Qurilish kimyosi va ekologik muammolari


Download 41.5 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1145709
Bog'liq
Qurilish kimyosi va ekologik muammolari


Qurilish kimyosi va ekologik muammolari.
Qurilish sanoati bevosita kimyo faniga bog’liq hisoblanadi. Tabiiyki qurilishda ishlatiladigan har bir hom ashyo kimyoviy elementlardan tashkil topgan. Ularni ishlab chiqarish va ishlatish jarayonida bir qator kimyoviy jarayonlar sodir bo`ladi. Bu jarayonlarda tabiiyki, bir qator ekologik muammolar kelib chiqadi.
Ekologiya o`zi nima? “Ekologiya” atamasi 1966-yilda joriy etilgan. Bu organizmlar va ular o`zlari va atrof muhit o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik haqidagi fan. Bu fan o`tgan asrda insonning tabiatga ta`siri kuchayib borishi munosabati bilan tabiatdan oqilona foydalanish ilmiy asosi sifatida ahamiyatga ega bo`la boshladi.
Dunyoning rivojlanayotgan sanoat yangi qurilgan shaxarlar va tezkor axolining soni keskin kamayib bormoqda. Ekologik muammolar bir xil suratlarda o`sib bormoqda. Har yili dunyoda 20 mln tonna kislorod yonib ketadi. Tropik o`rmonlar tufayli uning muvozanati hali ham Yerda saqlanib kelinmoqda. Ammo ular yil sayin kamayib bormoqda. Umuman olganda bugungi kunda dunyo miqyosida yiliga 100 mlrd tonnadan ortiq turli moddalar ishlatilmoqda. Olimlarning xisob kitoblariga ko`ra sakkiz yuz yil ichida atigi 1,5 mln tonna mishyak , 1mln tonna nikel, 1,35 mln tonna kremniy, 900 ming tonna uglerod oksidi, 600 ming tonna rux atmosferaga ajralib chiqayapti. Bitta o`rtacha issiqlik elektr stansiyasi kuniga 800 tonnagacha kul va 125 tonna oltingugurt dioksidi chiqaradi. Atmosferaga antropogen ta`sir o`tkazadigan narsalarning to`liq ro`yxati emas. Dengiz va okean suvlari qattiq ekologik stress ostida, bu dengiz dengiz suvlarining tozalovchi xususiyatlarining pasayishiga va ularning biologik mahsuldorligining pasayishiga olib kelayapti.
Qurilish jarayonida yer yuzasini saqlash usullari;
-Litosfera va yer osti suvlarini saqlash,qurilish uchun biopozitiv yechimlar, yashil qurilish texnologiyasi,
-Qurilish jarayonida chiqindilarni yo`q qilish, qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish, qurilish yechimlarida chiqindisiz texnologiyalardan foydalanish.
-Atrof muhit holatini kuzatish va uning natijalari to`g`risida qarorlar qabul qilish, qurilish ekologiyasining me`moriy va qurilish jihatlari;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy masalalari.
Tabiatga texnogen va antropogen ta`sirlar texnologiya bevosita odam tomonidan yaratilgan barcha turdagi ta`sirlarni o`z ichiga oladi.
Bino va inshoatlar qurilishi va ulardan foydalanishda kelib chiqadigan bir qator ekologik muammolarni bartaraf qilish yuzasidan hozirgi kunda bir qator ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shunqa qaramasdan hozirgi kunda ham bir qator global muamolar mavjud;

  • Havo ifloslanishi.

  • Tuproqning unumdorlik qatlamining buzilishi, cho`llanish, sho`rlanish, botqoqliklar paydo bo`lishi.

  • Maishiy chiqindi maydonlari kengayishi.

  • Daraxtzor va yashil maydonlarning keskin kamayishi.

  • Yer osti va yer usti suvlarining ifloslanishi.

Qurilish sohasida ham ushbu muammolarga juda ko`p duch kelinmoqda. Ayniqsa qurilish jarayonida hosil bo`ladigan chiqindi va havoga ajraladigan kimyoviy gazlar global muammoga aylanmoqda. Shuning uchun tobora ekologik toza mahsulotlar ishlatish sarfi oshmoqda. Bu mahsulotlar hozirgi zamonaviy innovatsion ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanish uchun talab ortmoqda. Bu borada kimyo fani va texnologiyasi alohida o`ringa ega. Olimlar bu yuzasidan bir qancha ilmiy ishlar olib bormoqda. Masalan; oldinlari qurilish mahsulotlarini qadoqlashda politelin idishlar, qoplar o`rniga qog`oz idishlar ishlatish va o`sha idishlarni qayta ishlatish kabi texnologiyalardan foydalanilmoqda. Bu ishlar o`z o`zidan ekologiya tizimiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Atrof muhitni muhofaza qilish va oqilona rivojlanishga yordam berish, yovvoyi tabiatning geologik, gidrogeologik muhitini asrash lozim. Arxitektura va qurilish jihatlari obyektni atrof muhitga moslashtirishi kerak.Zamonaviy qurilishning asosiy prinsplari bu yer yuzasi va relyefini saqlab qolish, ya`ni qishloq xo`jaligi va hordiq chiqarish uchun foydalanilmaydigan joylarda qurilishlarni amalga oshirish kerak. Bundan tashqari , yerosti va yarim yer osti qurilishlarini rivojlantirish, shuningdek, yer yuzasidan ko`tarilgan bino ustunlari va sun`iy hududlardagi binolar qurish kerak.Qurilish muhandislari biopozitiv qurilishni ishlab chiqarishi kerak.
Arzon qurilish materiallari ishlab chiqarish va ikkilamchi energiya-issiqlik energiyasidan foydalanish uchun sanoat va qurilish chiqindilarini yo`q qilishga katta etibor berish lozim.Buning uchun sanoat chiqindilarining asosiy turlari qo`llaniladi.
Qurilish muhandislari turli xil qurilish materiallariishlab chiqarishda chiqindilarni yo`q qilishning zamonaviy usullari va usullarini, shuningdek biologik poligonlardan issiqlik va gazlardan tozalash usullarini bilishlari kerak .
Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling