Mavzu: Syujet va fabula(voqealar rivoji)
Download 16.14 Kb.
|
Mustaqil ish Akbaraliyev
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti MUSTAQIL ISH Mavzu: Syujet va fabula(voqealar rivoji) Guruh: 514-17 Bajardi: Akbaraliyev Abror Tekshirdi: Umarova Dildora Toshkent 2020 Syujet so’ziga ta’rif beradigan bo’lsak bu so’z fransuz tilidan olingan va mazmun degan ma’noni bildiradi. Syujet bu biror bir asarning badiiy mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlikda kechadigan, qahramonlar oʻrtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimidir. Barcha badiiy asarlarda ssenariy mavjud bo’ladi. Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining oʻzaro munosabatiga koʻra ssenariylar asosan xronikal (voqeaband) va konsentrik (voqeaband boʻlmagan) turlarga boʻlinadi. Xronikal ssenariyda voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi. Konsentrik ssenariyda esa asarda tasvirlangan voqealar orasidagi sabab natija muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo badiiy asarlarda ikkala turdagi ssenariylar uyg’unligi tarkib topadi. Biz eshtayotgan hamma hikoyalar ham bizga ta’sir qilib hamdardligimizni qo’zg’ayvermaydi. Hikoyalar inson hamdardligini qo’zg’ayvermaydi. Hikoyalar inson hamdardligini qo’zg’ashi uchun ushbu hikoyadagi asosiy personajlari dramatik holatda bo’lgan bo’lishlari kerak. Dramatik hol deganda biz o’sha personaj qiyinchilik yoki ilojisiz holatga tushib qolishi va “behosdan” uning bu holatdan chiqib ketib yaxshi holatga tushishini tushunamiz. Bunday dramatik peripertiya bizning hayajonlarimizni qo’zg’aydi. Mana shunday “behosdan” sodir bo’ladigan hodisalar bizda qiziqish uyg’otadi va biz bu hikoya uchun ruxan ochilamiz. Bunga biz misol qilib Zolushka injiq opalariga xizmat qiladi. Opalari ziyofatga ketganida u yolg’iz qoladi va “behosdan” shaxzodani uchratib qoladi va uning hayoti o’zgarib ketadi. Yaxshi bayon qilinadigan hikoya uzluksiz almashinib turadigan dramatik peripetiyalardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu zanjir dramatik hikoyaning ichki tuzilmalaridan biridir. U personajlari ham, biz - tomoshabinlarni ham o‘ziga jalb qiladi. Aynan u aktyorlarga harakat uchun boy material beradi. Oddiy hikoyada dramatik peripetiya tuzilmasi biror soniya yo‘q. Ammo bu - oddiy bolalar ertagiku. Bu tuzilma murakkab zamonaviy dramatik asarda Tarkovskiy yangi variantni ham qabul qilmagan. Yana bir marta uringan. Yana muvaffaqiyatsizlik, ayni shu paytda Tarkovskiy nimani mo’ljalotganligini tushuntirmasdi ham. Butunlay umidsizlikka tushgan yozuvchilar o‘z hikoyalarini personaj laming hissiyotlari va harakatlari baxtsizlikdan baxtga tomon eng katta ko‘lamda maqsad sari rivojlanuvchi va yana baxtsizlikka tomon boruvchi melodrama ko’rinishida taqdim qildilar. Fabula lotinchadan olingan bo’lib masal, ertak, hikoya degan ma’noni anglatadi. Fabula epik, lirik-epik va baʼzan dramatik asarlarda tasvirlangan voqea va hodisalarning bayoni, hikoya qilinish usuli. Ular mantiqan sababiy-davriy izchillikda bayon qilinadi. Fabula bayonida ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim bir-biridan farqlanadi. Fabula syujetdan quyidagi tomonlari bilan ajralib turadi: 1) voqealar bayonining tartibi qahramonlar hayotida boʻlib oʻtganidek emas, balki ayrim oʻrin almashuvlar, baʼzi voqealarni tushirib qoldirish yoki keyin aniqlash tarzida amalga oshiriladi. 2) voqealar bayonining subʼyekga hadeb oʻzini namoyon qilavermaydigan (Balzak, "Gorio ota") yoki oʻzining emotsional kayfiyatlarini oshkora ifodalaydigan (Gyugo, "Kulib turuvchi kishi") muallifgina emas, balki tasvirlanayotgan voqealar guvohi boʻlgan hikoyachi (Mann, "Doktor Faustus") yoki asardagi biror qahramon (Xeminguey, "Alvido, qurol") boʻlishi ham mumkin; 3) voqealar bayonining motivi asarda esdalik xotira sifatida (Ayniy, "Esdaliklar"), kundalik shaklida, maktub shaklida (Gyote, "Yosh Verterning iztiroblari"), yilnoma tarzida (Saltikov-Shchedrin, "Bir shahar tarixi") va boshqa boʻlishi mumkin. Fabula bilan syujetning farqi baʼzi asarlarda yaqqol va ravshan koʻrinishi, baʼzan esa kamroq sezilishi ham mumkin. Fabula vositalari orqali muallif asarda voqealar rivojini jonlantirishi, qahramonlar xarakteri taxlilini chuqurlashtirishi, nafasni kuchaytirishi mumkin. Adabiyotshunoslikda F. atroflicha oʻrganilmagan, uni ortiqcha termin, syujet ichidagi tushuncha deb talqin qilish hollari ham uchraydi. Download 16.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling