6-amaliy mashg'ulot. Maxsus kranlar va mexanizmlar To’rt oyoqli kranlar


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana03.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1742427
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-amaliy mashgulot.



6-amaliy mashg'ulot. 
4. Maxsus kranlar va mexanizmlar 
 
To’rt oyoqli kranlar ko’pincha omborlar va qurilish industriyasining zavod-poligonlari hamda 
konstruktsiyalarni yiriklashtirib yig’ish maydonchalarida ortish-tushirish ishlarini bajarishda 
qo’llaniladi. Ulardan sanoat, energetika va transport qurilishidagi bino va inshootlarni barpo etishda
texnologik jihozlarni montaj qilishda keng foydalaniladi. 
Kran konstruktiv jihatdan tayanchlar – to’rtta oyoqqa o’rnatilgan rigel ko’rinishidagi oraliqli 
qurilma ko’rinishida o’zini namoyon etib, u yerdagi kran yo’li bo’ylab ko’chadi. Rigel bo’ylab 
elektrotalь yoki yuk aravachasi harakatlanadi. To’rt oyoqli kran oralig’i relьslar orasidagi masofaga 
teng. 
To’rt oyoqli kranlarning maksimal tavsiflari: bitta ilmoqda ko’tarishdagi yuk ko’taruvchanligi 
80 t gacha, ikki ilmoqda ko’tarishda 2x50, ya’ni 100 t, yuk ko’tarish balandligi 42 m, oralig’i 50 m 
gacha bo’ladi.
To’rt oyoqli kranlarning ustunliklariga ular konstruktsiyasining oddiyligi, yuqori ustivorlik, 
kranning yuk ko’taruvchanligi va ko’tarish balandligining uning ish zonasida yukning turish joyiga 
bog’liq emasligi, mashinist kabinasidan atrofning yaxshi kuzatilishi. Kamchiliklari – rejasi bo’yicha 
oddiy konfiguratsiya (chiziqli-uzun) ob’ektlar qurilishi uchun ularni qo’llashning chegaralanganligi
ularni katta nishabli joylarda qo’llashning murakkabligi, konsol ostidagi yoki oraliq ichidagi ishchi 
zonadan montaj qilinadigan elementlarni taxlash uchun foydalanish zaruriyati. 
Maxsus kranlar. Sanoat binolari va inshootlarini qurishda quruvchilar ko’tariladigan 
konstruktsiya elementlari va texnologik jihozlarning turli og’irlik tavsiflariga duch kelishadi. 
Og’irligi kranlarning yuk ko’taruvchanligidan ortiq bo’lgan donali elementlarni ko’tarish uchun 
kranlarning yuk ko’taruvchanligini vaqtinchalik oshirishning murakkab va mehnat talab usullaridan 
yoki maxsus yuk ko’taruvchi mexanizmlar: montaj machtalari, portallar, shevrlar, gidroko’targichlar, 
yiriklashtirilgan bloklarni o’rnatgichlar va boshqalardan foydalaniladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling