Mavzu: Qurilish materiallari sanoatida investitsion va innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yo’llari reja: kirish
Download 137.5 Kb.
|
Qurilish materiallari sanoatida investitsion va innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yo’llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Devor va poydevor qurilish materiallari
- 2. Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish
- 4. Qurilish texnologiyasini ishlab chiqarishga tadbiq etish
- Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
MAVZU: Qurilish materiallari sanoatida investitsion va innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yo’llari REJA: KIRISH 1.Devor va poydevor qurilish materiallari.Shift uchun ishlatiladigan qurilish materiallari.Tom uchun ishlatiladigan qurilish materiallari.Pol uchun ishlatiladigan qurilish materiallari.Eshik va deraza tayyorlash materiallari.Mahkamlovchi qurilish materiallari 2.Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish. 3.Qurilish texnologiyasini takomillashtirish. 4.Qurilish texnologiyasini ishlab chiqarishga tadbiq etish
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish Qurilish texnologiyalari bu qurilsh materiallaridan foydalangan holda binoni barpo etish demakdir.Har bir qurilish iahini balarishning ketma- ketligi, usuli qo`llabgan mashina va mexanizimlar, asbob- uskunalar, jihozlar YAMvaN,MMvaN, ish , ishbay, vaqtbay, mukofotli ishbay, tarif setkasi, tarif koeffitsienti, bu qurilish texnologiyasini tashkil etadi.Sifatni nazoratlash, birlamchi nazorat, laboratoriya nazorati,geodezik nazorat, ma’muriy nazorat, qurilish texnologiyalari yer ishlarini yuk oqimi, avtomobil transporti, traktor transporti, qilish texnologiyalariga no`linadi. Texnologik jarayon (qurilish jarayoni)-qurilish maydonida sodir bo‘lib, natijada tayyor barpo etilgan yoki qayta tiklangan bino yoki uning bir qismini hosil qiluvchi ishlab chiqarish jarayonidir. Ishlab chiqarish jarayoni oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni asosida ish quroli va ish predmeti yotadi. Ishchi ish quroli bilan ish predmetiga ta’sir etib ma’lum ish jarayonini hosil qiladi. Agar qurilish jarayoni bir ishchi yoki bir zveno tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lsa bunday jarayon oddiy qurilish jarayoni deb ataladi. Bir nechta oddiy jarayonlardan iborat jarayon murakkab jarayondir. Masalan, bir qavatli sanoat binosi ustunlari montaji oddiy jarayon bo‘lsa, bino karkasini montaj qilishni murakkab jarayon deb qarash mumkin. Qurilish jarayonlari mexanizatsiyalashganlik darajasiga nisbatan qisman mexanizatsiyalashgan, to‘la mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan qurilish jarayonlari ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonda qurilish materiallari Bekobod, Quvasoy, Angren, Ohangaron, Navoiy sement kombinatlari, Quvasoy va G‘azalkent oyna zavodlari, Ohangaron “Santexqo‘yma», “Ohangaronshifer” va qurilish-plastmassa kombinatlari, Angren keramika va Toshkent qurilish materiallari, Olmaliq va Kitob toshga ishlov berish zavodlari, Jizzax polietilen quvurlari va ohak zavodlari, Farg‘ona gaz apparatlari hamda Buxoro kulolchilik plitalari zavodlarida ishlab chiqariladi. Qurilish tovarlariga imorat va inshootlar, yashash xonalari va xona ichini remont qilish, jihozlash va qurish uchun kerak bo‘ladigan barcha buyum va materiallar kiradi. Qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyoj keyingi paytlarda o‘sib bormoqda. Buning asosiy sababi sanoat va yashash joylari qurilishining o‘sishidadir. Qurilish materiallari va buyumlariga bo‘lgan talablarni ortishi ularning sifatini yaxshilanib borishiga bog‘liqdir. Qurilish materillari kelib chiqishi, tarkibi, tayyorlanadigan xom ashyoning turiga va tayinlanishiga qarab turkumlanadi. Qurilish materiallari va buyumlari kelib chiqishi bo‘yicha tabiiy va sun’iy guruhlarga bo‘linadi. Tabiiy materiallariga: tosh, kvars qumi, tuproq, tabiiy yog‘ochlari kiradi. Sun’iy materiallari esa bu sanoat ishlovidan o‘tgan materiallar bo‘lib hisoblanadi. Bular: sement, g‘isht, oyna, lenolium, shiferlari kiradi. Qurilish materillari tarkibiga ko‘ra mineral va organik turlarga bo‘linadi. Mineral materiallarga: tosh, qum, oyna va boshqalar kiradi. Bu materiallar suvga chidamliligi, ximiyaviy ta’sirlarga chidamliligi, souqqa chidamliligi, yonmaslik, chirimaslik xususiyati bilan ajralib turadi. Shu bilan birga ular kamchiliklarga ham ega: ishlov berishning qiyinligi va og‘irligi. Organik materiallariga: yog‘och materiallari, polimerli materiallarga bo‘linadi. Organik materiallar ijobiy xususiyatlarga va shu bilan birga kamchiliklarga ham ega. Ijobiy xususiyatlari: deyarli yengilligi, issiqlikni o‘tkazmasligi, turli xil forma va o‘lchamli buyum sifatida oson ishlov berilishi bo‘lib hisoblanadi. Kamchiligi: chidamsiz, ximiyaviy ta’sirlarga chidamsizligi, yonuvchanligi, kemiruvchanligi, chirishi bo‘lib hisoblanadi. Tayyorlanishi va sarflanadigan xom ashyosining turiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: toshli, oynali, metalli, yog‘ochli va bituminozali materiallarga bo‘linadi. Tabiiy oshlarga tog‘ toshlari kiradi. Sun’iy toshli materiallar esa kuyidirilgan va kuydirilmagan turlarga aralashmasidan olinadi. Kuydirilgan sun’iy toshli materiallarga g‘ishtlar, plitalar kiradi. Qurilish materiallar tayinlanishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: mineral bog‘lovchi vositalar, devor va to‘siqlar uchun materiallar, tomni yopishda qo‘llaniladigan materiallar, tomni yopishda ishlatiladigan materiallar, yoritish uchun ishlatiladigan materiallar, oblitsovka va obdelka materiallariga bo‘linadi. Bu guruhdagi materillar o‘z navbatida assortimenti bo‘yicha quyidagi belgilari bilan turlarga ajratiladi: 1) strukturasi (g‘ovak, zich, bo‘sh, qattiq); 2) o‘lchami va shakli bo‘yicha; 3) pardozi bo‘yicha; 4) rangi bo‘yicha; 5) buyumning nomi; 6) markasi bo‘yicha turlarga bo‘linadi. Mineral bog‘lovchi vositalar 2 ga bo‘linadi havo yordamida birikadigan va gidravlik, ya’ni suv yordamida birikadigan vositalar. Oblitsovka va obdelka materiallariga material turi deyarli bir xil bo‘lgani bilan vazifasi turlicha bo‘ladi, masalan: ohak xona ichkarisini ko‘rinishini yaxshilash uchun, xona tashqarisini esa namlik o‘tishidan saqlash vazifasini bajaradi. Marmar toshchalar esa namlikni yaxshi o‘tkazganligi bilan ohakni to‘kilib ketishidan saqlaydi. Har xil gul qog‘ozlar obdelka materiallariga kiradi. Poydevor uchun, asosan, sement ishlatiladi. Sementlar uch turga bo‘linadi: 1. Portlandsement (Buyuk Britaniyaning yarim orol nomiga qo‘yilgan). Sementning eng ko‘p ishlatiladigan turi bo‘lib, ishlab chiqarilishi XIX asrning birinchi choragida boshlangan. 20-25 % gil va 75-80 % ohakdan iborat bo‘lib, 14500S da qizdirib olinadi. Portlandsementni suvosti inshootlarida ishlatish tavsiya qilinmaydi. 2. Shlakoportlandsement. Bu sementning kimyoviy chidamliligi yuqori bo‘lib, ohak-gilga gips va shlak qo‘shib qizdiriladi. Yer osti qurilmalari uchun ishlatiladi. 3. Pussolon portlandsementi. Italiyadagi portlardan birining nomidan olingan bo‘lib, ohak-gilga gips va tarkibi kalsiy, temir, kaliy, magniy oksidlaridan iborat bo‘lgan pussolon qo‘shib qizdiriladi. Ortiqcha sovuq va issiq bo‘lmagan joylarning yer osti qurilmalari uchun ishlatiladi. Sementlarning rusumi 800 gacha bqlib, undan quyilgan betonning bir santimetr kvadrati kilogramm hisobida ko‘tara oladigan yukning og‘irligini ko‘rsatadi. Beton uch kunda faqat 50 % miqdorda qotib yarim kuchga ega bo‘ladi. Shuning uchun uch kungacha devor ko‘tarilmay turadi. U 28 kunda to‘la qotadi. Sementlar saqlanish davrida namlik, uglerod angidridi ta’sirida sodir bo‘ladigan gidratatsiya va karbonizatsiya natijasida 3 oyda 20 %, 6 oyda 30 %, bir yilda 40 % kuchini yo‘qotadi. Devor uchun g‘isht ishlatiladi. G‘isht gildan yoki qum va ohak aralashmasidan tayyorlanadi. Gildan tayyorlanadigan g‘ishtlar uchun tarkibida 50-75 % kremnezem bo‘lgan gil ishlatiladi. Qolipdan chiqqan g‘isht eng kamida uch kun quritilgach, 10000S da qizdirib tayyorlanadi. G‘ishtlar yaxlit va ichi g‘ovak shaklida ishlab chiqariladi. Asosan 75, 100 va 125 rusumli qilib tayyorlanadi. Yaxshi pishgan g‘ishtning rangi qizil, bolg‘a bilan o‘rganda jarangli, yaxshi pishmagani och, alvon rangda, bolg‘a bilan urganda jarangsiz tovush chiqaradi. Qiyin eriydigan gillardan yo‘l uchun 400, 600 va 1000 rusumli g‘ishtlar ham tayyorlanadi. Qum hamda ohakdan tayyorlanadigan silikat g‘ishti 92-95 % qum va 5-8 % ohak aralashmasidan bug‘xonada 1750S issiqlikda pishirib olinadi. 2. Shift uchun ishlatiladigan qurilish materiallari. Yog‘och, shisha va gil asosida tayyorlanadi. Shift uchun ishlatiladigan yog‘och qurilish materiallari bolor, faner shaklida ishlab chiqariladi. Bolor uchun ignabargli daraxtlar (qarag‘ay, qora qarag‘ay, oq qarag‘ay, kedr) g‘o‘lasi ishlatiladi. Ular yaproqli daraxtlarga nisbatan pishiqroq va namga chidamliroq. G‘o‘lalarning diametri 6-24 sm Bo‘lib, 14-24 smlilari yirik va 6-13 smlilari ingichka xoda deb yuritiladi. Uzunligi 3-6,5 m bo‘ladi. O‘lchashda g‘o‘laning faqat ingichka tomoni nazarga olinadi. Ular uch navga bo‘linadi. Navi va diametrining birliklar soni g‘o‘laning ko‘ndalang kesimiga yoziladi. Fanerlar turli daraxtlardan shilib olingan yupqa taxtalardan 3-13 qavatli qilib ishlab chiqariladi. Fanerlar 2-18 mm qalinlikda tayyorlanadi. Shift uchun faner o‘rniga yog‘och-tola taxtalari (DVP) ham ishlatilishi mumkin. Yog‘och tola taxtalari yog‘och tolalari va qog‘oz qiyqimlarini namlab, 2400S da presslash yo‘li bilan olinadi. Yog‘och tarkibidagi pektin moddalari yelim vazifasini bajaradi. Qattiqligi bo‘yicha yumshoq, yarim qattiq, qattiq turlarga ajratiladi. Egishga pishiqliligi bo‘yicha 20-500 rusumlarda chiqariladi. Bu raqamlar uni bir santimetr kvadrat yuzasi necha kilogramm yuk ta’sirida egilishini ko‘rsatadi. DVP ning qalinligi 2,5-25 mm atrofida bo‘ladi. 3. Tom uchun ishlatiladigan qurilish materiallari Tomni yopish uchun yog‘och, asbest-sement, po‘lat va karton asosida tayyorlangan materiallar qo‘llaniladi. Tomning to‘rt tomoniga to‘sin qo‘yilib, unga qirrasi bilan joylashtirilgan stropil qoqiladi. To‘sinlar ignabargli daraxtlardan chorqirra qilib tayyorlanadi. Stropil uchun sha daraxtlarning qalin taxtasi ishlatiladi. Brus va taxtalar po‘stlog‘i tilingan va tilinmagan shakllarda bo‘lishi mumkin. Stropil ustiga yupqa yoki ensiz taxtachalar qoqilib, uning ustiga asbest va sementdan bug‘ ta’sirida to‘lqinsimon qilib ishlab chiqarilgan shiferlar qoqiladi. Ular 4-6 to‘lqinsimon qilinib, 5,5-6 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Uzunligi 600-1750 mm hamda eni 455-1125 mm bo‘ladi. Tom qirralari uchun ishlatiladigan turi konki deyiladi. 4. Pol uchun ishlatiladigan qurilish materiallari Pol materiallari sifatida yog‘och, kulolchilik buyumlari ishlatiladi. Yog‘ochdan pol taxta, uning tagiga qo‘yiladigan laga, qirg‘oqlariga qoqiladigan plintus va parket deb ataladigan taxtachalar yasaladi. Pol taxta ignabargli daraxtlardan tayyorlanadi. Beton pollarni qoplash uchun polivinilxlorid, nitrotsellyuloza va rezina qoldiqlaridan linoleum va remenlar ishlab chiqariladi. Linoleumlar gazlama asosida ham tayyorlanishi mumkin. Uning teskari tomonidan gazlama ko‘rinib turadi. Polivinilxloriddan tayyorlangan linoleum chidamliroq, ular gullik va sidirg‘a bo‘lishi mumkin. Gullik linoleumlar yuza tomondan polivinilxloridning yupqa pardasi bilan qoplanadi. Hammom va hojatxona pollari uchun kulolchilik plitalari ishlatiladi. Ularning rangli va guldor, sirlangan, sirlanmagan turlari bo‘lib, qiyin eriydigan gillardan 1250-12800S da qizdirib olinadi. 5.Eshik va deraza tayyorlash materiallari Eshik va deraza tayyorlash materiallari. Bu guruhga tayyor eshik, deraza romlari va oynalari kiradi. Deraza va eshiklar ignabargli daraxtlar yog‘ochlaridan yasaladi. Deraza romlari bir qavatli va qo‘sh qavatli, 2-3 tavaqali, darchali (fortochkali) qilib ishlab chiqariladi. Deraza va eshiklar qutisi bilan birgalikda blokni tashkil etadi. Deraza oynalari ohakli-natriy shishasidan 2-6 mm qalinlikda chiqariladi. Bundan tashqari, qalinligi 7 mmli sayqallangan eshik, mayda yoriqchali, naqshli va turli metalli issiqxona oynalari hamda chiniqtirilgan oynalar tayyorlanadi. Ohak, ganch, gulqog‘oz va turli kulolchilik plitalari pardozlash materiallari kiradi. Gulqog‘ozlar 4-12 rangda chiqariladi. Ba’zilari qat-qat burmali (gafreli), bosma va bo‘rtma naqshlidir. Ularning yuviladigan turining sirti polivinilxlorid pardasi bilan qoplanadi. Kulolchilik plitalari binoning ichi va old tomonini bezash uchun qo‘llaniladi. Binoning ichi uchun ishlatiladigan turi 20 % chinnigul (kaolin), 30 % gil, 40 % oq qum va 10 % pegmatit aralashmasidan pishirilgan fayansdan qilinadi. Bularning oq, rangdor va gul bosilgan turlari bo‘ladi. Ba’zilari bo‘rtma naqshli qilib ishlab chiqariladi. Devorning old tomoni uchun ishlatiladigan plitalar 35 % oq gil (kaolin), 15 % gil, 25 % oq qum va 25 % pegmatit aralashmasidan pishirilgan yarim chini hisoblanadi. Fayansdan tayyorlangan plitalarga o‘xshash har xil turda ishlab chiqariladi. Bularning sirlanmagan turlari ham bo‘ladi. 6. Mahkamlovchi qurilish materiallari Mahkamlovchi qurilish materiallari sifatida mix, burama mix, bolt bilan chayka va mixparchinlar ishlatiladi. Mixlar qalpoqchasining ko‘rinishiga qarab qurilish, tol va shifer mixlariga ajratiladi. Qurilish mixlarining qalpoqchasi yapaloq, diametri o‘zagiga nisbatan ikki barobar katta. Mixning uzunligi 8-250 mm atrofida. Pol mixlarining qalpoqchasi yapaloq, diametri mixning o‘zagiga nisbatan o‘n barobar katta, uzunligi 20-40 mm. Shifer mixlarining qalpoqchasi konussimon bo‘lib, o‘zagiga nisbatan 2,5 barobar yo‘0on. Burama mixlar (shuruplar) otvertka yordamida qotiriladi. Buraladigan joyi to‘g‘ri chiziq va to‘rt qirrali chuqurcha shakllarida bo‘ladi. Bular metall qismlarni yog‘ochga ulash uchun ishlatiladi. Boltlar metall qismlarni bir-biriga ulaydi, chayka bilan qotiriladi. Mahkam qotirilishi uchun boltga shayba kiydirilib, keyin chayka bilan qotiriladi. Mixparchinlar tunukalarni ulashda qo‘llaniladi. Sanitariya-texnik jihozlari. Bu guruhga uyni isitish, oshxona, vannaxona va hojatxona uchun ishlatiladigan jihozlar kiradi. Uyni isitish jihozlari cho‘yan yoki sirlangan po‘latdan qilingan to‘rt burchakli qozon, cho‘yan radiatorlar hamda po‘lat quvurlardan iborat bo‘lib, gaz orqali ishlaydi. Qozon quvvatiga qarab 3-10 qismli bo‘ladi. Oshxona uchun gazda ishlaydigan suv isitgich, idish-tovoq yuvgich va plitalar ishlab chiqariladi. Plitalar 2-4 komforkali bo‘lib, polga o‘rnatiladigan duxovkali, stol ustiga qo‘yiladigan hamda ballonda ishlaydigan turlari mavjud. Uyni isitish qozonlari va suv isitkichlarda suv to‘xtaganda, alanga o‘chganda, mo‘rining tortishi susayganda gazni berkitadigan asboblar bo‘lishi kerak. Idish-tovoq yuvgichlar po‘latdan yasalib, rakovina va orqa tunukadan iborat bo‘ladi. Ba’zan ikki rakovinali qilib javonga o‘rnatilgan shaklda ishlab chiqariladi. Ularning ikki jo‘mrakli aralashtirgichi bo‘lishi mumkin. Vannaxonalar uchun sirlangan cho‘yan vannalar va fayans yoki yarim chinnidan yasalgan qo‘l-bet yuvgichlar mavjud. Hojatxonalar uchun yarim chinnidan yasalgan unitazlar ishlab chiqariladi. Po'lat ishlab chiqarishda yoqilg'i sifatida asosan tabiiy gaz, elektr, argon gazi ishlatiladi. Shuningdek, elektr toshqol bilan qayta eritib maxsus po'lat olish, elektr nuri bilan eritish, plazmali yoy bilan eritish usullari po'lat olishda keng tarqalgan. Sanoatdagi inshootlar juda murakkab texnologiyalarga asoslangan. Barcha ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashgan mexanizmlardan tashkil topgan. Sifatli po'lat ishlab chiqarishda kislorod-konvertor hamda po'latni uzluksiz quyish texnologiyasi eng samarali deb hisoblanmoqda. Bunday usul bilan quyilgan po'lat quymasi kirishmaydigan va nuqsonsiz bo'ladi. Qurilish materiallari ichida rangli temirlar va ular aralashmasidan olinayotgan eritmalar alohida o'rin tutadi. Jumladan, alyumin va ular asosida olinadigan boshqa rangli temir buyumlarning qurilishdagi salmog'i kattadir. Rudadan qo'rg'oshin, rux, kadmiy, germaniy, selena, indiy, galliy va shu singari rangli temirlarni ajratib olish texnologiyalari mavjud. Temir sanoati o'sishi bilan ikkilamchi toshqollar miqdori ortmoqda. Toshqoldan yanada samarali Qurilish materiallari ishlab chiqarish og'ir sanoatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Uglerodli temir eritmalaridan olinadigan ashyolarga asosan po'latni kiritish mumkin. Po'latni yuqori haroratda eritganda yoki sovitganda uglerodning kamayishi yoki ortishi xisobiga po'latning xossalari keskin o'zgaradi. Eritma tarkibida uglerod miqdori 2 % gacha bo'lsa – po'lat, 2 %dan ortsa cho'yan deb ataladi. Po'latda uglerod 1 % bo'lsa, uning erish harorati 1539°S ga teng. Kristallanish jarayoni 1490°S da boshlanib, 1320°S da tugaydi. Harorat 910°S va 758°S ga tushganda eritma qattiq holatga o'tadi. Sovish jarayonida temir uglerodli po'lat eritmasining tuzilishi har xil holatda bo'ladi: Sementit. Eritmada uglerod mikdori 6,7 %gacha bo'lganda hosil bo'ladi. Eritma sovishi jarayonida undagi sementit parchalanib ferrit va grafitga aylanadi. Semenit juda qattiq va mo'rt. Ferrit – alьfatemirdagi uglerodning qattiq eritmasi. Uning mustahkamligi va qattiqligi kichik, qayishqoqligi yuqori. Perlit – tarkibida 0,8 % uglerod bo'lgan evtektoid. U ferrit va sementitning mayda kristallari aralashmasidan iborat. Austenit – gamma-temirdagi uglerodning qattiq eritmasidir. U qayishqoq, kimyoviy chidashi va magnitsiz. Ledeburit – tarkibida 4,3 % uglerod bo'lgan evtektid. U austenit bilan sementitning eritma holatida boshlang'ich kristallarning aralashmasidan hosil bo'ladi. Harorat 723°S ga pasayganda, ledeburit tarkibi asosan sementit va perlitdan tashkil topadi. Temirning xossalari Qurilishda ishlatiladigan temirlarning xossalari maxsus tajribaxonada mexanik va texnologik usullar vositasida aniqlanadi. Temirning mexanik xossalariga uning cho'zilishdagi mustah¬kamlik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, cho'ziluvchanligi, qattiq¬ligi, zarbdagi qayishqoqligi; texnologik xossalariga esa suyuq holatdagi oquvchanligi; payvandlanishi, bolg'alanuvchanligi, elektr tokini o'tkazuvchanligi, magnitlanishi va boshqalar kiradi. Cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi deganda temir namunani cho'zganda uning uzilish vaqtidagi kuchlanish tushuniladi. Oquvchanlik chegarasi – namunani cho'zishda berilgan kuch o'zgarmagan holatda cho'zilishning davom etishi. Cho'zilishi – temir namunaning boshlang'ich va cho'zgandan keyingi o'lchamlarining nisbati. Eng yuqori kuchlanish vaqtida namunaning cho'zilishi bilan qo'yilgan kuch orasidagi farq proportsional chegara deb ataladi. Namunani sinaganda ilk bor plastik deformatsiya alomatlari aniqlangandan keyin yuk olinadi va qolgan kuchlanishga qayishqoqlik chegarasi deyiladi. Temir namunalar maxsus cho'zuvchan mashinada sinaladi. Bunda, yukning ortishi bilan namunaning cho'zilishi egri chiziq bilan yozib boriladi va uni cho'zilish diagrammasi deb ataladi. Ayrim temir namunalarni cho'zganda cho'zilish diagrammasida oqish chegarasi deb ataladigan yassi chiziq hosil bo'ladi. Boshqalarida esa yukning ortishi bilan namuna bir tekisda cho'zilaveradi. Tarkibida har xil miqdorda uglerod bo'lgan po'latning cho'zilish diagrammasini quyidagi 1-rasmdan qo'rish mumkin. Temirning mustahkamligi qattiqliga orqali ham ifodalanadi. Temirning qattiqligini uning yuzasiga qo'yilgan po'lat zoldirni katta kuch bilan bosganda qoldirgan izining diametri va chuqurligi orqali aniqlanadi (Bryunel usuli) yoki bo'lmasa olmos konusining botish chuqurligi orqali (Rokvell usuli) topish mumkin. Temir ishlab chiqarish texnologiyasi Cho'yan ishlab chiqarish. Cho'yan – temir rudasi hamda temir chiqindilari va flyuslarni eritib olinadi. Tog' jinsi tarkibidagi temir har xil moddalar kislorod, oltingugurt va hokazolar bilan kimyoviy birikkan holatda bo'ladi. Cho'yanda temirning har xil turlari mavjud. Jumladan, 72 %gacha magnitli temir (G'e3O4), 70 % qizil temir (2G'e2O3 3N2O) lar bunga misol bo'ladi. Shuningdek, cho'yan tarkibida legirlovchi aralashmalar bo'lgan (xrom, nikel, titan, marganets va boshq.) rangli temir rudasidan ham olinadi. Temir rudasidan cho'yan va rangli temirlarni ajratib olish hamda erish haroratini pasaytirish maqsadida eritmaga flyuslar yoki erituvchilar qo'shiladi. Cho'yan ishlab chiqarishda yoqilg'i o'rnida koks (toshko'mirning quruq haydalgani) termonitratsit, tabiiy gaz ishlatiladi. Temirga 2 % uglerod qo'shib eritilsa cho'yan hosil bo'ladi. Uning tarkibidagi Si, Mn foydali, R, S zararli aralashmalar hisoblanadi. Cho'yan olish uchun temir rudasi flyus, yonuvchan moddalar qatlam-qatlam qilib domna o'chog'ining eng yuqori qismidan to'kiladi. Domna o'chog'i tik o'rnatilgan, ichki qismi o'tga chidamli glinozem toshlari bilan qoplangan po'lat shaxtadir (2-rasm). Domna o'chog'ini quyi qismidagi cho'yan eritmasi bilan suyuq toshqolning tarnovlar orqali tushishi hisobiga maydalangan xom ashyo bilan to'lg'azib turiladi. O'choqning quyi qismidagi yuqori harorat yuqoridagi xom ashyo qatlamlarini quritadi va nihoyat u eriydi. Erigan cho'yanning og'irligi toshqolga qaraganda katta bo'lgani sababli, u domna o'chog'ining quyi qismiga yig'iladi (cho'yanning zichligi 7803 kg/m3, toshqolniki 2310 kg/m3 dan 3030 kg/m3 gacha) va tarnov orqali qoliplovchi qozonga quyiladi. Cho'yan eritmasi yuzasidagi suyuq toshqol uni oksidlanishdan va tez sovishdan saqlaydi. Suyuq cho'yan (14200S) o'choqning quyi qismidagi tarnov orqali qoliplarga quyiladi. Temir sanoatida suyuq cho'yanni bosim ostida va markazdan qochirma (quvurlar, halqalar va h.k.) usullar bilan qoliplash texnologiyasi keng tarqalgan. Qolipga quyilgan cho'yan to'la qattiq holatga o'tishining boshlang'ich daqiqalarida biroz kengaysada, ammo soviganda 1 % ga kirishadi. Qotayotgan cho'yanni 980–1050°S da 2–3 soat chiniqtirilsa, biroz qayishqoq xususiyatga ega bo'ladi. Bunday cho'yanni qotish jarayonida ikki po'lat ro'la orasidan siqib o'tkazilsa, yupqa tasmasimon holatga o'tadi. Keyin uni to'la qotishidan oldin teshish, kesish yoki egish mumkin bo'ladi. Po'lat ishlab chiqarish. Po'lat konvertor, marten yoki elektr o'choklarida olinadi. Konvertor usulga ko'ra o'choqdagi erigan cho'yanni boyitilgan kislorodli havo bilan tozalanadi. Oksidlash jarayonida po'lat chala oksidlar bilan to'yingan bo'ladi. Po'lat xossalarini yaxshilash maqsadida eritmaga 51, Mp, A1 va boshqa moddalar qo'shiladi. Marten usulida po'lat olish uchun o'choq olov bilan qizdirilib, qayta ishlangan cho'yan, po'lat parchalari va flyus eritiladi. Yoqilg'i sifatida gaz yoki suyuq ashyo ishlatiladi. Eng yuqori sifatli po'lat olishda kislorod-konvertor usuli keng ishlatiladi. Bu usulga ko'ra, kislorod suyuq cho'yanning ustki qismidan haydaladi va po'latning sifatli bo'lishligini ta'minlaydi. Po'latni elektr toki bilan eritib olish usuli cho'yan aralashmasining oksidlanishini tezlatishda hamda chala oksidlanishining oldini olishda qo'llaniladi. Cho'yan xossalari. Tuzilishiga ko'ra cho'yanlar oq va kulrang bo'ladi. Bunday ranglar, cho'yanni ikkiga bo'lganda unda sementit yoki grafit borligini bildiradi. Oq cho'yan mo'rt va juda qattiq. U asosan po'lat va bolkalashbop cho'yan olishda ishlatiladi. Kulrang cho'yanning mexanik xossalari asosan undagi grafit singari moddalarning miqdoriga bog'liq. Mo'rtligi bo'yicha oq cho'yandan keyin turadi. Ishlatilayotgan vaqtdagi siqilishga bo'lgan mustahkamligi cho'zilishga qaraganda 3–4 marta katta bo'ladi. U asosan siqilishga ishlaydigan buyum va konstruktsiyalar (ustun, tayanch taglik, oqova suv quvurlari va h.k.) tayyorlashda ishlatiladi. Kulrang cho'yanning mexanik xossalarini yanada yaxshilash uchun oq suyuq cho'yanga maxsus modifikatorlar qo'shiladi va yuqori mas'uliyatli ob'ektlar qurilishida ishlatiladi. Bolg'alashbop cho'yan yuqori plastikligi, qayishqoqligi hamda qayta ishlash osonligi bilan boshqa cho'yanlardan farq qiladi. Oq cho'yan neytral yoki oksidlovchi (qum yoki simobda) muhitda uzoq vaqt (100 soat) davomida yuqori haroratda (980–760°S) qizdirib olinadi. Bu jarayon cho'yanning toliqishi deb ataladi. Qurilishda po'lat, plastmassa, shishaplastik, sitall, shisha, sopol singari ashyolar ishlatiladigan joylarda cho'yan ishlatilsa ancha qimmatga tushadi. Cho'yan asosan mas'uliyat katta bo'lgan ob'ektlar qurilishida ishlatilishi lozim. Masalan, oqova suv quvurlari ishlatiladigan juda zararli muhitda cho'yan ancha chidamlidir. Cho'yan xossalari. Tuzilishiga ko'ra cho'yanlar oq va kulrang bo'ladi. Buiday ranglar, cho'yanni ikkiga bo'lganda unda sementit yoki grafit borligini bildiradi. Oq cho'yan mo'rt va juda qattiq. U asosan po'lat va bolgalashbop cho'yan olishda ishlatiladi. Kulrang cho'yanning mexanik xossalari asosan undagi grafit singari moddalarning miqdoriga bog'liq. Mo'rtligi bo'yicha oq cho'yandan keyin turadi. Ishlatilayotgan vaqtdagi siqilishga bo'lgan mustahkamligi cho'zilishga qaraganda 3—4 marta katta bo'ladi. U asosan siqilishga ishlaydigan buyum va konstruktsiyalar (ustun, tayanch taglik, oqova suv quvurlari va h.k.) tayyorlashda ishlatiladi. Kulrang cho'yanning mexanik xossalarini yanada yaxshilash uchun oq suyuq cho'yanga maxsus modifikatorlar qo'shiladi va yuqori mas'uliyatli ob'ektlar qurilishida ishlatiladi. Bolg'alashbop cho'yan yuqori plastikligi, qayishqokligi qamda qayta ishlash osonligi bilan boshqa cho'yanlardan farq qiladi. Ok, cho'yan neytral yoki oksidlovchi (qum yoki simobda) muhitda uzoq vaqt (100 soat) davomida yuqori haroratda (980—760°S) qizdirib olinadi. Bu jarayon cho'yanning toliqishi deb ataladi. Qurilishda po'lat, plastmassa, shishaplastik, sitall, shisha, sopol singari ashyolar ishlatiladigan joylarda cho'yan ishlatilsa ancha qimmatga tushadi. Cho'yan asosan mas'uliyat katta bo'lgan ob'ektlar qurilishida ishlatilishi lozim. Masalan, oqova suv quvurlari ishlatiladigan juda zararli muhitda cho'yan ancha chidamlidir. Shuningdek, suyuqsanoat chiqindilari uchun ham cho'yan quvurlar ko'p ishlatiladi. Hozirgi vaqtda ishqalanishda zarar keltiruvchi oqova suvlar uchun ikki qatlamli temir toshqol quvurlari ishlatilmoqda. Bunday quvurlar markazdan qochiruvchi uskunalarda tayyorlanib, ularning tashqi qismi temir, ichki qatlami esa toshqoldan ishlanadi. Po'latning xossalari. Qurilishda temir konstruktsiyalar tayyorlashda asosan oddiy uglerodli, qizdirib qayta ishlangan konvertordan chiqqan, kam legirlangan konstruktsiyabop po'latlar ishlatiladi. Dinamik (to'satdan ta'sir etuvchi kuch) kuch ta'sirida ishlaydigan konstruktsiyalar marten o'chog'ida eritilgan yoki kam legirlangan po'latlardan tayyorlanadi. Qurilishda payvandlaydigan konstruktsiyalar tayyorlashda oqish chegarasi (350—400) 9,8•105 N/m2 ga teng bo'lgan mustahkamligi oshirilgan po'latlar hamda oqish chegarasi (600—800) 9,8•105 N/m2 ga teng yuqori mustahkam po'latlarni ishlatish iqtisodiy tomondan samaralidir. Qurilish konstruktsiyalarini tayyorlashda asosan kam uglerodli va kam legirlangan po'lat navlari ishlatiladi. Kam legirlangan po'lat ishlatilganda 20 %ga, yuqori mustahkam po'lat ishlatilganida esa 40 %ga yaqin po'latni tejash mumkin. Po'lat xossalarini yaxshilash maqsadida, uning tarkibiga legirlovchi qo'shilmalar qo'shiladi va legirlangan po'lat hosil bo'ladi. Legirlovchi qo'shilmalar po'lat xossalariga har xil ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, xrom po'latning o'tga, yeyilishga, zararli muhitda zanglashiga chidamliligini, nikelь qayishqoqligini va mustahkamligini oshiradi. Xrom bilan nikelь zarbdagi qayishqoqligini oshiradi. Marganets oz miqtsorda qo'shilsa po'latdagi oltingugurtni zararsizlantiradi, ko'p qo'shilsa po'latning qattiqligini va yeyilishiga bardoshliligini oshiradi. Shuningdek, zarbdagi qayishqoqligini kamaytiradi. Kremniy qattiqligi va mustahkamligini oshiradi, plastikligini, bolg'alanishini, payvandlanishini va zarbga qarshiligini kamaytiradi. Barcha legirlovchi qo'shilmalar po'latning qizishini tezlashtiradi. Po'latdagi legirlovchi qo'shilmalarning miqdoriga ko'ra, ko'p legirlangan, legirlangan va kam legirlangan po'lat turlari farqlanadi. Qurilishda asosan kam legirlangan po'latlar ishlatiladi. Bunday po'lat tarkibida legirlovchi qo'shilmaning bittasi yoki bir nechasining umumiy mikdori 5 %ni tashkil etadi. Qurilish po'latlarining mexanik xrssalari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. Qumli (yoki yirik to'ldirgichsiz) beton qorishma suv, qum va har xil qo'shilmalar bilan qorishtirib tayyorlanadi. Qurilish qorishmalari suvoqchilikda, tosh, g'isht, bloklar va boshqalardan devorlar qurishda, devorbop bloklar, plita-taxtalar tayyorlashda ishlatiladi. Bunda to'ldirgichlarning yiriyushgi 5 mm. dan ortmasligi lozim. Zichligiga ko'ra oddiy – zichligi 1500 kg/m3 dan katta va yengil – zichligi 1500 kg/m3 dan kichik bo'lgan qurilish qorishmalari farqlanadi. Oddiy qorishmalar uchun to'ldirgich sifatida zichligi (1500 kg/m3 dan) katta bo'lgan daryo toshlaridan maydalab ishlangan qumlar, yengil xili uchun esa govakli yengil qumlar (keramzit, agloporit, pemza) ishlatiladi. Qorishmadagi bog'lovchi moddalarning xiliga ko'ra oddiy qorishmalar – sement, ohak, gips yoki murakkab qorishmali sement-ohak, sement-tuproq, ohak-gipsli kabi turlarga bo'linadi. Ishlatilishiga ko'ra qorishmalar devorbop, pardozbop va maxsus qorishmalarga bo'linadi. Qurilish qorishmalari uchun bog'lovchi moddalar sifatida portlandtsement, toshqol-portlandtsement, putstsolan-portlandtsementlar ishlatiladi. Bunday bog'lovchilar bilan tayyorlangan qorishmalar suv, nam yoki boshqa zararli muhitda inshootlar qurishda ishlatiladi. Odatda, ishlatiladigan gidravlik bog'lovchilarning markasi qorishma markasidan 3—4 marta katta bo'lishi kerak. Nam va suv ta'siridan uzoq, quruq sharoitdagi qurilish .qismlari uchun havoyi ohak, tuproq va gipsli bog'lovchi moddalar ishlatiladi. Yirikligi 5 mm. dan kichik tabiiy (kvartsli, dala shpati hamda maydalangan zich va g'ovakli tog' jinslari) va sun'iy (pemzali, keramzitli, perlitli) qumlar qorishmalar uchun samarali to'ldirgichdir. Agar qorishmalar suv, nam va zararli muhit ta'sirida bo'ladigan qurilish ob'ektlari uchun ishlatilsa, asosan, gidravlik bog'lovchi, mayda to'ldirgich va tegishli qo'shilmalar, qolgan joylarida esa havoyi bog'lovchilar yoki sementlar bilan aralashgan tarkibda ishlatiladi. Qum tarkibida tuproq bo'laklari yoki zararli aralashmalar bo'lsa, elakdan o'tkazib tozalanadi. G'isht terishda yirikligi 2 mm. dan katta bo'lmagan qumlar ishlatiladi. Markasi M 50 bo'lgan qurilish qorishmalarida soz tuproqchanglari 20 %gacha bo'lishi mumkin. Qorishmalarning plastikligini oshirishda plastifikator-qo'shilmalarning ahamiyati katta. Chunki, g'ovak asosga (g'isht, yengil beton, serg'ovak toshlar) yupqa qorishma bilan g'isht terganda yoki suvoq qilganda, u o'zidagi suvni saklagan holda qotishini ta'minlanmasa asos suvni tezda o'ziga singdiradi va qorishmaning mustahkamligi keskin kamayadi. Qorishmaning suv ushlashligini va plastikligini ta'minlashda anorganik va organik qo'shilmalar ishlatiladi. Suv va namni o'zida saklab turadigan qo'shilmalar (ohak, kul, tuproq, diatomit, tuyilgan toshqol va h.k.) qorishmaning plastikligini oshiradi. Bunday qo'shilmalarda organik aralashmalar, suvoq yuzasida oq dog'lar hosil qiluvchi tez eruvchan tuzlar bo'lmasligi kerak. Tuproqni qorishmaga suvli quyqa holatda qo'shiladi. Qurilish qorishmapariga sirti faol plastiklovchi va xavo pufakchalarini o'ziga singdiruvchi organik qo'shilmalardan sovunsimon yog'och peki, kanifol sovuni, milonaft, LST lar qo'shiladi. Bunday qo'shilmalarning afzalligi shundaki, ular qorishmaning sovuqqa chidamliligini oshiradi, suv shimuvchanligi va kirishishini kamaytiradi. Qishda qorishmalarning tez qotishi uchun ularga muzlashning oldini oluvchi qo'shilmalar — xlorli kalьtsiy, potash, xlorli natriy, xlorli ohak ishlatiladi. Suvoqbop qorishmalarning mustahkamligi g'isht, tosh terishda ishlatiladigan qorishmaga nisbatan past bo'ladi (0,2–1MPa). Bunday qorishma uchun asosiy ko'rsatkich uning qulay joylanuvchanligi, yuqori yopishqoqligi, asos bilan mustahkam birikishi va qotish jarayonida uning sirtida darz hamda yoriqlar hosil bo'lmasligidir. Agar suvoqbop qorishma konstruktsiyani zararli muhitdan saqlash maqsadida ishlatilsa, u holda qorishmaning mustahkamligi yuqori, zich, chidamli va o'zidan suv o'tkazmaydigan bo'lishi kerak. Suvoqbop qorishma quyuq bo'lsa, yupqa qatlamda devor yuzasiga yotqizilganda kichik choklarni to'lg'azmaydi va tegishli sirt bilan mustahkam birikmaydi. Shu sababli, suvoqbop qorishmalar yuqori yoyiluvchi, ya'ni mayin qilib tayyorlanadi. Oddiy suvoq uch qatlamdan iborat. Birinchi qatlam – qora suvoq deb ataluvchi yuzani tayyorlash qatlami bo'lib, uning qalinligi 5–8 mm. ga teng. Bunda, qorishmaning yoyiluvchashgagi yoki konusning cho'kish chuqurligi 3–12 sm bo'lishi kerak. Ikkinchi – asosiy qatlamning qalinligi 5–12 mm, qorishmaning yoyiluvchanligi esa 7–8 sm bo'ladi. Uchinchi – pardozlash yoki tekislash qatlamining qalinligi 1,5–2 mm. Bu qatlam uchun qorishmaning yoyiluvchanligi 7–10 sm bo'lishi kerak. Bino devorlarining ichki sirtini suvashda, asosan, ohakli va ohak-gipsli qorishmalar ishlatiladi. Bunda birinchi qatlam uchun qorishma tarkibi 1:3, ikkinchi qatlam uchun esa 1:2 nisbatda olinadi. Agar devor yog'ochdan bo'lsa, ko'pincha ohak-gips qorishmasi ishlatiladi. Ko'priklar, poydevorlar, gidrotexnik inshootlar – kanal qirg'oqdariga yotqiziladigan temirbeton plitalarning suv o'tkazuvchanligini kamaytirish maqsadida ularning sirti (1:2, 1:3 tarkibdagi) «yog'liq» qorishmalar bilan suvaladi. «Yog'liq» qorishmali suvoqlarning zichligini va suv o'tkazmasligini oshirish uchun qorishma bosim ostida yotqiziladi. Buni torkretlash usuli deb ataladi. Bunda sement va qum «tsement pushka» deb ataluvchi apparatga solinadi va aralashtirib 2–3 atm. bosimi ostida konstruktsiya yoki devor sirtiga chaplanadi. Quruq sement-qum aralashmasi rezina shlangining uchidan chiqish joyida suv bilan biroz namlanadi, qorishma 80–100 m/s tezlikda devor yoki konstruktsiya sirtiga uriladi va mustahkam yopishadi. Bunday suvoqning siqilishdagi mustahkamligi 30–50 MPa ga teng bo'ladi. Pardozbop qorishmalar bino devorlarining tashqi tomonini yoki zavodning o'zida panel va bloklarni suvashda ishlatiladi. Rangli suvoq deb ataluvchi qorishma tarkibida sement, ohak, tuyilgan marmar, ishqorga chidamli pigmentlar, qo'shilmalar va qum bo'ladi. Ko'pincha portlandtsement o'rnida oqrangli sement yoki gidravlik sement ham ishlatiladi. Suvoqning har xil rangda bo'lishi uchun rangli tabiiy toshlarni tuyib bog'lovchilar bilan qorishma tayyorlanadi. Ishlatilgan sementning quyuqlanishining oxiriga 2–3 soat qolganda suvoq yuzasi suv bilan yuviladi va rangli to'ldirgichlar yuzasi ochiladi. Rangli qum bo'lmasa, oddiy qumni ishqor va suvga chidamli silikat bo'yoqiarda bo'yab ham ishlatiladi. Tabiiy toshni eslatuvchi rangli qorishma qotgandan keyin, uning mustahkamligi yuqori bo'lishi kerak. Siqilgan havo bosimida ishlovchi bolg'alar bilan tekis suvoq yuzasiga uriladi va notekis tasvir beriladi. Sun'iy marmar tasvirini beruvchi rangli suvoq qorish¬malari, asosan, gips bog'lovchilar va bo'yoqlar asosida tayyorlanadi. Rangli pigmentlar qo'shilgan chala qorishtirilgan gips bo'tqasi yoki ikki-uch xil rangli gips bo'tqalari ostki yuzasi oynali qolipga quyiladi. Keyin har xil rangli pardozbop gips taxtaning yuzasi suyuq parafin bilan silliqlanadi. Sun'iy marmar yuzali gips taxta olish uchun qolipning ostki yuzasiga dag'al to'qilgan bo'z (meshkovina) yoziladi va uning ustiga rangli quruq gips aralashmasi yupqa qatlamda yotqiziladi, keyin gips bo'tqasi quyiladi. Qolipdan olingan gips taxtadagi bo'z olinadi va yuzasi silliqlanadi.
1 Qurilish texnologiyalari bu qurilsh materiallaridan foydalangan holda binoni barpo etish demakdir.Har bir qurilish iahini balarishning ketma- ketligi, usuli qo`llabgan mashina va mexanizimlar, asbob- uskunalar, jihozlar YAMvaN,MMvaN, ish , ishbay, vaqtbay, mukofotli ishbay, tarif setkasi, tarif koeffitsienti, bu qurilish texnologiyasini tashkil etadi.Sifatni nazoratlash, birlamchi nazorat, laboratoriya nazorati,geodezik nazorat, ma’muriy nazorat, qurilish texnologiyalari yer ishlarini yuk oqimi, avtomobil transporti, traktor transporti, qilish texnologiyalariga no`linadi. Texnologik jarayon (qurilish jarayoni)-qurilish maydonida sodir bo‘lib, natijada tayyor barpo etilgan yoki qayta tiklangan bino yoki uning bir qismini hosil qiluvchi ishlab chiqarish jarayonidir. Ishlab chiqarish jarayoni oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni asosida ish quroli va ish predmeti yotadi. Ishchi ish quroli bilan ish predmetiga ta’sir etib ma’lum ish jarayonini hosil qiladi. Agar qurilish jarayoni bir ishchi yoki bir zveno tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lsa bunday jarayon oddiy qurilish jarayoni deb ataladi. Bir nechta oddiy jarayonlardan iborat jarayon murakkab jarayondir. Masalan, bir qavatli sanoat binosi ustunlari montaji oddiy jarayon bo‘lsa, bino karkasini montaj qilishni murakkab jarayon deb qarash mumkin. Qurilish jarayonlari mexanizatsiyalashganlik darajasiga nisbatan qisman mexanizatsiyalashgan, to‘la mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan qurilish jarayonlari ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.
Qurilish ishchisi malakasining darajasi (razryad) uning ish qobiliyati va bilimi bo‘yicha aniqlanadi. Odatda, ishchiga malaka darajasi berish uchun me’yoriy hujjatiga asosan sinov ishi berilib undan imtixon qabul qilinadi, uning nazariy bilimi ham tekshirilib ko‘riladi. Qurilish ishchilari zveno yoki brigadalar ko‘rinishida faoliyat ko‘rsatadilar. Zveno - bir yoki bir nechta kasbga ega ishchilar guruhidir. Zveno har xil malaka darajasiga ega bo‘lgan ishchilardan iborat bo‘ladi. Bunda murakkab jarayonlarni yuqori malaka darajasiga ega bo‘lgan ishchilar, oddiy jarayonlarni past malaka darajasiga ega bo‘lgan ishchilar bajaradilar. Brigadalar tarkibida bir nechta zvenolar faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Brigadalar mutaxasislashgan, kompleks va yakuniy maxsulot beruvchi brigadalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Mutaxasislashgan brigada bir kasbga ega bo‘lgan ishchilar guruhi: betonchilar, bo‘yoqchilar brigadalari. Brigadada 25 tagacha ishchilar bo‘lishi mumkin. Kompleks brigada har xil kasbga ega bo‘lgan ishchilar guruhi bo`lib,brigada tarkibida betonchilar, suvoqchilar, duradgorlar, bo‘yoqchilar va boshqalar bo‘lishi mumkin. (Brigadada 50 tagacha ishchilar bo‘lishi mumkin). YAkuniy maxsulot beruvchi brigadalarda har xil kasb mutaxasislikka ega bo‘lgan ishchilar, to‘planib, ular o‘z faoliyatlari natijasida tayyor maxsulotni (bino, inshoot) foydalanishga topshiradilar. Qurilish ishchilari (zveno, brigada) faoliyatlarini texnik va ta’rifiy jihatdan me’yorlovchi tushunchalar mavjud. Bulardan vaqt me’yori, ish haqi me’yori va ishlab chiqarish qobiliyati (me’yoriga) ga ta’rif beramiz. Vaqt me’yori - zvenoning birlik ish hajmini bajarishi uchun talab qilinadigan vaqt. O‘lchov birligi - odam.soat, mashina.soat. Ish haqi me’yori - zvenoga uning birlik ish hajmini bajargani uchun to‘planadigan ish haqi. O‘lchov birligi - sum, tiyin. Ishlab chiqarish me’yori - ishning mukammal tashkil etilgan sharoitida zvenoning birlik vaqt ichida ishlab chiqargan maxsuloti hajmi. O‘lchov birligi - m /soat, mingdona/soat, dona/soat va boshqalar. Qurilish ishlarining ish joylari ular faoliyatlari davomida harakatlanishlari uchun ajratilgan joydir. Ish joyida ish predmeti, ish quroli, maxsulotning tayyor bir qismi, ishchi kuchi harakatlanishi uchun erkin (bush) joy bo‘ladi. Ish joyi xarakteri va o‘lchamiga nisbatan qator bo‘linishlarga ega. Bulak (delyanka) - zveno uchun ajratilgan ish joyi maydoni. Zaxvatka - brigada uchun ajartilgan ish joyi maydoni. Yarus - bir ish joyida turib binoning tiklanishi mumkin bo‘lgan balandligi (gisht terish ishlari uchun h = 1,2 m). Ma’lumki, qurilish maxsulotining sifati uning ishlatilish sohasiga yaroqlilik darajasini bildiruvchi xossa-xususiyatlar yig‘indisi bilan belgilanadi. Qurilish qator me’yoriy hujjatlar (KMK, GOST, TSH) asosida olib boriladi. «KMK -qurilish me’yori va qoidalari» me’yoriy hujjatida qurilishni loyihalash, tashkil etish, ishlab chiqarish, tayyor maxsulotni qabul qilish va narxini aniqlash qoidalari keltirilgan. Harakatdagi KMK quyidagi 6 qismdan iborat: 1. Tashkil etish, boshqarish, iqtisodiyot. 2. Loyihalash me’yorlari. 3. Tashkil etish, ishlab chiqarish va ishni qabul qilish. 4. Smeta me’yorlari. 5. Material va mehnat resurslari xarajatlari me’yorlari. 6. Bino va inshootlarni ta’mirlash. 3 .Qurilish texnologiyasini takomillashtirish Qurilish texnologiyasini takomillashtirish uchun qurilishda qator vaqt va ish haqi me’yorlari keltirilgan me’yoriy hujjatlardan ham foydalaniladi.Bular: YAM va N (ENiR)-yagona me’yor va narxlar. Bu me’yoriy hujjatda barcha qurilish, montaj ishlarini bajarish bo‘yicha qabul qilingan zveno tarkibi, birlik ish hajmlari uchun vaqt va ish haqi me’yorlari keltirilgan. MM va N (VNiR) -ma’muriy me’yor va narxlarda vaqt va ish haqi me’yorlari qurilish ishlarining spetsifikasiyasiga bog‘liqlikda keltirilgan (ma’muriyat tomonidan tuzilishi mumkin). MM va N (MNiR) -mahalliy me’yor va narxlar mahalliy qurilish tashkilotlari, me’yoriy-izlanish stansiyalari tomonidan tuzilib, unda shu qurilish hududi xususiyatlari hisobga olinadi. Qurilishda ish haqi. Qurilishda texnik va ta’rif me’yorlari asosida haq to‘lanadi. Bajarilgan ish hajmi hisoblanib texnik me’yoriy hujjat (YAM va N. KMK) da birlik ish hajmi uchun keltirilgan ish haqi me’yoridan foydalanib, ishbay ish haqi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi. Ix = Vi * Ixm Bunda: Ix - ishbay ish haqi; sum; Vi - ish hajmi, m , m , dona. Ixm- birlik ish hajmi uchun ish haqi me’yori, sum. Demak, ishbay haq to‘lashda ish haqi mikdori bajarilgan ish hajmiga nisbatan to‘g‘ri proporsional ravishda oshib boradi. Ishbay haq to‘lash oddiy va mukofotli bo‘lishi mumkin. Oddiy ishbay haq to‘lashda, ish haqi bajarilgan ish hajmini hisoblab ish haqi me’yorlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri baholanadi. Mukofotli ishbay haq to‘lashda brigada ishga shartnoma asosida kirishib, asosiy ish haqiga qo‘shimcha bajarilgan ishning sifatiga, bajarilish muddatiga bog‘liqlikda mukofot ham oladi. Mukofot mikdori asosiy ish haqining 40% mikdoridan oshmasligi zarur. Ta’rif setkasi asosida ishchining ishlagan ish soati bo‘yicha hisoblangan ish haqi vaqtbay ish haqi deb ataladi. Ta’rif setkada ishchining malaka darajasiga mos ta’rif koeffitsienti berilgan. Hukumat tomonidan belgilangan eng kam mikdor oylik (soatlikni hisoblab topish mumkin) ish haqi mikdori va ta’rif koeffitsienti asosida vaqtbay ish haqini aniqlash mumkin. Qurilishda 6 ta malaka darajasi mavjud bo‘lib, keyingi 5 ta malaka darajasining 1 chi malaka darajasiga nisbatan ta’rif koef-fitsientlari aniqlangan. Ayrim hollarda mukofotli vaqtbay haq to‘lash ham mumkin, bunda ishchiga uning ilgor faoliyatini hisobga olib mukofot beriladi. Qurilish montaj ishlari sifatini boshqarish - bu KMI ning sifatli bajarilishi uchun sharoit yaratish va nazorat qilishdir. Sifatni nazorat qilishning qator bosqichlari mavjuddir. 1. Birlamchi nazorat-qurilish maydoniga keltirilgan material, buyum va konstruksiyalar GOST, TSH asosida tashki tekshiruvdan o‘tkaziladi. 2. Laboratoriya nazorati-qurilish materiallari, buyumlarining sifat xarakteristikalari laboratoriya jihozlarida sinaladi, xulosalar qilinadi. 3. Geodezik nazorat - bajarilgan KMI sifati geodezik asboblar, jihozlar yordamida nazorat qilib boriladi. 4. Ma’muriy nazorat - KMI bajarilishi sifati avtorlik, buyurtmachi, bosh pudrat quruvchi tashkilot tomonidan nazorat qilinadi. Davlat qurilish nazorati-KMI sifati «Davlat arxitektura qurilish nazorati» va uning topshirigi bilan loyiha institutlari tomonidan nazorat qilinadi. Qurilishda yuklarni tashish. Transportlar. Qurilish montaj ishlarining tuxtovsiz davom etishi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining takomillashtirilgan grafik asosida, o‘z vaqtida tashib keltirilishiga bog‘liq. Qurilishda transport xarajatlari qurilish umumiy tannarxining 18-20% ni tashkil etadi. Ma’lumki, transport vositalarini, ularning harakat yo‘llarini to‘g‘ri tanlab, yuklash va tushirish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalab, transport vositalaridan ratsional foydalanib bu xarajatlar miskolini minimumga etkazish mumkin. 4.Qurilish texnologiyasini ishlab chiqarishga tadbiq etish Qurilish texnologiyasini ishlab chiqarishga tadbiq etish asosan qurilishga yuk tashish ishlarini bajarishga bog`liq, qurilishda yuk tashishni qator texnik iqtisodiy faktorlarga (tashish masofasi, yukning turi va xarakteri,...) tayanib mutaxasislashgan (fakat bir turdagi transportda tashish) va aralash (bir necha tur transportlardan foydalanib tashish) yuk tashishga bo‘lish mumkin. Yuk tashish intensivligi (sur’ati) yuk aylanishi va yuk okimi tushunchalari bilan xarakterlanadi. Yuk aylanishi - ma’lum vaqt oraligida (soat, smena) ombordan ob’ektga yoki bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga tashilgan yuk og‘irligi (ton). Yuk okimi-birlik vaqtda yo‘lning ma’lum qismidan yuklarning olib utilish surati (ton). Qurilishda yo‘lning qurilish ob’ektiga nisbatan joylashganligiga nisbatan ichki va tashki transport turiga bo‘linadi. Tashkil transport qurilish maydonini tashki manbalar bilan boglash uchun xizmat qiladi. Ichki transport yuklarni qurilish maydoni chegarasida bir joydan ikkinchi joyga kuchirish uchun xizmat qiladi. Bugungi kunda qurilishda quyidagi zamonaviy transportlardan foydalaniladi. temir yo‘l transporti; avtomobil transporti; suv transporti; havo transporti; osma-sim arkonli transport; pnevmatik (havo bosimi yordamida) transporti va boshqalar. Turar joy va jamoat binolarini qurilishda qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalarini tashib keltirishda avtomobil transportidan keng foydalaniladi. Sanoat binolari qurilishida temir yo‘l transportidan foydalaniladi. Eng arzon transport turi-suv transportidir. Bunday transport turidan qurilish ob’ektining geografik joylashish sharoitidan kelib chiqib daryo, dengiz kabi suv yo‘llari mavjud bo‘lsa foydalaniladi. Qurilish materiallari va buyumlarini etkazib berish kiyin bo‘lgan sharoitlarda havo transportidan (vertolet) foydalaniladi. Quvur yo‘lli (truboprovodnыy) transportda sochiluvchan va donabay qurilish materiallari doimiy talab qilinadigan joylarga kuchiriladi (karerdan material sifatini boyitadigan zavodlarga yoki bunday zavodlardan omborxonalarga). Osma arkonli transport turidan suvli to‘siq, jarliklar mavjud sharoitlarda qurilish yuklarini kuchirishda keng foydalaniladi. Avtomobil va traktor transporti. Traktor transportidan avtomobil transportiga nisbatan kam foydalaniladi. Traktorlar tasma zanjir, va shina oyoqli bo‘lib, ular pritsep, yarim pritsep va treylerlar bilan birgalikda ishlaydi. Shina oyoqli traktorlar tasma zanjir oyoqli traktorlardan tezligi ( 40 km/soat), chaqqonligi, har qanday yo‘lda harakatlana olishi bilan ajralib turadi.Qurilishda avtomobil transporti turlari - samosval (ag‘darma mashina)dan keng foydalaniladi. Unda tosh, chakik tosh, qum, grunt, beton va boshqa materiallar tashiladi. Bunday mashinalarning yuk ko‘tarish qobiliyati 3.5-40 tonna, kuzov hajmi 5-21,7 m chegarasida o‘zgaradi. Avtomobil-samosavallar kundalang kesimi to‘g‘ri burchakli, tog‘orasimon, yarim oval ko‘rinishidagi kuzovlarga ega bo‘lishi mumkin. Kuzovlar odatda (ko‘pchilik hollarda) orqadan bo‘shatiladi. Avtomobillar pritseplar va yarim pritseplar bilan birgalikda ishlashlari mumkin (shatakka tortish prinsipida). Pritseplar va yarim pritseplar, ularda tashiladigan konstruksiyalarning turi, ko‘rinishi va o‘lchamiga mos ravishda maxsus moslamalar (kassetalar) bilan jihozlanadilar. Shu yo‘l bilan maxsus fakat bir turdagi konstruksiyalar tashishga mo‘ljallangan transportlar hosil qilinadi.Bularga devor panellarini tashishga mo‘ljallangan panelovoz, stropil fermalarni tashishga mo‘ljallangan fermavoz kabi transport turlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Avtomobil yo‘llaridan uzoq muddatda foydalanish shartlaridan biri - grunt asos va yo‘lning harakatlanish uchun mo‘ljallangan qismi materiallarining sifatini ta’minlashdir. Qurilish maydonida aksariyat hollarda vaqtinchalik yo‘llardan foydalaniladi. Kapital yo‘l koplamasi sifatida sement-betonli, asfalt-betonli, sheben kali, gruntli, shagalli tushanalardan foydalaniladi. Yo‘l koplamasi sifatida yigma temir-beton plitalaridan ham keng foydalaniladi. Sanoat binolari konstruksiyalari asosan temir yo‘l transportlarida tashiladi. Temir yo‘llar tor va me’yordagi izli (koleya) bo‘lishi mumkin. Tor izli yo‘lning eni 750 mm, me’yoriy izli yo‘lning eni 1524 mm bo‘ladi. Temir yo‘l elementlari ( rels, shpal) harakatlanadigan sostavning og‘irligidan kelib chiqib tanlanadi. Odatda 1 km yo‘lga 1440, 1600 va 1840 shpal o‘rnatilishi mumkin. Shpallar orasi shebenkali, shag‘alli ballastlardan to‘ldiriladi. Qurilish materiallari va buyumlarini temir yo‘lda tashish uchun platforma, yarim vagonlar (60 tonnagacha yukni ko‘taradi), sisterna, traylerlardan foydalaniladi. Yuklash-tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash qurilish ishlab-chiqarishni jadallashtirishning muhim faktori bo‘lib, mehnat unumdorligining oshishiga sabab bo‘ladi. Qurilish yuklari yuklash, tushirish va etkazib berish usuliga nisbatan donabay (yigma temir beton, metall, yogoch konstruksiyalari, yogoch, metall, quvur, texnologik jihozlar), mayda donabay, yashiklarga terilgan, paketlarga yigilgan, sochiluvchan, boglovchi materiallar kabi yuklarga bo‘linadi. Qurilishda juda ko‘p maxsus yuklash-tushirish mashina va mexanizmlari mavjud. Bundan tashqari qurilish montaj ishlarini bajaruvchi (ekskvotor, kran) ba’zi mexanizmlarda ham etarli darajada yuklash-tushirish ishlari bajariladi. Yuklash tushirish mashinalari ishchi organlarining harakatiga karab uzlukli (siklli) va uzluksiz ishlovchi mashinalarga bo‘linadi. Uzlukli ish prinsipida ishlovchi mashinalarga shina va tasma zanjir oyoqli bir kovshli ekskovotorlar, tekislovchi ekskovotorlar, bir kovshli universal yuklagichlar, avtoyuklagich, shina oyoqli elektroyuklagich, maxsus yuklagichlar kiradi. Ularda sochiluvchan materiallar, grunt yuklanadi. bundan tashqari uzlukli ish prinsipida ishlovchi, donabay materiallarni yuklab tushiruvchi mashinalar ham mavjud. Bunday mashinalarga o‘zi yurar, mikorali kranlar, ekskovotor-kranlar, avtomobil-kranlar, bir kovshli yuklagichlar misol bo‘la oladi. Uzluksiz ish prinsipida ishlovchi mashinalarga ko‘p kovshli yuklagichlar, konveyerlar misol bo‘la oladi. CHangsimon materiallar (sement) pnevmatik jihozlarda ham yuklanishi mumkin. Changsimon materiallarning quvurlar bo‘yicha havo bosimi yordamida uzatilishi atrof muhitni muxofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Respublika kime sanoatining kenja tarmoqlaridan biri bo‘lgan-organik sintez kimyosi tez rivojlanmoqda. Uning taraqqiyoti ham gaz sanoati bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda bu sohaning eng yirik korxonasi Navoiy kime kombinati hisoblanadi. Uning tarkibidan asetilen, sirka kislotasi, asetil-sellyuloza, neytron tola ishlab chiqaradigan maxsus quvvatlar yaratilgan. Farg‘ona asetat ipak ishlab chiqaruvchi zavod ishlab turibdi. Namangan kime zavodida viskos ipak ishlab chiqarilmoqda. Bu sun’iy tolalar turli xil gazlamalar, gilam, trikotaj ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish O‘zbekiston kimyo sanoatining kelajakda ham yuksak rivojlantiriladigan yo‘nalishidir. Navoiy va Farg‘ona bu sohaning bundan buyon ham asosiy markazlari bo‘lib qolaveradi. Xozir ishlab chiqarilayotgan asetat nitron tolalar bilan vinol tola ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanilmoqda. Vinor tolasidan tayyorlangan shtapil materiallari jahon bozorida ingichka tolali paxtadan tayyorlangan materiallar bilan bir xil baholanmoqda. O‘zbekistonda plastik massalar va ulardan turli maxsulotlar ishlab chiqarish yildan-yilga ko‘paymoqda. Toshkent plastmassa zavodi qayta qurilib maxsulot ishlab chiqarish ko‘paytirildi. Jizzaxda plastmassa quvurlar, Ohangaronda plastmassa asosida linoleum, polietilen quvurlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishga tushirildi. Plastmassa asosida iste’mol maxsulotlari ishlab chiqarish istiqbolli yo‘nalishlardan biriga aylanib bormoqda.Bunda Toshkentda Italiya firmalari hamkorligida ishga tushirilgan “Sovplastital” qo‘shma korxonasining yutuqlar misol bo‘la oladi. Olmaliq maishiy kimyo zavodida kundalik xarid maxsulotlari bilan birga polimer tolalar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Respublika kimyo sanoatining yana bir yo‘nalishi turli xil rezina texnika tarmog‘idir. Xalq xo‘jaligida foydalaniladigan texnik rezina buyumlar Toshkent, Yangiyo‘l, Angrenda ishlab chiqarilmoqda. Angren rezina kombinati ancha keng xillarda maxsulot ishlab chiqaradi. Kelajakda bu yerda avtomabil shinalari ham yasaladi. Bu esa O‘zbekiston va O‘rta Osiyodagi boshqa Respublikalarning bu muhim maxsulotga bo‘lgan extiyojini qondirishda katta ahamiyat kasb etadi.Toshkent va Popda shina ta’mirlash zavodlari ishlab turibdi. Pop (Namangan viloyati) rezina sanoatining yirik markaziga aylanmoqda. Bu yerda rezinadan poyabzal tayyorlovchi zavod qurilgan. Kimyo sanoatining paxta sheluxasi (kavachok) dan turli maxsulotlar (etil spirti, furfurol, ksilit, sorbit, furan, furil spirti, oqsil achitkisi) ishlab chiqaradigan gidroliz tarmog‘i ham muhim ahamiyatga ega. Uning ayrim maxsulotlari masalan furfurol MDX davlatlarning ko‘pchilik rayonlariga jo‘natildi. Furfurol juda ko‘p maxsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Binobarin uning negizida tayyorlanadigan sintetik smolalar ijobiy sifatlarga ega bo‘ladi. Xozir Farg‘ona gidroliz zavodi furan brikmalari (asosan furfurol) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Andijon gidroliz zavodida hom ashyo sifatida sheluxa o‘rniga g‘o‘zapoya ishlatish tajribalari o‘tkazildi. Bu chorvachilikda sifatli ozuqa bo‘lgan sheluxani tejab qolish, uning o‘rniga g‘o‘zapoyani keng ishlatish imkonini beradi. Yangi yo‘ldagi gidroliz zavodi mikrobiologik maxsulotlar ishlab chiqaradigan bioximiyaviy zavodga aylantirildi. O‘zbekiston kimyo sanoatining mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlariga lak-buyoq va maishiy kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni kiritish mumkin. Toshkent lak-buyoq zavodi xilma-xil mahsulotlar tayyorlamoqda. Olmaliq zavodida kir vositalari ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekistonda kimyo sanoatini yanada rivojlantirish uchun barcha sharoitlar mavjud. Uning bundan keyingi istiqbollari suvni kam iste’mol qiladigan va ekologik sharoitga ziyon keltirmaydigan tarmoqlarni ustunroq rivojlantirish bilan bog‘liqdir. O’zbekiston chiroyli va pishiq marmarga boy.Yurtimizda topilgan 34 ta marmar konining 5 tasidan marmar qazib olinmoqda. G’ozg’on koni marmar zaxirasining ko’pligi , yuqori sifatliligi jihatidan jahondagi eng mashhur konlardan biridir. Undan qazib olingan marmar sobiq ittifoq davrida boshqa mahsulotlar kabi Markazga tashib keltirardi . Moskva , Sant-Peterburg shaharlaridagi metropolitenlarning ko’plab bekatlari va boshqa inshootlar G’ozg’on marmari bilan bezalgan. Qurulish materallari sanoati milliy iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari bilan aloqadadir. Zavod va fabrikalar , uy -joylar , yo’llar hamda irrigatsiya inshootlarining ko’plab barpo etilishi bilan qurulishbop materiallarga talab ortib boraveradi. Binokorlik uchun muhim bo’lgan sement Quvasoy, Ohangaron, Angren, Navoiy va Bekobod shaharlarida ishlab chiqarilmoqda. Ohangaron va Navoiy sement kombinatlar hisoblanadi. Angren gilmoyasi negizida bezakbop oq sement ishlab chiqariladi. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri , “Toshkent”, “O’zbekiston”, “Toshkent palace” kabi mehmonxonalar, Toshkent metropoliteni hamda boshqa ko’pgina ulug’vor madaniy-maishiy binolar qurulishiga ham shu kon marmarlari ishlatilgan. Orkutsoy koni Toshkent shahridan 74 km shimoli sharqda joylashgan.Unda qora , oq va kulrang marmar uchraydi. Toshkent va G’azalkent marmar zavodlarida marmarga pardoz beriladi. Bezakbop toshlarning umumiy zaxirasi 85 million kubometrdan ortadi. CHirchiq shahri yaqinida mahalliy xomashyo asosida deraza oynalari ishlab chiqariladigan zavod bor. Hozirgi zamon sanoat qurulishining asosi temir-bitondir. Toshkent , Farg’ona , Samarqand va Buxoro viloyatlarida temir –beton buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Xorazm, Buxoro va Farg’ona viloyatlarida silikat zavodi Mirzacho’l xo’jaliklari, shaharlar va shaharchalar uchun devor bloklari , panellar , poydevorlar zinapoyalar va boshqa silikatsit buyumlari tayyorlaydi. Bino , ko’prik yo’l va boshqa inshootlar uchun barcha qismlar maxsus zavodlarda tayyorlanadi Фойдаланилган адабиётлар рўйхати 1. Йўлдошев Н.Қ., Умаржонов А.М. Иқтисодиёт ва менежмент. - Т.: ТДИУ, 2005 2. Ш.Н.Зайнутдинов, Н.Р.Қодирходжаева. “Менежмент” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа. “Иқтисодий таълимдаги ўқитиш технологияси” сериясидан. Т.: ТДИУ, 2006, 156 б 3. Ш.Н.Зайнутдинов, Н.Р.Қодирходжаева. “ Менежмент” фани бўйича ўқув услубий таълим технологияси. Услубий қўлланма. “Иқтисодий таълимдаги ўқитиш технологияси” сериясидан. Т.: ТДИУ, 2006, 185 б 4. Йўлдошев Н.Қ., Қозоқов О.С. Менежмент. Дарслик. - Т.: Фан, 2004. 5. Герчикова В.И. Менеджмент. Учебник. – М.; 2003 6. Галкович Р.С., Набоков А.М. Менеджмент. Учебник. – Пермь, 2000 7. Виханский О.С., Наумов А.И. Менежмент. Учебник. – М.: Экономика, 2003 (61-125). 8. Дятлов А. Н. Общий менеджмент: Концепции и комментарии: Учебник. - М.: Альпина Бизнес Букс, 2007. - 400 б. 9. Загородников С.В. Краткий курс по менеджменту: учеб. пособ. –М.: “Окей – книга”, 2007.-160 б. 10. Иваньков А.Е., Иванькова М.А. Менеджмент: учебный минимум. –М.: “Юриспруденция”, 2008. -32 б. 11. Ивашковский С. II. Экономика для менеджеров: Микро и макроуровень: Учеб. пособ. -М.: Дело, 2007. - 440 б. 12. Ильин Е.П. Мотивация и мотивы. – СПб. Питер, 2008.-512б. 13. www. morozov. ru – Россия Менежмент ва бозор академиясининг расмий сайти. 14. www.edu.ru 15. www.som.pu.ru 16. www.cfin.ru – Корпоративный менеджмент. 17. www.salesmanagment.ru – Управление продажами. Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling