Farg‘ona palitexnika instituti K.L.t fakulteti 43-21 guruh talabasi Rustamov Sanjarbekning Elektronikaning fizik asoslari fanidan Germaniy va Kremniyning Fizik xossalari mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi Germaniy va Kremniyning Fizik xossalari - Davriy sistemaning IV A gruppasiga uglerod S, kremniy Si, Germaniy Ge , qalay Sn, qо‘rg‘oshin Pb elementlari kiradi.
- Qо‘shimcha gruppachasiga Titan Ti, sirkoniy Zr, gafniy Hf va kurchatoviy Kn elementlari mansub.
- Germaniy birinchi qattiq jismli tranzistor (1948 y) lar olishda radio elektronika sohasida 10 yillar davomida revolyusion burilish qildi.
- Germaniy faqat kremniydan keyingi ikkinchi yarim о‘tkazgichdir.
- IV A gruppaning hamma elementlari 4 valent elektronga ega bо‘lgan, almashinish mexanizmi bо‘yicha maxsus muhim tetraedrik bog‘lar hosil qiladigan, valent elektronlari bо‘yicha davriy sistemaning о‘rtasiga joylashgan elementlardir.
Elementlarning +4 oksidlanish darajalarining barqarorligi S → Pb qatorida yoki tartib raqamlarining ortib borishi bilan kamayadi. Qо‘rg‘oshin uchun +2 oksidlanish darajasi kо‘proq barqaror. -4 oksidlanish darajalarining barqarorligi aksincha Pb → S о‘tganda ortadi. - Elementlarning +4 oksidlanish darajalarining barqarorligi S → Pb qatorida yoki tartib raqamlarining ortib borishi bilan kamayadi. Qо‘rg‘oshin uchun +2 oksidlanish darajasi kо‘proq barqaror. -4 oksidlanish darajalarining barqarorligi aksincha Pb → S о‘tganda ortadi.
- Qо‘rg‘oshin va qalay -4 oksidlanish darajasidagi gidridlari juda beqaror, ularda zanjir hosil qilish xarakteri yо‘q.
- Metallik xarakteri oddiy moddalarda ugleroddan qо‘rg‘oshinga tomon ortadi.
- Fizikaviy xossalari bо‘yicha uglerod oddiy modda hamda olmos va grafit metalmaslar (grafitda ayrim metallik belgilari namoyon bо‘ladi): kremniy va germaniy oraliq holatlarni (oraliq xossani) egallaydi.
- Yarim о‘tkazgichlar: qalay va qо‘rg‘oshinlar – metallar.
- Olinishi. Kremniy birinchi marta erkin holda 1822 yilda (Berselius, Shvesiya) tetraftorid kremniyni kaliy bilan qaytarib ajratilgan.
- SiF4 + 4K = 4KF + Si
- Tabiatda tarqalishi. Yerning litosfera qatlamida tarqalishi bо‘yicha ikkinchi element (27,6 massa %). Faqat bog‘langan holda har xil tog‘ jinslarida va ularning yemirilish (tog‘ jinslarining nurashi) mahsulotlarida oksid va silikatlar kо‘rinishida uchraydi.
- Yer pо‘stining 90% i qum tuproq va silikatlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |