Giliston davlat universiteti “Biologiya” kafedrasi oʻqituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Jumanov Oʻtkirjon Toʻlqin oʻgʻlining Biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan
Download 20.76 Kb.
|
Taqriz Жуманов Ўткирга
Giliston davlat universiteti “Biologiya” kafedrasi oʻqituvchisi , mustaqil tadqiqotchi Jumanov Oʻtkirjon Toʻlqin oʻgʻlining Biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan 03.00.07- oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi ixtisosligi boʻyicha “Bugʻdoyning fiziologik-biokimyoviy koʻrsatkichlarini tuproq-iqlim sharoitga bogʻliqligi boʻyicha raqamli maʻlumotlar bazasini yaratish” mavzusidagi dissertatsiyaga T A Q R I Z Dunyo aholisini ekologik xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabalarini qondirish bilan bogʻliq holda qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari, jumladan, donli ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida tashqi stress omillarga chidamli navlarni tanlash va yaratish boʻyicha tadqiqotlar olib bormoqda. Shunga koʻra oʻsimliklarning fiziologik-biokimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish asosida tashqi stress omillarga chidamli biologik belgilarining raqamlashtirilgan maʻlumotlar bazasini yaratish muhim ahamiyatga ega. Shunga koʻra bugʻdoyning tashqi stress omillarga, jumladan, shoʻrga chidamli navlarni tanlash va yaratishda raqamlashtirilgan maʻlumotlar bazasini yaratish buning uchun miqdoriy belgilarining determinatsiyalanish darajasiga ahamiyat berilmoqda. Oʻsimliklar belgilarining oʻzgaruvchanligi va determinatsiyalanishini boshqarishning genetik asoslari, tashqi omillar taʻsirini eʻtiborga olgan holda immun tizimini kuchaytirish va boshqarish hisobiga ularni hosildorligi va hosili sifatini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bugʻdoyning fiziologik-biokimyoviy koʻrsatkichlarini ayni Sirdaryo viloyatini tuproq-iqlim sharoitida tadqiq qilish va raqamli maʻlumotlar bazasini yaratish va shu maʻlumotlar asosida viloyat tuproq iqlim sharoitiga mos nav xamda selleksiya uchun boshlangʻich manbalarni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Jumanov Oʻtkirning tadqiqot ishi aynan Sirdaryo viloyati oʻrtacha shoʻrlangan tuproqlarida bugʻdoyning fiziologik va biokimyoviy koʻrsatkichlarini raqamlarda ifodalash va raqamli malumotlar bazasini yaratishga bagʻishlangan. Dissertatsiya 120 bet boʻlib, Kirish, 5 ta bob, xulosa, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar roʻyxatida iborat. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, uni oʻrganilganlik xolati, fan-texnologiyalarning ustuvor yoʻnalishlariga mos kelishi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari asoslab berilgan. Shuningdek tadqiqotning oʻbekti va pridmeti ifodalangan. Tadqiqotning Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarni rivojlantirish yoʻnalishiga muvofiqligi keltirilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, natijalarning nazariy va amaliy axamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotda joriy etilish asoslari koʻrsatilgan, ilmiy faoliyat davomida nashr etilgan ishlar keltirilgan. Download 20.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling