Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish fanining predmeti,maqsadi,vazifalari


Download 161.17 Kb.
bet1/3
Sana22.09.2023
Hajmi161.17 Kb.
#1684848
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu SEMINAR sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o\'rgatish

Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish fanining predmeti,maqsadi,vazifalari.

  • Reja:
  • 1. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish fanining predmeti.
  • 2. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish fanining maqsadi.
  • 3. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish fanining vazifalari.

Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish fanining predmeti.
Teatr bola uchun katta ahamiyatga ega, bolalar u bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutadi.Teatr hamma (yoki deyarli hamma) narsaga qodir. U mo’jiza yaratadi: quvontiradi, o‘rgatadi, maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, ularning xulqini korrektsiyalaydi, emotsional namoyon bo’lishiga ko’maklashadi, bolalarning nutqi, notiqlik qobiliyatlarini rivojlantiradi, o‘ziga ishonchini oshiradi, omma oldida chiqish ko‘nikmalarini egallashida yordam beradi.
Teatr san’ati bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashadi. Teatr san’ati bilan kun sayin muloqot qilib borar ekan, bolalar bir-biriga nisbatan toqatli, kelishuvchan, og‘irbosiq bo‘lib, o’zini tartibga solib oladi. Teatr maktabgacha yoshdagi bolalarning his-tuyg’ulari va kayfiyati (ruhiyati) ga kuchli emotsional ta’sir o’tkazadi, ularning fikrlash doirasini kengaytirib, nutqini boyitadi, axloqiy-ma’naviy tasavvurini shakllantiradi, aqliy tasavvurlarini rivojlantiradi, intellektual qobiliyatlarini oshiradi.
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish fanining maqsadi.
Teatrlashtirilgan faoliyat bilan bolalar nutqini rivojlantirish uzviy bog’liq bo’lib, qahramonlarning so’zlari, bola nutqi bilan uyg’unlashib uning so’z boyligini orttiradi, nutqining tovush madaniyat mukammalashadi.
Teatrlashtirilgan mashg’ulotlar o’z ichiga ertaklardan lavhalar qo’yish, rasmga qarab rolli suhbatlar tuzish, hayotiy mavzularga oid mustaqil improvizatsiya (o’xshatish) qilish (kulguli voqealar, qiziq hodisalar va hokazo); qo’g’irchoq tomoshalarini ko’rish va uni muhokama qilish,dramatizatsiyalashgan o’yinlar, rolni ijro etish ifodaliligini rivojlantiruvchi mashqlar (verbal va noverbal); bolalarni xissiy rivojlantiruvchi mashqlarni qamrab oladi.
Teatrlashtirilgan faoliyatni to’g’ri yo’lga qo’yish, jamoani to’g’ri yo’naltirishda tarbiyachi katta rol o’ynaydi. Tarbiyachi nafaqat ifodali o’qishi yoki aytib berishi, balki ko’rishi, eshitishi, obrazga kirishi, ya’ni aktyorlik va rejissorlik mahoratlariga ham ega bo’lishi zarur.
5 daqiqalik esse

Download 161.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling