6-amaliy mashg'ulot. Maxsus kranlar va mexanizmlar To’rt oyoqli kranlar
Download 0,62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-amaliy mashgulot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surish usuli
Burish usuli odatda yer sathida gorizontal holatda yig’iladigan konstruktsiyalar yoki inshootlar
uchun qo’llaniladi. Loyiha holatiga konstruktsiyalarni qo’zg’almas sharnir atrofida portallar, shevrlar, polispastli machtalar,chig’irlar yordamida o’zi yurar kranlarni qo’llab, burish orqali amalga oshiriladi. Bu barcha montaj moslamalari va vositalarining vazifasi montaj qilinayotgan konstruktsiyalarni gorizontal holatdan vertikal holatga ohista ko’tarish va burishni ta’minlashdan iboratdir. Ko’tarish paytida, ayniqsa vertikal holatga o’rnatishning yakunlovchi momentida konstruktsiyalarning ustivorligini ta’minlash uchun ko’tarilayotgan tizim harakatlanishidan yuzaga keladigan inertsion kuchlarni, yon tomondan esadigan shamol ta’sirini va ko’tarish vaqtida yuzaga keladigan boshqa kuchlarni qabul qiladigan tormozlichig’irlar qo’llaniladi. Burish usuli bilan balandligi 120 m gacha bo’lgan radiomachtalar, elektr uzatuvchi liniyalarining tayanchlari montaj qilinadi. Ushbu usulning ikkita turi eng ko’p qo’llaniladi: burish usuli o’zi yurar kran bilankonstruktsiya tepa qismi oraliq balandlikkacha ko’tariladi,keyin konstruktsiyachig’ir yordamida ko’tarish davom ettiriladi. Ikkinchi “og’aayotgan strela” usulida – sharnirga ulangan konstruktsiyagabikr qilib vertikal ustun o’rnatiladi, bu ustunning yuqori qismi ko’tarilayotgan konstruktsiyaning tepa qismi bilan biriktiriladi, shunday qilib, bikr uchburchakli tizim yaratiladi. Bu tizim tayanch sharniri atrofida chig’ir yordamida buriladi, chig’irning trosi ustun tepasiga (strelaga) mahkamlanadi, mazkur tross yerga ankerlangan qo’zg’almaydigan blok orqali o’tkaziladi Surish usuli alohida konstruktsiyalarni o’zining domiy tayanchidan chetroqda yirik fazoviy blokka yig’ishga asoslangan (katta o’lchamdagi fazoviy konstruktsiyalarni betonlashda). Tayyor fazoviy konstruktsiya loyiha holatiga maxsus to’shalgan (yotqizilgan) yo’llar bo’ylab suriladi. Bunda konstruktsiya yoki sirg’anadi (sirg’anish usuli) yoki roliklarda dumalatib siljitiladi (dumalatish usuli). Bu usul sanoat binolari konstruktsiyalarini montaj qilishda, maydonlarning tor sharoitlarda konstruktsiyalarni surishda yoki montaj kranlarining yuk ko’tarish qobiliyati yetarli bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Vertikal ko’tarish usuli shu bilan ta’riflanadikim, bunda fazoviy konstruktsiya yerda to’liq montaj qilinadi, ko’targichlar (odatda gidravlik ko’targichlar) yordamida loyiha belgisidan bir muncha yuqoriroq balandlikka ko’tariladi, uning ostiga ushlab turuvchi konstruktsiyalar, ko’pincha ustunlar keltiriladi, ularning ustiga montaj elementi tushiriladi. Ayrim hollarda i montaj qilish uchun tayyorlangan fazoviy blok ikkita sinxron ishlaydigan montaj kranlari yordamida ko’tariladi va tayanchlarga o’rnatiladi. Elementlarni o’rnatish usullari ishlarni ishlab chiqish loyihasining ajralmas qismi hisoblanadi. Montaj metodlarini optimallash (qulay variantni tanlash) aniqlovchi omillar: binoning konstruktiv jihatlari, elementlarning massalari, maydonchalar relьefi va talab etiladigan maydonchalarning yuzasi, montaj uskunalarining mavjudligi va qurilishning me’yoriy muddatlarini hisobga olgan holda texnik- iqtisodiy tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Download 0,62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling