4-amaliy mashg’ulot. Mahsulotlarini qadoqlashda ishlatiladigan idishning turlari. Mashg‘ulotning maqsadi


Download 0.79 Mb.
bet2/2
Sana23.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1113777
1   2
Bog'liq
4-amaliy (Biomahsulot) (3)

Birinchi tur materiallar - qog‘oz-kartonlar eng ko‘p qo‘laniladigan materiallardir. Ularning tuzilishi va ishlatilishiga ko‘ra o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
oddiy qog‘oz materiallar - pishiq qog‘oz qop, paket, o‘rov qog‘ozi, yog‘ shimmaydigan qog‘ozlardir. (kichik hajmli un va yorma paketchalari, qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari saqlanadigan paketchalar, choy, qaxva va boshqa mahsulot o‘ramlari va hokazo);
karton materiallar - kartonlardan yasalgan yashik, quti, stakanlarni kiritish mumkin (karton korobkalar, choy, qaxva va boshqa mahsulot o‘ramlari va xokazo).
gofrakarton materiallar - ya’ni qog‘oz-havo-karton materiallar (banan, olma va boshqa mevalar korobkalari).
Ikkinchi tur materiallar - yog‘och materiallardan asosan turli o‘lcham va sig‘imga ega bo‘lgan konteyner, yashik, kuti, bochkalar tayyorlanadi bu idishlar bargli, tilag‘och va dub daraxtlari yog‘ochidan yasaladi. Yogochdan yasalgan idishdagi namlik 16-18% dan oshmasligi kerak. Bundan tashqari ildizmevali sabzavotlar, karam va boshqa ayrim meva sabzavotlar uchun yirik hajimli yog‘och konteynerlar ham ishlab chiqariladi.
Uchinchi tur materiallar - ham eng ko‘p qo‘llaniladigan materiallar jumlasidandir.Tabiy tola va sintetik toladan to‘qilgan idishlarga - kanop, yarim kanop, ip-gazlama kabilardan to‘qilgan qoplar, setkalar misol bo‘ladi. Matodan tikilgan koplar mahsulotni ifloslanishidan tejamli foydalanishga imkon beradi.
To‘rtinchi tur materiallar - keramik materiallar (chinni, sopol) asosan ziravorlarni qadoqlashda keng ishlatiladi.
Beshinchi tur materiallar - bugungi kunda qadoqlash vositalarini ishlab chiqarishda keng ishlatilmoqda. Bu metall idishlarga - bochka, flyagalar, banka, metal yashiklar, alyumin falgalar, shesternalar va konteynerlarni kiritish mumkin. Garchi falgalar alohida holatda ishlatilmasada, ular ko‘pgina qadoqlash idishlarini (qutilar, tetrapak karobkalar va hokozo) to‘ldiruvchi hisoblanadi yaniy birgalikda qo‘llaniladi.
Oltinchi tur materiallar - shisha materiallaridan ishlab chiqariladigan idishlarda mahsulotlar yaxshi saqlanadi. Shisha idishlarda asosan homashyolarni emas balki istemolga yaroqli tayyor qayta ishlangan mahsulotlarni qadoqlashda ishlatiladi. (1-rasim). Shisha idishlarga turli sig‘imdagi butilka, banka, balonlar kiradi.
Yettinchi tur materiallar - yani polimerlar bugungi kundagi eng zamonaviy va ytakchi materiallar diyish mumkin. Ular qadoqlash sohasida etakchi o‘rinni egallamoqda. Polimer materiallaridan tayorlangan idishlarga bochka, butilka, banka, stakan, flyaga, polietelin paketlar va plyonkalarni misol qilishimiz mumkin. Bunday idishlarning barcha turi muayyan talablarga javob berishi lozim: mahsulot bilan idish o‘zaro ta’sir kilmasligi, mahsulotning rangi, xidi, ta’mini, tarkibida kishi organizmi uchun zararli moddalar bo‘lmasligi shart.
Sakkizinchi tur materiallar - qishloq ho‘jaligi ekinlarini poyalari va poya qisimlari: makkajo‘horining maydalangan o‘zagi, poxol, kepak, sholi to‘poni, tariq to‘poni, qirindilar (lipa, tog‘terak, ol’xa, qoraqarag‘ay va po‘kak yormasi) dan olinadi.
O‘zlashtirish uchun savollar:

  1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashda qo‘llaniladigan idishlar necha turga bo‘linadi va bular qaysilar?

  2. Germetik yopiladigan idishlar?

  3. Idishlarning tuzilishi va turlarga bo‘linishi?

  4. Sanoatda shisha idishlarning olinishi?

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling