Geografik karta va atlaslarni nashrgatayyorlash, nashr qilish


Download 9.2 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi9.2 Kb.
#1438021
Bog'liq
Reja Geografik karta va atlaslarni tahlil qilish


GEOGRAFIK KARTA VA ATLASLARNI NASHRGATAYYORLASH, NASHR QILISH
1.Umumgeografik kartalarni tahlil qilish yozma shaklda quyidagi tartibda olib boriladi?
kartaning nomi (uning nomi, beti, kim tomonidan tuzilganligi), nashr qilingan vaqti va qayerda nashr qilinganligi;
kimlarga mo‘ljallanganligi;
nashr qilishda ishlatilgan ranglar;
bosh masshtabi;
kartografik proyeksiyasi xatoligi va uning tarqalishi (eng kam
va eng ko‘p tarqalgan maydonlari);
2.«Kartografik tadqiqot usuli» fanga kim kiritgan?
Prof. A.M.Berlyant
3.Kartografik tadqiqot usulida qaysi asosiy usullardan
foydalaniladi?
1. Kartani o‘qib o‘rganish;
2. Kartani kartometrik yo‘llar bilan tahlil qilish;
3. Grafik usul;
4. Matematik statistik tahlil qilish usuli va boshqalar.
4.Kartalar, asosan, nechi xil usulda yaratiladi?
2 xil usulda
5.Kartalar, asosan, nechi xil usulda yaratilishini sanab bering?
1. Bevosita dalada syomka qilish yo‘li bilan (fototopografik usulda)
va maxsus syomka qilish, masalan, geologik syomka, tuproq
syomkasi (kadastrlash syomkasi), geobotanik, geofizik syomka va
boshqa yo‘llar bilan ishlanadi.
2. Kameral sharoitda, ya’ni kabinetda, yig‘ilgan har xil manba
va ma’lumotlar (astronomik, topografik, syomka manbalari,
kartografik, geografik, iqtisodiy-statistik, aerokosmik suratlar va
boshqa manbalar) asosida maxsus mutaxassis kartograflar tomonidan tuziladi.
6.Karta va atlaslarni loyihalashtirish vazifalariga qaysilar kiradi?
a) buyurtmachi bilan birgalikda texnikaviy vazifalarni ishlab
chiqish, yirik kartografik asarlar bo‘lsa, uning umumiy dasturini
ishlab chiqish;
b) kartaning matematik asosini (masshtabi, proyeksiyasi,
formati (o‘lchamlari), komponovkasi (atlas bo‘lsa, uning maketi
komponovkasi)ni ishlab chiqish;
d) kartaning mazmunini ishlab chiqish, shartli belgilari,
tasvirlash usullarini, tajriba nusxasini va mualliflik maketini
(nusxasini) tayyorlash;
7.Karta va atlaslarni loyihalash qanday bosqichlarga bo‘linadi?
karta va atlaslarning maqsadi va mavzulari;
atlas kartalarining ro‘yxatini aniqlash;
matematik asosni ishlab chiqish;
maket komponovkasini tayyorlash;
Download 9.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling