pardozlash ishlarini ishlarining bir qismini, ba’zan katta hajmlarini zavod sharoitlarida o’tkazish
imkonini beradi.
Tagidan o’stirish usuliinshootni barpo etishni ketma-ket
yuqori qavatdan boshlab, birinchi
qavatda tugallashdan iborat. Avval binoning montaj qilingan yer osti konstruktsiyalari ustida eng yuqori
(baland) konstruktsiyalar yig’iladi va ko’tariladi, so’ngra ularga pastda
joylashgan elementlar va
konstruktsiyalar ulanib pastidan tagidan o’stiriladi. Bu usulning afzalligi – asosiy yig’ish va
payvandlash ishlarining yer sathida bajarilishidir. Bu usul yetarli darajada keng qo’llanilyapti, xususan
binolarni ora yopma plitalarini va qavatlarni ko’tarish metodlari bilan barpo etishda.
Sanoat va fuqaro qurilishida tagidan o’stirishyo’naltirilgan kolonnalar,
bikrlik yadrolari
bo’yicha domkrat va konstruktsiyalarni tortish vositalarini qo’llash bilan amalga oshiriladi. Ora
yopmalarni ko’tarish usulida avval barcha ora yopmalar tom yopilmasi panelini ham o’z ichiga olgan
holda betonlanadi.
Yuqori tom yopmasi, odatda, tayyor tom qoplapamasi bilan birgalikda belgilangan
balandlikka domkratlar yordamida ko’tariladi. So’ngra, o’rnatilgan texnologiyaga
muvofiq ravishda
ketma-ket bitta tom ora yopmasi yoki plitalar paketi yer sathidan oraliq balandlikka ko’tariladi, ustunlar
o’rnatiladi, yana plitalarni ko’tarishoraliq belgilardan, ham yer sathidan ko’tarilib amalga oshiriladi.
Barcha ora yopma panellari o’zining loyiha holatiga o’rnatilgandan keyin devor panellarini o’rnatish
bilan bir qatorda ularni qolgan konstruktiv elementlar bilan jihozlash boshlanadi.
Bu usulda qavatlarni
barpo etish tepadan pastga qarab olib boriladi.
Qavatlarni ko’tarish usulida birinchi navbatda hamma ora yopmalar hamda tom yopmasi
betonlanadi, u oraliq balandlikka ko’tariladi, eng yuqori ora yopma ustiga yuqori qavatning yig’ma
konstruktsiyalari barpo etiladi, butun qavat tom yopmasi sathigacha ko’tariladi va u bilan birlashtiriladi.
Undan keyin esa yuqoridagi betonlangan ora yopmada navbatdagi
qavat montaj qilinadi, yuqoriga
ko’tariladi va ular birgalikda loyihaviy belgigacha ko’tariladi. So’ngra keyingi qavat yig’iladi va
loyihaviy belgiga ko’tariladi. Navbatdagi hamma konstruktsiyalar shu tariqa yig’iladi
va loyihaviy
belgilarga ko’tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: