Gipotenziv vositalar deb, Qon bosimini tushiruvchi moddalarga aytiladi. Gipotenziv vositalarning farmokologik ta’siri Qon bosimini fiziologik boshqarishda ishtirok etuvchi ko’pgina bo`ginlarga (zvenolari) bo’lishi mumkin


Download 38.32 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi38.32 Kb.
#1643429
  1   2   3
Bog'liq
Gipotenziv vositalar


GIPOTENZIV VOSITALAR
REJA

  1. Gipotenziv vositalar

  2. Klofelin

  3. Apressin

  4. Natriy nitroprussid

Qon bosimi ko’pgina omillarga bogliq: yurakning ishi, periferik tomirlar tonusi va ularning elastikligi, Qonning umumiy ҳajmi, elektrolitlar tarkibi, Qovushqoqligi. YuQoridagilarning barchasi neyrogumoral mexanizmlar bilan boshqariladi.
Gipotenziv vositalar deb, Qon bosimini tushiruvchi moddalarga aytiladi. Gipotenziv vositalarning farmokologik ta’siri Qon bosimini fiziologik boshqarishda ishtirok etuvchi ko’pgina bo`ginlarga (zvenolari) bo’lishi mumkin.
GIPOTENZIV VOSITALAR

  1. Adrenergik nervlarning yurak tomir sistemasiga stimullovchi ta’sirini kamaytiruvchi vositalar (neyrotrop vositalar).

  1. Vazomotor (tomirlar ҳarakatini boshqaruvchi) markazlar faolligini kamaytiruvchi vositalar klofelin, metildofa;

  2. Ganglioblokatorlar gigroniy, pentamin, benzogeksoniy;

  3. Simpatolitiklar oktadin, rezerpin;

  4. Adrenoblokatorlar; α-adrenoblokatorlar fentolamin, tropafen, prozazin, β-adrenoblokatorlar anaprilin, metaprolol, talinol, α va β adrenoblokatorlarlobetalol.

  1. Tomirlarning silliq mushaklari spazmini bevosita bartaraf etuvchi miotrop vositalar;

  1. Kaliy kanallarining aktivatorlari apressin, diazoksid, minoksidil

  2. Azot oksidi donatorlari natriy nitroprussid;

  3. Kalstiy kanallarni Qamal Qiluvchi vositalar (kalstiy antogonistlari)-fenigidin, diltiazem;

  4. Turli xil preparatlar dibazol, magniy sulfat, papaverin, no-shpa.

  1. Renin-angiotenzin sistemasiga ta’sir etuvchi vositalar;

  1. Angiotenzin II sintezini susaytiruvchilar kaptopril, enalapril;

  2. Angiotenzin resteptorlarini Qamal Qiluvchi saralazin.

  1. Suv-tuz almashinuviga ta’sir ko’rsatuvchi vositalar (peshob xaydovchilar): dixlotiazid, spironolakton, furasemid.

Sedativ, anksiolitik, uxlatuvchi vositalar tinchlantiruvchi ta’sir bilan bir Qatorda Qon tomirlar markaziga ozmi-ko’p susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadilar va tomirlarni kengaytiradi, Qon bosimini pasaytiradi.
KLOFELIN– markaziy ta’sirli gipotenziv vositalarga kiradi. Preparat solitar traktida joylashgan α2- adrenoresteptorlarni Qo’zG’atadi, natijada uzunchoq miyada va balki gipotalamusda joylashgan tomirlar tonusini boshqarishda ishtirok etuvchi neyronlarni susaytiradi (α2adrenoresteptorlar Qo’zG’alganda, noradrenalin ajralishi kamayadi va simpatik nerv ta’siri susayadi). Shu tufayli simpatik nerv tolalarining preganglionar Qismiga keluvchi, spontan impulslar kamayadi va turG’un, kuchli gipotenziya, bradikardiya, periferik Qon tomirlarning umumiy Qarshiligi kamayishi, ҳamda yurak ishining susayishi kuzatiladi. Lekin klofelin ta’sirining boshlanishida Qisqa muddatli gipertenziya (periferik α-adrenoresteptorlarning Qo’zG’alishi tufayli) yuzaga chiqadi. Klofelin tana ҳaroratini tushiradi, tinchlantiruvchi va uxlatuvchi ta’sirga ega (MNSga susaytiruvchi ta’sir), ishtaҳani oshiradi, MITning sekretor va xarakat faolligini susaytiradi (kabziyat), organizmda Na+ ionlarini va suvni ushlab Qolishini oshiradi. Klofelinning gipotenziv ta’siri 2-4 soatdan so’ng boshlanib, 6-12 soat davom etadi.T½taxminan 12 soat.MITdan yaxshi so’riladi.

Download 38.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling