Geografik Intellektual Ring
Download 17.11 Kb.
|
Geografik Intellektual Ring
“Geografik Intellektual Ring” Maqsad: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini orttirish, ularni ma’naviy dunyosini kengaytirish, fikrlash diorasini kengaytirish hamda nutqini rivojlantirish. Ushbu tadbir takrorlash darslarida,amaliy mashg’ulotlarda,bundan tashqari sinfdan tashqari tadbirlarda,to’garaklarda foydalaniladi. Tadbir bosqichlari: 1.Aqliy hujum Bunda o’quvchilarga “Geografik qobiq” bobi bo’yicha savollar beriladi.Savollar soni o’quvchi soniga qarab tanlanadi.Har bir o’quvchiga 5tadan savol beriladiO’quvchi soni 6 ta bo’lganda musobaqa sifatida quyidagicha olib boriladiMasalan:savollar o’qituvchi tomonidan aytiladi,o’quvchilar ularning javobini aytishadi. Geografik qobiq to’g’risidagi dastlabki ta’limot kim tomonidan berilgan Qachon berilgan geografik qobiq ta’limoti kim tomonidan yaratilgan yerning yoshi nechada kaynazoy erasining ma’nosini ayting mezazoy erasining ma’nosini ayting arxey erasining ma’nosini ayting proterozoy erasining ma’nosini ayting paleozoy erasining ma’nosini ayting antropogen davri qaysi eraga mansub trias davri qaysi eraga mansub yura davri qaysi eraga mansub bo’r davri qaysi eraga mansub karbon davri qaysi eraga mansub kembriy neogen davri qaysi eraga mansub ordovik davri qaysi eraga mansub silur davri qaysi eraga mansub devon davri qaysi eraga mansub to’rtlamchi davri qaysi eraga mansub alp tog’ burmalanishi qaysi erada bo’lgan baykal tog’ burmalanishi qaysi erada bo’lgan atmosfera qanday qobiq kimmeriy tog’ burmalanishi qaysi erada bo’lgan biosfera qanday qobiq mezazoy tog’ burmalanishi qaysi erada bo’lgan litosfera qanday qobiq kaledon tog’ burmalanishi qaysi erada bo’lgan termosfera qanday qobiq gidrosfera qanday qobiq troposfera qanday qobiq Shu tariqa 1-tur bo’yicha past ball to’plagan 2 o’quvchi o’yindan chiqib ketadi 2-tur “Zakovat”bosqichi 2-turda qolgan 4 o’quvchi o’zlariga sherik tanlaydilar .Har bir guruhga 3 tadan geografik atamalar asosida mantiqiy savollar beriladi.Masalan: 1.U uchdi,o’ziga o’xshaganlarga qo’shilib shidat bilan yerga tushdi.Ammo o’zining qaynoq tafti osmonu falakdqa qolganligini anglagach,quyosh nuriga ilinib yana samoga yo’l oldi,yuqoriga chiqdiyu,qalbi muzlab asta-sekinlik bilan yerga tushdi. Gap nima haqida ketyapti(suv bug’i) 2.Uni Yevropaga Xristofor Kolumb keltirgan deyishadi.O’shanda juda yaxshi kutib olingan bu yangilik hozirda shunchalik ommalashib ketdiki,qanchalik taqiqlanmasin undan foydalanish kundan-kunga ortmoqda.Bu yangilik aslida nima edi.(tamaki) 3.Olimlarning aytishicha ,ular qattiq qizigan suyuqlik ustida suzib yurishadi,bir-birlariga goho yaqinlashib,goho uzoqlashadi.Sizningcha bu nima(yer po’sti plitalari) 4.Farvater nima? 5.Bergshtrix nima? 6.Gorizontallar 3-turga qatnashish huquqini yuqori ball to’plagan 1 ta guruh qo’lga kiritadi.Bunda guruhlarga bir xil krossvordlar beriladi,eng past ball to’plagan 1 o’quvchi o’yindan chiqariladi KROSSVORD
Krossvord savollari 1.geografik qobiq haqidagi g’oyanifanga kim kiritgan 2.havo qobig’i. 3. yerni ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi qobiq 4. hayot mavjud bo’gan qobiq 5.Okean qismlaridan biri 6.Jomolungmaning 2-nomi 7.Kolumb ismi 4-turda esa g’olib o’quvchiga geografik she’riy topishmoqlar beriladi: Bor Oq va Ko’k irmog’i, Misr uning mahsuli. Bir marta toshar har yil, Bu daryoning nomi ____________ Piranye balig’i bor, Pasttekislik shu nomda. Havzasi juda katta Bu daryo _______________ Shu tariqa geografiyadan mutlaq g’olib aniqlanadi.Ushbu o’yin o’quvchilar fikrlash doirasini kengaytirib, dunyoqarashini oshirishga yordam beradi , bundan tashqari o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Download 17.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling