmiy- am’rifiy ishlar olib borganlarida bu do’stlik rishtalari yanada mustahkamlandi,

Download 19.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling