1-§. Moddiy nuqtaning


Download 391.11 Kb.
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi391.11 Kb.
#1165862
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KINEMATIKA



KINEMATIKA


1-§. Moddiy nuqtaning harakati.Vektorlar



  1. Sayyoh sharq tomon 4 km, so‘ng shimol tomon 5 km va g‘arb tomon 2 km yurdi. Sayyoh bosib o‘tgan yo‘lining ko‘chishiga nisbatini toping.

  2. Jism koordinatalari (5; 11) bo‘lgan nuqtadan koordinatalari (8; 15) bo‘1gan nuqtaga ko‘chdi. Uning ko‘chishini OX o‘qidagi proyeksiyasini toping.

  3. Sayyoh shimolga 3 km so‘ng janubga 6 km, sharqga 4 km va g‘arbga 8 km yurdi. Sayyohning ko‘chishini toping.

  4. Koptok 3 m balandlikdan polga tushdi va poldan qaytib ko‘tarilayotganda 1 m balandlikda tutib olindi. Koptokning yo‘li va ko‘chishi yig‘indisini tiping (m).

  5. Sportchi uzunligi 200 m bo‘lgan aylanani 10 marta aylandi va yana 270' ga burildi. Uning ko‘chishini toping m).

  6. Koptok 3 metr balandlikdan yerga tushdi va yerdan qaytib ko‘tarilayotganida 70 sm masofada tutib olindi. Koptokning ko‘chishini va yo‘lini (sm) toping.

  7. Vertolyot gorizontal ravishda 60 km uchib, 90° burchak ostida burildi va yana 80 km uchdi. Vertolyot o‘tgan yo‘lni toping (km).

  8. Jism R Radiusli aylana bo‘ylab harakatlanyapti. Aylananing 1/6 qismini o‘tganda, yo‘1 va ko‘chish moduli qanday bo‘ladi?

  9. Jism gorizontga nisbatan 600 burchak ostida harakatlanib, 300 m balandlikda ko‘tarildi. Jismning gorizontal yo‘nalishdagi ko‘chishini aniqlang (m).

  10. Turist gorizontga nisbatan 30° burchak hosil qilgan qiyalikda 200 m yo‘l bosdi. Turistning vertikal yo‘nalishdagi ko‘chishini aniqlang (m).

  11. Jism koordinatalari (5; 4) bo‘lgan nuqtadan koordinatalari (9; 8) bo lgan nuqtaga ko‘chdi. Uning ko‘chish modulini toping (m).










Download 391.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling