6-amaliy mashg'ulot. Maxsus kranlar va mexanizmlar To’rt oyoqli kranlar
Download 0,62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-amaliy mashgulot.
Machtalar, portallar, shevrlar keyingi yillarda kam qo’llanilmoqda. Ba’zan ulardan katta
massali konstruktsiyalarni ko’tarishda, shuningdek montajning alohida sharoitlarida foydalaniladi. 5. Montaj kranini tanlash Konstruktsiyalar montajining samaradorligi ko’p me’erda qo’llaniladigan montaj kranlariga bog’liq bo’ladi. Yig’ma konstruktsiyalar montaji uchun kran tanlash binoning geometrik o’lchamlari, montaj qilinayotgan konstruktsiyalarning joylashishi va massasi, montaj maydonining tavsiflari, montaj ishlarining hajmi va davomiyligi, montaj kranlarining texnik va ekspluatatsion tavsivlariga bog’liq. Bino konstruktsiyalarini u yoki bu kran yordamida montaj qilishni maqsadga muvofiqligi montaj qilish texnologik sxemalari asosida o’rnatilib unda bir to’xtash joyidan mumkin qadar maksimal miqdorda montaj qilinayotgan konstruktsiyalarni ko’tarishni ta’minlash bilan birga kranni minimalь ko’chirilishini ta’minlash lozim. Montaj qilinayotgan konstruktsiyalar montaj massasi, montaj balandligi va talab qilinayotgan strela qulochi bilan tavsiflanadi. Montaj massasi –bu montaj qilinayotgan konstruktsiya va u bilan birgalikda ko’tarilayotgan moslamalarining massasi. Kranning talab qilingan yuk ko’tara oluvchanligini aniqlash uchun binoning barcha konstruktsiyalardan maksimal massaga ega bo’lgan konstruktsiya tanlanadi va takelaj moslamalari, to’ldirish,kuchaytirish elementlari, va sh. k. tanlangandan so’ng konstruktsiyaning montaj massasi topiladi. Montaj balandligi konstruktsiyalarni o’rnatish balandligi (sathiy belgisi), yer sathidan yoki montaj qilinayotgan elementlarining tayanch yuzasidan (tayanchdan konstruktsiyalarni ko’tarish balandligi)zahira balandligi, montaj qilinayotgan konstruktsiyalarning balandligi (uzunligi va qalinligi), stroplar balandligi yoki yukni qamrab(ushlab) oluvchi moslamalarining balandliklari yig’indisidan iborat bo’ladi. Kran strelasining qulochi (relьsda yuruvchi kranlar uchun) binoning kengligi va krandan barpo etilayotgan binogacha bo’lgan masofaga bog’liq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling