Gidratlanish
Download 32.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Gidratlanish - Vikipediya
Gidratlanish Gidratlanish — kimyoviy moddalar ( molekula , atom yoki ionlar ) ning suv bilan birikishi. Gidratlanishda moddalar suvda eriydi. Tuzlarning gidratlanishi koʻp uchraydigan hodisadir, chunki tuzlar ionlardan iborat, ionlar esa kattagina elektr maydoniga ega boʻlgani uchun suvning qutbli molekulalarini oʻziga tortadi. Suvda erigan tuzning ayrim ionlari ham gidratlangan boʻladi. Ionlar gidratlanganda anchagina issiqdik ajralib chiqadi. Ionlarning gidratlanish issiqligi eriyotgan tuz kristalining yemirilishiga ketgan issiqlik oʻrnini bemalol qoplaydi, shuning uchun koʻp tuzlar eriganda issiqyaik ajralib chiqadi. Ionlarning elektrkimyoviy harakatchanligi va tuz eritmalarining boshqa koʻp xossalari ionlarning gidratlanishiga bogʻliq. Gidratlanish reaksiyalari tabiatda keng tarqalgan, undan lab. ishida va texnikada, qurilishda keng foydalaniladi (masalan, sementning gidratlanishi, sementning suv bilan kimyoviy reaksiyaga kirishish jarayoni, bu reaksiya natijasida sement toshi yuzaga keladi). Sement gidratlanish jarayonida suvsiz klinkerli minerallar — kalsiy silikatlar, kalsiy alyuminatlar va kalsiy alyumoferitlar, mos ravishda kristall gidratlarga — kalsiy gidrosilikatlar, gidroalyuminatlar va gidroferritlarga aylanadi. Sementning gidratlanish tezligi uning tuyilish mayinligiga, qotish haroratiga, suv-sement nisbatiga, klinkerning mineralogik va kimyoviy tarkibiga, qorish uchun ishlatiladigan suv tarkibidagi qoʻshimchalarga bogʻliq buladi. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Adabiyotlar Download 32.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling