Gerpes viruslari


Download 0.57 Mb.
Sana03.11.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1742925
Bog'liq
Gerpes viruslari

Gerpes viruslari

Gerpes virusli kasallik

  • Gerpes virusli kasallik bo’lib, uning shikastlash obyekti teri va shilliq qavatdir. Bugungi kunda gerpes sayyoradagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Aksariyat odamlar bu virus bilan aloqa qilishadi. Virusga antitanalar dunyo aholisining 70 foizida topilgan. Olimlarning fikricha, 40 va undan katta yoshdagi odamlarning 80 foizi gerpes virusiga chalingan.

Gerpes infektsiyasi bir nechta kasalliklardan iborat

  • oddiy gerpes virusi, suvchechak virusi, sitomegalovirus, Epshteyn-Barr virusi. Biroq, gerpes infektsiyasida odatda oddiy gerpes tushuniladi. GERPES INFEKTSIYASI
  • Oddiy gerpes virusi ikki xi bo’ladi: birinchi turdagi va ikkinchi turdagi. Shunisi e’tiborga loyiqki, birinchi turdagi gerpes virusi bilan zararlangan shaxs ikkinchi turdagi oddiy gerpes virusiga qarshi immunitetga ega emas. Virusning birinchi turi yuzning terisiga va og’iz bo’shlig’iga ta’sir qiladi. Ikkinchi turdagi viruslar ko’pincha jinsiy organlarga ta’sir qiladi va qo’shimcha ravishda miya po’stlog’ining yallig’lanishiga olib kelishi mumkin.
  • Virus past haroratlarda saqlanib qolish va 50 °C issiqlikda 30 daqiqada o’lish xususiyatiga ega. Rentgen va ultrabinafsha nurlari ta’siriga sezgir.
  •  
  • Virus homiladorlik vaqtida onadan bolaga, shuningdek tug’ilish paytida bolaga yuqishi mumkin. Infektsiyaning bu xavfidan kelib chiqib, agar onada jinsiy gerpes bo’lsa, chaqaloqni mumkin bo’lgan yuqumli kasalliklardan himoya qilish uchun kesarcha kesish qo’llaniladi.

GERPES QANDAY YUQADI?

  • Gerpes virusining birinchi turi so’lak orqali, o’pish bilan yuqish xususiyatiga ega, gerpes virusning ikkinchi turi qon quyish, organ transplantatsiya qilish va shuningdek, virus tashuvchisi bilan jinsiy aloqada bo’lish orqali yuqadi. Virusning birinchi turidan kelib chiqqan gerpes virusning ikkinchi turidan kelib chiqqan gerpesga qaraganda 10 marta ko’proq uchraydi
  •  
  • Kasallikning manbalari surunkali va o’tkir shakldagi gerpesi bo’lgan insonlar, shuningdek virusning tashuvchilaridir. Shunisi e’tiborga molikki, virus inson organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Har qanday surunkali kasallik, masalan, qandli diabet, gerpes virusini faollashtirishi mumkin. Bundan tashqari, gerpes virusini faollashtiruvchi omillarga teri kasalliklari va yuqumli kasalliklar ham kiradi.

GERPESNING TASNIFI

  • Klinik belgilariga ko’ra gerpetik infektsiya ikki shaklga ajratiladi: teri ustida kichik toshmalar paydo boladigan tipik (odatiy) shakl va hech qanday toshmalar bo’lmagan yoki juda kam bo’lgan atipik (noodatiy) shakl.
  •  
  • Kasallikning jiddiyligiga qarab gerpetik infektsiya og’ir, o’rta va yengil shakllarga ajratiladi. Rivojlanish hududiga qarab — jinsiy gerpes, teri gerpesi, gerpetik stomatit, gerpetik ko’z kasalliklari va markaziy asab tizimining gerpetik shikastlanishlari farqlanadi. Kasallikning kechishiga qarab gerpetik infektsiyani birlamchi o’tkir infektsiyaga va takroriy surunkali infektsiyaga ajratishadi.

GERPES ALOMATLARI VA BELGILARI

  • Gerpesning inkubatsion davri, ya’ni virus yuqganidan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lguniga qadar vaqt 3-8 kun davom etadi. Kasallanganlikning belgilari yuzining terisi ustida, shuningdek labla va burun shilliq qavatida va jinsiy a’zolarda kichik og’riqli toshma toshishi hisoblanadi. Toshmalar chiqgan joylarda teri qizaradi va biroz shishadi. Ko’p hollarda insonning umumiy ahvoli qoniqarli bo’lib, kamdan-kam hollarda isitma va umumiy holsizlik kuzatiladi.
  • Gerpes virusi saraton kasalligining boshlanishi bilan bog’liq. Buning isbotlari, bachadon bo’yni saratonini keltirib chiqaradigan jinsiy gerpesdir. Gerpesning doimiy mavjudligi yuqori nafas yo’llari shilliq qavatining yallig’lanishiga olib keladi.

LABDAGI GERPES YOKI UCHUQ

  • Uchuq oddiy gerpes virusi (lot. Herpes simplex) tufayli kelib chiqadi. Ba’zi kishilarga oddiy gerpes yiliga 6-8 marta ta’sir ko’rsatadi. Uchuq ko’pincha og’iz bo’shlig’ining shilliq qavatida, quloqlar atrofida, lablar chetida va yonoqlarda paydo bo’ladi.
  •  
  • Labdagi gerpesning rivojlanishi bir necha bosqichda sodir bo’ladi:
  •  
  • Birinchi bosqich yoki achishish bosqichi — lablar atrofidagi achishish va og’riq bilan namoyon bo’ladi. Bir necha soatdan bir kungacha davom etadi. Uchuqning keyingi rivojlanishini viruslarga qarshi prepaatlarni qo’llash orqali oldini olsa bo’ladi, masalan asiklovir yordamida.
  • Agar uchuqni o’z vaqtida oldini olish imkoni bo’lmasa, u ikkinchi bosqichga o’tadi va lablar biroz shishadi, lablar atrofidagi teri qizaradi. Ushbu bosqich yallig’lanish bosqichi deb ataladi va shaffof modda bilan to’lgan donachalar shakllanishi bilan tugaydi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling