Gidratlanish


Download 32.53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.11.2023
Hajmi32.53 Kb.
#1765742
Bog'liq
Gidratlanish - Vikipediya



Gidratlanish
Gidratlanish — 
kimyoviy moddalar
(
molekula

atom
 yoki 
ionlar
) ning 
suv
bilan birikishi. Gidratlanishda moddalar
suvda eriydi. 
Tuzlarning
 gidratlanishi koʻp
uchraydigan hodisadir, chunki tuzlar
ionlardan iborat, ionlar esa kattagina
elektr maydoniga ega boʻlgani uchun
suvning qutbli molekulalarini oʻziga
tortadi. Suvda erigan tuzning ayrim
ionlari ham gidratlangan boʻladi. Ionlar
gidratlanganda anchagina issiqdik ajralib


chiqadi. Ionlarning gidratlanish issiqligi
eriyotgan tuz kristalining yemirilishiga
ketgan issiqlik oʻrnini bemalol qoplaydi,
shuning uchun koʻp tuzlar eriganda
issiqyaik ajralib chiqadi. Ionlarning
elektrkimyoviy harakatchanligi va tuz
eritmalarining boshqa koʻp xossalari
ionlarning gidratlanishiga bogʻliq.
Gidratlanish reaksiyalari tabiatda keng
tarqalgan, undan lab. ishida va texnikada,
qurilishda keng foydalaniladi (masalan,
sementning gidratlanishi, sementning
suv bilan kimyoviy reaksiyaga kirishish
jarayoni, bu reaksiya natijasida sement
toshi yuzaga keladi). Sement gidratlanish
jarayonida suvsiz klinkerli minerallar —
kalsiy silikatlar, kalsiy alyuminatlar va


kalsiy alyumoferitlar, mos ravishda
kristall gidratlarga — kalsiy gidrosilikatlar,
gidroalyuminatlar va gidroferritlarga
aylanadi. Sementning gidratlanish tezligi
uning tuyilish mayinligiga, qotish
haroratiga, suv-sement nisbatiga,
klinkerning mineralogik va kimyoviy
tarkibiga, qorish uchun ishlatiladigan suv
tarkibidagi qoʻshimchalarga bogʻliq
buladi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar

Download 32.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling