Germaniyada ta’lim tizimlari. Germaniyada ta’lim tizimlari


Download 98.23 Kb.
bet1/3
Sana26.06.2023
Hajmi98.23 Kb.
#1656590
  1   2   3
Bog'liq
германия таълим


Germaniyada ta’lim tizimlari.
Germaniyada ta’lim tizimlari.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohaning barcha tarmoqlari kabi xalq ta’limining chet mamlakatlar ta’lim muassasalari bilan hamkorligi uchun keng imkoniyatlar ochildi.
Ayniqsa, Germaniya ta’lim vazirligi va o‘quv tarbiya jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro aloqalar tez rivojlanib bormoqda.
Garchi vazirliklar darajasida bitimlar imzolanmagan bo‘lsa-da, «Nemis xalqaro rivojlanish fondi», «Adenauer jamg‘armasi», «Gyote instituti» bilan munosabatlarning o‘rnatilishi Respublikamiz istiqloli bilan tengdoshdir. SHu munosabatlar doirasida ssminarlar, konferensiyalar, darsliklar, ko‘rgazmalar, o‘zaro ta’lim sohasida tajriba almashtirishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytda bu hamkorlikning yangi-yangi shakllari izlanmoqda.
Ta’kidlab o‘tish joizki. Germaniyaning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li bizning Respublikamizdagiga o‘xshab ketadi. Ikki German davlati birlashgandan keyin sobiq Germaniya Demokratik Respublikasida ta’limni isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham bizning sharoitimizga mos va maqbul keladi.
Germaniyaning hozirgi davr ta’lim tizimidagi asosiy muammosi sobiq GDRdagi ta’limni bir xil milliy me’yorga solishdan iboratdir. Buning uchun to‘la imkon bor.
Zotan, Germaniyada shakllangan ta’lim tizimi, mazmun va uslublari, qaror topgan, xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash tamoyili mavjud.
Asosiy vazifa sobiq GDRdagi ta’lim tuzilmasini yangi me’yorga va o‘lchovga tushirish, oddiygina usul bilan GFRdagi ta’lim tizimiga o‘tkazib qo‘yishdan iborat. To‘g‘ri, bu «oddiygina» ishning o‘ziga xos muammolari ham bor. Birinchi muammo ta’limdagi bu o‘zgarishni amalga oshirish uchun mablag‘ning etishmasligi bo‘lsa, ikkinchisi sobiq GDRdagi pedagogik jarayon ishtirokchilarining bu «to‘ntarish»ga munosabati masalasidir. Ta’limni mazmunan va usluban ta’minlash, boshqarishni tashkil etish va uning tarkibini tubdan o‘zgartirishga esa dolzarb zaruriyat ham yo‘q.
Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, Germaniyada ta’lim davlat va jamiyat tomonidan e’tibor berilayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib kelmoqda.
Maktabgacha tarbiya
Maktabgacha tarbiya Germaniya ta’lim tizimida muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bu mamlakat maktabgacha tarbiya tizimi barcha german elatiga kiruvchi xalqlar uchun ham umumiydir.
Ta’kidlash kerakki, garchi bolalar bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta’lim tizimi tarkibiga kirmaydi.
Eski erlardagi (sobiq GDRga kirmagan erlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Lekin ota-onalar bolalar bog‘chalariga o‘z farzandlarini tarbiyalaganliklari uchun ancha miqdorda pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chalariga qatnaydilar.
Bolalar bog‘chalarida ta’lim tabaqalashtirib olib boriladi. Bu mamlakat tarkibiga kirgan sobiq Germaniya Demokratik Respublikasida 95 foiz bolalar bogchalarga tortilgan bo‘lib, u erda bolalar 3 yoshga to‘lguncha yaslilarda tarbiyalanganlar. Albatta, sobiq GDRda maktabgacha tarbiya muassasalariningbarchasi davlat tasarrufida bo‘lgan. SHarqiy Germaniyada maktabgacha tarbiya muassasalarining keng tarmoqli bo‘lishi ko‘pchilik onalarning ijtimoiy mehnat faoliyati bilan bog‘liq edi.
Germaniya bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham mavjud.
Maktab ta’limi
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi bir erlarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishini bitiradi, keyin hunar-texnika bilim yurtida to‘la bo‘lmagan haftalik o‘qishida o‘qiydi.
O‘qish davlat maktablarida tekin. Maktab o‘quvchilariga o‘quv qo‘llanmasi, asosan darsliklar tekin ta’minlanadi. Ta’lim dastasini turli tashkilotlar, fondlarning xususiy maktablari to‘ldiradi, ularga mahalliy hokimiyat tegishli moliyaviy yordamini beradi. Ammo davlatga tegishli bo‘lmagan xususiy maktablar mamlakatda juda ham ozchilikni tashkil etadi.
Germaniyada maktab ta’limi qanday qurilgan va u erda ish qanday tashkil etilgan? Tabiiyki, Germaniyadagi maktab ta’limi tizimining umumiy jihatlari ustida to‘xtaladigan bo‘lsak, ular quyidagilardan iborat:

Download 98.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling