4-amaliy mashg’ulot. Mahsulotlarini qadoqlashda ishlatiladigan idishning turlari. Mashg‘ulotning maqsadi


Download 0.79 Mb.
bet1/2
Sana23.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1113777
  1   2
Bog'liq
4-amaliy (Biomahsulot) (3)


4-amaliy mashg’ulot. Mahsulotlarini qadoqlashda ishlatiladigan idishning turlari.
Mashg‘ulotning maqsadi: mahsulotlarini qadoqlashda qo‘llaniladigan idishlarning turlari, qadoqlanadigan mahsulotlar turi va hajmiga qarab turlanishini va bu idishlar tayyorlanadigan materiallar bilan tanishtirish.
Birinchi guruh idishlarga - asosan yangi uzulgan mahsulotlarini tashish, qisqa va uzoq muddat saqlash uchun qo‘llaniladigan idishlar: Bu turdagi idishlarga turli xil hajmdagi yog‘och yashik va konteynerlar, polietelin materiallardan tayyorlangan yashik va konteynerlar, qog‘oz materiallardan tayyorlangan idishlar, ip gazlamalardan tayyorlangan qoplar, shesternalar va konteynerlar ularda mahsulotlar ochiq holda saqlanadi ular mahsulotning turi va miqdoriga qarab tanlanadi.



5-rasm. Meva-uzum va sabzavotlarni qadoqlash uchun turli hajmdagi plastmas yashiklar
Ikkinchi guruh idishlarga - tayyor va yarim tyyor konserva mahsulotlarini saqlash uchun qo‘llaniladigan idishlar. Ikkinchi tur idishlarga asosan shisha, metal, ichki qismiga maxsus qoplamali materiallar bilan ishlov berilgan qog‘oz idishlar, polietelin materiallaridan tayyorlangan bochkalarni kiritish mumkin.



6-rasm. Meva va sabzavotlardan tayyorlanadigan mahsulotlarni shisha idishlarga qadoqlash

Yog‘och materiallar keng ishlatiladi, ulardan sig‘imi va konstruksiyasi bo‘yicha farqlanuvchi turli yashiklar ishlab chiqariladi. Bu yashiklar qaysi mahsulot uchun mo‘ljallanganligi va sig‘imiga ko‘ra raqamlanadi:


1-jadval
Yog‘och yashiklarning raqamlanishi

Yashik raqami

Sig‘imi, kg

O’lchami, mm

Xajmi, l

Mo‘ljallagan mahsulot

uzunligi

eni

balandligi

1

15

475

285

126

17,1

Uzum, ko‘katlar, pomidor, danakli mevalar

2

25

570

380

152

32,9

Olma, nok, xurmo, sitrus mevalar

3

35

570

380

266

57,6

Olma, bodring, baqlajon, piyoz, qovun

4

35

570

380

380

82,3

Karam

5

15

570

380

84

18,0

Uzum, ko‘katlar, pomidor, danakli mevalar

6

10

475

285

56

7,4

Danakli va rezavor mevalar

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan idishlarni tayyorlashda foydalaniladigan materiallar quyidagi turlarga bo‘linadi:



  1. Qog‘oz-karton materiallari;

  2. Yog‘och materiallari;

  3. Tabiiy va sintetik tola materiallari

  4. Keramika materiallari;

  5. Metal materiallari;

  6. Shisha materiallari;

  7. Polietelin materiallari;

  8. O’simlik qoldig‘i materiallari;



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling