Generator tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina


Download 14.58 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi14.58 Kb.
#1504260
Bog'liq
Generator refarat

Generator — tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Masalan, atsetilen generatori, muz generatori, bugʻ generatori, gaz generatori, elektr generatori va h. k. Xususan, elektr generatorlari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan tok generatorlariga boʻlinadi. Generator tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllaniladi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa, ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi. Generatorning umumiy makromodeli quyidagi sxemada koʻrsatilgan. Generatorlar asosan turli koʻrsatkichlar asosida yaratiladi. Generatorlarning elektr mashina, lampa, tranzistor; mikrosxemali, yoyli, impulyeli, gidroturbina, bugʻ turbina, har xil chastotali, molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol tariqasida standart signal generatorining tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.). Ularning koʻpchiligi 50— 100 kGs dan bir necha ming MGs gacha chastotada ishlaydi. Generatorning asosiy funksional qismini 50 kGs — 30 MGs chegarada ishlaydigan signal generatorlari tashkil etadi. Uning chastotasi maxsus chegaralangan diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar yordamida bir tekis sozlanadi. Chastotani oʻzgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5% oraligʻida boʻladi. Signal Generatordan modulyatorga beriladi. Modulyatorda signal amplitudasi boʻyicha modulyatsiyalanadi. Modulyatsiyalovchi signal vazifasini ichki past chastota G.i (/=1000 Gs) va tashqi ulangan Generatorlar bajarishi mumkin. Generatorlar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion qurilmalarda, oʻlchov texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning turli sohalarida qoʻllaniladi. Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va radioelektronika qurilmalari yaratilgai, yangi "generatormashina" tizimlari ishlab chiqariladi.


*Elektr-mashina generatori — aylanishlar mexanik energiyasini oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchan tokka aylantiruvchi qurilma. Mexanik energiya birlamchi dvigatel (bugʻ yoki gaz dvigatellari, gidroturbinalar, ichki yonuv dvigateli) dan olinadi. Baʼzan, Elektr-mashina generatorining valini aylantirish uchun elektr dvigatel ishlatiladi. Bunday holda Elektr-mashina generatoriga elektr dvigatel bilan birga tok turini oʻzgartirib, masalan, oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirib yoki bir xil chastotali elektr tokini boshqacha xil chastotali elektr tokiga aylantirib beradi.
*Bugʻ generatori — bugʻ qozoni yoki yadro reaktoridan olinadigan birlamchi issiklik eltuvchi (suv, suyuq natriy va boshqalar) issikligi hisobiga bosimi atmosfera bosimidan yuqori suv bugʻi hosil qiladigan apparat yoki agregat. Organik yoqilgʻini yoqishda ajraladigan issiqlik hisobiga bugʻ olinadigan Bugʻ generatori bug qozoni, elektr energiyasidan foydalanib bugʻ olinadigan Bugʻ generatori elektr qozoni deb ataladi. Atom elektr stansiyalari paydo boʻlganidan soʻng Bugʻ generatori atamasi atom reaktoridan keladigan issiklik eltuvchi qizdiradigan va turbinaga tushadigan ikkilamchi bugʻni olish uchun xizmat kiladigan bugʻlatkichlarni ifodalash uchun qoʻllanilgan.

Gaz generatori (gaz... va lot. generator — hosil qiluvchi) — 1) aso-san qattiq va suyuq yoqilgʻilardan yonuvchi gaz hosil qiladigan apparat. G.g.ning transport va muqim (statsionar) turlari bor. Transport G.g.da oʻtin, pistakoʻmir, antratsit va torf kabi qattiq yoqilgʻilardan avtomobil va traktorlarning dvigatellari uchun yonuvchi gaz olinadi. Muqim G.g. qizitish, pishirish va eritish pechlari oʻrnatilgan sanoat korxonalari uchun gaz ishlab chiqaradi. G.g. koʻpincha ichki devorlari oʻtga chidamli gʻishtdan teriladigan shaxtadan iborat boʻladi. Bu shaxtaga yuqoridan yoqilgʻi solib turiladi, pastdan havo yuboriladi, yoqilgʻi qatlamini kolosnikli panjara koʻtarib turadi. G.g.ning ishi yonilgʻini yuqori temperaturalarda havoda oksidlashga va suv bugʻida oksidlashga asoslangan. Bosim ostida va bugʻkislorod aralashmasidan foydalangan holda koʻmirdan tarkibida 15% gacha metan boʻlgan shahar gazi hosil boʻladi; 2) suyuqlikli raketa dvigateli generator i — yoqilgʻi yoki uning komponentlari yonishi yoki parchalanishi (termik, katalitik va h.k.) hisobiga qaynoq gaz (temperaturasi 200—900°) ishlab chiqariladigan apparat. Bunday gaz turbonasos ag-regatini harakatga keltirish uchun ish jismi hisoblanadi. Bunday G.g.ning asosiy ish organlari — aralashtirish kallagi va kallak.



Oʻlchash generatori — radiotexnika qurilmalarini sinash va sozlash uchun kichik quvvatli elektr tebranishlarini hosil qiladigan (generatsiyalaydigan) asbob. Tuzilishi signallarning turiga (impulsli, sinusoidal va maxsus shaklli) va hosil qilinadigan chastotalar diapazoniga bogʻliq boʻladi. Turlari: past (tovush) chastotali generatorlar, standart signallar generatori, oddiy signallar generatori, videochastotalar generatori, impulslar generatori. Oʻ. g., asosan, chastotalar diapazoni keng boʻlgan oʻzgaruvchan tok manbai sifatida ishlatiladi.

Elektr-mashina generatori — aylanishlar mexanik energiyasini oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchan tokka aylantiruvchi qurilma. Mexanik energiya birlamchi dvigatel (bugʻ yoki gaz dvigatellari, gidroturbinalar, ichki yonuv dvigateli) dan olinadi. Baʼzan, Elektr-mashina generatorining valini aylantirish uchun elektr dvigatel ishlatiladi. Bunday holda Elektr-mashina generatoriga elektr dvigatel bilan birga tok turini oʻzgartirib, masalan, oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirib yoki bir xil chastotali elektr tokini boshqacha xil chastotali elektr tokiga aylantirib beradi.
Download 14.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling