Mavzu: Portland sement ishlab chiqarish texnolagiyasi Reja: Kimyoviy va minerlig tarkibi va turlari


Download 3.36 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Kb.
#1590364
Bog'liq
Mavzu Portland sement ishlab chiqarish texnolagiyasi-fayllar.org


Mavzu: Portland sement ishlab chiqarish texnolagiyasi

Mavzu:Portland sement ishlab chiqarish texnolagiyasi

Reja:

1.Kimyoviy va minerlig tarkibi va turlari.

2. Portlansement ishlab chiqarish texnologiyasi.

3.Portlan sement ishlab chiqarish usullari.



Portland sement (Inglizcha: Portland – Birlashgan Qirollikadagi yarim orol nomidan), suvga chidamli bogʻlovchi modda; qurilish materiali. Tarkibi asosan kalsiy silikatlardan iborat. Sementning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Klinker va gips (3—7%) aralashmasini juda mayin tuyib olinadi. Aralashmaga maʼlum miqdorda (10—15%) faol mineral modda aralashtirilishi ham mumkin. Tarkibi, xossalari va qoʻllanish sohalariga koʻra, Portland sement oddiy, tez qotuvchan, gidrofob, sulfatga bardoshli, oq rangli, asbest-sement mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan va boshqalarga boʻlinadi.
Portlandsementning tarkibi va sifati asosan klinkerning tarkibi va uning qanchalik mayin tuyilganligiga bogʻliq. Uning eng muhim xossasi suv bilan taʼsirlashganda qotish xususiyatidir. Bu xususiyati marka bilan belgilanadi, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Portland sementning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori boʻlsa, material shuncha sifatli hisoblanadi).
Portland sement ishlab chiqarish texnologiyasi Xomashyo materiallari va yoqilg‘i Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xomashyo sifatida tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘lgan karbonat jinslar va tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘lgan karbonat jinslar va tarkibida kremniy oksid, alyuminiy oksid hamda temir oksid bo‘lgan gillar, shuningdek, gil va kalsiy karbonatning tabiiy aralashmalari ishlatiladi. Keyingi yillarda portlandsement ishlab chiqarishda gilni butunlay ishlatmaslik yoki qisman ishlatish maqsadida, nordon va, asosan domna shlaklari, issiqlik elektr stansiyalari kullari, nefelen chiqindilaridan foydalanilmoqda. Shuningdek, gips yoki angidritni gil bilan aralashtirib, portlandsement, sulfotsement va SO2 gazi olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan. Nefelen shlami tarkibida 25…30% SiO2; 2…5%АI2O3% 3…5% Fe2O3; 50…58% СаО va 3…8% boshqa oksidlar, chunonchi 1,5…3% ishqorlar bor. Tarkibida shuncha SaO bo‘lgan materialga 15…20% ohaktosh qo‘shib, portlandsement ishlab chiqarish uchun xomashyo aralashmasini tayyorlash mumkin.
Gil, ayniqsa lyoss suvda osongina ivib, bo‘shashib ketadigan mayda dispers ikkilamchi tog‘ jinslaridan iborat. Gilning mineralogik tarkibi, asosan suvli alyumosilikatlar va kvarsdan iborat. Gillarning kimyoviy tarkibida, asosan uchta oksid bor: kremniy oksid (60-80% ), alyuminiy oksid (5-20%) va temir oksid (3-15%). Gilda oz miqdorda karbonat tuzlari holida CaO va MgO uchrashi mumkin. Lekin gillaning bazi turlarida kalsiy oksid 25%gacha, magniy esa 3% gacha bo‘ladi (masalan: slanets va lyosslar.) Gillar tarkibida SO3, Na2О va К2О kabi eruvchan tuzlar ham uchraydi. Bu esa maqsadga muvofiq emas, klinker ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan gillarda bu tuzlarning miqdori iloji boricha kam bo‘lishi kerak.

Etiboringiz uchun rahmat!!!



http://fayllar.org
Download 3.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling